Yuksak vazifa

Bugungi shiddat bilan o'zgarib borayotgan, tub islohotlar amalga oshirilayotgan zamonda salohiyatli, zamon talabiga javob beradigan, amalga oshirilayotgan islohotlarni chuqur tahlil qila oladigan kadrlarga ehtiyoj yuqoridir. Ushbu voqeani eshitganimda hayotimda katta o'zgarish sodir bo'ldi hamda o'zimga bir umrlik amal qilishim lozim bo'lgan muhim bir tamoyilni kashf etdim.

...1995 yil bahor oylarining bir kuni edi. Tuman hokimligidan tuman hokimining kotibasi qo'ng'iroq qilib, tuman hokimi men bilan uchrashmoqchi ekanligini, kechqurun soat 21:00 da hokimning huzuriga kelishimni ta'kidladi. Kechqurun soat 20:45 da tuman hokimligiga yetib bordim, tuman hokimi xonasining yonida o'tiradigan yigit bir pas kutib turing deb, hokimning xonasiga kirib ketdi. Oradan 5 daqiqa o'tgandan so'ng, xonadan chiqdi hamda menga marhamat kiring deya hokim xonasiga ishora qildi. Men ham o'rnimdan turib, ust-boshimni to'g'riladim-da, hokimning xonasiga kirdim.

- Assalomu aleykum, mumkinmi? - dedim.

- Vaaleykum assalom kel seni kutib turuvdim, - dedida stol chetida turgan piyoladagi choyni bir ho'plab davom etdi, - olimlar O'zbekistonda bir dorivor o'simlikni yetishtirishni tajriba qilmoqchi ekan, shu o'simlik bizning tumanimiz iqlimiga mos kelar ekan, shu ish bilan shug'ullansang, nima deysan?

- Qanday bo'larkan, hokim bobo, mening kasbim savdo hisobchisi bo'lsa, agronomiya, qishloq xo'jaligi sohalarini tushunmasam, ustiga-ustak tajribadagi o'simlik bo'lsa, qanday qilaman - dedim.

- Shoshma, shoshma, shoshma!!! Ota-bobong ketmon chopib non topganmi, sen shu nonni yeb katta bo'lganmisan, "DEHQON BOLASINING DIPLOMI, MUTAXASSISLIGI BO'LISHI SHART EMAS, QUNT KERAK, IRODA KERAK, IZLANISH KERAK" yozib ol shu gaplarni.

- Nima desam ekan - deb biroz ikkilanib turuvdim, hokim bobo birdan gapimni kesdi.

- "ISHLAGANDA ISHNI QO'RQITIB, ISHGA ZO'RLIGINGNI O'TKAZIB ISHLA, ISH SENDAN QO'RQSIN, YURGANDA SHUNDAY YURGINGKI, BOSGAN QADAMINGDAN IZ QOLSIN, GAPIRGANDA SHUNDAY GAPIRGINGKI GAPIRGAN GAPINGDAN ODAMLAR OZIQ OLSIN!!!" men shu shiorga shu paytgacha amal qilib kelaman, sen ham o'zingga shior qilib ol, tushundingmi?

- Tushundim-da... - deb endi gapirmoqchi edim, hokim bobo gapimni shart kesib.

- Bo'ldi, tayyorlan ertaga Toshkentga ketasan, chiq! - deya suhbatimizga yakun yasadi.

Tuman hokimi aytgan ushbu shiorga qahramonimiz 23 yildirki amal qilib kelmoqda. Sizga ham ushbu shiorga amal qilib, ishlaganda ishni qo'rqitib ishlashingizni tavsiya qilaman.

2.77 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.77 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2 Олимжон Солижон ўғли 05/05, 21:36
3 Расул Кушербаев 12/05, 01:25
3 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:21
2.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05, 03:21
2 Шерзод Шерматов 17/05, 22:32
1.5 Давронбек Тожиалиев 18/05, 16:52
2 Нигора Умарова 18/05, 20:29
0.5 Бахтиёр Шералиев 19/05, 14:31

Blogpostingizga qaraganda hokimingiz bemorni davolagani eski azoyimxonning nevaralarini jo'natadigan ko'rinadi. Ishni qo'rqitish emas, ishni o'z sohasining mutaxasisisi qilish kerak! Agar o'sha hokimingiz hali ham tirik va o'z vazifasida bo'lsa shu gaplarimn aytib qo'ysangiz.

2 Мақсуд Саломов 19/05, 15:13
2 Тўлқин Юсупов 19/05, 17:47
2.5 Уйғун Ғафуров 19/05, 18:31
2.5 Умид Гафуров 19/05, 23:44
2 Музаффар Назаров 20/05, 17:46
2 Шунқор Чориев 20/05, 20:46
1 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:23
2.5 Абдумалик Носиров 20/05, 23:02
2 Мубашшир Аҳмад 20/05, 23:39
2 Қаҳрамон Асланов 21/05, 11:23
3 Мансур Тангишов 21/05, 11:29
3 Иноят Садикова 21/05, 14:02
3 Нодир Закиров 21/05, 17:50
3.5 Адҳам Отажонов 21/05, 20:05
2.5 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:35
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр