"Uyg'onish" vaqti keldi.

Amirbek Nurmuxamedov
Саралаш

          Menga uchqun kerak

Sen anchadan beri buni qilmayapsan.

Sen hatto buni qanday qilinishini ham unutding.

Hah… kulgin kelyapti, lekin bu urinish negadir og'ir chiqyapti.

Miyang xotiralaring tubiga shong'ib, buni eslolmayapti ham.

Sen endi eslashni boshlading, deyarli barmog'ing bilan xotiralaringga tekkandek bo’lding … ammo ular sahro qumi kabi barmoqlaring orasidan bo’shliqqa to’kilyapti.

Ehtimol, bu hech qachon sodir bo'lmagandir?

O’sha uchqun ...

O’sha olov ...

Senda ...

To’xta ...

Men hozirgina senga qarab, sovuq bo'shliqni ko'rdim

Ha. Bu sening ichingda.

Bo'sh va judayam sovuq.

O'sha kun esingdami?

Sen 10 yoshdasan va bankaga chigirtkalar tutyapsan.

Tashqari +32gradus, jazirama yoz, chidab bo'lmas issiqlik.

Issiq quyosh taftidan o’tlar qurib ketgan , sen bo’lsa terlab - pishib, charchash nimaligini bilmasdan qo’lingda banka bilan chigirtkalar tutyapsan.

Yana bitta... va yana ... ha aytgancha… barra o'tlarni ham solib turish kerak, aks holda ular tezda o'lib qoladi.

Butun dunyo juda katta tuyular edi , bir nechta mahalla va yer yana boshqa olam.

Begona ko’cha ….. sen u yerga oying aytgani uchun o’tmagansan.

Bolalarning aytishlaricha o’sha ko’chaga Anvar borgan ekan va jasurlik bilan unga tashlangan laycha kuchuklarni haydagan ekan …. sen bunga qattiq ishonding va u yerga qadam qo’ymading… balki Anvar yolg’on so’zlagandir...

Esingdami ,onang tug’ilgan kuninga o’yinchoq kamon sovg’a qilgandi? Sen o’sha payt o’zingda yo’q hursand eding.

Ha, do’konda shu kamonni ko’rganding… O’yinchoq senga juda ham yoqgandi.

Mana ikki hafta o’tdi. Endi so'rg'ich o'qli kamon, sening karovatingni ustida ... VAU bu juda ZO’R-KU!

Kun bo'yi xonang eshigi ,o’yinchoq kamonning yopishqoq so’rg’ich o’qlariga to'lib ketardi...

O’sha hid esingdami?

Mashinani shinasi bo’shatilganda chiqadigan havo hidini unutish mumkin emas.

Ko’chalarda turgan mashinalarning shinasini havosini bo’shatib , nippelarini burab yig’ib yurardik.

Biz ularni shunchaki yig’ardik…. Bir o’ylab ko’ring-a, shunchaki hech qanday maqsadsiz.

Lekin ko'pchlikning omadi kulmasdi…mashinasini olishga kelishganda, uning balonlari puchayib yotardi...

Eng qizig'i shundaki, mahalladagi hamma mashinalarda huddi shunday xolat.

Hozir bu juda ahmoqona ko’rinadi.

Ahmoqona va kulgili ……

Hech qanday to’siq bo'lmasdi.

"Qilaymi" yoki "Qilmaymi" degan narsalar umuman yo’q edi.

Hech qanday shubxa yo’q edi.

Sen nima aslida muhumligini bilarding.

Ota-onang boshqacha o’ylasa ham ,

Sen nima xohlashingni aniq anglarding.

Bu hozir Antaliyaga boraymi yoki Yevropa bo’ylab sayohatga chiqaymi deb, bosh qotirasan.

Ikki hafta davomida ikkala tomonning afzalliklarini o’ylaysan, bosh qotirasan, qarindoshlar bilan suhbatlashasan.

O’sha paytda senga o’yinchoq kamonchani o’zi yetarli edi-ku!!!

Sen butun vujuding bilan zo’r shaxmatchi bolishni xohlarding.

Har safar bobongni shaxmatda yutishga harakat qilarding va bir-necha yildan so’ng bu ish qo’lingdan keldi.. ESHITYAPSANMI, QO'LINGADAN KELDI...

Eshit...Quloq sol..

Iltimos, menga ayt…

Qani o’sha qiziquvchan bola?

Sen soatlab buvinga ensiklopediyadagi faktlarni ayta olar eding…

O’sha samimiylik va ehtiros qayerda?

Hammasi qayerga ketdi?

Sen hozir yangi iPhone modelini tanlaysan.

Ali Expressdan "Supreme" futbolkasini qayerdan chegirma bilan harid qilishni qidirasan.

Kuni bo’yi televizor...

Tramp, dollar kursi ,Suriya, neft, Qrim ,muzokaralar, sanktsiyalar…

Bo’ldi , keyingi haftadan yana o’qishni boshlayman, ishimni yaxshilab yana o’zligimga qaytaman….

Amma keyingi hafta yana hammasi xuddi teatrdek boshidan boshlanadi...

O’rtinga qara…

O’sha vaqtlar esingdami?

U paytlar pul yoq edi.

Kasetalik multiklar, maylin 5 marta ko'rgan bo'lsang ham, qaytadan ko’raverishga hech zerikmas eding.

O’rtoqlaring bilan esa ertalabdan kechgacha berkinmachoq o’ynay olarding…

Xushbo’y havo purkagichni gulxanga otsa nima bo’ladi?

Ouu)do’stim juda ham qattuq buum bo’ladi!!!!!

Gulxan.Velosiped.Dendi.Multiklar.Kamon.Chumolilar va chigirtkalar. Havo purkagich

Kechki quyosh va abadiy erkinlik tuyg’usi.

Bularni sen endi chunyapsan.

Ammo bular hozir yo’q.

Oxirgi marta qachon yongan eding?

Men hasadgo'ylik haqida gapirmayapman.

Unda juda ham zo’r , unda hammasi zo’r.

Undaka, yo’q undan yuz baravar ko’pini xohlayman.

Huddi undaka bines, undaka pul, xuddi oshanaqa mashina , undaka sayohat.

Yo’q gap bu olov haqida emas.

Sen qachon nmadur qilishga harakat qilgansan?

Yaratmoqlikka? Kashf qilmoqqa?

Men shu olov haqida gapiryapman.

Parvoz!

Sen qachon to’xtab qolding?

Seni dilingni og’ritishdimi?

Sen tizzanga o'tirib qoldingmi?

Seni oyoqosti qilishdimi?

Sen hali ham o’sha yerdamisan?

Sen qilishdan to’xtadingmi?

Sen omadsizlikka berilib yana va yana takrorlash o'rniga, orzuingni amalga oshirishdan to'xtading.

Sen qoqilganingda , turib ko’tarilishdan to’xtading.

Sen so’nding.

Gap dangasalikda yoki motivatsiyada emas.

Agr sen ich-ichingdan yonsang, motivatsiyaga hojat yo’q.

Bu hammasi keraksiz narsalar : Taym-menedjment, ro’yxat, aqilli so'zlar ,bularning hech qaysisi kerak emas.

Yechim bu yerda emas.

Kuz. Sahmol sarg'aygan barglarni har yerga uchirib, ular bilan o’ynashyapti.

Amirbek, kettik futbol o’ynaymiz, Anvar yangi koptok olibdi…

(Menda motivatsiya yo’q edimi…YO’Q unday emas. Mayli yomg’ir ,mayli mening isitmam bo’lsin , mayli tarixdan uy ishi qilinmagan bo’lsin, mayli oyog’im sinigan… Lekin men Anvar bilan yugurib koptok tepar edim-ku)

Bilasanmi, men xotiralarimni fotosuratlarda saqlayman.

Ba’zi paytlar men ularni tomosha qilib , osha paytlarga qaytgim keladi.

Mana u yerda men BSB ni eshityapman.

Bu yerda esa Mortal Kombat yelim qog’ozlarini albomga yopishtiryapman.

Bu yerda mening kinder surpris kolleksiyam.

Bu rasmlar sovuq qish kunida issiq gulxan kabi kaftlarimni ilitadi.

To’xta.

Biroz o'yla.

Ko’zlarimga qara.

Hozir sen nima bilan to’lgansan?

Lacoste sviteri bilanmi?

Yoki yangi iphone bilanmi?

Kvadrakopter?

Sen so’vuq bo’shliq bilan to’lgansan.

Bu qandaydir sovuq narsalar, ishon do'stim sen bir-necha yildan so’ng bu narsalani hatto eslamaysan ham.

Nima seni qo’lingni va qalbingni isitadi?

O’ylab ko’r…

O'lim achinarli emas, ko'pchilik odamlar umuman yashamasliklari achinarli.

=============

Tuk! Tuk!

Uyg'onish vaqti keldi..

3.52 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.52 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Музаффар Назаров 20/05, 21:41
4 Шунқор Чориев 20/05, 22:02
3 Абдумалик Носиров 20/05, 22:25
3.5 Мубашшир Аҳмад 20/05, 22:26
5 Маҳсуджон Асқаров 20/05, 22:56
3 Қаҳрамон Асланов 21/05, 00:15
4 Иноят Садикова 21/05, 02:02
3 Мақсуд Саломов 21/05, 02:02
4 Саид-Абдулазиз Юсупов 21/05, 02:17
3.5 Бахтиёр Шералиев 21/05, 02:26
4 Нодир Закиров 21/05, 05:15
3.5 Мансур Тангишов 21/05, 10:23
3 Давронбек Тожиалиев 21/05, 10:34
3.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 11:53
4 Шерзод Шерматов 21/05, 11:55
5 Умид Гафуров 21/05, 12:52
3.5 Тўлқин Юсупов 21/05, 15:15
3 Олимжон Солижон ўғли 21/05, 15:31
4 Нигора Умарова 21/05, 16:20
4 Адҳам Отажонов 21/05, 16:46
4 Беҳзод Қобулов 21/05, 19:07
4 Расул Кушербаев 21/05, 19:20
4 Ботиржон Шерматов 21/05, 20:50
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
4 та фикр