Bog'cha atrofidagi ahvol juda achinarli!!?

Anvar Ortiqov
Саралаш

Avvalom bor assalomu alayakum. So'zlarimni boshlashdan oldin shuni takidlab o'tmoqchimanki quyida keltirilgan fikrlar meni shaxsiy fikrim hisoblanadi.  Demak boshladik...

Yurtimiz kundan kunga rivojlanib bormoqda. Shaharlar chiroy ochib qishloqlar obod bo'lmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida prezidentimiz tomonidan tasis etilgan "Obod Qishloq" dasturini keltirishimiz mumkin.

Kundan kunga chiroy ochib borayotgan shaharlarni ko'rib ko'zi quvnaydi kishini, Ammo shuni takidlab o'tishim lozimki guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek bazi joylarda kamchiliklar anchadan beri yo'qotilmay turibti.

Shuni aytib o'tishim joizki Forish tumanining markazidagi O'zbekiston mahallasi Do'stlik ko'chasidagi manabu ahvol kishini qayg'uga soladi. Ushbu nurab ketgan eski hojatxona binosi va yonidagi axlatxona kishiga g'alati ko'rinar ekan. U yerdan taralayotgan qo'lansa hid kishini ko'nglini aynitib yuboradi. Men har kuni shu yo'ldan tuman Yoshlar Ittifoqi Kengashiga qatnayman. Eng achinarlisi ushbu binolar ro'parasida bolalar bog'chasi qad rostlagan. O'ta turib men zo'rg'a chidagan ahvolga bog'chadagilar ko'pdan  beri chidab kelishga majbur bo'lmoqda.

Mana necha yildirki ushbu "yangi" axlatxona ishga tushmay qad rostlab turgani turgan. Ishga tushirishmas ekan nimaga qurishgan bunaqa axlatxonalarni. Shuni yanabir bor aytishim kerakki tumanda qurilgan shunday axlatxonalarni birontasi hali ishga tushmagan. Ammo barchasini qurilganiga 1.5 yildan oshgan.

Yonidagi eski nurab yotgan bino esa qulab tushay deb turibdi. Aholining ushbu bino ichiga kirishini tassavur qilib ko'ringga. Xudo ko'rsatmasin biron joyi bironkimning ustiga qulab tushsa javobgarlik kimning bo'yniga...?

Tumandagi mutasaddilar buni bilisharmikan, kimdir bu holatlar ustidan nazorat qilarmikan. Mutasaddilar qayerga qarashyapti axir. Kimdir murojat qilmagan taqdirdaham hokimlik va boshqa obodonlashtirish tashkilotlari tumanni o'rganishlari shunday joylarni obodonlashitishlari kerak emas-mi.? axir.

To'g'ri balkim aholidan murojat kelib tushmagandir. Lekin bunday vaziyatlarda aholidan murojat kelishini kutib turish aqlga sig'maydi. Axir ro'paradagi bog'chaga barchamizning oilamizga aziz bo'lgan  jajji bolajonlar tahsil oladiku. Bunga bir chora ko'rilishi kerak deb o'ylayman. Iltimos atroga qaranglar mutasaddilar...

So'zim oxirida shuni aytmoqchiman "Obodlik ko'ngildan boshlanadi" aziz mutasaddilar.

3.22 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.22 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.38 / 9

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Бахтиёр Шералиев 30/04/2018

Rasm qani?

4 Нигора Умарова 03/05/2018
3 Маҳсуджон Асқаров 04/05/2018
3 Олимжон Солижон ўғли 05/05/2018
3.5 Расул Кушербаев 15/05/2018
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05/2018
3.5 Шерзод Шерматов 17/05/2018
3 Мақсуд Саломов 18/05/2018
2.5 Давронбек Тожиалиев 19/05/2018
3 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
2 Беҳзод Қобулов 19/05/2018

Шикоятми, аризами, блогпостми? Учаласидан ҳам бир шингилдан бор. Лекин, учаласи ҳам эмас... Қолаверса, сурат гужонда қолди?

3 Уйғун Ғафуров 19/05/2018
3 Умид Гафуров 20/05/2018
2.5 Музаффар Назаров 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
3.5 Абдумалик Носиров 20/05/2018
3 Мубашшир Аҳмад 20/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 21/05/2018
3 Мансур Тангишов 21/05/2018
3 Иноят Садикова 21/05/2018
4 Нодир Закиров 21/05/2018
3.5 Адҳам Отажонов 21/05/2018
3.5 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
10 та фикр