Zamonaviy O'zbekistonda Oliy ma'lumot shu qadar muhimmi? Yohud O'rta-maxsus ammo o'z sohasi kuchli mutaxasi oliyga tahsil ola olmaydimi?

Yoqubov Salohiddin
Саралаш

Oddiy bir hayotiy holat. Bir tanishim Bankda ishlardi. 7-8 yillik tajribaga ega mutaxasis. Bankdagi deyarli barcha ishlarni qoyillatib qo'yardi. Kunlardan bir kuni bankka oliy ma'lumotli xodim keladi. Tanishimni u xodimga ish o'rgatuvchi (ustoz) qilib qo'yishadi. 15-20 kunlar majburan ish o'rgandiki, oliy ma'lumotli xodimni bo'lim boshlig'i lavozimiga tayinlashdi. Bu esa tanishimga alam qiladi. Yo'q unda bu lavozimni egallash niyati bo'lmagan, ammo institutni faqat "diplom" uchun bitirgan, qilayotgan ishidan zavq olib emas, kun o'tsinga ishlaydigan, ishxonaga har xil "Aqlli qizlar"ni ham olib kelib, "ana man bo'lim boshlig'i bo'ldim" deb maqtanib, yana o'sha qizlar bilan dam olishga chiqib ketadigan xodim unga rahbar bo'lganligi do'stimni alamini keltirdi. U menga bugun shu haqida aytib berdi. Meni ham bu mavzu anchadan beri mushoxada qilishga undardi.

Xo'sh? Zamonaviy O'zbekistonda Oliy ma'lumot shu qadar muhimmi?

Bu savol hozirda millionlab yoshlarni qiynayotgani aniq! Chunki yurtimizda o'rta-maxsus ma'lumotliklar, oliy ma'lumotliklardan ancha ko'p. Masalani bir tomonini ko'radigan bo'lsak, yuqori lavozimlarga, daromadi baland sohalarga faqat oliy ma'lumotliklarni qabul qilish buni yaxshi albatta. Chunki oliy baribir oliy! Oliy ma'lumotli insonlar kam, rahbarlik va yuqori lavozimlar ham kam. Shuni hisobida katta lavozimlarga bitta o'rin uchun nisbat kamroq. Agarda oliy ma'lumot talab qilinadigan vakansiya bo'ladigan bo'lsa, nari borsa 1 o'ringa 30-40 kishi talabgorlik qilib, ob'ektivka(resume) jo'natadi. O'rta-mahsus ma'lumot bo'ladigan bo'lsa, bu ko'rsatgich 1 o'ringa 3000-4000 kishiga ham yetishi mumkin.

Masalani ikkinchi tomoniga nazar tashlaymiz. Oliy ma'lumot olish uchun eng kamida 2 yil tayyorlanish kerak. Bunda ham omadi chopgan kiradi. Tanishlarim orasida 10 yil oliy ta'limga kira olmaydiganlar ham topiladi. Bilasizmi nega? Chunki ular ishlaydi, mehnat qiladi. Bilim darajasi o'ta kuchli, ammo oliy ma'lumot yo'qligi sababli lavozim pillapoyasidan yuqoriga intilishga haqqi yo'q. Ayrim paytlarda oliy ma'lumoti bor odamni nomini hujjatlarga yozib qo'yib, korxonalarni o'rta-maxsus ma'lumotli inson boshqarayotganini guvohi ham bo'lganmiz.  Hattoki dunyoga ma'lum va mashxur ko'p kompaniyalar rahbarlari o'rta-maxsus ma'lumotli bo'lgani hech kimga sir emas. Hattoki Bill Geyts ham o'z kompaniyasini qurganidan so'ng, oradan 30 yil o'tib oliy ma'lumotni olgan.  Demak o'z-o'zidan bir nechta savollar yuzaga keladi.

- Oliy ma'lumotli odam-u, o'rta-maxsus odam emasmi? - Kuchli mutaxasis bo'lsang-u, ammo yuqoriga ko'tarila olmasang, birdek oddiy ishchi sifatida qolib ketsang - Senga oliy ma'lumotli diplomni sotib olib, u ham yetmaganday boshliq bo'lib kelib olib, aqllilik qilsa kimga yoqadi? - Ex do'stim! Bizga Palonchayevni boshliq qilib qo'yishdi. U esa diplomni sotib olganmi bilmayman. Ishni umuman bilmaydi, bu ketishda kompaniya tanazzulga yuz tutsa kerak!

Bunday so'zlar tez-tez qulog'imizga chalinib turadi.

Mening o'zimni ma'lumotim ham o'rta-maxsus. Hozir bir nechta firma va bitta kompaniyada faoliyat yuritaman. Ma'lumotim o'rta-maxsus bo'lganligi sababli, oliy ma'lumotli sohani umuman tushunmaydigan boshliqlar qo'lida ishlayman. Direktorimizga qolsaku allaqachon meni bosh menejer qilib qo'yardi. Afsuski oliy ma'lumotli bo'lmaganligim bunga katta to'sqinlik qilmoqda. O'ylashingiz mumkin bu yigit pulga o'ch ekan deb. Yo'q unday emas, shunchaki shu kompaniyani rivojlantirish uchun meni loyihalarimni qo'shtirnoq ichidagi oliy ma'lumotli rahbarlar eshtishmaydi. Ular uchun kun o'tsa, pulni olsa shuni o'zi yetadi.

Kasb-hunar kollejlarida va maktablarda faqat oliy ma'lumotli diplom uchun institutni o'qigan o'qituvchilarni ishga olishlari natijasida 50-60% fanlardan va yo'nalishlardan bolalarni bilim darajasi o'ta pastlashib ketmoqda. Eng achinarlisi o'qituvchi darsda xato gapirganda, o'quvchi "Ustoz mana bu qismini unday emas, bunday qilsak qanday bo'ladi" desa, o'qituvchi o'sha o'qituvchiga qastma-qastiga haqiqiy bahosini chiqarib berishda qiynaydi, yoki qanaqadir qo'shimcha bosim tashlaydi. Bu esa tabiiyki bitta auditoriyadagi 30-40 odamga xato ma'lumot berilishiga olib keladi.

Oliy ma'lumotli faqat qo'lidagi diplomiga ishonadi. "Diplom borku, meni ishga joylab qo'yadida" deydi. Ishga kirdiki, kun o'tsa-pul olsa bo'ldi.

O'rta-maxsus esa imkon boricha harakat qiladi. Chunki unda oliy ma'lumot yo'q. Ammo unga ishonch bildirilgan. Albatta bu yerda 5-10% o'z ishini mutaxasisi bo'lgan o'rta-maxsus ma'lumotlilar haqida gap ketmoqda.

Men bu bilan oliy ma'lumotni butunlay yo'qotish kerak demoqchi emasman. Shunchaki ayrim sohalarda mutaxasis tanlashda oliy yoki o'rta maxsusga ajratilmasligi tarafdoriman. Shifokorlik, vazirlik tashkilotlari va ayrim shunga o'xshash sohalar bundan mustasno. Ularga oliy albatta shart. Ammo boshqa sohalarda deyarli kerak emas. Shunda davlatimiz har jabhada gullab yashnaydi. Sababi o'rta-maxsus bo'lsa ham, ancha-muncha oliylardan zexni o'tkirlar anchagina.  

Xo'sh shu o'rinda savol tug'iladi. Agarda o'rta-maxsuslarga hamma imkoniyat berib qo'yilsa, unda davlat byudjetiga kontraktni kim to'laydi? Kim oliyga o'qiydi? Oliyga albatta o'qishadi. Sababi lavozim bir xil bo'lgani bilan, oylik maosh baribir turlicha bo'lib qolgani yaxshi. Masalan ikkita bir xil mutaxasis bo'ladigan bo'lsa, bittasida oliy, ikkinchisi o'rta-mahsus bo'lsa, Oliy 2 000 000 so'm oylik olgan paytda, o'rta-maxsusga 1 500 000 oylik yozilsin mayli. Ammo o'rta-maxsus va iqtidorli odamlar mardikorlikdan nariga o'tmay qolishi holatini bartaraf etish kerak. Bilimi, salohiyati zo'r bo'lsa ham, o'rta-maxsusni hech kim eshtmaydi, raxbarlar u beradigan takliflarni o'ylab ham ko'rmaydi. Vaholanki bu takliflar chuqur o'ylangan va strategik ahamiyati juda yuqori bo'lishi mumkin.

Qisqa va lo'nda qilib gapiradigan bo'lsam, o'rta-mahsus mutaxasislarga ham qanaqadir sinovlar asosida ozgina bo'lsa ham lavozimga ko'tarila olishga imkon berish kerak yoki ularga qanaqadir imtiyozlar bilan Oliy ta'limga imtixonsiz kirishga ruxsat berish kerak (Xuddi san'at sohasida ijodiy imtixon bo'lganidek)

O'rta-maxsus ma'lumotliklar o'z ishini ustasi bo'lsa, ularga bitta oliy diplom olish uchun, korxonadagi menejerga ona-tili adabiyot, matematikadan 30 testlik DTM imtixoni nega kerak? Shuni o'rniga ishchi guruh yaratilib, amaliy imtixonlar qo'yilsin. O'zini sohasiga mos tarzda amaliy topshiriqlarni bajarsin va oliyga qabul qilinsin. Mayli konktrakt ham to'lasin. Shunda ko'p yoshlarda ishtiyoq tug'iladi. Ishlashga ham, o'qishga ham!. O'rta-maxsus oliyga tayyorlanaman deb 1 yil o'zini fanlarga bag'ishlasa, keyin oliyni o'qisa, Ungacha mutaxasisligi bo'yicha yo tizim o'zgargan bo'ladi, yoki unutib yuborgan bo'ladi, yo ish o'rni qolmagan bo'ladi. Yakuniy xulosa esa Oliy ma'lumotli diplom chang bosib yotadi. Masalani ikkinchi tomoni esa o'ziga nisbatan ishonch yo'qoladi. "E man baribir institutga kirolmayman, ming marta harakat qilib, yaxshi mehnat qilsam ham, oddiy ishchidan nariga o'tolmayman. Yaxshisi Rossiya ketaman" deydigan yoshlar kerakmi yoki bizga? Yoki "Iye ana! O'rta-maxsusliklar ham endi o'z fikrini bayon eta olarkan, endi biz ham o'zimizni sohamiz bo'yicha imtixonsiz, amaliy ish qilib o'qishga kira olarkanimiz, Bu judayam zo'r bo'libdi! Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev va barcha shu ishni amalga oshirishga bel bog'lagan davlarimiz hukutamiga ming bora tashakkur" deydigan yoshlarmi?

Shu narsa haqida barcha hukumatimiz rahbarlari o'ylab ko'rsa yaxshi bo'lardi. Taklifim yerda qolib ketmasa, judayam xursand bo'lgan bo'lar edim.

Hurmat bilan Ozod va Obod yurtning oddiygina farzandi Yoqubov Salohiddin Tojiddin o'g'li

Oxirigacha sabr bilan o'qiganingiz ming bora rahmat!

3.21 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.21 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.10 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.37 / 12

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Олимжон Солижон ўғли 05/05, 21:27
4 Расул Кушербаев 12/05, 01:29
4 Маҳсуджон Асқаров 13/05, 12:59
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05, 01:56
3.5 Шерзод Шерматов 17/05, 16:18
3 Бахтиёр Шералиев 18/05, 12:53

Hurmatli muallif, blogpostingiz o'qigan odam O'zbekistondagi Oliy ma'lumotlilar o'rta maxsusdan ham past bilimga ega ekan degan tushunchaga borishi aniq! Blogpostingizni 3 karra qayta-qayta o'qib chiqdim va aytishim mumkinki, ba'zi joylarda haq bo'lsangiz, aksariyat joyida umuman nohaqsiz! Sababi Siz faqat O'zbekistondagi oliy ta'limni bitirgan kadrlarni ko'rgan bo'lsangiz kerak. Agar haqiqiy oliy ma'lumotli odamni ko'rganingizda umuman boshqacha o'ylagan bo'lar edingiz. O'zbekistondagi oliy ta'lim kuchli islohga muhtoj soha hisoblanadi, agar Siz ularni bitirganlarning hammasi oliy ma'lumotli desangiz aslida unday emas, chunki haqiqatdan ham ularning aksariyati Sizdek o'rta maxsus bilimlilardan ham pastroq bilimga ega. Chunki ta'lim tizimi korrupsiyaga botib ketgan. Sizning haq bo'lgan jihatlaringizga keladigan bo'lsak, haqiqatdan ham aksariyat sohalarda qo'lidagi diplomga emas, balki mutaxassisning malakasiga qarash lozim. Masalan, diplomi bor lekin yaxshi dasturlay olmaydigan dasturchining hech kimga keragi yo'q (bunday dasturchilar faqat bizda bor bo'lsa kerak), undan ko'ra o'zi o'rgangan, lekin diplomsiz mohir dasturchi ming marta afzal! Xulosa sifatida shuni aytashim mumkinki, hech qanday o'rta maxsus ta'lim Oliy ta'limning o'rnini bosa olmaydi, faqat haqiqiy oliy ta'limni!

2.5 Давронбек Тожиалиев 18/05, 14:00
2 Беҳзод Қобулов 18/05, 14:24

Сиз айтган ишлар аллақачон бошланган. Қолаверса. ўрта-махсус маълумотлилар ҳам кўчага ташлаб қўйилган эмас. Улар ҳам ишлашаяпти. Мисол учун битта факт айтаман. Бугун республикамиздаги барча туман ва шаҳарлар ҳокимиятидаги кадрларнинг қарийб 35-40 фоизи ўрта-махсус маълумотли кадрлардир. ОЎЮ га киришга имтиёз масаласи ҳам ҳал бўлди-ку!

3 Нигора Умарова 18/05, 20:48
3 Тўлқин Юсупов 19/05, 17:25
3 Уйғун Ғафуров 19/05, 18:43
3 Мақсуд Саломов 19/05, 18:53
3 Умид Гафуров 20/05, 00:30
3 Музаффар Назаров 20/05, 16:42
2.5 Шунқор Чориев 20/05, 20:50
3 Абдумалик Носиров 20/05, 23:06
3 Мубашшир Аҳмад 20/05, 23:46
3 Қаҳрамон Асланов 21/05, 09:24
3 Мансур Тангишов 21/05, 11:35
3 Иноят Садикова 21/05, 14:06
4 Нодир Закиров 21/05, 14:10
3.5 Адҳам Отажонов 21/05, 19:37
3.5 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:18
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
11 та фикр