Biz yangiliklardan qo'rqamiz. Bizga yoqmaydi ular. Biror yangilig yaratmoqchi bo'lgan odamni ko'rsak tomom, tanqid qilib, tosh otib axiri ishi o'xshamaganda, xuddi biz aytganimizday bo'lganidan xursand bo'lib "ana aytdimku" demagunimizcha tinchimaymiz. Qanchadan qancha odamlar dunyoni o'zgartirmoqchi bo'ladi-yu, umri g'iybat bilan o'tadigan odamlar tufayli oldinga chiqishi qiyin bo'ladi. Kim o'sha tanqidchilar. Ular faqat maishat, g'iybat va kechagi serial nima bo'lgani bilan qiziqadigan va o'zlari hech narsaga erishmagan va xatto harakat ham qilmaydigan odamlar. Facebook ijtimoiy tarmog'iga kirganimdan beri qanchalab dunyoni o'zgartirshga harakat qiladigan odamlar bilan tanishdim. Hammasida avval ulkan orzu, buyuk maqsad bor edi. Lekin ularni hech kim qo'llamadi. Aksincha tanqid qilishdi, qo'lingdan ish kelmaydi deyishdi. Qachongacha shunday bo'ladi? Qachongacha shunchalar sekin xarakat qilamiz?
Nimaga yangiliklarni bunchalar yomon kutib olamiz? Yoki boshqalar Marsga uchishga tayyorgarlik ko'rayotganida, eshshak arava minib yurish sizga yoqadimi? Boshqalar quyoshdan elektr quvvati olayotganida sham yoqib o'tirish yoqar? Unda nima uchun yangilik yaratmoqchi bo'lganlarga xechkim ko'maklashmaydi?
Iloji yo'q, qo'ysangchi yoki nima qilasan demasdan, ha harakat qilaver albatta o'xshaydi deb ruxlantirib turish kerak. Axir ilojini qilsa bozorni o'rtasida kutubxona ochish mumkin.
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр