Hayot falsafasi

Bahrom Toxirov
Саралаш

       Hayot qiziqda u barchamizni turli sinov va mukofotlar berib sinaydi. Hayotimizning asl mohiyati bu yaxshilik qilish va yorug'likka intilishdir. Gummanizm g`oyalari asrlar davomida targ`ib qilib kelinadi, bunga misollar yomg`ir tomchilaridek sanoqsiz. Yaqinda bir voqeaning guvohi bo`ldim, ko`chada bolasini yetaklab ketayotgan ona asabiy holda ko`chadagi maxsustrans xodimiga boqgan holda farzandiga shunday dedi: “Agar sen ta’lim olib yaxshi o`qimasang, mana shu trans xodimidek umring hazon bo`ladi”. Men bu gapni eshitiboq ularning suhbatiga qo`shilishga majbur bo`ldim, “kechirasiz, agar sizning farzandingiz yaxshi ta`lim olsa, mana shunday kasb egallariga yordam beradi, jamiyatni kambag`allik oqimidan olib chiqadi, axir ta`lim jaholatga qarshi vaksina deyishadi” deb gapimni yakunladim. Bugun biz o`zgardik, bugun bizning qalbimiz yangilandi, vujudimiz esa bulutdek ozod, lekin yurak hali hamon qorong`ulik zulmatida yolg`izdek. Aksariyat ota-onalarning o`zi, umuminsoniy qadryatlarni farzandlariga bolaligidanoq singdirishmaydi, kelajak genetikasida esa quyi tabaqa insonlarga nisbatan past nazar bilan qarash, moddiyparastlik, empativ yondashuv darajasi regressiv avlodlar kengayib boraveradi. Tarbiya nazorat bilan emas, namuna orqali singdiriluvchi moziy gavharidir. Ko`plar menga savol beradi, “eng katta orzuyingiz nima?” deb. Keling bunga keyinroq to'xtalamiz. Sizningchi, sizning orzu, maqsadlaringiz bormi? Ha, u bor. Kimdir baland shoxona uylarda umr kechirishni va qimmatbaho mashinalar xarid qilgisi keladi, kimlardir mansab pog`onalari uchun intiladi, yana kimlardir esa, yirtiq kiymini yangilash, nochorlik balosidan qutilish, bugun uchun yemish topmoqlik harakatida bo`ladi. Bugun biz egoizm dunyosining mavjudotlariga aylanib bormoqdamiz. “Men” degan jumla okeanda suzib yurgan kichik baliqlardek tarqab ketgan. Shoshmang siz meni o`qayotib, hayolingizga kelgan fikrni bilaman, bu hayot bir marotaba beriladi, insonlar faqat o`zi uchun yashashi kerak, hayot beshavqat makon, boshqalarni o`ylaydigan davrlar emas. “AFSUS” Men imperator bo`lmoqchimasman, bu ish menga emas, men boshqarishni ham, egallashni ham xohlamayman, aksincha imkon bo`lsa hammaga yordam berishni xohlayman: bolalarga, nogironlarga, uysizlarga, umuman olganda oq-u qoralarga. Biz boshqalarni azob-uqubatlari hisobidan emas, balki baxt-saodat hisobidan yashashni xohlaymiz. Bu dunyoda har birimizga joy bor, ezgu yerimiz juda boy va hammani ta’minlay oladi. Ammo biz yo`ldan chiqib ketdik. Baxillik, inson qalbini zaxarlagan baxtsizlik, nafrat, qon to`kilish kabi jirkanch tuy`g`ular bilan qoplab olgan jarayonlarni tezlashtirdik, xuddi o`zimizni qulflab olgandek. Texnologiyalar bizga yangiliklar olib keldi, ammo o`ziga qul qilib qo`ydi. Biz ko`p o`ylaymiz ammo juda kam his qilamiz. Meni eshitayotganlar sizlardan iltimos dunyoqarashingizni o`zgartirining “umidingizni yo`qotmang” bizni egallab olgan loqaydlik, qayg`ular bu faqatgina ochko`zlik oqimidir. Men aynan yuqoridagi istaklarimni orzu, maqsad deb bilaman. Aslida haqiqiy boylik nimada bilasizmi? Yaqin kunlarda bir kitob mutolaa qildim, u risola ichidagi voqealar hayotimni tubdan o`zgartirdi, xuddi miya faoliyatimdagi bo`shliqlar to`lgandek, sehrli ruhiyat tug`ildi. Bir kuni juda boy bo'lgan oilada otasi o'z o'g'lini mamlakat bo'ylab sayohatga olib chiqdi, shu maqsad bilanki, o'z o'g'liga kambag'al odamlar qanday yashayotganini ko'rsatib, natijada o'z boyligiga shukr qiladigan bo'lsin. Ular juda kambag'al deb hisoblangan oilaning fermasida ikki kecha-yu kunduzni o'tkazdilar.

Safardan qaytishda otasi o'g'lidan so'radi,

- Sayohat qanday bo'ldi?

- Juda ajoyib bo'ldi, Dada.

- Ko'rdingmi kambag'al odamlar qanday bo'lar ekan?, deb so'radi otasi.

- Ha, dedi o'g'li.

- Xo'sh, sayohatdan nimani o'rganding ?, so'radi otasi.

O'g'li esa javob berdi: Men shuni ko'rdimki, bizda bitta kuchuk bor, ammo ularda to'rtta kuchuk bor ekan. Bizda hovuz bor, u bog'imizning o'rtasigacha yetadi, ammo ularda esa dengiz bor, uning oxiri yo'q. Biz bog'imizga chiroqlar keltirganmiz, ammo ularning esa kechasi yulduzlari bor ekan. Bizning ayvonimiz hovlining oldigacha yetib borgan, ammo ular uchun butun ufq bor ekan. Bizda yashash uchun bir parcha yer bor, ammo ularning dalalari esa bizning ko'rish nigohimizdan ham uzoqda. Bizda xizmat qiluvchi xizmatkorlarimiz bor, ammo ular esa boshqarga xizmat qilar ekan. Biz oziq-ovqatimizni xarid qilamiz, ammo ular uni o'stiradilar. Bizda o'zimizni himoya qilish uchun hovli-mulkimiz atrofida devor bor; ularda esa o'zlarini himoya qilishlari uchun do'stlari bor.

Shu bilan bolaning otasi jim bo'lib qoldi. Keyin o'g'il yana qo'shib qo'ydi: "Rahmat dada, bizning naqadar kambag'alligimizni ko'rsatganingiz uchun."

Menimcha sof boylik nima ekanligi haqida biroz bo`lsada mushoxoda qilib oldingiz. Hayotda shunday insonlar borki, baxtli yashashni xohlaydi ammo dengizda uxlab yotgan kitdek hayot kechiradi, baxtli yashash uchun esa okeanda suzish kerak, osmonda burgutdek uchish va hayotda insondek yashash lozim. Bu falsafiy qarashlar zamirida jamiyat manfaati, ezgulik tarovati, inson qadri mujassam. Endi o`zingizga savol berib ko`ring, “Men nima uchun yashayapman?”

Insonlar xuddi zanjirdek bir biriga bog`liq farosatli individlardir. Hayvonlardan farqimiz ham shunda. Yer shari barchamizniki, xususiylikdan umumiylikka o`tish esa dunyoni qutqaradi! Dunyoni qutqarish uchun siz ham hissangizni qo`shing…

Har bir odamga hurmat va yaxshilik bilan boqing, ular shunga loyiqliklari uchungina emas, siz inson bo`lganingiz uchun...

Konfutsiy

Odamlar bilmayapti, deb bajargan yaxshiliginga hech qayg`urma! Modomki seni yerda taqdirlaydigan yo`qmi, yuqorida seni olqishlaydigan zot bor!

Tokhirov.Bakhrom

3.22 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.22 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 5

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Бахтиёр Шералиев 20/04/2018

Avval boshda zerikarli tuyilgan blogpostni oxirigacha o'qib fikrim o'zgardi. Blogpost orqasida dunyoga falsafiy nigoh bilan qaray oladigan kishi turganiga aminman. Muallifning fikrlashi menga nihoyatda manzur, hayotda egoistlar bo'lishi bilan birga alturistlar ham bo'lishi kerak. Agar muallif hali o'qib ko'rmagan bo'lsalar men ularga Richard Dokinzning "The selfish gene" (o'zbek tiliga tarjima qilinmagan) asarini o'qib ko'rishni tavsiya qilaman. Ushbu asar muallifi bilan fikrlash doiralaringiz juda ham yaqin ko'rinadi. Blogpost matnida 15 ta imloviy xatolikni qayd etdim. Mana shular bo'lmaganda edi, men blogpostni hech ikkilanmay a'loga baholagan bo'lar edim.

3.5 Мақсуд Саломов 24/04/2018
2 Давронбек Тожиалиев 25/04/2018
4 Олимжон Солижон ўғли 26/04/2018
2 Тўлқин Юсупов 06/05/2018
2 Маҳсуджон Асқаров 12/05/2018
3.5 Мансур Тангишов 13/05/2018
2.5 Музаффар Назаров 15/05/2018
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05/2018
3 Шерзод Шерматов 16/05/2018
5 Расул Кушербаев 18/05/2018
2 Нигора Умарова 19/05/2018
2.5 Умид Гафуров 20/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 20/05/2018
3.5 Иноят Садикова 20/05/2018
4 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Беҳзод Қобулов 20/05/2018
3 Ботиржон Шерматов 20/05/2018
3 Абдумалик Носиров 20/05/2018
4 Нодир Закиров 21/05/2018
3 Мубашшир Аҳмад 21/05/2018
3 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
4 Адҳам Отажонов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр