Soliq islohotlari

Gayratjon Turdiev
Саралаш

Ma'lumki yurtimizda chet el investorlarini jalb qilish uchun keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Bu borada qo'yilgan eng katta qadamlardan biri sifatida erkin valyuta konvertatsiyasini aytish mumkin! Darhaqiqat bu chet ellik investorlarni jalb qilish uchun qo'yilgan jiddiy qadam bo'ldi. Xo'sh, endi bizga investorlar yopirilib kelyaptimi degan savol tug'iladi. Hozircha yo'q! Nega? Buning uchun yana nimalar qilish kerak? Soliq tizimini isloh qilish kerakmi? Soliq yukini kamaytirsa investorlar yopirilib kelishadimi? Bu savollarga "ha, soliq yukini kamaytirsak yopirilib kelishadi" deb javob berishga shoshilmaslik kerak, menimcha. Bu yerda vaqt omilini ham hisobga olish kerak! Chunki valyuta konvertatsiyani ochish ham yopish ham, soliq turlari va me'yorlarini belgilash va o'zgartish ham davlatimizning o'z qo'lida! Masalaning 50% qismi mana shu muammoda. Ya'ni investorlarning ishonchi muhim omil hisoblanadi. Ishonchga kirish uchun esa biroz vaqt talab etilishi mumkin.

Muhokamaga qo'yilgan yangi soliq konsepsiyasi haqida mutaxassislar o'z fikr va takliflarini berishmoqda. Shu qatorda men ham o'z fikrlarimni bildirib o'tsam.

Yangi soliq konsepsiyasi bo'yicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i (2018 yil uchun 14%) va divident (10%) solig'ini birlashtirgan xolda faqat divident solig'ini qoldirib soliq foizini 25% qilib belgilash taklif etilmoqda. Shaxsan men ushbu taklifga qo'shilmagan bo'lar edim.

Birinchidan, bu yo'l bilan investorlar uchun divident olishning jozibadorligini pasaytirgan bo'lamiz. O'ylab ko'ring investor biror joyga mablag' tikishidan asosiy maqsad foyda olish hisoblanadi! Investor oladigan to'g'ridan-to'g'ri foydasi bu-divident hisoblanadi. Masalan,Investor qiziqib so'radi deylik, "men oladigan dividentimdan necha foiz soliq to'layman?" 25% ekanini bilgan investor qanaqa fikrga kelishi mumkin! Oladigan dividentimni chorak qismini soliq sifatida to'lar ekanman deb o'ylamaydimi?!

Ikkinchidan, hozirgi kunda yashirin iqtisodiyotni yo'qotishga qarshi ko'plab ishlar amalga oshirilayotgan davrda va sekin-sekin xo'jalik sub'ektlarining yashirin iqtisodiyotdagi ulushi tobora kamayib kelayotgan bir vaqtda o'z qo'limiz bilan ularni yana yashirin daromad olishga undagan bo'lib qolamiz. Bu holat faqatgina aksiyadorlik jamiyatlari va davlat ulushi bor korxonalardagina kuzatilmasligi mumkin. O'ylab ko'ring, siz ta'sischisiz. O'z korxonangiz oladigan sof foyda (divident) bu sizning daromadingiz. Siz oladigan daromadingizni chorak qismini soliqlar uchun to'lashni afzal bilasizmi yoki sun'iy ravishda korxonangiz xarajatlarini oshirish orqali aylanma yo'llar bilan o'sha daromadni deyarli to'liq olishnimi?

Uchinchidan, foyda solig'i har oyda budjetga to'lanib boriladi, divident solig'ida esa buning imkoni yo'q! Chunki divident xo'jalik sub'ektining yil yakunlari bo'yicha moliyaviy-xo'jalik faoliyatidan olgan sof foydasining yil yakunlari bo'yich o'tkaziladigan ta'sischilar(aksiyadorlar) umumiy yig'ilishida belgilanadigan (aniqlanadigan) summa.

Men yangi konsepsiyaga divident solig'ini bekor qilgan xolda foyda solig'ini qoldirishni va foyda solig'i bazasini hozirgi soliq kodeksi qoidalari bo'yicha aniqlashni taklif qilgan bo'lar edim. Chunki joriy soliq kodeksida chegirilmaydigan xarajatlar ro'yxati keltirilgan bo'lib bu aylanma yo'llar bilan daromad olish imkoniyatlarini biroz bo'lsada cheklab turadi.

3.22 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.22 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 4

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2.5 Мансур Тангишов 07/05, 02:11

Mavzu sarlavhasi juda umumiy nom bilan atalibdi, nomning o‘zi o‘quvchini kam jalb etadi.Bu ayni damda original mavzulardan emas, juda ko‘p muhokamalar bo‘lgan, ijtimoiy ahamiyati o‘rtacha. Bu yerda muallif mavzuni yoritishda biroz qo‘shimcha izohlarni berishi, hayotiy misollar keltirishi, statistik ma'lumotlar va faktlar bilan o‘z pozitsiyasini mustahkamlashi kerak edi. Blogpostda muallif o‘z fikrini konsepsiyadagi dividend solig‘iga e'tiroz shaklida bildirgan,biroq shu e'tirozni naqadar o‘rinli ekanini hech bo‘lmasa xorijdagi mamlakatlar misolida ko‘rsatib bermagan,argumentlar kuchsiz.Mavzuga chuqur yondashilmagan, umumiy ma'lumotlar berilgan,ayrim imloviy xatolar bor.Muallif yechim sifatida berayotgan taklifi ham yetarli darajada asoslanmagan.Axir bir qancha soliq turlari qisqartirilishi va aynan soliqdan qochish holatlarini kamaytirish uchun taklif qilinayotgan konsepsiyadagi o‘zgarishlar bo‘yicha obyektiv ma'lumotlar berilmasdan biroq tomonlama fikrlar bildirilgan.Albatta blogger sifatida o‘z mustaqil fikrini istalgan holatda yozishi mumkin, biroq bunday mavzularda yuqori sa'viyali blogpost yozish uchun nisbatan ko‘proq izlanish va har bir fikrni imkoni boricha asoslash hamda o‘qimishlilik darajasini oshirish uchun ta'sirchan vositalar,shakl,xulosa,qiziqarli faktlar,iloji bo‘lsa sxemalar shaklidagi tushuntirish yoki diagramma/jadvallardan foydalanilganda ancha yaxshi bo‘lar edi.

2 Расул Кушербаев 12/05, 01:18
3 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:15
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05, 03:02
3.5 Қаҳрамон Асланов 17/05, 12:35
4 Шерзод Шерматов 17/05, 22:42
3 Нигора Умарова 18/05, 20:04
3 Олимжон Солижон ўғли 19/05, 00:34
3 Давронбек Тожиалиев 19/05, 13:35
3 Мақсуд Саломов 19/05, 14:33
3 Бахтиёр Шералиев 19/05, 14:41
3 Тўлқин Юсупов 19/05, 17:59
2 Уйғун Ғафуров 19/05, 18:23
4 Умид Гафуров 19/05, 23:41
2 Музаффар Назаров 20/05, 18:05
3 Шунқор Чориев 20/05, 20:43
4 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:25
4 Абдумалик Носиров 20/05, 22:58
3.5 Мубашшир Аҳмад 20/05, 23:35
2.5 Иноят Садикова 21/05, 13:55
4 Нодир Закиров 21/05, 14:12
3.5 Адҳам Отажонов 21/05, 19:37
4 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:19
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр