Xolid Husayniy. Ming quyosh shu'lasi. Shamol ortidan yugurib. Tog'lar uchrashganda.

Guli Nigor Avazova
Саралаш

Bir vaqtda, bir makonda, faqat parallel sodir bo'lgan voqealar.

Bundanam oldin erkaklar ayoliga qo'l ko'targani, o'lasi qilib kaltaklagani

Bundanam ham oldin onalar bolalarini tashlab ketganlariyu ortga qaytmaganlari

Bundan ilgari ham onalar farzandi uchun jonini qurbon qilgani, hayoti evaziga bo'lsada bolasining bir kungina bo'lsada o'zidan ko'proq yashaganini istagani

Bundan oldinlari ham samimiy, minnatsiz do'stlik bo'lgani barobarida, inson o'zini, o'zligini sotgani

Bundan ilgarilari ham xuddi bizning zamondek odamlar qilgan jinoyatini saxovat deb xaspo'shlagani, bir bechoraga uy qurib berishi qatorida o'n bechorani qon qaqshatgani

O'sha vaqtlarida ham insonlar bir lahzaga ta'sirlanganlari, insoniylik nimaligini tushunmoqqa ulgurmay yana maishiy muammolar girdobida o'zini oqlab yashagani

Hamisha, hamma joyda urushning yomonligi, faqat uni uyushtirganlargagina foyda keltirgani

Rost aytilgan, achitib aytilgan, yig'lab- yig'lab aytganiyu shu jarayonda sizni ham yig'latgan roman. Yo'q, asar emas u, o'qiganingizda ongingizda jonlanadigan kinofilm u.

Juldur kiyimli, och nahor bolakaylarning achchiq iztiroblariyu, umr bo'yi Vatanini sog'inib yashagan xasta dillarning ertagi, afsona emas, haqiqatlar so'zlangan ertagi bu. Uni o'qimaslik mumkin emas. O'qiganda ham shunchaki, hissiz, ta'sirsiz o'qish mumkin bo'lmagan kitob bu. Bu sizning qo'lingizdan tutib jafokash Afg'onistonning har bir ko'chasini aylantiradigan, urush asorati sabab uyidan, jigaridan ajralgan begunoh ma'sumlarning hayotini aytib beradigan asar bu.

O'qing. Albatta o'qing.

@guli_nigor

3.38 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.38 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 6
  • Муштарийлар баҳоси
    4.37 / 11

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Бахтиёр Шералиев 18/04, 05:48

Aslida muallif Xolid Husayniyning o’zbek tiliga tarjima qilingan ushbu 3 mashhur asarini "promotion" qilgan. Men bu asarlarning barchasini o’qib ko’rganman, shu bois ham muallifning yozganlarini o’qib tushunishim qiyin kechmadi. Lekin Xolid Husayniy va uning asarlaridan bexabar o’quvchi o’laroq blogpostga nazar tashladim va aytshim mumkinki deyarli hech narsani tushunmadim. Afg’onistonda kechgan urush haqida bo’lsa kerak degan fikr keldi. Muallif ushbu asarlarni o’qishni tavsiya qilishi uchun asardan iqtiboslar keltirish orqali o’quvchini asarga qiziqtirishi, tahlil, xulosa qilish orqali bu ishni yanada chiroyli tarzda ifodalashi mumkin edi.

3 Мақсуд Саломов 24/04, 18:34
3 Давронбек Тожиалиев 24/04, 22:08

Муаллифнинг баён услуби маъқул келди. Янада оригиналроқ услубда блогпостлар кутаман.

3.5 Қаҳрамон Асланов 26/04, 14:08
3 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 20:49
4 Расул Кушербаев 29/04, 20:54

Uslub yaxshi

2.5 Мансур Тангишов 30/04, 10:51

Бу асарни рекламаси орқали ўз телеграм каналини ҳам яширин рекламасини кўзлаган постга ўхшади менга. Ўқувчиларни ўқишга ундаш жуда яхши, бироқ ушбу пост орқали асар билан таниш бўлмаган ўқувчини уни ўқишга қизиқтириш жуда қийин. Агар блогдан мақсад ўқувчиларни асар ўқишга ундаш бўлса, у ҳолда асардаги энг муҳим қизиқ жараёнлар ҳақида тўхталиш, у бўйича ўз муносабатларини билдириш керак эди. Умид қиламанки муаллиф кейинги постларида ушбу ҳолатларни инобатга олади. Асарни бошқа асарлар билан солиштириш, таҳлил қилиш, мисоллар келтириш, тасвирлашдан фойдаланишини тавсия қиламан.

4.5 Тўлқин Юсупов 05/05, 23:49
3 Ботиржон Шерматов 12/05, 18:58
3 Музаффар Назаров 13/05, 16:16
4 Шерзод Шерматов 14/05, 01:43
4 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05, 02:18
3 Беҳзод Қобулов 16/05, 13:52
4 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:57
3 Нигора Умарова 19/05, 16:25
3 Иноят Садикова 19/05, 17:33
4 Умид Гафуров 20/05, 18:25
4 Нодир Закиров 20/05, 22:22
3 Абдумалик Носиров 21/05, 00:02
4 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:41
4 Адҳам Отажонов 21/05, 17:04
3.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 17:42
4 Шунқор Чориев 21/05, 21:15
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
4 та фикр