Qishloqdan maktub

Azizbek Yusupov
Ярим финал
Foto: Zamin.uz

Suratdagi yo‘l biznikidan ancha yaxshi

“Kamchatka” deb atalmish bu qishloqda yashashni o‘zi bo‘lmaydi. Bizning ho‘o‘ ota-bobomiz atak-chechak qilgan yo‘llarimizning oldida “tankovod”larda qiynalmay yuradigan harbiy tanklar ham “ip esholmaydi”, ishonavering. Dengizning to‘lqiniga o‘xshab ketgan bu yo‘lda mashina degan ulov ho‘p “enasini ko‘rgan”. Biz faqat televizorda ko‘radigan ravon-ravon yo‘llarda qushday uchib, oqmas suvdek ovoz chiqarmaydigan Captiva, Malibu’lar bizning yo‘ldan bir yurib ko‘rsin-chi!.. Traktorday tarrillab, to‘rtta balloni to‘rt tomonga yugurgilab, kuzovning o‘zi yo‘lning qoq o‘rtasida qolib ketadi. Endi tassavur qilayotgandirsiz qanaqa yo‘l ekanligini... Vaholangki, bu yo‘l Guliston (Sirdaryo viloyati markazi) va Bekobodni (Toshkent viloyati shahri) bog‘lab turadigan yagona yo‘l. Qanchadan-qancha mashinalar o‘tadi. Ularning otamdan qolgan qozoniga o‘xshash chuqurlarga tushib soatiga 10—15 kilometr ketayotganini (chaqqonroq piyoda yonidan o‘tib ketadi!) ko‘rib ham kulging keladi ham yig‘laging. To‘g‘ri, qachonlardir (u paytda men tug‘ilmaganman, demak 17—18yillar oldin) bu yo‘lga asfalt yotqizilgan. Lekin hozir o‘yilib, buzilib ketgan sho‘rlik asfaltga “sen asfaldsan, sen tekis yo‘l bo‘lish uchun yotqizilgan san” desangiz uni o‘zi ham ishonmasa kerak…

“Yugur-yugur”

A, labbay? Muaommo chora ko‘rmadilaringmi, deysizmi? Ko‘rdik, akajon (opajon), ko‘ rdik. Idorasida ishga kiradiganlarga yo boshqa ishi bo‘lganlarga “pechat” bosib, qo‘l qo‘yishdan, tepaga “hammasi joyida” deyishdan bo‘shamaydigan “jafokash” mahalla raisimiz bu muammoga “vaqti bo‘lmagani” uchun o‘zimiz harakatni boshladik! Qishlog‘imizni o‘ylaydigan Umrzoq (umrlari uzoq bo‘lsin) bobomiz yoshligida qanday yugurganligini bilmayman-u, ammo shu muammoni hal qilaman, deb ot desangiz otday, mashina desangiz mashinaday uyoqdan buyoqqa (buyoqqa — tuman hokimiyati) g‘izillab, yelib-yugurdi. Eng avval tuman hokimiyatiga ariza bilan chiqdi. Yoshligida savodsiz bo‘lgani, “maktabni koridorda bitirganlar”dan bo‘lgani uchun arizani shaxsan menga yozdirdi. Uydagilarning qo‘rqqanini ko‘rsangiz: Yozib baloga qolmasaydiz. Ee, bova (bizning shevada bobo shunaqa deyiladi) och qornim-tinch qulog‘im. Shu paytgacha yuribmizku indamay...

Yo‘q, Umrzoq bobo oyoq tirab oldi: “Shu muammoi hal qilmasam, otimni boshqa qo‘yaman!”

Xullas bobom arizani qo‘ltiqlab dadamning shaytonaravasida “hayyu-hayt”, deb tuman markaziga jo‘navordi. U yerdagilarga borib arz(lar)ini aytibdi. Ular bobomning ko‘nglini ko‘tarishgan bo‘lishibdi. Albatta, ko‘rib chiqamiz. Bir haftadan keyin keling, javobini aytamiz... Og‘zidan tanobi qochgan bobom yo‘lning rasvoligini, tuman ham uzoqligini unutib “ho‘p”, deb yana 50 kilometr masofa bosib ortga qaytibdi. Sizlargat to‘g‘risini aytsam, kechagisi bilan tuman markaziga o‘n martalab borib keldi, bobom bechora. Har borganda“keyingi hafta keling” deyilganda bobomning asabi asfalt yo‘limiz kabi buzilganini aytmaganda hammasi joyida edi. Oxiri tumandagilar maxus ishchilar bilan 2 ta katta-katta kamazlarni bizning qishloqqa yuborishibdi. Xursandligidan bobomni og‘izlari ko‘pirib maqtashgan qishloqdagilar, boyagi kamazlar sement aralash shag‘alni faqat katta-katta yoriqlarga “Xo‘ja ko‘rsin”ga tashlab ketishgandan so‘ng, qo‘ynilari puch yong‘oqqa to‘lganini fahmlashib, bobomni so‘ka ketishdi. Bu berkilgan yoriqlarga saqlanish muddati 10 kun deb yozishmagan ekanda, roppa rosa 10 kundan keyin har bitta o‘yiqqa yana bitta “egizagi” qo‘shildi. Bobom baribir gapida turib oldi: Tumandan foyda chiqmadi. Endi viloyat hokimligiga boraman!..

Shu fursatdan foydalanib tumanimiz hokimiyati umuman, tumanimiz haqida gapirib o‘tsam. Tuman markazimiz uzoqda joylashganini avvalroq aytib o‘ytdim. Buning ustiga hamma ish, hamma muammo tumanda yechilishi kerak. Raisimiz olayotgan oylikning (1 million so‘mdan oshiq) teng yarmi tumanga qantashiga ketsa kerak. Jasoratli shopirlar bilan kuniga ikki martalab tumanga yugurgandan keyin raisning puli ketmay kimniki ketsin. Lekin tumanga borib “qog‘ozda qilgan ishlari” to‘g‘risida hisobot topshiradigan raisimizda sof 500 ming qolsa yomonmi?! Bekorga yuqorida shopirlarni jasoratli demadim. Shunday o‘ydim-chuqurlarda qo‘rqmasdan odam tashish ham ulkan jasorat. Bizning qishloqdagi barcha shopirlarda “tutqanoq” kasali bor. Tok urganday qaltirab-qaltirab, silkinib yuradigan shopirlardan “nega unaqasan?” deb so‘rasangiz shunday javob berishadi: Mashinada silkinib yuraverib o‘rganib qolganmizda!..

(Qishlog‘imiz va tuman markazi orasi aslida 10 kilometrni tashkil etadi. Biroq o‘rtada Sirdaryo bor. Agarda bittagina ko‘prik bo‘lganida avval 25 kilometr shaharga, undan yana 20 kilometr orqaga qarab yurib o‘tirmasdik)

Kasalxona

Xullas, nima demoqchiman. Bizga biriktirilgan Markaz ancha uzoqda. Buning ustiga yo‘llarimiz rasvoligi tufayli masofa battar cho‘ziladi. Kasalxonamiz ham o‘sha yerda. Ikki qavatli, blogger akamiz Xojiahmad Umurzoqov aytganiday “O‘rta asrlardagi kabi xamshiralar qo‘llarida chiroq ko‘tarib yuradigan” ( ammo zap topib aytganda) kasalxona aynan bizning qishloqqa biriktirilgan.

Sizlarga bo‘lgan voqeani aytib bera qolay. Opchamning (opacham) qorni og‘rib qoldi. Ikki kun qiynalgandan so‘ng, dadam “bechora qizim ko‘richak bo‘lgan shekilli”, deb shaqirlab qolgan mashinasini yurgazdi. Yo‘l-yo‘lakay dadam xavotir bilan tezlikni oshirar, o‘yilgan yo‘llarda silkinib ketganda opchamning og‘rib turgan qorni battar azob berardi. Bir mahal (aks-da) moshinaning tagi “taq” etib ovoz chiqardida to‘xtab qoldi. Dadam shoshib tushib qarasa moshinani harakatga keltiradigan “xodavoy chast”i qiyshayib ketibdi. Peshonalarimiz olovga tushgan selofandek burishib ketdi. Tutaqib ketgan dadam nuqul moshinani, so‘ngra yo‘lni undan keyin o‘sha uzoqdagi kasalxonani bo‘ralatib so‘kdi. “Ay, nomard! Shuncha paytdan beri ishlab... Hah seni! Padariga la’nat shu yo‘llarni! Kasalxonayam Oydan uzoq, la’nati! (nega desangiz Oy-ku ko‘rinadi, lekin ha deganda tumanimiz ko‘rinavermaydi!)

Dadam yo‘lni bisotidagi barcha “shirin” so‘zlar bilan siylayotgan bir paytda, qo‘shnimizning Damas’i o‘tib qoldi. Roppa-rosa bir yarim soatdan so‘ng, kasalxonaga yetib bordik. Biroq “malakali” do‘xtirlar qizingiz ko‘richak bo‘lmagan deb qaytarib yuborishdi. Opchamning uyda bir necha kun qiynalgani va oxir-oxibat qorinning og‘riyotganiga ko‘richakning yorilib ketgani aniqlandi. Ungacha bo‘lgan va undan keyingi jarayon haqida yozmay qo‘ya qolaman.

“Suv hangomasi”

Shundan so‘ng bobom “oblastnoy”ga ariza bilan bordi. Hayriyat-e, haqiqat bor ekan. Bittada hal qilishdi. 2 oylardan so‘ng, barcha ishlarni boshlashlarini aytishibdi. O‘sha kuni bobom qishloqqa o‘zi to‘qigan qo‘shiqni aytib keldi:

Bu yo‘llar-yo‘llarYaqinda ravon bo‘laarrXayr, o‘ydim-chuqurlar...

O‘sha ikki oy orasida suv hangomasi bo‘lib o‘tdi. Biz aytmagan bo‘lsakda katta-katta ekskavatorlarda o‘zlari kelib qolishdi. “Qishloqlaring tagidan toza suv o‘tkazamiz”, deyishganda boshlari ko‘kka yetgan odamlarimiz jon-jondan ularga 100 ming so‘mdan yig‘ib berishdi. Bir haftadan so‘ng, suv uchun ish boshlanib ketdi. O‘yilib ketgan yo‘llarimizni ekskavator battar o‘yganida ichimiz achisa-da (“Obod qishloq” deganlari shu bo‘lsa kerakda) ko‘nglimizning bir cheti yorug‘ edi: toza suv muhim! Endi ba’zilar kir chayqaydigan, ko‘cha supurilganida uyulib qolgan chiqindilar tashlanadigan ariqdan suv ichmaymiz. Yo‘llar kovlanib bo‘lgach uzun-uzun rezina turbalar yotqizildi. Ishchilar qiynalib, ketib qolishmasin deb biznikilar hashar qilishdi. Ishchilar tag‘in har bir xonadondan nimagadur 100 mingdan yig‘ishgach, ko‘chamiz boshidagi bo‘sh joyni asosiy quduq qilish uchun 200 metrdan oshiq kovlashdi. Axiyri bir yarim oydan keyin turbalardan toza suv yugura boshladi. Har 100 metrga o‘rnatilgan kranning jo‘mragini burab kaftimizni to‘ldirib “Bismilloh” deb suvni og‘zimizga solgan edik... Arig‘imizdan oqadigan chiqindili suv bizga shunchalar toza ko‘rinib ketdiki... Suv deb atalmish sho‘r va be’maza ichmaslikni (ichimlik emas, chunki ichib bo‘lmaydida) olish uchun shuncha sarf-u xarajat va harakat...

50 yil sabr qilsak...

Bir ikki oydan so‘ng biz intiq kutgan viloyatning ta’mirtalab yo‘llarni ta’mirlash xizmati xodimlari keldi. Vahima bilan kelishdida Umrzoq bobo yashaydigan ko‘chani, ya’ni 200 metrni asphalt qilib qaytib ketishdi. Hamma hayron. Hammaning qo‘li yoqasida. Umrzoq bobo endi o‘z ismini o‘zgartirishini ham, o‘zgartirmaslikni ham bilmay qoldi. Hartugul shunisiga ham shukr dedik. Qishlog‘imizning umumiy maydoni taxminan 20 kilometr chiqar. Ana boringki 10 kilometr yo‘li “kasal” deylik. Endi hisoblang, har yili 200 metrdan urib ketaversak necha yilda tugatamiz. 50 yildami? Demak, men 60—70 larni urib qo‘yganimda va nihoyat tekis yo‘llarda yurarkanmanda. Ha, mayli, men kutaqolaman

4.06 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    4.06 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.34 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.54 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4.5 Уйғун Ғафуров 31/05, 18:07
4.5 Нодир Закиров 31/05, 18:58

Muhim muammolarni ko'targansiz, qiziq yozgansiz, lekin ayrim qismlarini o'qish biroz qiyinroq bo'ldi. Qo'shtirnoqni kamroq ishlating. Imloviy xatolarni kamaytiring. Rahmat.

4 Бахтиёр Шералиев 31/05, 19:15
4.5 Нигора Умарова 31/05, 19:43
4 Абдумалик Носиров 31/05, 21:49
4.5 Расул Кушербаев 31/05, 23:10
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 01/06, 02:28
3 Давронбек Тожиалиев 01/06, 02:59
3 Беҳзод Қобулов 01/06, 08:39
3.5 Мақсуд Саломов 01/06, 09:42
5 Олимжон Солижон ўғли 01/06, 12:01
3.5 Қаҳрамон Асланов 01/06, 14:09
4 Мубашшир Аҳмад 01/06, 16:58
4 Адҳам Отажонов 01/06, 18:54
3.5 Музаффар Назаров 01/06, 20:56
4 Умид Гафуров 01/06, 21:28
3.5 Тўлқин Юсупов 01/06, 21:49
5 Маҳсуджон Асқаров 01/06, 22:51
5 Иноят Садикова 02/06, 17:17

Bir tekisda, chiroyli yozilgan. Bundan-da qisqaroq bo'lishi ham mn edi ) Bobongiz, qishloq rasmlaridan ham qo'ysangiz bo'lar edi.

4 Шерзод Шерматов 02/06, 17:19
4 Шунқор Чориев 02/06, 20:27
4 Мансур Тангишов 02/06, 20:52
4.5 Ботиржон Шерматов 02/06, 21:17
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр