Ayol matonati

Mohinur Qambarova
Саралаш

      Jamiyatimizda ayol shaxsiga nisbatan bazida shunday past qarashlar mavjudki, uni ko'rganimizda yoki eshitganimizda be etiborlik bilan o'tib ketamiz. Ularning huquqlari poymol bo'lsada, o'zbekchilik deb quya qolamiz.

U 16 yoshda. Endigina 10-sinfni a'lo baholar bilan tugatib, oliy o'quv yurtiga o'qishga kirish, o'qituvchi bo'lish orzusi bilan yashar edi.

Otasining istagi bilan endigina 19 yoshga kirgan, hali hayot nimaligini anglab yetmagan, oila qurishga tayyor bo'lmagan, ota-onasidan erta ajralgan yigitga turmushga berishdi. Ota so'zi qonun bolgan bu qiz ko'z yoshlariga qaramay turmush o'rtog'ini chimildiqda ko'rdi.

Qani uning bolalik huquqlari ?

Ko'z yoshlari daryo bo'lsada, barchasiga ko'ndi. Endi oilasi uchun yashashni boshladi. Afsuski turmush mashaqqatlari uni kutub turar, turmush o'rtog'i oila degan tushunchani mohiyatini anglab yetmas edi.

Ayol oilasini saqlash uchun emas, otasining qahridan qo'rqib yashar edi. Oradan vaqtlar o'tib, ayolning yolg'iz umidi bo'lgan farzandi qizalog'i dunyoga keldi. U farzandi dunyoga kelsa oilasi mustahkamlanadi, turmush o'rtogi insofga kiradi deb ishonardi.

U farzandini qo'lga olishi bilan turmush o'rtog'ining armiyaga ketayotganlik xabarini eshitdi. Ayol qo'lida farzandidan boshqa hech vaqosiz, ohori to'kilib ketgan, qishloqning chekka uyida yolg'iz qoldi. Yolg'iz....

Kechalari qorquvdan ho'ngrab yig'lardi.

Qani uning rafiqalik huquqlari ?

Hayoti shu maromda davom etardi. Turmush o'rtog'i ancha masuliyatli, oilaparvar insonga aylandi. Kamchiliklari ko'p bo'lsada, bu ayol uchun mo'jiza edi. Ayol 2-3-farzandini dunyoga keltirdi. Uchinchi farzandi ham qiz tug'ildi. Palatadan turmush o'rtog'ining opasi "yana qizmi?" degan dashnom bilan chiqib ketdi. Ayol so'zsiz qizalog'ini bagr'iga bosib, ko'zidagi yoshlarini artdi. Shu vaqt kelgan noxush xabar uning yuragini tilka pora qildi. Ikkinchi qizalog'i endigina 2 yoshga to'lganida xastalik tufayli olamdan otdi. Ayol faryod chekardi. Unga o'z farzandini jonsiz tanasini ko'rsatishmadi, u farzandini diydoriga to'ya olmadi, farzandi bilan xayrlasha olmadi. Yoshi katta insonlar bunga ruxsat berishmadi.

Qani uning onalik xuquqlari?

Ayol bardoshli, u turmush o'rtog'i va farzandlari uchun yashashda davom etdi. Uning orzulari amalga osha boshladi. O'zi orzu qilgandek o'qituvchi bo'ldi, birin ketin shirin shakar farzandlari tug'uldi. Bu baxtini yon atrofdagi insonlarning o'g'li yuq degan dashnomlari buzardi. Ayol qalbida haqiqatdan ham o'g'lim bo'lsa otasining yoniga kirardi uning davomchisi bo'lardi deb o'ylardi. Afsuski ayolning bu orzusi orzuligicha qoldi. Turmush o'rtog'i qizlarini yeru-kukka ishonmas, ularni yaxshi kurar hech qachon o'g'im yoq demas edi. Bu ayolga kuch bag'ishlardi.

Yillar davomida oila atalmish qo'rg'on har qanday qiyinchilikka, unga otilgan toshlarga qarchi kurashib mustahkamlandi. Oilaning ikki vakili qizlarini oqila, iboli-hayoli, mehnatsevar, ilmli qilib tarbiyalashdi. Jamiyatga foydasi tegsin, hayotda qiynalmasin deb qizlarini barchasini oliy malumotli qilishdi. Hayotlarida yaxshi va yomon kunlari yonma yon yuraverdi.

Oliy malumotli, jamiyatga o'z o'rniga ega, 5 ta tilda bemalol gaplasha oladigan to'ngich qizlarini turmushga berish tayyorgarligida yurishganida yana ayol boshiga kulfat keldi. Qizining birdan xastalanib qolganidan ayol va eri shoshib qolishgandi. Shaharning eng taniqli shifokorlariga davolatishdi. 2 yillik davolanish samara bermadi. Axvol og'irlasha boshladi. Qizlariga davosi yo'q kasallik tashxisini qo'yishgandi. Oila yiqqan terganlarini qizlarini davolatish uchun sarflar, farzandlariga ozroq bolsada umrini uzaytirishga intilar edilar.

Qizning ahvoli og'irlashdi. Tez tibbiy yordam mashinasi qizni shifoxonaga olib bordi. Umid yo'q bosada, otasining iltimosi bilan operatsiya qilishdi. Operatsiya natijasida shifokorlar qiz 2 yildan beri noto'g'ri tashxis bilan davolanganligi, bu ayanchli tasirini ko'rsatib bo'lganligini aytishdi. Qiz endi ona, rafiqa bo'lish baxti bilan birga yashash baxtidan ham mosuvo bo'lgandi. Ayol daxshatdan karaxt. Qani ularning insonlik huquqlari?

Mana 6 yilki ayol baxt va daxshat ichida yashaydi. Baxtliligi shifokorlarning bundan 6 yil oldin shifokorlarning 1 oygina bo'lsada yashashga umid bermagan qizining asrab avaylab kelayotganligi, qizining navas olayotganligini kulayotganini ko'rish bo'lsa, daxshati har soniyada qizidan ajrab qolishini bilishi.

Ayol shunda ham baxtli, u kula oladi, ollohga shukr aytadi. Ayollik, turmush o'rtoqlik, onalik vazifalarini ortig'i bilan bajaradi. Qizlarining quvonchini baham ko'radi. Nevaralariga bosh bo'lib yuribdi. Uning atrofida uni yaxshi ko'ruvchi insonlari bor. Ayol har bir qiyinchiligini ayollik matonati bilan qarshi olmoqda. Buni farzandlariga, nevaralariga o'rgatmoqda.

Bu singari ayollar hayotimizda ko'p. Bazida ularning og'ir ahvolga tushushlari, muammolariga bizning bilib bilmay qilgan ishimiz, aytgan so'zimiz yoki befarqligimiz sababchi boladi. 

3.41 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.41 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    0.00 / 0

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Абдумалик Носиров 20/05/2018
3.5 Маҳсуджон Асқаров 21/05/2018
4 Мубашшир Аҳмад 21/05/2018
4 Умид Гафуров 21/05/2018
3.5 Шунқор Чориев 21/05/2018
3 Мақсуд Саломов 21/05/2018
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 21/05/2018
3 Бахтиёр Шералиев 21/05/2018
3.5 Қаҳрамон Асланов 21/05/2018
4.5 Нодир Закиров 21/05/2018
4 Шерзод Шерматов 21/05/2018
3 Мансур Тангишов 21/05/2018
3 Давронбек Тожиалиев 21/05/2018
3.5 Музаффар Назаров 21/05/2018
3.5 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
3 Иноят Садикова 21/05/2018
4 Тўлқин Юсупов 21/05/2018
4 Нигора Умарова 21/05/2018
4 Олимжон Солижон ўғли 21/05/2018
4 Адҳам Отажонов 21/05/2018
4 Расул Кушербаев 21/05/2018
2 Беҳзод Қобулов 21/05/2018
4 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр