Galstuk taqib "Nobel" olib bo'lmaydi

Doniyorbek Karimov
Саралаш

Nobel mukofoti joriy qilingandan beri mukofot olgan ba`zi mamlakatlar:

AQSH - 371 ta

Angliya (UK) - 129 ta

Germaniya - 107 ta

Fransiya - 68 ta

Shvetsiya - 31 ta

Yaponiya - 26 ta

Rossiya (SSSR bilan birgalikda) 26 ta

Ta`lim tizimimizning eng pastki bosqichidan (bog'cha) eng yuqorisigacha (Doktorantura) bo'lgan hamma ilm maskanlarida eng asosiy muammo va talab qilinadigan narsa bu - o'quvchi va talabalarning forma kiyishlari masalasidir. Bu muammo ba`zida talabaning darsdan haydab yuborilishiga ham sabab bo'ladi. O'qituvchilar esa forma masalasiga shunchalar e`tibor qilishadiki, huddi talabaning tashqi ko'rinishi uning ilm olish salohiyatiga ham bevosita bog'liqday. Bu tizimning bizga kirib kelishi ko'p ehtimol bilan SSSR davriga borib taqaladi. O'sha davrlardan beri markazdan kelgan buyruqlarni o'risning o'zidan ham oshirib bajarishga o'rgangan va shunga doimo intilgan millatdoshlarimiz forma a`nanasiga ham juda qattiq "e`tiqod" qilishadi. Bu "e`tiqodlarini" himoya qilish uchun ishlatadigan asosiy gaplari "forma insonni yoshlikdan tartibga, intizomga o'rgatadi" degan mantiqsiz fikrdir. Agar ularning iddaolari to'g'ri bo'lganda shu 75 yil ichida jilla qursa navbatga turishni o'rgangan bo'lar edik!!! Ammo aytilgan ishni vaqtida qilmaslik, jamiyatdagi umumiy me`yorlarga amal qilmaslik, va`daga vafo qilmaslik va yana shu kabi ijtimoiy muammolarda afsuski haliyam eng oldingi o'rinlarda turamiz. O'quv dargohlarida forma kiyish degan qoidaning "mualliflari" bo'lgan ruslarda ham oxirgi yillarda bu narsa ancha liberallashgan adashmasam, xar holda ba`zi videolarda institut talabalarining turlicha kiyinganiga ko'zim tushgan. Ammo bizda haliyam forma kiyishni bilmagan talaba har qancha salohiyatli bo'lmasin "odam qatoriga qo'shilmaydi."

Endi yuqoridagi ro'yxatda Nobel olish bo'yicha eng oldingi o'rinlarda turadigan ikki davlat AQSH va Germaniya ta`lim tizimiga qarasak, ularda nafaqat forma kiyish, balkim darsga kelish ham deyarli ixitiyoriy! Talabadan talab qilinadigan yagona narsa semester oxirida imtihonlarni muvvafaqiyatli topshirish. Germaniyada o'qiydigan do'stlarimning aytib berishicha darsda qanday o'tirish, nima kiyib borish, qayerda o'tirish (partada o'tirish ham majburiy emas) va ovqatlanish yoki hech narsa yemaslik ham talabaning ixtiyorida. Muhimi o'ziga qulay bo'lgan sharoitda darsni eshitsa va tushunsa bas. Talabalarga berilgan bunday erkinlik esa ularning tartibga amal qilishiga zarracha ta`sir o'tkazmasligini "Nemischa hisob kitob" "Nemisday vaqtga amal qilish" degan iboraga aylanib ketgan nemischa tartib isbotlab turibdi.

Tarixdagi eng ko'p nobel mukofoti sovrindorlari bo'lgan mamlakat AQSHdagi dunyoning eng nufuzli universitetlarida ham huddi Germaniyadagi holatni guvohi bo'lish mumkin. Bu mamlakatlarda talabaga bunday keng erkinlik berilishi unga yanada ko'proq ma`suliyatni yuklaydi: darsga kelmasligi mumkin lekin o'sha o'tkazib yuborgan darsini o'sha ma`ruzada qatnashgan talabalarday bilishi shart! Bu esa talabani ma`suliyatli bo'lishga va mustaqil izlanishga, vaqtini toʻgʻri tashkil qilishga undaydi albatta.

Bunday misollarni yana ko'plab keltirish mumkin, ammo gapni cho'zib o'tirishdan foyda yo'q. Biz ham mustaqil bo'lganimizdan beri intiladigan orzumiz — dunyoning rivojlangan davlatlari qatoriga kirish uchun hadeb talabalarning formasiga osilavermay ta`lim tizimimizdagi boshqa dolzarbroq muammolarga e'tibor qaratish va ularni hal qilishi vaqti kelgandir balkim. Axir faktlar galstuk taqib nobel olish mumkin emaslgini yaqqol ko'rsatib turibdiku.

3.32 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.32 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.37 / 10

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3.5 Бахтиёр Шералиев 24/04/2018

Muallifning fikrlarida jon bor, lekin blogpost juda ham bo'sh yozilgan. Uni dalillar, tahlillar, takliflar bilan boyitish kerak.

3 Абдумалик Носиров 26/04/2018
1.5 Қаҳрамон Асланов 26/04/2018
2 Давронбек Тожиалиев 27/04/2018
4 Олимжон Солижон ўғли 30/04/2018
4 Расул Кушербаев 16/05/2018
4 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05/2018
3.5 Шерзод Шерматов 17/05/2018
3 Маҳсуджон Асқаров 18/05/2018
2 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
3.5 Нигора Умарова 19/05/2018
4 Музаффар Назаров 19/05/2018
3 Мақсуд Саломов 19/05/2018
3.5 Умид Гафуров 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Беҳзод Қобулов 20/05/2018
3 Иноят Садикова 20/05/2018
4.5 Нодир Закиров 21/05/2018
5 Мубашшир Аҳмад 21/05/2018
2.5 Мансур Тангишов 21/05/2018
3.5 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
4 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
4 Адҳам Отажонов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр