Tug'ildim, qora edim, o'sganda qora,
Quyoshda ham qora, qo'rqqanda qora.
Xasta bo'lgach qora, o'lganda qora,
Xamon o'zgarmadim, hamon qop-qora.
Oq tanli og'aynim tug'ilding pushti,
Oq rangga o'zgarding, ulg’ayib-unib,
Quyoshda toblanding qip-qizil qonday,
Ko'karding sovuqdan, muzlab, junjikib.
Sarg'ayib ketding-ku qo'rqqan mahaling,
Yashilga aylanding, betob bo'lgan on.
O'lgach kulrang bo'lding, tushunmam sira,
Nega men sen uchun "rangli"man hamon!
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
5 та фикр