Har javhada poraxo'rlikga duch kelamiz. Shu kunga qadar men guvoh bo'lgan hodisalarni misol qilmoqchiman. Masalan, kollejga o'qishga kirganimda filmda suratga tushish maqsadida o'zbekfilm kinostudiyasiga ular so'ragandek 2 dona suratimni olib bordim (ko'rinishim film yoki klipda ta'riflangandek personajda bo'lsa taklif qilamiz degandilar) va u yerda bevosita bir holatga guvoh bo'ldim. Mendan suratimni olib kelishni so'ragan kishi (ism familiyasi esimda yo'q) ning oldida 2 yosh yigit o'tirgan edi. Men ham ulardan sal nariroqda o'tirardim. Gap oxirlab qolganida u kishi yigitlardan - Agar filmda suratga tushishni istasangiz 500 ($) tayyorlab qo'yaveringlar, men albatta sizlar bilan bog'lanaman - dedi. Gap pul haqida edi. Menga esa sizni suratingizni ko'rdim, agar chaqirtirishsa sizga qo'ng'iroq qilamiz, degancha meni kuzatib qo'ydi. Shu shu oradan 5 yil o'tdi hali hanuz qo'ng'iroqdan darak yo'q. Yaqinda telegram ijtimoiy tarmoqda poraxo'rlik haqida kanalda yozgan edim. Bu shifokorlar, doktorlar orasida bo'lgan voqea edi. Bunda Samarqand shahar 1-sonli tug'ruq majmuasi akusher-ginekolog shifokorlari oldindan til biriktirib bir bemordan tibbiy jarrohlik amaliyoti o'tkazilgani uchun 150 AQSH dollarini pora tariqasida olayotganlarida ashyoviy dalillar bilan qo'lga olinadilar. Ularga nisbatan jinoyat ishi ham qo'zg'atiladi. Aynan shu xabarim ko'pchilikning tanqidiga uchradi. Ularning fikricha, bu holat rivojlangan davlatlarda ham Yevropada ham bor emish va busiz imkoni yo'q, poraxo'rlikga xech qachon barham berib bo'lmas ekan. Bu holatlarga aslida o'zimiz sababchi emasmizmi? Aynan biz shunga rozi bo'lib pora bermayapmizmi? Nima sababdan xalq buni oldini olishni istamaydi?
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр