Globallashuv pardasidagi illatlar

Diyor Tangriyev
Саралаш

XIX-XX аsrlar davomida fan va madaniyat taraqqiyoti jihatidan Yevropa mintaqasi boshqalardan ilgarilab ketdi va natijada “jahon fani”, “umuminsoniy qadriyatlar” deganda, birinchi navbatda Yevropa madaniyati unsurlari tasavvur etila boshlandi. Yangi davrdagi bu mintaqaning yutuqlari ko`p jihatdan madaniy integratsiya jarayonlari bilan bog`liq...

Xolislik prinsipiga asoslanib, globallashuvni qat’iyan salbiy yoki mutlaqo ijobiy hodisa sifatida baholab bo`lmaydi. Yoshlar globallashuvdan nimalar olmoqda? “Ommaviy madaniyat” ta`sirida insoniylik qiyofasini yo`qotayotganlar oramizda mavjud. Ayrim ma’lumotlarni keltirib o`tsam.

Bizda azaldan shunday bo`lib kelgan. Bir bolani yetti mahalla tarbiya qilib, bir mayiz o`rtada hamisha teng taqsimlangan. Kissavurlik yo`liga kirib, bu ishni tamomila “kasb”ga aylantirgan ko`chabezorilarning ma’naviyati haqida gapirishni istamaymiz. Bu yana bir muammoli jihat, albatta. Lekin befarqlik ketidan ergashib yuruvchi illatlar erta bir kun yaxshilikka olib chiqmasligini tushunib yetish lozim. Savol tug`iladi: befarqlik, loqaydlik bilan yovuzlik orasidagi munosabat qanday?

Aslida dunyoda yovuz insonlar ko`p emas. Ularning millionlab insonlar ustidan o`z hukmini yurgizishiga loqaydlik sabab bo`lmoqda. Yoshlarimiz orasida loqaydlik “virusi”ni tarqatayotgan ham haligacha yuridik jihatdan tartibga solinmagan internet, G`arbning “mustaqil shaxs” g’oyasi singdirilgan filmlari va “ommaviy madaniyat”idir. Xalqimizning ma’naviyatiga qilinayotgan bunday tahdid va xurujlarga qarshi qanday kurashish kerak, degan savolga “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan muxtasar javob topasiz. Ya’ni, “avvalambor, shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o`zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug` ajdodlarimizning merosini chuqurroq o`zlashtirishi, diyorimizdagi barcha o`zgarishlarga daxldorlik tuyg`usi bilan yashashi zarur”.

Globallashuvning ijobiy jihatlarini inkor etmagan holda, uning salbiy ta’siridan qanday himoyalanmoq kerak, degan haqli savol qo`yish mumkin. Javob esa juda oddiy: mafkuraviy immunitetni kuchaytirish bilan. Bu borada ma’naviy-ma’rifiy yo`nalishdagi davriy nashrlarning o`rnini alohida ko`rsatish mumkin. Afsuski, ayrim yoshlar ma’naviy-ma’rifiy nashrlarni kuzatib borishmaydi. Ayrim talabalar yengil-yelpi shou-biznes yangiliklari bilan to`ldirilgan “sariq matbuot”ni ko`proq xarid qilisharkan...

2.61 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.61 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1.5 Бахтиёр Шералиев 29/04/2018

Globallashuv bilan kurashish kerak emas, aksincha oilaviy tarbiyaga ahamiyat qaratish kerak. Bir donishmand ustozim aytgan edi, to'g'ri oilaning bolasini yoshligida o'g'irlab ketib o'g'rilar ichida o'stirsang o'g'ri bo'ladi, lekin birinchi imkoniyat tug'ilishi bilan yaxshilik qiladi, o'g'ri odamning bolasini o'g'irlab yaxshilar orasida o'stirsang yaxshi bo'ladi, lekin birinchi imkoniyat tug'ilishi bilan o'g'irlik qiladi. Hayotda ham buning isboti juda ko'p. Ayrim tepadagilar jamiyatdagi muammolarni g'arbga, ommaviy madaniyatga, globallashuvga to'nkab o'zimizdagi illatlarni xaspo'shlashga urinishgan, Siz yozgan blogpost ana o'sha harakatlarning mevasi xolos!

2 Олимжон Солижон ўғли 05/05/2018
2.5 Расул Кушербаев 15/05/2018
2 Маҳсуджон Асқаров 16/05/2018
2 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05/2018
1.5 Шерзод Шерматов 17/05/2018
1.5 Давронбек Тожиалиев 18/05/2018
1 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
1 Нигора Умарова 19/05/2018
1.5 Уйғун Ғафуров 19/05/2018
1 Умид Гафуров 20/05/2018
1.5 Мақсуд Саломов 20/05/2018
2 Музаффар Назаров 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
1 Беҳзод Қобулов 20/05/2018
3 Абдумалик Носиров 20/05/2018
2 Мубашшир Аҳмад 20/05/2018
2 Қаҳрамон Асланов 21/05/2018
3.5 Мансур Тангишов 21/05/2018
3.5 Иноят Садикова 21/05/2018
2 Нодир Закиров 21/05/2018
2 Адҳам Отажонов 21/05/2018
1.5 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр