Tadbirkorlik faoliyati uchun bankni tanlash yo'riqnomasi

Bakhtier Tukhtaev
Саралаш

Kirish so'zi

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Yoshlar va umuman jamiyatimiz a’zolari ushbu yo’nalishga katta qiziqish bilan qarashmoqda. To’g’rida, birgina oylikka yashash bu o’tgan asr - industrial asr - ko’rsatgichidir. XXI asr esa ilg’or g’oyalar, innovatsiyalar va tadbirkorlik asri hisoblanadi. Eng qizig’i, OAVlari tadbirkorlik faoliyati haqida bong urib maqolalar yozgan bir paytda, tadbirkorlarga amaliy yordam beradigan biror bir ma’lumotni topish qiyin. Shu jumladan menga ham.

Kirish so’zida qisqacha o’zim haqimda yozib o’tsam. Ismim Bakhtiyor. O’zim oliy ta’lim muassasasida katta o’qituvchi bo’lib ishlayman. Marketing fanidan dars beraman. Ko’plab talabalarimga tadbirkorlik faoliyatini boshlashda turtki va maslahatgo’y bo’lganman. Davlat xizmatchisi bo’lish yaxshi, bir maromda oylik olish va hech qanday risklarga bormasdan ishlash. Ammo mening bir orzuyim bor. U ham bo’lsa, O’zbekistondagi barcha yoshlarga, bo’lajak tadbirkorlarga va umuman aholiga marketing saboqlarini berish. Shuning uchun faqat universitet bilan chegaralanib qolmasdan, men tadbirkorlik faoliyatimni boshlashni anchadan beri orzu qilaman. Talabalarimga nazariy bilimlarni berib, endi, ushbu bilimlarni amaliy jihatini hayotga tadbiq qilish niyatida tadbirkorlik faoliyatini boshlamoqchiman. Ushbu mashaqatli ishimni, ushbu blog orqali barcha bo’lajak tadbirkorlarga ko’rsatmoqchiman. Shoyadki, ular o’zlariga kerakli bo’lgan amaliy ma’lumotlarni olishsa. Ha aytgandek, bu yil nafaqat tadbirkorlik yili, balki innovatsion g’oyalar yilidir, shu sababli bu blogni an’anaviy usulda emas, balki zamonaviy usulda yuritmoqchiman. Ya’ni barcha blog postlar telegram kanali orqali yuritiladi. Ularni telegraph tizimi orqali yozaman va telegram kanali orqali taqdim qilaman. Aminmanki, bu yondashuv barchaga qulayliklar yaratadi.

Kirish so’zim juda ham uzun bo’lib ketdi. Shuning uchun kirish so’zimni tadbirkorlik faoliyatini boshlashdagi ilk qadamlarga qaratsam.

Nazariy jihatdan ushbu mavzuni keng ko’lamda yoritsa bo’ladi. Albatta, har bir qadamni sizlar bilan baham ko’raman. Asosiy mavzuyimizga o’tishdan oldin ilk qadamlarni sanab o’tsam:

1. G’oyani topish - faoliyat turisiz tadbirkorlikni boshlab bo’lmaydi. Aminmanki, agar siz tadbirkorlikga qiziqayotgan bo’lsangiz, demak sizda muayyan bir g’oya mavjud. Bu rukn juda ham katta va kelasi maqolalarimda bunga keng atroflicha to’xtalib o’taman.

2. Qonunni bilish - har qanday g’oya qonuniy tomondan mustahkam bo’lishi kerak. Maqsadimiz hayotimizni yengillashtirish, uni og’irlashtirish emas. Demak, tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan oldin biz yetarlicha qonuniy bilimlarga ega bo’lishimiz va sohaga oid bo’lgan hujjatlarni o’rganishimiz kerak. (Siz kabi men ham qonunshunoslikdan juda yiroqdaman va buni tan olish men uchun uyat. Lekin birgalikda ushbu no'qsonimizni yo’qotamiz degan umiddaman). Ushbu ruknga oid bir nechta maqolalar yozish niyatim bor, ular ichida qanday qilib tadbirkorlik faoliyatini boshlash (hujjatlar bilan tanishish), ro'yhatdan o’tkazish va qonuniy faoliyat yuritishga (soliqlar, inkassatsiya va h.z.) alohida to’xtalib o’taman.

3. Moliyaviy poydevor - tadbirkorlikning asosiy maqsadlaridan biri bu toza foyda ko’rish. Tadbirkor bo’lishingizni asosiy sababi ham moliyaviy erkinlikka erishishingizdir. Lekin erkinlikka erishish yo’lida siz ayrim moliyaviy xarajatlarni amalga oshirishingizga to’g’ri keladi. Ushbu mavzu juda muhim va ko’pchilikni qiziqtiradi. Umuman blog ochishimga sababchi bo’lgan mavzulardan biridir va birinchi maqolamni ham ushbu mavzuga bag’ishlaganman.

4. Marketing - tadbirkorlik moliyaviy erkinlikka mijozlari orqali erishadi. Agar sizda yetarlicha mijoz bo’lsa va ular siz so’ragan narxda xizmat va mahsulotinggizni xarid qilsa, shundagini siz qo’ygan maqsadingizga erishasiz. Demak, marketing - bu tadbirkorlikning asosiy ustunidir. O’zbekistonda tadbirkorlik rivojlanish templari sustligi aynan ushbu ustunning mustahkam emasligidadir. Ushbu mavzu bo’yicha ham ko’plab maqolalar yozaman. To’g’rirog’i 80% maqolam aynan shu mavzuda bo’ladi.

5. Rivojlanish - to’g’risini aytsam ushbu mavzu umumiylashtirilgan mavzu bo’lib, bunda men tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, foydalarni ko’paytirish va umuman ushbu sohaga oid bo’lgan barcha foydalik ma’lumotlarni yoritishga harakat qilaman.

Moliyaviy poydevor

Aytib o’tganimdek ushbu maqolam moliyaviy poydevor ruknidan bo’lib, unda sizga tadbirkorlik faoliyatini boshlashda qaysi bankni tanlashni va nimalarga e’tibor berishni sanab o’taman. Eng qizig’i ushbu mavzu haqida google qidiruv tizimi hech qanday ma’lumot bermadi. To’g’ri O’zbekistonda banklarni soni juda ko’p aniqrog’i 28 ta. Bu degani sizda tanlov huquqi bor va bir qatorda tanlov muammosi.

Qaysi bankni tanlash?

               Rasm manbasi: http://www.dqindia.com/wp-content/uploads/2015/10/bank.jpg

Hozirgi kunda Markaziy Bank (bu O’zbekistondagi eng asosiy bank) tomonidan liberallashtirish (yengillashtirish va ochiqlashtirish) islohotlari olib borilmoqda. Buning uchun biz muhtaram Prezidentimizga minnatdor bo’lishimiz kerak. Ushbu liberallashtirish jarayonida banklar siyosati qayta ko’rilib chiqib, tom ma’noda “mijoz bank uchun emas, balki bank mijoz uchun” falsafasi amalda tadbiq qilinmoqda. Keling so’zlarimni tasdiqlash uchun sizga bank sohasida o’zim tushungan asosiy tushunchalar bilan tanishtirish chiqsam.

Buning uchun sinfdoshim Jahongir Umarovga o’z minnatdorchiligimni bildiraman. Ipak Yo’li banki xodimi sifatida u menga juda xam ko’p amaliy maslahatlar berdi. Oldindan aytay, men Ipak Yo’li banki mijozi emasman, lekin ular bilan ishlashni tavsiya qilaman.

Xa aytgancha!

*Maslahat /Ushbu teg orqali sizga foydali maslahatlarni berib boraman/ Xar qanday faoliyatni boshlashdan avval boshqalardan maslahat so’rashdan uyalmang! Siz bilmagan ma’lumotlarni olish biznesning asosiy kuchlaridan biridir. Boshqalar mening faoliyatim haqida xabardor bo’ladi desangiz, noto’g’ri fikrlayotgan bo’lasiz.

Demak asosiy tushunchalar:

Banklar - bu tashkilotlar tadbirkorlik faoliyatini yuritishda eng kerakli bo’g’in bo’lib, ularsiz tadbirkorlik faoliyatini yuritish noqonuniy hisoblanadi. Sababi, tadbirkorlik faoliyati bu avvalambor pul amaliyoti deganidir. Demak, siz barcha pullaringizni bankda saqlashingiz kerak. Qo’rqmang, bankdagi barcha mablag’ingiz sizniki va davlat tomonidan kafolatlangan! Nega bankdan foydalanish kerak? Chunki bu rivojlangan jamiyatning talabi - oshkoralik va oydinlik! Bundan tashqari siz davlatga soliq to’laysiz. Agar bank tomonidan moliyaviy o’tkazmalar amalga oshirilmasa davlatga soliqni kim to’laydi? Soliq - bu yomon narsa emas, balki tadbirkorni davlatini rivojlantirishga qo’shayotgan hissasi. Ushbu soliqlar tadbirkorlik faoliyatini rivojlangan jamiyatda erkin va osoyishta amalga oshirish negizi hisoblanadi.

Bank filiallari - Bu siz tanlagan bankning hududiy bo’limlari. Bankning qanchalik ko’p filiallik bo’lsa shuncha yaxshi, ya'ni bu sizga qulayliklar keltirib chiqaradi. Siz uzoq masofaga qatnamasdan yoningizdagi bank filiali xizmatlaridan foydalanishingiz mumkin. Darvoqe, biroz oldin aytganimdek, Markaziy bank tomonidan tavsiya qilinayotgan innovatsion g’oyalardan biri bu masofaviy bank xizmatlari, ya’ni Internet va uyali aloqa orqali. Shu haqida ham ma’lumot beraman.

Hisob yuritish - demak tadbirkorlik faoliyatini ro’yhatdan o’tkazgandan keyin, siz bankda biznesingiz uchun hisob raqamini ochasiz. Ushbu xizmat barcha banklarda bepul amalga oshiriladi.

O'zbekistonlik tadbirkorlarga hisob raqamini ochish uchun kerakli bo'ladigan asosiy xujjatlar ro'yxati: 1.Bank tomonidan belgilangan shaklda, hisobni (hisob raqam yoki joriy valyuta hisobini) ochish uchun Ariza.2.Davlat ro'yxatidan o'tganligi to`g`risida guvohnoma nusxasi.3.Notarius tomonidan tasdiqlangan, rahbar, bosh hisobchi, lavozimdagi vakillar imzolarining nusxalari va yuridik shaxslar ottisklari kartochkasi.

Tariflar - demak hisob raqami ochilgandan keyin siz bank xizmatlaridan foydalanish tarifini (xizmat turi va narxlarini) tanlashingiz kerak. Eng qizig’i ushbu tariflar ayrim banklarda bor va ayrimlarida faqat bitta tarif. Ayrim banklar esa mijoz xohish istagidan kelib chiqib tarif belgilaydi.

Men Yakka Tartibdagi Tadbirkorlik (YTT) sub’ektini ochayotganim uchun va umuman biznes xarajatlarimni minimallashtirish uchun eng arzon tarif rejasini tanlashga harakat qildim. Demak tarif rejasini tanlashda qaraladigan asosiy ko’rsatgichlar:

- Debit o’tkazmalari uchun foiz to’lovi (boshida menda ham ushbu so’z hech narsani anglatmagan edi). Keling, ushbu parametrni misolda tushuntiray. Misol uchun, 20 nafar bo’lajak tadbirkorga trening o’tkazdim va bu xizmatim uchun 1 000 000 so’m pul oldim. Ushbu pullarni barchasi naqd pul yoki terminal (plastik karta) orqali to’landi va hisob raqamimga tushdi. Endi trening olib borganim uchun men bino egasiga ijara haqi to’lashim kerak. Bundan tashqari ishtirokchilar uchun ruchka va daftarlar olganim uchun ham haq to’lashim kerak. Demak, o’z cho’ntagimdan haq to’lagandan ko’ra, bankdagi hisob raqamimdan to’laganim ma'qul. Shuning uchun kerakli tashkilotlarga (ijara egasiga, do’konga) pul o’tkazmalarini amalga oshiraman. Demak bank tarif rejasiga asosan kirish pullari barcha banklarda 0% tashkil qiladi. Chiqish (ya’ni tashkilotlarga pul to’lash) 0.1 - 1% gachani tashkil qiladi. Ko’pchilik banklarda ushbu foiz 0.5% qilib belgilangan. Demak, agar men ijara uchun 200 000 so’m to’lasam, bank xizmati uchun uning 0.5%ni to’layman (1000 so’m).

- Oylik abonement to’lovi - Markaziy bank liberallashtirish siyosati orqali barcha banklarda oylik abonement to’lovi hozirgi kunda bepul.

         Rasm manbasi: https://smedia2.intoday.in/btmt/images/stories/banking5_660_120417121333.jpg

- Masofaviy xizmatlar - yuqorida aytib o’tganimdek internet yoki uyali aloqa orqali xizmatlarni deyarli barcha banklar ko’rsatadi. Afsus ushbu erda biroz noqulayliklar mavjud. Misol uchun internet orqali bank-mijoz dasturi faqat Windows kompyuterlari va faqat Internet Explorer dasturida ishlaydi, bu esa noqulayliklar keltirib chiqaradi. Masofaviy xizmatda hozirgi kunda abonement to’lovi mavjud bo’lib, aksariyat banklarda ushbu to’lov eng kam oylik ish haqining muayyan foizini tashkil qiladi. Ba'zi banklarda abonement to’lovi 50 000 so’m deb belgilangan (20 May 2018 yilgi ma’lumot). Demak, xar oy tadbirkor bankga pul o’tkazmalari foizidan tashqari 50 000 so’m to’lab yurishi kerak. Albatta bu katta miqdor emas, asosiysi qulayliklari, ya’ni bankga borish ehtiyoji yo’qoladi.

- Plastik kartalarga (korporativ kartalarga) pul o’tkazmalari foizi - hozirgi kunni plastik kartalarsiz ta'savvur qilib bo’lmaydi. YTT sifatida men ham korporativ karta ochtirishim kerak. Ushbu kartadan xohlagan xizmat va mahsulotlarni xarid qilishim mumkin. Shu bois ushbu kartaga pul o’tkazishim darkor. Hozirgi kunda barcha banklarda bu xizmat to’lovi bir xil foizni tashkil qiladi, ya’ni 0.5%. Misol uchun, oy oxirida barcha to’lov xarajatlarni qilib bo’lganingizdan keyin hisobingizda 4 000 000 so’m pul miqdori qoldi. Demak, siz uni o’z plastik kartangizga o’tkazishingiz mumkin, buning uchun siz bankga 20 000 so’m xizmat haqi to’laysiz.

- Hisob raqamidagi pulni naqdlashtirish. Naqd pul ayrim joylarda kerak bo'lishi mumkin, misol uchun, bozorlarda, yoki masjidda sadaqa xayriya qilganda. Shuning uchun tadbirkor o’z pullarini naqdlashtirish imkoniga ega bo’lishi kerak. Ushbu xizmat uchun banklarda muayyan foiz to’lov olinadi. Aksariyat banklarda bu foiz 2% tashkil qiladi.

Yuqorida sanab o’tgan tarif rejasi parametrlaridan tashqari boshqa ko’rsatgichlar va xizmat turlari ham bor. Lekin asosiysi yuqorida aytib o’tganlarimdir. Demak, shu ko’rsatgichlar orqali siz bank tanlashingiz mumkin.

Men o’zim uchun bank tanlab bo’ldim, bu Hi-Tech Bankdir (http://htb.uz/).

Nima sababdan?

Sababi oddiy, men endi boshlayotgan tadbirkorman, demak, moliyaviy xarajatlarni kamaytirishim kerak. HTB esa menga masofaviy xizmat uchun bir martalik to’lov (eng kam oylik ish haqini 1 barobari) evaziga oylik abonent to’lovisiz xizmat ko’rsatadi. Agar men faqat masofaviy pul o’tkazmalarini amalga oshirsam pul o’tkazmalari uchun foiz to’lovi atigi 0.1% tashkil qiladi. Bundan tashqari hisob raqamimdagi pullarni naqdlashtirmoqchi bo’lsam ushbu xizmat uchun topshirgan pullarim tengida bepul naqdlashtirishim mumkin. Misol uchun mijoz menga 100 000 so’m to’ladi va men bu pulni bankga topshirdim. Oy oxirida o’sha 100 000 so’m pulni naqd shaklda foiz to’lovisiz qaytarib olishim mumkin. Bu ham o’ziga yarasha qulayliklar keltirib chiqaradi. Bu mening tanlovim edi. Siz esa o’zingizga yoqqan boshqa bankni tanlashingiz mumkin. Tanlovingiz oson bo’lishi uchun sizga ushbu ilovani beraman. Unda O’zbekistondagi banklarni ro’yxati keltirilgan. Bank tanlashda siz quyidagilarga e’tibor berishingiz kerak:

1. Bank filiallarini joylashuvi - sizga yaqin joyda bo’lishi kerak;

2. Sizga mos bank tarif rejalari - yuqorida aytganimdek ayrim banklar tadbirkorlar ehtiyojidan kelib chiqib tarif rejalarini taklif qilishmoqda;

3. Bank xodimlarini xushmuomalaligi - bu juda ham muhim. Arzon bank deb yomon muomalali bankga borib qolmang.

4. Bankning obro’siga - bank haqida OAVda yozilgan xabarlarni va mijozlarni so’zlarini inobatga oling

5. Bankning salohiyatiga - agar filiallar soni ko’p bo’lsa demak bank yirik banklar turkumiga kiradi. Agar bank mijozlari mashhur korxonalar bo’lsa, demak, bank salohiyatli hisoblanadi. Shularni ham inobatga oling.

Xulosa o'rnida

Xulosa o’rnida shuni aytishim mumkinki, duch kelgan bankni tanlamang, chunki sizni tadbirkorlik faoliyatingizdir o’ta muhim masala. Bor kuchingizni shu faoliyatga qarating va tanlangan bank sizga ushbu yo’lda ishonchli hamroh bo’lsin. Aytib o’tay, mijozlarni sadoqati bo’yicha banklar eng yuqori o’rinda turadi, chunki bir marta tanlangan bank tez almashtirilmaydi. Shuni inobatga olib, sinchkovlik bilan bank tanlang va tanlagan bankingiz sizga ko’makdosh bo’lsin.

Rasm manbasi: https://www.bankofhope.com/assets/files/eolNOvpg

Agar sizda mavzuga doir savol yoki mulohazalar bo’lsa, qo'rqmasdan menga telegram orqali https://t.me/mentadbirkorman yozishingiz mumkin (yoki https://goo.gl/bKNnte). Bundan tashqi siz baham ko’rmoqchi bo’lgan mavzuga oid maqola yoki ma’lumot bo’lsa, uni ham ulashing.

* Qoshimcha /Ushbu maqola blogerlar chempionatida ishtirok etish uchun nomzod qilingan/Ushbu blogni ochish niyatim bor edi. Lekin hech qo’lim etmas edi. Lekin Xabar.uz tomonidan o’tkazilayotgan blogerlar chempionati va undagi 15 million so’m pul miqdori meni juda qiziqtirib qo’ydi. Sababi men 15 million so’mlik bankdan kredit olmoqchi edim tadbirkorlik faoliyatimni boshlash uchun. Demak menda qarzga botmasdan tadbirkorlik faoliyatimni moliyalashtirish imkoni paydo bo’ldi. To’g’ri, siz o’ylashingiz mumkin - nega bu yigit juda o’ziga ishonmasa? Lekin maqsad faqat pul yutish emas, balki bo’lajak tadbirkorlar uchun platforma yaratish va ularga maslahatlar berish. Demak, yutsam yutmasam, bankdan kredit olish va tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish haqida ham maqola yozaman. Shuning uchun kanalimga (https://t.me/mentadbirkorman) obuna bo’ling va boshqalarga ham ulashing.

Manbalar:

http://htb.uz/business/tarify-yuridicheskim-licam

http://bank.uz/list/?org_category=1

http://cbu.uz/uzc/statistics/bankstats/2018/04/111421/

http://aloqabank.uz/uz/page/corporative/rasschetno-kassovoe-obsluzhivanie

3.50 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.50 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.38 / 8

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Музаффар Назаров 20/05, 21:26
3 Шунқор Чориев 20/05, 22:06
4 Иноят Садикова 20/05, 22:23
3 Абдумалик Носиров 20/05, 22:26
4 Мубашшир Аҳмад 20/05, 22:35
3 Расул Кушербаев 20/05, 22:46
3 Маҳсуджон Асқаров 20/05, 22:59
2 Беҳзод Қобулов 20/05, 23:09
3 Қаҳрамон Асланов 21/05, 00:16
5 Бахтиёр Шералиев 21/05, 01:53

Tadbirkorlikni boshlayotganlar uchun anchagina foydasi tegadigan material bo'libdi. Muallifga omad tilayman.

4 Мақсуд Саломов 21/05, 02:04
4.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 21/05, 02:25
5 Нодир Закиров 21/05, 05:18
4 Мансур Тангишов 21/05, 10:29
3.5 Давронбек Тожиалиев 21/05, 10:29
4.5 Шерзод Шерматов 21/05, 11:51
3 Уйғун Ғафуров 21/05, 12:00
5 Умид Гафуров 21/05, 13:01
3 Олимжон Солижон ўғли 21/05, 14:34
4 Тўлқин Юсупов 21/05, 15:03
3 Нигора Умарова 21/05, 16:14
5 Адҳам Отажонов 21/05, 18:46
4 Ботиржон Шерматов 21/05, 20:52
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
4 та фикр