Ma’suliyat va dahldorlik nima o‘zi bu?

Rustamov Islom
Саралаш

Ma’suliyat va dahldorlik nima o’zi bu ?

Assalomu alaykum. O‘qish davri shu vaqtda kollej ma’muriyati tomonidan o‘quvchilardan turli xil hujjatlar ya’ni passport nusxa, yashash to‘g‘risida ma’lumotnoma, tibbiy ma’lumotnoma kabi qog‘ozlarni so‘rashdi . Va keyin tibbiy ma’lumotnomani to‘ldirish maqsadida poliklinikaga bordim, u yerda tibbiy daftarcha beradigan xonaga borib qaysi xonalarga kirishimni so‘radim va shu yerda menga shunday taklif bo‘ldi.  

Hujjatni o‘zingiz to‘ldirasizmi yoki to‘ldirib beraymi degan ma’noda 

Ya’ni

Pulini berasiz to‘ldirib beraman 

Men shu  onda hayron qoldim va ko‘pchilikni shunday qilayotganiga guvoh bo‘ldim va shu tobda o‘yladimki insonlar o‘z sog‘ligiga nisbatan shu darajada ma’suliyatni his qilmaydimi ?

Shu va boshqa voqea va hodisalar  sabab shu mavzuda maqola yoritishga harakat qildim.Ya‘ni  “ Ma‘suliyat va  dahldorlik nima o‘zi bu ? ”

Ma’suliyat nima bu? Hayotimizda nima uchun qo‘llaymiz va to‘g‘ri qo‘llay olamizmi? Ma’suliyat har bir insonning o‘ziga nisbatan qandaydir burch va vazifalarni  his qila bilishidadir. Ya’ni oilada, jamiyatda va boshqa jabhalarda o‘z vazifalarini sidqidildan bajarishi. Ayni zamonda xalqimiz bunday tushunchalar qanchalik shakllangan va shakllanayapti yoki yo‘q. Chunki O‘zbekiston Respublikasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotgan bir vaqtda ko‘zga tashlanayotgan nuqsonlarning sababi sifatida xalqning va  mansabdor shaxslarning  o‘z ishiga nisbatan hech qanday ma’suliyatni his qilmaganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi va bu harakatlar bosib kelayotgan yo‘limizda albatta o‘z izini qoldirgan. Bunday ma’suliyatsizlik deyarli barcha sohalarda ko‘zga tashlanadi. Namuna sifatida tibbiyot sohasini olaylik salomatlik inson uchun eng kerakli va qadrli bo‘lgan narsalardan biri, lekin afsuski xalqning o‘z  salomatligiga nisbatan ma’suliyatni his etmaganligi insonning o‘zi uchun ham balki  boshqalar uchun ham ayanchli holatdir. Ammo tibbiyot maskanlariga salomatligi yuzasidan qayg‘urib borgan insonlarga yetarli darajada tibbiy xizmat ko‘rsatilmasligi va soha xodimlarida o‘z ishiga nisbatan hech qanday dahldorlik hissini namoyon bo‘lmasligi achinarli hol. Chunki bu insonlar oddiy xalq salomatligiga ma’sul bo‘lgan holda tibbiy madaniyat haqida, salomatlikning inson uchun ahamiyatini tushuntirishlik  ma’lum bir manoda ularning zimmasiga yuklanadigan jihatlardan biri. Agar tibbiyot xodimlari tomonidan xalqning ularning (tib.xodimlari) xizmatlariga bo‘lgan iste’molini to‘laqonli va chiroyli ravishda qondira olishlik,  xalqning ularga nisbatan ishonchini ortishligi va bunday xizmat ko‘rsatish tufayli o‘zi uchun tug‘ilgan ehtiyojni o‘z vaqtida qodirishlik ma’suliyatini his etadi va harakat qiladi.

 Keyingi e’tiborni qaratadigan narsa insonlarni o‘z haq huquqlariga nisbatan hech qanday ma’suliyatni his etmasliklarida yaqqol namoyon bo‘ladi. Chunki har bir insonning o‘z haq huquqlarini bilishligi insonlarning qay darajada jamiyat hayotida faol ishtirokini belgilab beradigan jihatlardan biri sanaladi. Ya’ni xalq konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan qonunlarni bilsa va ularga amal qilsa o‘zining huquqiy manfaatlariga dahl etilmasligini saqlab qoladi. 

Shu o‘rinda yana bir savol, huquqiy madaniyat qanday shakllanadi? Bunga javob esa maktab yoki kollej davridagi jarayonlardan izlashligimiz zarur bo‘lib qoladi. Chunki Konstitutsiya yoki huquq degan tushunchalarga asosan yuqoridagi  ta’lim dargohlarida duch kelganmiz.  Va mana shu muassasalarda huquqni  o‘rganishligimiz,  bizga o‘rgatish esa soha mutaxasislarining zimmasida bo‘lgan masala, albatta bu jarayonda har kim o‘z fikrlari asosida qaror qabul qilib maqullaydi. Lekin insonlarni bunday xatolarga yo‘l qo‘yishligi ma’suliyatsizlik oqibatida yuzaga kelgan holat. Agarda o‘quvchi berilgan to‘liq imkoniyatdan foydalanishligi va ta’lim beruvchining sidqidildan vazifani bajarishligi hozirda insonlarni bunday savollar bilan  qiynamasdi. Va bunday savollar ham faqat davlatga , jamiyatga nisbatan qandaydir ma’suliyatni his qila olgan insonlardagina  mavjuddir . 

Misol qilaman degan inson uchun albatta bunday muammo va kamchiliklar bisyor. Ya’ni nega malakali dasturchilar kam, nega malakali tibbiyot xodimlari yetishmaydi yoki nega ma’sul shaxslar o‘z ishlarni sidqidildan bajarmaydi degan savollarni ko‘ndalang tashlashligimiz mumkin. Lekin barchasiga asosiy sabablardan xalqning insonlarning o‘ziga nisbatan, jamiyatga nisbatan hech qanday dahldorlik hissi va ma’suliyatni his qilmasligi va bu tushunchani tushunmasligidadir. Biz kelajakda yaxshi va yuqori natijalarga erishishligimiz uchun,  albatta  chin yurakdan harakat qilishimiz kerak . Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev  ta’kidlab o‘tganlaridek “Bizga hech qachon hech kim kelib yordam bermaydi,  biz o‘zimiz harakat qilishimiz kerak.” deya ko‘p marta takrorlaydilar.  Prezidentimiz xalq uchun qayg‘urib juda katta imkoniyatlar yaratib berayotgan ekan. Albatta,   xalq  bunday imkoniyatlarda foydalanib barcha imkoniyatini, iste’dodini amalda qo‘llab Prezidentimizning bunday murojatiga nisbatan munosib javob qaytara olishligimiz biz uchun hammamiz uchun juda katta ma’suliyat va imkoniyat hisoblanadi. 

Albatta yuqorida keltirib o‘tilgan muammolarning yechimi sifatida shuni  taklif etardimki .Ya’ni insonlarning ma’naviyatini va fikrlashini kuchaytirish, oilasiga va yurtiga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish lozim deb o‘ylayman. Insonlarga vatan degan so‘z bilan gap boshlaganda insonlar shunchaki kitobdagidek qilib kindik qoning to’kilgan joy deyishi emas balki ichidan to’lqinlanib jo’shib insonlarga ta‘riflab bera olsa va shularni anglab yetsa nur ustiga a‘lo nur bo’lardi.  Bundan tashqari xalqimizning kitob bilan oshno bo‘lib yangicha taffakkurning shakllanishi insonlar hayotida qandaydir moddiy manfaat uchun emas balki jamiyat uchun ham harakat qilish kerak ekanligini tushunadi. Asl baxt va hotirjamlik  “Cho‘ntagimizdagi pulimizda emas balki o‘zimizning qo‘limizda” ekanligini anglaydi va albatta ijobiy natijalarga olib boradi . 

Bunday tanlovlarning o‘tkazilishi ham   xalq o‘rtasida munozara va muhokama albatta kuchli tarzda olib borilishini  va zarracha jamiyatga nisbatan ma’suliyatni his qilgan insonlarni harakatga chorlab fikr bildirishga olib keladi va albatta sezilarli natijalarga olib boradi. 

Xatolarim uchun barchadan uzr so’rayman  tilimizdagi so‘zlarni ishlatishdan qandaydir ma’suliyatsizlik yoki xato  qilgan bo‘lsam ma’zur tutasizlar.

                             E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT !!!

2.74 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.74 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    0.00 / 0

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2.5 Бахтиёр Шералиев 27/04/2018

Islomjon, Darhaqiqat mas'uliyat va daxldorlik hissi insonlardagi eng yuksak fazilatlardan biri hisoblanadi. Lekin ushbu fazilatlar bugungi jamiyatimiz a'zolarida yo'q deb iddao etar ekansiz, avvalo uning sabablari, omillari bilan qiziqishingiz lozim edi. Shunchaki yomonlash, tanqid qilishni hamma ham eplaydi (bu ishda bizning xalqdan o'tadigani yo'q bo'lsa kerak), lekin tanqid qilgan inson taklif berishni ham bilishi kerak. Mana Sizning takliflaringzini olaylik: "insonlarning ma’naviyatini va fikrlashini kuchaytirish, oilasiga va yurtiga bo‘lgan muhabbatini kuchaytirish lozim deb o‘ylayman", xo'p, shu aytayotganlaringizni qanday qilib amalga oshirish mumkin? Mana shu hozirgi kunning eng katta muammosi! Uni qilish kerak, buni qilish kerak deb hamma aytmoqda, lekin qanday qilish kerakligi haqida gap ketganda hamma jim, hamma faqatgina Prezidentning og'ziga termilib turibdi, shunday emasmi? Shu bois masalaga yondashilganda avvalo muammoni qo'yish, uni tahil etish (Sizning blogpostingizda bu bor), undan keyin muammoni keltirib chiqarayotgan omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo'llarini hech bo'lmaganda prognozlash kerak (oxirgi ikkisi esa Sizda deyarli yo'q). Keyingi gal qo'lingizga qalam olganda shunchaki hissiyotlarni qog'ozga tushirishdan ko'ra tahlil, asos, yechim ko'rsatib bersangiz foydadan xoli bo'lmas edi. Ijodiy ishlaringizda omad tilayman.

1 Беҳзод Қобулов 27/04/2018

Шўрвани шўрваси!

1.5 Давронбек Тожиалиев 27/04/2018
2.5 Адҳам Отажонов 28/04/2018
1.5 Мақсуд Саломов 01/05/2018
2 Олимжон Солижон ўғли 02/05/2018
1 Маҳсуджон Асқаров 12/05/2018
4 Расул Кушербаев 15/05/2018
2 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05/2018
2.5 Шерзод Шерматов 17/05/2018
1 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
1 Нигора Умарова 19/05/2018
3 Уйғун Ғафуров 19/05/2018
2 Умид Гафуров 20/05/2018
2 Қаҳрамон Асланов 20/05/2018
2 Музаффар Назаров 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
2.5 Абдумалик Носиров 20/05/2018
2 Мубашшир Аҳмад 21/05/2018
3 Мансур Тангишов 21/05/2018
3 Иноят Садикова 21/05/2018
3.5 Нодир Закиров 21/05/2018
2 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр