Sovg‘a - bu hayotmi?

O’qish jarayonida bizga turli xil topshiriqlar beriladi. Ba’zilari judayam qiziqarli, ba’zilari esa biroz murakkab: kuch va ruhan faollik talab qiladi.

Ana shunday topshiriqlardan biri, “Hayot nima?” mavzusida ko’rgazmali taqdimot tayyorlash edi. Berilgan vaqt qisqa; yuqori baho olish uchun shirin uyqudan voz kechishga majbursan. 

O’ylanib, o’ylanib vazifani o’rinlashga kirishdim. “Hayot diganda nimani tushunasiz?”, deb so’ramagan odamim qolmadi (hattoki, 5 yoshli jiyanim ham). Yoshlardagi tafovut sabablimi, yoki dunyoqarash, har holda, fikrlar turlicha. Ularning barchasini yig’ib,  o’zim uchun xulosa chiqarishga, hayotni tasvirlashga urindim. Kecha taqdimmotni o’tkazib,  bahoyimni oldim. “Necha?”, deysizmi? Bir o’zingiz o’qib, baho beringchi, qay darajada uddasidan chiqibman.

“Barchamiz nafas olamiz. Siz 5 daqiqadan ortiq nafas olmay tura olasizmi? Shubhasiz, yo’q. Nega? Chunki, u bizning tirikligimizning bir belgisi. Biz nafas olarkanmiz – biz mavjudmiz, biz mavjud ekanmiz – demak, yashayapmiz. Xo’sh, yashamoq, hayot o’zi nima digani? 

So’zning lug’aviy ma’nosini tahlil qilish niyatim yo’q. Shunchaki, ba’zi bir o’xshatishlar orqali hayotni ta’riflamoqchiman. 

Birinchi navbatda, men hayotni gulga qiyosladim. Gul – qanday chiroyli. U g’uncha bo’lib, ochila boshlaydi, xuddi, hayot boshlanayotganday. O’sgani sari  barcha yaproqlarini yoza boshlaydi, ularni hayotimizdagi imkoniyatlarimiz va iqtidorimizga tenglashtirsak bo’ladi. Gulning atrofida kapalaklar parvona. Go’yoki ular bizning ota-onamiz-u, qarindosh-urug’, yor-u do’stlarimiz. Unga shikast yetkazuvchi zararkunandalar esa, hayotimizdagi o’g’ir va ziddiyatli damlar. Gul o’sib boraveradi va oxirida to’kilib, so’ladi. Umr poyoniga yetgani kabi.

Yana hayotni qalamga o’xshatish mumkin. Qanday rasm chizish, qay rangda bo’yash – bizning o’zimizga bog’liq. 

Xato qilsak o’chiramiz. Eng asosiysi, muvaffaqiyatli san’at asariga erishish uchun qalamning uchini o’tkirlaymiz. Biz ham qalam kabimiz. Hayotda oldimizga qo’ygan maqsadlarga erishish uchun, biroz mashaqqatli, sinovli yo’llarni bosib o’tamiz. Qalam o’z tanasidan ayrilib borgani kabi, biz ham ana shu yo’lda qurbonliklar qilamiz. Og’riqni his qilsak ham, orzuyimizga erishganimizda barcha qiyinchiliklar shirin ro’yoga aylanadi.

Eng qizig’i, hayotni telefonga o’xshatdim. Qanday qilib deysizmi? Agar telefonimiz 100% zaryadlangan bo’lsa va cheklanmagan internet paketga ega bo’lsak, bizdan baxtli inson yo’q. Huddi hayotdagi kabi, 100% lik sizni quvontiradi. Zaryadka va internet aloqasi, hayotimizdagi suv va kislorod. Ba’zan telefonimiz viruslar hujimidan sustlashsa, biz ham hayotda muammolar oqimidan og’irlashib qolamiz. Telefonimizdagi dasturlar esa, bizning yaqinlarimiz; eng sevimlisi – bizning eng yaqin insonimiz. Biz mobil apparatlardan foydalanishning bir qancha zararli tomonlari borligini bilamiz, shunda ham ularni ishlatishda davom etamiz (ayniqsa, biz yoshlar telefonsiz umrimizni tasavvur qilolmaymiz). Aslida, telefondan o’rganadigan jihatlarimiz ham bor. Misol uchun, o’chirish tugamasi. Hayotimizdagi noxush, insonda yoqimsiz hissiyot uyg’otuvchi ba’zi voqealarni xotiramizdan o’chirib tashlashni o’rganishimi lozim. Ammo, unutmasligimiz lozimki, telefonni almashtirsa bo’ladi. Lekin hayotni emas. (Telefon balki yaxshi o’xshatish bo’lmagandir, shaxsan ustozim ham bu fikrli ma’qullamadi, lekin bugungi kun yoshlari uchun telefon bu ikkinchi hayot)

O’xshatishlarni yana ko’plab keltirib o’tsa bo’ladi: hayot bu sovg’a -  u chiroyli o’rami bilan seni maftun etadi, ammo, uni ichida nima borligini bilmaysan;  kun bilan tun – ba’zida yorug’, ba’zida qorong’u; ovoz – ba’zan shovqinli, ba’zan jim-jit; ob-havo – issiq, yomg’irli yoki sovuq  harorathukm surishi mumkin.

Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin, lekin hayot – sof ma’noda hayot. Men o’z hayotimdan mamnunman. Yo’limdan nimalarni kutayotganini bilmayman. Ammo, ularni qo’llarimni keng ochgancha, yuzda tabbassum bilan qarshilayman. Shodlaning do'stlar! Hayotingizdan bahramand bo’ling :) ”

3.04 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.04 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.37 / 12

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Бахтиёр Шералиев 25/04, 13:51

Falsafiy jihatdan odamni fikrlashga undaydigan savol ustida ishlangan material, lekin ancha bo'sh.

2.5 Абдумалик Носиров 26/04, 11:57
1.5 Давронбек Тожиалиев 27/04, 14:30
2 Адҳам Отажонов 27/04, 16:13
3 Олимжон Солижон ўғли 30/04, 20:35
3 Маҳсуджон Асқаров 13/05, 13:23
4 Расул Кушербаев 16/05, 23:18
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 03:05
3 Шерзод Шерматов 17/05, 14:29
3.5 Тўлқин Юсупов 19/05, 15:18
2.5 Нигора Умарова 19/05, 17:26
2 Музаффар Назаров 19/05, 19:05
2 Мақсуд Саломов 19/05, 19:32
3 Умид Гафуров 20/05, 01:36
3 Қаҳрамон Асланов 20/05, 13:08
2.5 Шунқор Чориев 20/05, 21:12
2 Беҳзод Қобулов 20/05, 23:23
3.5 Мубашшир Аҳмад 21/05, 00:25
3 Мансур Тангишов 21/05, 12:01
4 Нодир Закиров 21/05, 14:22
3 Иноят Садикова 21/05, 14:29
2.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 17:09
3 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:29
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр