Xoshimjonning “raygaz” dagi sarguzashtlari

Nasim Sadikov
Саралаш

Bir bor ekan, bir yo’q ekan… iye uzr. Sal qoldi sizlarga ertak aytib berishimga. Ahir maqolamni o’zimga o’xshagan kattalar o’qishadiku. Ya’ni bu kattalar uchun ertak. Zamonaviy til bilan aytganda 18+ dan yuqorilar o’qisin. Xullas, Xoshimjon nomini o’qishimiz bilan ko’pchiligimiz Xudoyberdi To’xtaboyevning ertaklaridagi bosh qahramonini eslaymiz. Bugun men sizlarga shu Xoshimjonning maktabni bitirib, pedagogika institutini bitirib va o’qituvchi bo’lganidan keyin maktabda ustozlik qilayotganda sodir bo’lgan “sarguzashti” haqida so’zlab bermoqchiman.

Shunday qilib qahramonimiz bir necha yillik zahmatlaridan so’ng uylanibdi va oilasi bilan yangi uy quribdi. Yangi uyga ko’chishi bilan elektr toki va gazni hisoblaydigan o’lchagichlarni uyiga o’rnatibdi. Eng qizig’i u yashaydigan mahallada gaz deyarli yo’q ekan (qahraton qishda 2-3 oy gaz berilishini aytmaganda). Lekin Xoshimjon juda vijdonli bo’lgani uchun tezda xujjatlarni to’g’irlabdi. Kunlar o’tibdi va qahramonimiz o’zining zahmatli va fahrli ishini tugatib ta’tilga chiqibdi. Ta’til vaqtlarim bekor o’tmasin, ish xonamga “Xoshimjonni gazdan qarzi yo’q” degan “spravka”ni olish uchun qahramonimiz “raygaz” ga (Jizzax tuman gaz) boribdi. Mazkur ikki qavatlik koshonada jiddiy va juda jahldor amakilarni ishlashidan qahramonimizning xabari yo’q ekan. Ular o’z kursisida o’tirvolib, oldilariga navbat – navbat odamni turg’izib qo’yishar ekan. Yana hohlagan vaqtlari majlisga yoki “otchyot” topshirishga ketayapman deb chiqib ketishar ekan. Ko’ngli sodda va ishonuvchan qahramonimiz binoga kiribdiyu mijozlar bilan ishlaydigan amakini oldiga boribdi. Koshonadagi odamlarning ba’zilar ko’zida yosh bilan zorlanib yurishar ekan. “Meni uyimda necha yildan beri gaz yo’q. Nega menda yo’q gaz uchun shuuuncha qarz bor” deb yig’lashar ekan. Qarzi bor yo’g’i 45000 so’m ekanligini bilgan Xoshimjon darxol shu yerni o’zida qarzini 55000 qilib to’labdi va hodimga “gazdan qarz emas” degan “spravka” berishini so’rabdi. U esa, “Men siz haqingizda o’zimni “boss” larimga aytishim kerak”. “Spravkani ertaga olasiz” debdi. Soddagina Xoshimjon lom – lim demay uyiga qaytibdi. Shu kuni yo’lkiraning o’ziga 6000 so’m pul ketganini ko’rib, juda attang qilibdi. To’g’rida u allaqachon plastik kartasiga tushgan pullarini zarurat tufayli ishlatib bo’lgan, ozgina pulni ro’zg’or uchun olib qo’ygan edi. Shunday qilib Xoshimjon ertasi kuni “raygaz” degan qorindor amakilar makon qilgan koshonaga boribdi. Eshikdan kirishi bilanoq o’ziga o’xshagan bir to’da odamga duch kelibdi. Odamlar juda jahldor bo’lib turishgan ekan. “Nima bo’ldi?” deb so’rasa, “Baza ishlamayapti, spravkani bazadan berishadi. Ertaga ishlaydi ekan” deyishibdi. Yaxshiyamki, uning yodiga “raygaz” ning telefon raqamini olish esiga tushibdi va u shunday qilibdi. Xoshimjon indamaygina yana uyiga qaytibdi. Pulini xisoblasa, o’sha kuni yana 6000 so’m puli ketibdi. 3 kun qahramonimiz “raygaz”ga telefon qilsa, “baza” ishlamayotganini aytishibdi. Shunday qilib Xoshimjon 5 kun orqama – ketin qurib ketkur “baza” ni ishlamayotganini telefon go’shagi orqali eshitaveribdi. Nihoyat 6 kuni unga boshqacha xabar aytishibdi – “Baza ishlayapti, lekin svet yo’q”. Shu bilan 1 hafta yashin tezligida o’tibdi. Keyingi hafta esa yana o’sha javob. Xullas roppa – rosa 14 kundan keyin Xoshimjon “baza” ni ishlayotgani haqida eshitibdi va qo’ltig’ining ostiga gaz xujjatlarini olib, oyog’ini yerga qo’ymay “raygaz” koshonasi tomon yugurib ketibdi. U yerga borishi bilan navbatga turib “Xoshimjonning qarzi yo’q” degan “spravka” ni qo’liga olibdi. Shu kuni qahramonimiz o’zini dunyoda eng baxtiyor odamlar qatorida xis qilibdi. Baxtiyor holatda turgan Xoshimjonni gaz hodimining gapi esankiratib qo’yibdi. “Nega hursand bo’lasan yigitcha, spravkaga 6 ta odam imzo qo’yishi kerak! Undan keyingina spravkeng kuchga kiradi” debdi. Shoshib qolgan Xoshimjon o’sha odamlarni “raygaz” dagi eshiklarga birma-bir kirib qidira boshlabdi. Afsuski olti odamning faqat bittasigina Xoshimjonga imzo qo’yib beribdi. O’tkazilgan 2-3 soatdan so’ng Xoshimjon uyga qaytibdi. “Bugun yana 6000 so’m pul yo’q qildim. 18000 so’m pul ketdi. Eh attang” deb qo’yibdi. Keyingi kunni intiqlik bilan kutgan qahramonimiz “raygaz” ga borishi bilan “spravka” siga o’zlarining “qimmat”li imzolarini hodimlarni qidira boshlabdi. 4 tasi bor-u qolgani yo’q ekan. O’sha bittasi ham “Otabek degan hodimimiz imzo qo’ymasa, men qo’ymayman. Avval u, keyin man” debdi. U Otabek deganlarini qahramonimiz topaman deb tili tanglayiga osilib qolibdi. Keyin bilsa Otabek amakini topish oson emas ekan. “Otchyot-potchyot” degandek… chiqib ketar ekanlar. “Eh… bugun yana 6000 so’m ketdi! 24000 so’m pul yo’q bo’ldiya” deb o’ksinibdi Xoshimjon va sabr kosasi to’lib ketibdi-yu Fayzbog’ning Maslahat guruhidan “Raygaz” ning “boss”larining “boss”larining ishonch telefonini topibdi. Ne-ne umidlar bilan ishonch telefoniga qo’ng’iroq qilib dardini dasturxon qilibdi. Ishonch telefoni orqali unga “raygazning ichida xalq qabulxonasi bor, u yerda gaz muammolari bilan shug’ullanadigan mutaxassislar bor. Shularga murojaat qilsangiz sizning shikoyatingizni qondirib berishadi” debdi. Xoshimjon hayron bo’lib o’zicha “Xalq qabulxonasiga murojjat qilsam, unda bu ishonch telefonini nima keragi bor” debdi. Qalbida umid uchqunlari porlagan qahramonimiz “raygaz” koshonasining har bir xonasiga kirib xalq qabulxonasini qidiribdi. Lekin koshonada unaqa xona yo’q emish. Tashqariga chiqibdida o’ngga qarabdi keyin so’lga (chapga) qarabdi va to’g’riga qarabdi, lekin xalq qabulxonasini topolmay xunob bo’libdi. Keyin surishtirib bilsa, xalq qabulxonasi tuman markazida ekan. Cho’ntagidagi pulni sanab, “Eh u yerga borib kelish uchun yana 1000-2000 so’m ketadi” debdida “Ertaga kelsam Otabek amakini toparman” deb qaytib ketibdi. Qorong’u tundan keyin yorug’ kun kelganidek, Otabek amaki topilibdi. Xoshimjon amakiga imzo qo’ydiribdi. Baxtiga qolgan 2 ta amakilar ham shu yerda ekan. Hursand bo’lib ulardan ham “avtograf” olibdi. “Endi navbat boshliqqa. Boshliq shu yerda. Tezda kirib unga imzo qo’ydirsam” deb suyunib “boss”ning xonasiga yuguribdi. Boss ham o’zini ko’p kuttirmay Xoshimjonni xonasiga taklif qilib, uning qo’lidagi “spravka” ga qarabdi-yu peshonasi tirishibdi. “Uyingizga ertaga borib, gaz o’lchagichingizni tekshiramiz. Agar ko’rsatilgan raqamlar to’g’ri bo’lsa, ertadan keyin spravkani olasiz” debdiyu qahramonimizning qo’lidagi spravkani o’zida olib qolibdi. Xoshimjon yana indamay uyiga qaytibdi. Yana ketkazgan pulini hisoblabdi. “Bugun yana 6000 so’m pulim ketdi. Jami 30000 so’m pul bo’di. Bu ketishda yo’q gaz uchun 85000 so’m to’laymanmi” deb bo’zlab qolibdi. Kunlar ortidan kunlar o’tibdi. Gaz hodimlaridan shu bilan xabar bo’lmabdi…

Ana-mana deguncha 10 kun o’tib ketibdi. Gaz xodimini 10 kun kutgan Xoshimjonning toqati toq bo’libdi. Uning uyiga hech qanaqa hodim kelmabdi. Xunob bo’lgan qahramonimiz yana “raygaz” deb nomlanmush koshonaga boribdi. Surishtirib-surishtirib o’sha uning uyiga kelishi lozim bo’lgan xodimni topibdi. Unga iltimos qilib, “ertaga ertalab boraman” degan va’dasini olib qaytibdi. Endi Xoshimjon yo’lkiraga ketayotgan pulini ham sanamay qo’yibdi. “Qirqiga chidadim, qirq biriga ham chiday” debdiyu, uyiga qaytib, intiqlik bilan o’sha xodimni kuta boshlabdi. Keyingi kun ham kelibdi. Soat 10:00 lar atrofida Xoshimjonga o’sha gaz xodimi telefon qilibdi va kelganini bildiribdi. Suyunib ketgan Xoshimjon darrov eshigini ochib Otabek amakini uyga kirgizibdi. Otabek amaki ham ko’p kuttirmay gaz hisoblagichni tekshiribdida Xoshimjonga “Xulosa” degan hatni topshirib, “shuni boshliqqa berasiz” deb chiqib ketibdi. Yangi tongda yangi umidlar bilan uyg’ongan Xoshimjon oyog’ini qo’liga olib “Raygaz”ga yuguribdi. Hech qanday qiyinchiliksiz boshliqni xonasiga kirib, Otabek bergan xulosani ko’rsatibdi. Qovog’idan qor yog’ilib turgan boshliq esa “bo’ldi, xonamdan chiqingda operatordan spravkangizni oling” deb Xoshimjonga eshikni ko’rsatibdi. Qahramonimiz yugurib operatorni oldiga borib, navbatini kutibdida undan o’zining “spravka”sini so’rabdi. U esa hech qanday “spravka-pravka”dan xabari yo’qligini, unga hech kim hech narsa bermaganligini aytibdi. G’azabi to’lgan Xoshimjon yana boshliq xonasiga yuguribdi. Lekin boshliq akaning oldiga kira olmabdi. Uning qarshisida chet el atirlarini sepib, bo’yanishni “juda” joyiga yetkazib qo’ygan kotiba qiz paydo bo’lib, “boshliq zanyatlar” debdi. Xoshimjonni chunonam jahli chiqqandiki, u hatto o’zini zo’rg’a bosib turardi. “E padaringga la’nat raygazingniyam” debdida, o’zini boshqarolmay biror-bir ish qilib qo’ymaslik uchun tashqariga chiqib ketibdi. Qo’lini siltaptida uyiga qaytib ketibdi. Xoshimjon endi “raygaz”dan umidini uzibdi. Uning hotini ham “shu spravka ni olib nimayam qilardingiz?, O’zi shundeyam qarzimiz yo’qku” debdida uni ko’nglini ko’tarib qo’yibdi. Shunday qilib sho’rlik Xoshimjon “raygaz” da yoz oyining yarimini o’tkazib sentabr oyida yana ishga chiqibdi.

3.08 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.08 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.38 / 13

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Бахтиёр Шералиев 24/04, 07:40

Bunaqa pessimist Hoshimjonni birinchi marotaba ko'rishim (o'qishim). Ertak hayotiy voqeaga asoslangandir, lekin shunday bo'lsa ham ertakligini hisobga olib unga ozgina lof qo'shish, Hoshimjon bolaligida qilgan sho'xliklarini esga olgan holda "raygaz"dagilarning adabini berib qo'ysa yomon bo'lmas edi. Endi masalaga jiddiy e'tibor beradigan bo'lsak, bularning barchasi avvalo xalqimizning o'z huquqini bilmasligi va uni talab qila olmasligidagir, ya'ni keragidan ortiq darajada andishali ekanligidadir! Bilasizmi hozirgi zamon psixologiyasi shaxsga qanday maslahat beradi: "yuzsizga yuzsizlarcha munosabatda bo'lmasang, jamiyatdagi o'rningni yuzsizlarcha egallab oladi, chunki ular boshqacha gapni tushunmaydi". Yana bir yomon jihati o'zbek xalqiga tekkan kasallik bo'lsa kerak bu birovning andishasini qo'rqoqlikka yo'yamiz va qo'limizdan keladigan ishni paysalga solamiz. Blogpostingiz o'qib biroz siqildim. Men Hoshimjonni o'rnida bo'lganimda bunchalik lallaymas edim. P.S. blogpost matnida "x" va "h" harflari almashgan so'zlar juda ham ko'p ekan, maslahatim mana shu boradagi kamchilingiz ustida ishlang, istasangiz menda aynan mana shunaqa so'zlar qanday yozilishi haqida lug'at bor, aloqaga chiqsangiz elektronini tashlab beraman.

2 Абдумалик Носиров 24/04, 10:44
1.5 Давронбек Тожиалиев 26/04, 18:38
3 Адҳам Отажонов 27/04, 16:00
3 Олимжон Солижон ўғли 30/04, 20:28
3 Шерзод Шерматов 16/05, 14:54
4 Расул Кушербаев 16/05, 23:33
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 01:08
2 Беҳзод Қобулов 18/05, 19:46

Эртакка ўхшамаган эртак. Умуман ёқмади рости...

2.5 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:42
3 Тўлқин Юсупов 19/05, 14:59
3.5 Нигора Умарова 19/05, 17:28
3 Музаффар Назаров 19/05, 18:46
2.5 Мақсуд Саломов 19/05, 19:47
2.5 Умид Гафуров 20/05, 10:47
2 Қаҳрамон Асланов 20/05, 13:04
2.5 Иноят Садикова 20/05, 19:48
3 Шунқор Чориев 20/05, 21:15
3 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:15
3 Мансур Тангишов 21/05, 12:05
4 Нодир Закиров 21/05, 14:22
3 Уйғун Ғафуров 21/05, 15:51
3.5 Ботиржон Шерматов 21/05, 17:07
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
13 та фикр