Bolalik.
Yaratganning bergan ajib bir ne'mati shunday emasmi? Turfa ajoyib hangomalar-u qiziq voqealar dunyosi, keksalikdan xatto bir daqiqaga bo'lsayam bolaligingga qaytging keladigan davr. Har ishga , har qanaqasiga urinib ko'rishga imkon topiladigan ilhombaxsh davr. Shunday davrki insoniyatning juda keng imkoniyatli komil inson bo'lib yetishishida bu davr muhim ro'l o'ynaydi. Shuning uchun bo'lsa kerak xalqimizning bo'ladigan bola boshidan ma'lum degan ibratomuz gaplari tez tez qulog'imizga chalinadi. Yoki aksincha, yoshligi qing'ir qiyshiq taqtir ko'chalarida o'tgan insonlar vaqti kelib havas qilgudek natijalarga erishishadi. Yana shunday davrki orzular ummonida jo'shqin suzasan kishi.
Eslaysizmi bolaligimizda qanday edik? Sho'x-shodon va har narsaga qiziquvchan , orzulari osmon o'g'il qiz edik. Kimdir uchuvchi yana kim dir harbiy bo'lishni orzu qiladi. Yana kimdir esa diplomat-u shifokor. Kimlardir otasidan , akasidan yon atrofidagilardan o'rnak olsa yana kimdir esa umuman boshqa narsalardan hayratlanadi. Masalan televizorda, bugungi dunyoda o'z rivojining cho'qqisiga erishgan va o'tgan asrning tengsiz ixtirolaridan biri bo'lgan oynai jahonda 2000 yillarning boshlarida "Sardor" badiiy filmi ekran yuzini ko'rdi. Undan so'ng esa " Ostona" "18-kvadrat" . Ushbu filmlar ko'plab yurtdoshlarimizning qalbini zabt etgan. Bolalar harbiy bo'lishni orzu qilishar, ayrimlar eh attang men ham harbiy bo'lmagan ekanmanda deya harbiylarga havas bilan qarashgan bo'lsa, ayrimlar harbiy ekanligidan faxtlanishardi. Bir paytlar men ham harbiy sohaga qiziqqanman. Bu kabi holatlar boshqa kasb egalaring shakillanib kamol topishida muhim pillapoya vazifasini o'taydi.
Shu tariqa inson orzu qiladi va imkon qadar orzusiga intilishga yetishishga harakat qiladi. Pirovardida esa aynan ko'pchilik omadli insonlar o'z bolalikdagi maqsadlariga erishadilar. Ayrimlar esa har xil obyevktiv va subyektib sabablarga ko'ra qolib ketishadi yoki bo'lmasa boshqa kasbga o'tib ketishadi. Balkim ular uchun bu unchalik ayanchli tuyulmas lekin vaqti kelib albatta bu seziladi. Bu haqiqat. Shu sababdan biz ota-onalar farzandlarimizni yoshligidan o'zi hohlagan va qiziqishi bo'lgan kasbga yo'naltirishimiz lozim . Buning orqali esa jamiyatimizda faol yoshlar soni ortadi va ishsizlik, maqsadsizlik, jinoytchilik kabi illatlar kamayadi.
Bizning birdan bir vazifamiz o'zi tanlayotgan kasbning yetuk mutahassisi bo'lib yetishishi uchun unda sabr matonat va bilimga chanqoqlik kabi insoniy tuyg'ularni shakllantirmog'imiz zarur. Zero farzandlarimiz bizning davlatimizning dunyoimizning faxri va kelajagidir. Axir farzandlarimiz qaysidir o'qimishli va ziyoli do'stini ko'rganda,chet elda yashab ishlab , o'qib kelgan birodarini ko'rganda o'z hayoti haqida o'ylanib qolishi, qalbining ich ichidan xo'rsinish kelishi tabiiy. Bu gaplarimni tag'in hasadgo'ylikka yo'ymang aziz yurtdoshim!Chunki odamzod borki dunyo ko'rgisi dunyoni tanigisi dunyoda tanilgisi keladi.
Kaminaning hayoti ham qisman shunday Bugungi kunda anchagina nufuzli bo'lgan ishlab chiqarish birlashmasining hodimiman. Shukr bunga. Lekin....Lekin inson bu bilan harakatdan to'xtab qolmasligi yanada yuksaklikka intilishi darkor. Insoniyat qachonki harakatdan to'xtasa undagi rivojlanish va yangilikka bo'lgan qiziqish, intilish so'nadi va oxir oqibat batamom yo'qqa chiqadi. Turg'unlik davri boshlanadi. Bugungi XXI asr odamlarining ayniqsa yoshlarining esa aslo to'xtashga haqlari yo'q. Ular bizlarninh va shu aziz yurtimizning kelajagi ,oilalar yuzi farzandlarining sevimli ota-onasi, yaqinlarining faxridir. Butun dunyo tan olgan ajdodlarlimizning munosib davomchilariga aylanib o'zimiz va o'zligimizni ko'rsatadigan ayni bir fursat hozir.
Bolalik va yoshlikda olingan yuksak bilim va orzular , ota-bobolarimiz tomonidan shakl berib sayqallangan sabr va iroda yoshlarimiz, ukalarimiz va tengdoshlarimizni aslo tark etmasligi,biz esa ularga suyanch va madad bo'lishimiz kerak. Vaqt o'tib , kunlar kelib bu haqda faqat va faqat faxr va g'urur, hayotdan rozilik kabi tuyg'ular og'ushida yaqinlarimizga so'zlab beramiz.
O'zimiz va aziz xalqimiz hohlaganday nurli kelajak qurish yo'lida barcha barchaga sabr va matonat, mehnatsevrlik tilab qolaman. Bu yo'lda biz ota-onalar esa yanada farzandlarimizga e'tiborliroq bo'lishimiz, ularga to'g'ri yo'lni ko'rsatishda sobitqadam bo'lishimiz shart va zarur. Zero kelajak avlodga bizdan ozod va obod,mustaqil va kuchli va qudratli Vatan qolsin.
Inson qaysi sohada ishlamasin uni sevishi kerak va unda yangilik qilishi kerak. (Shuhrat Abbosov)
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр