Bir so`z

Abbos Fayzullayev
Саралаш

Dunyoda shunday so`z borki hech qanday ta`rifga muxtoj emas, bu so`zni boshqa tilga tarjima qilishmaydi, bu so`zni boricha qabul qilishadi. Boks ishqibozlari ko`pincha eng yaxshi bokschi kim degan savol yangraganda ikkiga bo`linib olishadi. Bir tomon MUHAMMAD ALI desa ikkinchi tomon MAYK TAYSON deydi. Bu tortishuvlarni hech qaysi tarozuga solib o`lchab bo`lmaydi. Chunki ular ikki xil davrda, boshqa boshqa asrlarda yashashgan. Lekin bu so`z yangraganda ko`z oldingizga bir vaqtning o`zida yo ikkita Tayson yoki Ikkita ALI kelaveradi. Bu so`z shunday ataladi, bu so`z shunday yoziladi : "EL CLASICO".

Yuqorida kirish qismi juda cho`zilib ketdi. Lekin bu so`z shunga arziydida rozi bo`lasiz endi. Bu to`qnashuv haqidagi bahslar ancha yillar oldin maydondan tashqariga chiqib ulgurgandi. Bu to`qnashuvlar, bahslar tarixini va tavsifini mendan ancha yaxshi bilasiz. O`sha mashxur diktator general Franko davridagi 11-1 dan tortib Luish Figuni qaymorrangli futbolkada Camp Nouda qanday kutib olshilarigacha bo`lgan voqeliklar. Yo`q bularga atroflicha to`xtalib o`tmoqchi emasman. Boshqa tarafga e`tiboringizni qaratmoqchiman. "Tanganing ikki tarfi bor" deyishadi ha o`sha mashxur iboraning davomi ham bor ekan : "...lekin faqat uning bir tarafigina tanganing asl qiymatini belgilab beradi". Yosh avlod vakili sifatida shuni aytishim mumkinki esimni tanib futbol ko`rishni boshlagan yillarim aynan Gvardiola Barselonasining epoxosiga to`g`ri kelgan ekan. So`ngi yillarda esa Zidan boshliq Qirollik klubi ”Yevropa chempionar ligasi”ni ”Real Madrid Ligasi”ga aylantirib yubordi . O`z o`zidan savol tug`iladi. Gvardiolaning Barselonasi kuchliroqmi yoki Zidanning Reali ? Keling yuqorida takidlangan tanganing qiymatini ushbu savol misolida belgilashga harakat qilamiz.

Tanganing 1-tarafi : Zidanning Reali kuchli ! Nega deysizmi ? Chunki ular ko`pchilik klublar tushlariga kirmagan voqelikni amalga oshirishdi. Ha Chempionlar ligasida ketma ket ikki marotaba Madrid madhiyasi baland ovozlarda yangradi. Ssenariy shu ketishda bo`lsa uchinchisiga ham tayyor turaverasiz endi. Bundan tashqari, futbolning eng yorqin lahzasi nimada ? Menimcha gol urilganda. ”Portugaliyalik erkatoy” jamoadoshlari Chempionlar ligasida gol urmagan o`yini kuni tug`ilgan chaqaloq hozir 2 yoshu 1 oylik bo`ldi. Boshqacha so`z bilan aytganda bozordan biror buyum xarid qilganingizda sizga kafolat berishadi. Shunga monand siz Zidan shogirdlarining o`yinini ko`rsangiz, ular sizga, xatto o`yinlari ochilmagandaham yoki ”Ob-havo noqulay kelganida”ham Gol urishlariga kafolat berishadi. Zidan jamoasi buyukroqligining bor bo`yicha ahamiyati nimada namoyon bo`ladi bilasizmi ? Madrilik shovvozlar o`sha ordona qurg`ur ”qo`shquloq kubok”ni o`zga sayyoradan kelib qolib uyiga qayta olmay yerda qolgan Messi va uning jamadoshlari bo`lmish Neymar va Suares bilan birgalikda ”Uch boshli ajdar” bo`lib o`zlarining ashaddiy raqiblari tarkibida o`ynab yurgan davrlarda amalga oshirishdi. Tamom xulosa qilib olavering !

Tanganing ikkinchi tarafi : Gvardiolaning Barselonasi kuchli. Nega ? Ular Yevropa chempionlar ligasini qo`lga kiritishgan yillarida ”To`kis baxt”ga erishishgan ya’ni ”trebl” qayd eta olishgan. Bundan tashqari Gvardiola davrida : Kataloniya jamoasi o`zlarining ”quda” lari bilan o`zaro xisob kitoblarida katta farq bilan ustunlik qilishgan. Esladingiza 6-2, 5-0 lar. Umuiy statistika esa quyidagicha: 17 ta o`yinning 10 tasida Barselona, 3 tasida Real va 4 tasida do`stlik g`alaba qozongan. Va yana bir Kataloniya jamoasi foydasiga ishlaydigan fakt shuki, Zidan davrida Barselona rahmatli Xojiboy qiziq aytganidek yo`l tutgan. Ya’ni Chempionlar ligasini ertaroq tark etishgan va

- ”Ha nima bo`ldi, qayoqqa”deyishsa,

-”Biz oldin bu kubokni yutganmiz, sizlar biz yo`qligimizda o`ynab olinglar, biz keyin o`sha zo`ringiz bilan o`ynaymiz”

Va o`sha zo`ri bilan bo`lgan o`yinlarda ko`pincha g`olib bo`lishganham, boshqacha aytganda Madridliklar Boks bo`yicha viloyat, tuman, respublika bosqichlarida birinchilikni olib kelishgan yillarida, o`zlarining mahallalaridagi ikkita ko`cha naryoqda turadigan va darvozasiga ” Mes Que Un Club” deb yozilgan, past bo`yli nimjon, ko`rinishidan ”jangchi”ga ham o`xshamaydigan bola bilan bo`ladigan o`yinlarda, ko`pincha ”burni qonab” uyiga yig`lab qaytgan.

Ko`rdingiz yuqorida imkoniyatim qadar tanganing ikkala tarafini ko`rsatdim. Qiymatini belgilashni o`zingizga qoldirdim. 

2.59 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.59 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.12 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 3

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1.5 Мансур Тангишов 06/05/2018

Mavzu original emas, ijtimoiy ahamiyati tor doira uchun qiziq, imloviy xatolar juda ko‘p, tahliliy qismlar qisman bayon etilgan, umumiy ma'lumotlar va ozroq statistika berilgan. Sarlavha bilan mavzu uzviy bog‘lanmagan.El classico haqida internetda shu qadar ko‘p ma'lumot to‘plasa bo‘ladiki, buncha ma'lumotdan chiroyliroq va qiziqarliroq biror g‘oya qilish ham mumkin edi. Muallifda fikr bor , ayrim o‘ziga xos qiyoslash va o‘xshatishlar ishlatilgan, rasm qo‘shilgani ijobiy holat, biroq blogning o‘qimishlilik darajasi nisbatan pastroq. Keyingi bloglarda yuqoridagi holatlarni inobatga olish kerak.

1 Расул Кушербаев 10/05/2018
3 Маҳсуджон Асқаров 12/05/2018
2 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05/2018
2 Шерзод Шерматов 17/05/2018
2 Давронбек Тожиалиев 18/05/2018
1.5 Нигора Умарова 18/05/2018
3 Олимжон Солижон ўғли 19/05/2018
0.5 Бахтиёр Шералиев 19/05/2018
1.5 Мақсуд Саломов 19/05/2018
0.5 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
2 Уйғун Ғафуров 19/05/2018
1 Умид Гафуров 19/05/2018
1 Музаффар Назаров 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
2.5 Абдумалик Носиров 20/05/2018
2 Беҳзод Қобулов 20/05/2018
2 Мубашшир Аҳмад 20/05/2018
2.5 Қаҳрамон Асланов 21/05/2018
2.5 Иноят Садикова 21/05/2018
3 Нодир Закиров 21/05/2018
2 Адҳам Отажонов 21/05/2018
1.5 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр