Vatanni sevmoq iymondandir

Komoliddin Kadirov
Саралаш

Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir


Vatan ostonadan boshlanadi. Inson dunyoga kelishi bilan vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga buladi. Har bir inson umri davomida "vatan menga nima berdi"-deb emas balki, "men vatanimga nima berdim"-deb yashashi kerak.

Farzand ona qornidaligidayoq tashqi muhitni his etib turar ekan. Mutahasislarni fikricha homlador ayol köproq ovoz chiqarib turli vatan haqida adabiyotlar öqisa foydadan holi emas ekan. Shuningdek tug'ilajak farzandga vatanga bölgan muhabbatni aslida tug'ilmasdan singdirib borishimiz maqsadga muofiqdir.

Vatanni onaga qiyoslashadi. Köplab adabiyotlarda "ona vatan" jumlasini juda köp uchratganmiz. Onamiz biz uchun qanchalar muqaddas zod. "onalar oyog'i ostida jannat" deyishadi. Onalarimiz bizga qanchalar umrini bag'shiyda etganini qarzini tölash uchun umrimiz kamlik qiladi. Ona farzandini dunyoga keltirish uchun nafaqat jismonan balki, ruhan toliqishini hech öylab körganmisiz? Onalar oldida vazifamizni buyuk islom dinimiz ham takidlab ötishgan. Afsuski, hozirgi kunda köpchilik volidasi oldidagi vazifasini unutib bormoqda. Shu örinda sahobalardan biri payg'ambarimiz Muhammad s.a.v ga bergan savoliga bergan javobi tahsinga loyiq deb öylayman.

Kimdir savol berdi aytgil Muhammad.
Yolg'iz sen rasulsan butgul olamga.
Eng avval yaxshilik qilay özing ayt.
Ota-onamgami yohud bolamga?

Rasul javob berdi, tingla birodar.
Sözimni uch bora quloqqa ilgil.
Imkon topa olsang dunyoda agar.
Eng avval onanga yaxsilik qilgil".

Bas, gar shunday ekan. Onamiz oldidagi burchimiz va vazifamiz vatanga bölgan muhabbatimiz bilan uyg'unlashmog'i zarur. Shu vatanda tug'ildik, ösdik imkoniyatimiz boricha vatan ravnaqi yölida kuch g'ayratimizni, bilim salohiyatimizni ayamaylik. Shu jumladan ayollarimizga e'tiborni kuchaytirishimiz kerak. Ularni mavqei 2 chi darajaga tushib qolmasligi zarur. Axir aytishadiyu "ayol bir qöli bilan beshekni, ikkinchisi bilan dunyoni tebratadi". Ayollarni e'zozlagan yurt kam bölmaydi.

"biz hech kimdan kam bölmaymiz, kam emasmiz" shiorini yodda tutgan holda vatan ravnaqiga öz hissamizni qöshmog'imiz zarur. Axir bu muqaddas vatan bizniki emasmi? Uni sevishimiz köz qorachiday asrash burchimiz deb bilaman. Bu vatan, bu yurt seniki, meniki, uniki, buniki emas barchamiznikidir. Shu jumladan shuni ham yozishim kerak deb öylayman. Zero hozirgi kunda köplab vatandoshlarimiz eskicha boqimandalik kayfiyatida yurgani barchamizga sir emas. Mana shunday vatandoshlarimizga kerakli yordamlarni berib qöllasak nur ustiga a'lo nur bölardi deb öylayman. Zero oqibatli yurtda baraka böladi. Lekin kasbimizdan öz manfaatimiz yölida qurol sifatida foydalanmaylik.

Köplab davlatlarda arzimagan sabablarni rökach qilib oilalar buzilishi yuzaga kelmoqda. Bu esa vatanimizni ham chetlab ötgani yöq. Oqibatda norasida gödaklar yetim bölib qolmoqda. Bu esa bolalar kelajagiga jiddiy ta'sir etmoqda. Yetim bolani köngli kamtik bölib, kamtik joyni turli maqsaddagi kishilar töldirishga urinishi ehtimoldan xoli emas. Mana shunday kemtikni vatanparlik ruhida töldiraylik. Bir birimizga mehr-oqibatli bölaylik. Zero bolalar oiladagi mehrni körib vataniga öz muhabbatini baxshiyda eta olsin. Biz insonlardan nima qoladi, yaxshi amal yaxshi nom. Hatto buyuk Iskandar ham ölimidan söng tobutidan qölini chiqarib ketdi. Iskandar hayoti bizga ibrat maktabi emasmi? U yurti uchun buyuk ishlarni qildi. Uning birgina shu amali kelajak uchun örnak deb bilaman. Xozirda köplab jabhalarda islohotlar ketmoqda. Vatandoshlarimizni fikrini ekologik madaniyatga qaratmoqchiman. Bunga esa be e'tiborlik bilan kelajakka bolta urmaylik. Vatanparlik yölida e'tibor chekka hududlarda ham olib borilishini istardim. Ushbu masalada bir yoqadan bosh chiqarilsa, yosh avlodni vatanparvarlik tuyg'ularini jushqunlantira olamiz deb öylayman. Ana ushandagina bu sohada g'alabaga erishar edik. G'alaba yölida tortilgan har qanday azob muqaddasdir. Mahallalarni közga köringan joylarida sport kompleksi, shinamgina kutubxona barpo etilsa vatan ravnaqiga özini oliy janob hissasini qösha oladigon yoshlar yetishib chiqishiga ishonaman. Zeroki vatan ravnaqini yoshlar ta'lim tarbiyasidan boshlamas ekanmiz, kelajakda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bobomiz Abdulla Avloniy ham "ta'lim tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo xalokat, yo saodat-yo falokat masalasidir"-deb bir asr muqaddam be'jiz aytmagan. Pullarimizni qayerdagi hayu-havasga emas, yoshlarimiz kelajagiga sarf etsak maqsadga erishamiz.

Hulosa örnida shuni alohida aytishim mumkinki, bu aziz va muqaddas vatan sizu bizlarga kecha yoki bugun bunyod etilmagan. Bu muqaddas vatan buyuk ajdodlardan avlodlarga me'rosdir. Shuning uchun vatan taraqqiyoti yölida ozmi, köpmi qöldan kelgancha öz hissamizni qöshish barchamizni burchimiz. Ushbu blokpost orqali vatanim hayotida salgina özgarish kirita olganimda edi. Men uchun bu eng katta baxt bölgan bölar edi.

2.49 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.49 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    0.00 / 0

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1.5 Бахтиёр Шералиев 24/04, 23:30

Hurmatli muallif, Siz aytganingizdek Vatan har birimiz uchun muqaddasdir. Avvalo sizga shuni aytishim lozimki Vatan so'zi bosh harf bilan yoziladi, bu Vatanga bo'lgan muhabbatning zarradek bir ifodasi hisoblanadi. Qolaversa blogpostingizda keltirilgan fikrlaringiz mutloq umumiy va o'zingiz bilganingizdek Vatanga xizmat bunday bo'lmaydi. Bo'lganida ham ushbu "blokpost"da emas. Blogpostingizni yuklashdan avval undagi imloviy xatolarni tuzatib keyin joylaganingizda edi...

2 Абдумалик Носиров 26/04, 11:59
1 Қаҳрамон Асланов 26/04, 19:10
1 Давронбек Тожиалиев 27/04, 14:28
2 Адҳам Отажонов 28/04, 09:29
2 Олимжон Солижон ўғли 30/04, 20:34
3.5 Расул Кушербаев 07/05, 21:01
1 Умид Гафуров 12/05, 00:42
1 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:31
1.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 03:47
2 Шерзод Шерматов 17/05, 13:08
0.5 Тўлқин Юсупов 19/05, 15:16
1 Нигора Умарова 19/05, 18:42
1.5 Музаффар Назаров 19/05, 19:14
1 Мақсуд Саломов 19/05, 19:35
1.5 Шунқор Чориев 20/05, 21:12
2 Иноят Садикова 20/05, 22:32
1 Беҳзод Қобулов 20/05, 23:24
2 Мубашшир Аҳмад 21/05, 00:27
3 Мансур Тангишов 21/05, 12:02
2 Уйғун Ғафуров 21/05, 15:42
2 Ботиржон Шерматов 21/05, 17:13
3 Нодир Закиров 21/05, 17:45
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр