Qonun ijodkorligi

Mirjalol Qodirov
Саралаш

Biz ozod va erkin yashagan vaqtimiz, bizga sezilmaydigan, ammo nazarimda qilmishi uchun ozodlikdan mahrum etilganlarni kamsitadigan qonun kamchiliklari mavjud. Albatta, ular aybdor, biroq biz Sud hukmiga asosan ularni OZODLIKDAN  CHEKALAGANMIZ, huquqlarini emas. Mulohazam, "Oʻzbekiston respublikasi Prezidenti Savlovi to'g'risida"gi qonunga asoslanadi. Qonunning 2-moddasi 2-bandida aytiladiki, "Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy yoki milliy mansubligiga, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashgʻulot turi va xususiyatiga qarab Oʻzbekiston respublikasi fuqarolarining saylov huquqini birin-bir tarzda  bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi." 2-bandga asosan biz ozodlikdan mahrum etilganlarni ijtimoiy ahvolinidan u xoh panjara ortida bo'lsin bizni ularning besh yilda bir marotaba foydalanadigan huquqlaridan mahrum etishga haqqimiz yo'q, avvalo insonparvarlik prinsiplariga ham zid. Lekin ushbu moddaning 3-bandida esa, "Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek Sudning hukmiga muvofiq ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar Oʻzbekiston respublikasi prezident saylovida qatnashmaydilar." Mening nazarimda qonun ijodkorligida turfa xil mazmundagi soʻzlar alohida-alohida band orqali yoziladi. Agar bir bandda bo'lsa, bir mazmundagi soʻzlar jamlanmasi deb hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar ijtimoiy ahvoli Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga tenglashtirilmoqda. Buni tushuntirish shart bo'lmagan, odam tushunadigan soʻzlar. Nazarimda bu ochiqdan ochiq inson huquq-manfaatlarini buzish emasmi? Insonning aybi uning ozodlikdan mahrum etilganimi? Bu uni muomalaga layoqatsiz shaxs bilan tenglashtirishga asos bo'ladimi?

 -Yo'q, ..shuningdek..jumlasi borku, deyishsa ham, eslab ko'ring shu yilning oʻzida ham nohaq ayblanib ozodalikdan mahrum etilganlar topilib Prezidentimiz tomonidan ozod etildi-ku, balki shular qaysidir kelajakda bo'lguvchi Prezidentga umid bog'lar. Balki, u yanada shaffof tizimni yaratar deb hisoblar?! Biz ularni umidini, huquqini cheklashga haqimiz yo'q. Mana bu Adolatdan bo'ladi. Agar biz ularning ovoz berishda farovon kelejakni ko'zlab ovoz berishiga inonmasak, demak qonunga qo'shimcha tarzida, ilgari ozodlikdan mahrum etilganlar Oʻzbekiston respublikasi prezidenti saylovida qatnashmaydilar, deyishimiz lozim. Negaki, ular ham u yer "havosidan nafas olgan". Biz aynan shu yerda na u yerlik, na bu yerlikmiz - na butunlay cheklaymiz, na butunlay ruxsat beramiz. Bu borada rivojlangan davlatlar amaliyotidan xabarim yo'q, biroq u yerda ham men singari kimdir huquqshunoslikdan taxsil olmoqda, Sizlar singari kimlardir qonun loyihasi bilan tanishishmoqda, balki qonun ijodkorligi bilan shugʻullanmoqda. Man unutmasligingizni istardimki, bir necha yil ichida nohaq ayblanganlar ozod etildi, yoki yengilroq jazo berildi. O'z qilmishlaridan pushaymonlar ozod etildi. OAV orqali ham tanishmoqdamiz. Biz umumxalq e'tirof etgan insonparvarlik yo'lidan bormoqdamiz. Ovoz berish huquqidan cheklash insonparvarlikka zid, nazarimda. 

Yana bir muhim masala, Oʻzbekistonda Sudlarga sanksiya berish vakolati berilgani Sudlar ravnaqini oshiribgina qolmay, ishlarni tez va adolatli ko'rishda xizmat qilmoqda. Sudlar sanksiya berish tartibi "Oʻzbekiston respublikasi Sudlar toʻgʻrisida"gi qonunning 37-moddasi 2-bandiga asoslanadi. Ammo amaliyotda bu borada tushunmovchiliklarga sabab holatlar uchrab turibdi. Sababi shundaki, "Oʻzbekiston respublikasi Prokuratura toʻgʻrisida"gi qonunning 28-moddasi 4-bandiga asosan "jinoyatlarni tergov qilish, Ehtiyot chorasini tanlash, O'zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat tavsifini belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishga jalb qilish, ayrim tergov harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish toʻgʻrisida yozma ko'rsatmalar beradi.

Tergov-surishtiruv jarayoni cho'zilgani sababli, Sudya sudlanuvchini ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga ko'rsatma bersa, Prokuror ehtiyot chorasini oʻzgartirib garov evaziga sudlanuvchini ozodlikka chiqarmoqda, - amaliyotda mavjud muommo. Agar sanksiya berishni Sudlarga munosib deb topgan ekanmiz, butunlay berishimiz darkor. Sudya oʻz oʻzidan ehtiyot chorasini qoʻllamaydi, bunday vaziyatda sudlanuvchi bedarak yoʻqolmasligiga, takroran jinoyat sodir etmasligiga, kim kafolat beradi? Sanksiya bergan Sudyami yoki ehtiyot chorasini oʻzgartirgan Prokuror? Prokuratura organi bu haqida xabar bersa ham Sudya unda nega ehtiyot chorasini qo'lladi? Mana bu qonundagi kamchiliklarni bartaraf etish, Sud organlariga adolatdan bo'lardi. Adolat o'rnatish - hayot me'zoniga aylansin. Dono xalqimiz ta'biri bilan aytganda, "six ham kabob ham kuymasin". 

3.12 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.12 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 3

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2 Бахтиёр Шералиев 18/05, 14:48

Agar chindan ham muallif huquqshunoslik borasida tahsil olayotgan bo'lsa qonunlarni tahlil etish bo'yicha mutaxassislarning ishlari bilan tanishib chiqishini lozim. Qaysidir qonun moddasini tahlil etar ekan, uning avvalo Konstitutsiyaga mosligini, ana undan keyin boshqa kodekslar, Xalqaro qonun hujjatlari, qarorlar, farmonlar va boshqa shunga tenglashtirilgan qonunosti hujjatlari bilan muvofiqligi, ular orasida tushunarsiz qismi bo'lsa u nimadan iborat ekanligi, qolaversa ayni mazkur masalada Xalqaro huquq nima deyishini har taraflama asoslashi, tahlil etishi lozim bo'ladi. Yuqoridagi blogpostda esa shu ishga qo'l urilgan, lekin fikr juda ham tarqoq, tahlil o'ta sayoz, taklif deyarli mavjud emas. Agar bu muallifning dastlabki ishlaridan bo'lsa boshlanishiga yomon emas, lekin baribir o'z ustida ishlashni to'xtatmaslik lozim. Men muallifga tashabbus.com saytidagi huquqshunoslarning qonun moddalarini tahlil qilish tajribalarini o'rganishni maslahat bergan bo'lar edim.

3 Нигора Умарова 18/05, 15:11

Мақола ёзиш услубини ўзгачароқ танлаш керакмиди? Услуб ва тилнинг "шираси"га, имло қоидаларига ҳам эътибор бериш шарт.

3 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:18
4 Расул Кушербаев 18/05, 23:08

Taklif sifatida yaxshi urinish. Meningfikrim portalida muhokama qilib ko'rish kerak

2.5 Мақсуд Саломов 19/05, 11:32
3 Давронбек Тожиалиев 19/05, 13:59
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 19/05, 17:29
2.5 Шунқор Чориев 19/05, 18:57
3 Умид Гафуров 19/05, 20:47
2 Тўлқин Юсупов 19/05, 21:32
3 Мубашшир Аҳмад 20/05, 05:09
4 Ботиржон Шерматов 20/05, 18:56
3 Музаффар Назаров 20/05, 20:26
1 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:31
2.5 Абдумалик Носиров 20/05, 22:45
2.5 Қаҳрамон Асланов 21/05, 10:05
2 Мансур Тангишов 21/05, 10:44
4 Шерзод Шерматов 21/05, 12:14
3 Уйғун Ғафуров 21/05, 12:51
3 Олимжон Солижон ўғли 21/05, 13:20
2.5 Иноят Садикова 21/05, 13:43
4 Нодир Закиров 21/05, 14:17
5 Адҳам Отажонов 21/05, 19:42
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр