Sizda Wi-Fi bormi?!

Qobiljon Raximjonov
Саралаш

Salom kanalimizdagi barchaga. Bir necha kun oldim qulog‘imga ayrim yurtdoshlarimizning suhbati eshitilib qoldi, bir qiz bir ayoldan so‘rardi: “sizda wi-fi bormi? Biz o‘tgan oy ulattik, zo‘r ekan! Telegramda bemalol o‘tiribman!”

Hurmatli kanal a’zolari va barcha yurtdoshlar, shuni unitmang-ki, Wi-Fi – bu aslida signalning bir turi, xolos (Wi-Fi ingliz tilida - Wireless Fidelity ya’ni, “simzis sifat/aniqlik” degan ma’noni anglatadi). Wi-Fi ni hatto qo‘lingizdagi smartfon ham tarqata oladi, lekin Wi-Fi bo'lgani bilan internetga kira olasiz degani emas!

Wi-Fi tarqatuvchi qurilmalarning 90 foizi  internetga sizni ulab berishi uchun ularning orqa qismiga internet kabel ulanishi kerak. Bu kabel telefon simi yoki simmetrik (lokal) kabel bo‘lishi mumkin. Yoxud, unga biror bir manba, masalan, sim-karta o'rnatilgan bo'lishi va sim-karta aktiv holatda bo'lib, hisobida yetarlicha pul yoki megabaytlar bo'lishi kerak.

Hatto beelinening 4G Wi-Fi routeri ham sim kartadagi internet trafigisiz internetga sizni kiritmaydi.

Boshqacha aytganda, sizda eng so‘nggi Wi-Fi qurilmasi bo‘lsa ham, siz internetga o‘z-o‘zidan kirib qolmaysiz. Avvalo sizning uyingizga biron bir internet provayderii tomonidan (uzonline, sarkor, sharq telekom, istv, netco va h.k.) internet kelgan (kabel ko‘rinishida) bo‘lishi kerak. Shu kabel Wi-Fi signalini tarqatuvchi qurilmaga ulanadi. Bu qurilma esa internetga qo'l telefoningiz yoki biron bir boshqa qurilma orqali simsiz ravishda internetga bog`lanishingiz uchun Wi-Fi signalini tarqatadi. Lekin, shuni unitmangki, qurilma kabelsiz ham Wi-Fi signalini tarqatadi. Faqat bunda yuqorida aytilgan bitta muammo mavjud: agarda Wi-Fi qurilmangizga internet kabeli ulanmagan bo‘lsa, siz ulangan Wi-Fi signali sizni internetga ulab bermaydi va siz kichkina dinozavrchani tomosha qilishdan zavq olasiz, xolos (shunda ham faqatgina Google Chrome brauzeridan foydalansangiz)!

Avval internetga ulaning, Wi-Fi ni keyin qo‘ydirsangiz ham bo‘ladi! Aytgandek, Internet uchun ham pul to'lashni unutmang!

2.64 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.64 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.11 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.32 / 5

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1 Бахтиёр Шералиев 18/04, 05:02

Muallif o'zining ushbu blogposti bilan nima demoqchi bo'lganligini to'g'risi umuman tushunmadim. Wi-Fi routerni ulayotgan muallif aytgan kabel yoki sim-karta bilan ta'minlash kerakligini barcha xizmat ko'rsatuvchilar juda yaxshi bilishadi. Qisqasi tanlov uchun umuman o'xshamagan mavzu tanlangan.

1.5 Давронбек Тожиалиев 25/04, 00:58
2 Қаҳрамон Асланов 26/04, 15:44
2 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 21:18
2 Адҳам Отажонов 28/04, 09:29
2 Тўлқин Юсупов 06/05, 00:08
2 Умид Гафуров 12/05, 00:47
2.5 Мансур Тангишов 13/05, 00:51

Ruslarda "chaynik" degan tushuncha bor, bu biror bir soha yoki atamalar borasida juda sayoz ma'lumotga ega yoki endi o'rganayotgan odamlarga nisbatan ishlatiladi. Shaxsan men ushbu blogpostni o'sha chayniklar uchun juda foydali deb hisoblayman. Har holda bu post hali endi internet olamiga kirayotgan insonlar uchun samarali bo'ladi, rasmlardan foydalanilgani ijobiy holat. Biroq, chempionatda g'oliblik uchun blogpostni misollar bilan boyitish, qo'shimcha faktlarni keltirish, boshqa yerlarda berilmagan o'z mustaqil original fikrlarini bildirish, biroz tahlil, solishtirishlarni qo'llash kerak edi.

1 Маҳсуджон Асқаров 13/05, 13:26
1.5 Ботиржон Шерматов 14/05, 00:22
2 Музаффар Назаров 15/05, 22:35
1 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05, 02:32
2 Шерзод Шерматов 17/05, 12:49
4 Расул Кушербаев 18/05, 08:30
1 Нигора Умарова 19/05, 18:36
3 Беҳзод Қобулов 19/05, 18:43

Кулгилидир, лекин жуда кўпчилик шунақа хато тушунади. Вайфай улаттик, вайфайим бор каби.. Лекин, иккинчи босқичга ўтсангиз, долзарброқ мавзуда ёзинг.

2 Мақсуд Саломов 20/05, 14:42
0.5 Иноят Садикова 20/05, 17:18
2 Шунқор Чориев 20/05, 22:19
3 Абдумалик Носиров 20/05, 23:38
4 Нодир Закиров 21/05, 04:31
2 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:29
2 Уйғун Ғафуров 21/05, 16:43
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
8 та фикр