Achchiq haqiqat

Muslimbek Abdullayev
Саралаш

Avval boshidan aytib qo`yay: men bloger emasman, havaskorman va bu mening dastlabki ishim.

KECHA:

Bu voqeani menga bir yaqin kishi aytib bergan. Men sizlarga uning tilidan aytib beraman.Men bundan 3-4 yil muqaddam, viloyatdagi eng nufuzli litseylardan birining 2-kursida o`qir edim. O`zlashtirishlarim hamma qatori edi.1-xato.Imtihonga ya`ni 1-avgustga chamasi 5 oylar vaqt qolganda bir tanishim va yana kimdir bezovta qildi. O`sha kimdir meni chetroqqa chaqirdi. Bilishimcha, u 1-avgustdagi imtihonda <<turib beradigan>> odam kerak ekan. Yana qayerda deng - azim Toshkentda! Men rozi bo'ldim. Ahir Toshkentni umrimda ko`rmagan bo`lsam, viloyatdan tashqariga chiqmagan bo`lsam va albatta, <<soqqa>>si ham yaxshigina ekan. Kamida 15 qog`oz (bir yarim ming dollar) U odam yana imtihongacha 2-3 marta yo`qlab turdi.2-xato.Imtixon kuni yaqinlashar ekan, men ham bekor yurmay, tayyorgarlik qilib yurdim. Imtihonga 4 kun qolganda tanishim jo`naymiz dedi. Uydagilarni "Toshkentni o`rtoqlarim bilan aylanib kelaman",- deb aldadim.3- Eng asosiy xato.Biz Toshkentga o`sha kuni kechga yetib keldik. Men o`ylagan maroqli hordiq bo`lmadi. Bir o`qituvchini uyida turdik. Lekin men o`sha 3 kun mobaynida o`ta achchiq haqiqatlarni bilib oldim: men borgan joyda mendan 3-4, hatto 10 yosh katta odamlar ham bor edi. Ularni <<bunkerlar>> deb atashardi. Ertasi kuni tanishimning domlasi keldi va bizga tegishli abituriyentlarni hujjatlarini berdi. Ha, bunkerlikni asosiy o`rtakashi o`sha nufuzli oliy o`quv yurtini domlasi edi. Men shuni aniq aytamanki o`sha domladan ham tepada turganla bor edi. Yana o`sha o`qituvchi qaysidir bolaga prokurorning o`g`ilchasini kirgizishni tayinlab aytdi. "Bechora" bola 3 yildan beri kirolmas ekan. Imtihonda oliy o`quv yurtida o`qiyotganlar, bitirganlar, hattoki 2-3 nafar farzandlilar ham qatnasharkan. Bazilar esa imtihon bo`ladigan joylarni ichida, yaqinida pisib yotishar ekan va test varaqalari olib chiqilar ekan. Qisqasi, imtihondagi qing`irliklar haqida 5-6 tomli asar yozsa bo`ladi. Xullas, imtihon kuniga ortiqcha to`xtalib o`tirmayman. Hammasi silliq o`tdi. O`sha kuniyoq uyga qaytdik??

Eslatma:O`zingiz o`ylab ko`ring karra jadvalini bilmagan bolalar imtihonda qiynalmay kirsayu,o`sha bola ertaga hech qiynalmay ishga ham kiradi bu aniq, lekin jamiyatimizda rivojlanish bo`larmikin?.Oliy o`quv yurtida osongina o`qishiku boshqa alohida mavzu, bo`lganda ham juda og`riqli mavzu.Darvoqe bu ishlar muqaddas dinimizga ham zid manimcha.

TAKLIF:

Qilinishi kerak kerak bo`lgan ishlardan biri imtihonda qo`lga tushgan kishilarni qat`iy jazolash kerak men haligacha eshitmaganman imtihonda qo`lga tushib oliy o`quv yurtidan haydalgan,yoki qanchadir jarima solingan bolalarni.Imtihonda olingan videolarni 1-sentabrda yana qaytadan ko`rish kerak.

BUGUN:

Bu yo`nalishda qator islohotlar qilinyapti. Imtihonlar 15 kunda bo`lish yaxshi. Nazoratga qulay va asosiysi, keng va ochiq pavilyonlarda o'tkaziladi. Ertangi kuniyoq natijalarning chiqishi esa eng zo`r yangilik. Bu islohotlar yuqorida tilga olingan jinoyatlarning oldini oladi va oliy o'quv yurtlarida bilimli yigit-qizlar o'qiydi, degan niyatdaman! Bu yog'ini vaqt hukmiga qoldiramiz!

3.30 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.30 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 6

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Умид Гафуров 11/05/2018

Дастлабки иш учун ёмон эмас. Расм юклаганингиз ва матнни форматлашга эътибор берганингиз яхши.

3.5 Расул Кушербаев 12/05/2018
5 Маҳсуджон Асқаров 12/05/2018
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05/2018
4 Шерзод Шерматов 17/05/2018
3 Мақсуд Саломов 18/05/2018
2.5 Давронбек Тожиалиев 18/05/2018
4 Бахтиёр Шералиев 18/05/2018
4 Нигора Умарова 18/05/2018
3 Олимжон Солижон ўғли 19/05/2018
3 Уйғун Ғафуров 19/05/2018
2 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
3 Музаффар Назаров 20/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 20/05/2018
2 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Беҳзод Қобулов 20/05/2018
3 Абдумалик Носиров 20/05/2018
4 Мубашшир Аҳмад 21/05/2018
3 Мансур Тангишов 21/05/2018
4 Нодир Закиров 21/05/2018
2.5 Иноят Садикова 21/05/2018
3.5 Адҳам Отажонов 21/05/2018
4 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр