Qanday Qilib Blogpost Yozish: Yodda Saqlashga Arzigulik Formula.

Farhod Allamuradov
Саралаш

Internetga blogpost yuklayotganda faqat insonlarni emas, balki robotlarni ham inobatga olish kerak degan fikrni eshitgan bo’lsangiz kerak hoyna-hoy.

Bir vaqtning o’zida ularning ikkisini ham hisobga olmasangiz, blogpostingiz samarasi bir necha barobarga pasayib ketishi mumkin va hatto hech kim o’qimasligi ham mumkin. :(

Aslida nima uchun Internetga blogpostlar yuklanadi?! Buning sabablari juda ko’p, ular ichidan eng muhimi biznesni rivojlantirish uchun.

Sifatli blogpostlarsiz: Ijtimoiy tarmoqlarda ulashish uchun hech vaqo yo’q, veb sayt SEO si (qidiruv natijalarida yuqorida chiqish) tushib ketadi, mijozlar va tashrif buyuruvchilarni ushlab qolish uchun “xo’rak” yo’q va mijozlar sonini oshiruvchi harakatga-chaqiriq tugmalarini joylash uchun yetarli sahifalar yo’q. Sizga yana biror bir sabab kerakmi? :) 

Internetga blogpost yuklashning sabablari ko’p, lekin muammo qanday qilib Internet foydalanuvchilari va robotlarga birdek manzur bo’luvchi blogpost yozishda!

Siz ham shunday muammoga duch kelgan bo’lsangiz, quyidagi blogpostni to’liq o’qing. Ishonamanki sarflagan, bir necha daqiqangizga arzigulik ma’lumot olasiz.

Qadam 1: O’quvchilaringizni tushining.

Blogpost yozishni boshlashdan oldin, o’quvchilaringizni tushinishingiz kerak. Ular nima haqida bilishni xohlaydi? Ularni nima hayratga sola oladi? Bu savollarga javob topishning ko’plab yo’llari bo’lib, ular ichida eng samaralisi Google Analytics hisoblanadi.

Sizning o’quvchilaringiz biznesmenlar bo’lsa, siz ularga qanday qilib ijtimoiy tarmoq marketingini boshlashni o’rgatmang – ularning ko’pchiligi odatda bundan xabardor bo’lishadi. Buning o’rniga ularga qanday qilib ijtimoiy tarmoqda raqobat qilish, qanday qilib samarali marketing proyektlari yaratish va shu kabi xususiy mavzuda g’oyalar ulashing.

Qadam 2: Mavzuni kiriting va sarlavha yozing.

Blogpostingiz uchun aniq bir mavzu tanlang va shu mavzuga tushuvchi sarlavha yozing.

Sarlavhani yozayotganda ko’p o’ylab o’tirmang.

Sarlavha blogpostning asosiy mazmunini aks ettirishi kerak. Shu sababli hali blogpostni yozmasdan turib qanday sarlavha blogpostingizga mos tushishini aniq ayta olmaysiz.

Hayolingizga kelgan eng birinchi, blogpostingiz mavzusini yortuvchi sarlavhani yozing va uni blogpostni yozib tugatganingizdan keyin o’zgartirasiz.

Qadam 3: Kirish qismini yozing (diqqatni tortadigan bo’lsin).

Endi blogpost uchun kirish qismini yozing.

Blogpostga kirish qismi butun maqola nima haqida ekanligini yorita olishi kerak.

Kirish qismi imkon qadar o’quvchi diqqatini tortuvchi bo’lishiga e’tibor qarating. Shuni unutmang, blogpostning kirish qismi blogpostni yozib bo’lganingizdan so’ng tahrirlarnishi shart. Bu blogpostning umumiy mazmunini yoritishni osonlashtiradi.

Qadam 4: Kontentni tartiblashtiring.

Ba’zan blogpost kontenti o’quvchi uchun ham, yozuvchi uchun ham uzunlik qilishi mumkin.

Agar ko’p so’zdan tashkil topgan blogpost tartiblashtirilmasa, yozuvchiga yozish jarayonida va o’quvchi o’qishi uchun noqulaylik tug’dirishi mumkin. Bu kabi noqulayliklarni oldini olish uchun blogpostingizni tartiblashtirishingiz kerak. Tartiblashtirish turli xil usulda, bo’limlarga ajratish, ro’yxatlar yaratish, qadamlar ko’rinishida va h.k ko’rinishda amalga oshirilishi mumkin. Asosiysi tartiblashtirish.

Qo’shimcha usul: Blogpost kontentini yozishdan oldin blogpostda ishlatiladigan sarlavhalarni yozib chiqing. Keyingi qadamda bu sarlavhalar uchun paragraflar yozasiz.

Qadam 5: Asosiy bo'limni yozing!!!

Va nihoyat navbat blogpostni to’liq yozishga keldi. Endi yuqorida yozib chiqqan sarlavhalaringizni paragraflar bilan to’ldirib chiqishingiz kerak.

Paragraflarni yozayotganda quyidagilarni hisobga oling:

• Har bir paragraf ko’pi bilan 5-6 qatordan iborat bo’lishi kerak. (Bu o’quvchini zeriktirib qo’ymaslik uchun.)

• Paragrafda birinchi va ikkinchi shaxs olmoshlaridan foydalaning. (Bu o’quvchi blogpostni o’qiyotganda o’zini xuddi siz bilan suhbat qurayotgandek his etishi uchun.)

• Har bir paragraph ko’pi bilan 300 ta so’zni o’z ichiga olsin. (Bu o’quvchini zeriktirib qo’ymaslik uchun.)

Blogpostingizda ishlatilgan jami so’zlar soniga alohida e’tibor qaratish lozim.

Agar postingiz qidiruv natijalarida yuqori o’rinlarda chiqishini istasangiz: Google kompaniyasining statistik ma’lumotlariga ko’ra blogpostingizdagi so’zlar soni eng kamida 1890 ta so’zdan iborat bo’lishi kerak.

Agar postingiz ko’proq ijtimoiy tarmoqlarda ulashilishini istasangiz, maqolangiz tahminan 700-900 oralig’ida so’zni o’z ichiga olishi kerak.

P.S: Blogpostingizning qadrini oshirish uchun kerakli bo’limlarda statistik ma’lumotlardan foydalaning.

Qadam 6: Postni tahrirlang va formatlarni to’g’irlang.

Blogpostning kontent qismi tayyor bo’lgach, uni tahrirlashingiz va matn va rasm formatlarini to’g’irlashingiz kerak.

Asosiy rasm

Blogpostni o’qish uchun tashrif buyurgan foydalanuvchini sahifada olib qolish uchun atiga 5 sekund vaqtingiz bo’ladi. Shu 5 soniya ichida tashrif buyuruvchi blogpostni o’qishda davom etishga yoki sahifani tark etishga qaror qiladi.

Shu 5 soniya ichida foydalanuvchi diqqatini tortish uchun blogpost sarlavhasi va asosiy rasmidan foydalaniladi.

Blogpost uchun asosiy rasmni tayyorlayotganda quyidagilarga e’tibor bering:

• Rasm blogpost mavzusini yoritib bera olsin (inson miyyasi matnga nisbatan rasm orqali ma’lumotlarni 57.300 marta tezroq qabul qilar ekan).

• Rasm sifati yuqori bo’lsin, lekin hajmi juda katta bo’lmasin (Bu sahifa SEO siga ta’sir ko’rsatadi).

• Hashamdor rasmlarni emas, odatiy rasmlarni ishlating. (Bu tabiiylikni va ishonchni oshiradi.)

Tashqi ko’rinish

Tashqi ko’rinish deganda hayolingizga rasmlar kelgan bo’lsa kerak. Biroq blogda tashqi ko’rinishni faqat rasmlar ifodalamaydi, balki matning shrift turi, shrift o’lchami, qatorlar orasidagi bo’sh joy kengligi va matn rangi ham muhim o’rin egallaydi.

Shuning uchun:

• O’quvchini zeriktirmaydigan shrift turidan foydalaning. (Maqola juda uzun bo’lsa unda “Calibri” ga o’xshash shrift turlaridan foydalaning.)

• Ko’rishda noqulaylik tug’dirmaydigan shrift o’lchamini tanlang. (Odatda brauzerlarning standart qiymati ishlatiladi, ya’ni 16px.)

• Qatordan-qatorga o’tayotganda chalg’ib ketmaslik uchun qatorlar orasida yetarlicha bo’sh joy qoldiring.

• Matn rangini to’g’ri tanlang. (Odatda bloglarda qora matvi rangdan foydalaniladi).

Mavzular/Teglar

Mavzular yoki teglar blogpostingizning asosiy mavzusini ko’rsatibgina qolmay, shu mavzuga aloqador qolgan blogpostlarni ko’rsatish uchun ham juda qulay.

Blogpostingizga mos tushadigan teg berishni esdan chiqarmang.

Qadam 7: Blogpost so’ngida harakatga-chaqiriq qo’shing.

Blogpost yuklashdan maqsad, blogingiz foydalanuvchilari sonini oshirish, foydalanuvchini blogingizga yanada yaqinroq qilish, xizmat yoki mahsulotlarini sotish va h.k bo’lishi mumkin.

Yuqoridagilarning har qaysisini amalga oshirish uchun blogpostingizda harakatga-chaqiriqlar berib o’tishingiz kerak.

Misol uchun “Yangi maqolalarimizga email orqali a’zo bo’ling.”, “Blogpostni ommalashtirishga yordam bering.” va h.k.

Qadam 8: Sahifani qidiruv tizimiga optimallashtiring (SEO).

Va nihoyat men eng yoqtiradigan bo’limga ham yetib keldik. 

Yuqorida aytib o’tganimdek, Internetda blogpost yuklayotganda faqat insonlarni emas, balki robotlarni ham hisobga olish kerak. Buning uchun quyida eng muhim elementlarni keltirib o’taman.

Meta izoh

Meta izoh bu sahifangiz qisqacha mazmunini o’z ichiga oluvchi bo’lim. Bu bo’lim brauzer ekranida aks etmaydi.

Google va Yandex kabi qidiruv tizimlari sahifangiz haqida ma’lumot olish uchun aynan shu bo’limdagi ma’lumotlardan foydalanadi.

• Izoh blogpostning mazmunini to’liq yorita olishiga e’tibor qarating.

• Meta izoh bo’limida 150-160 atrofida belgidan foydalaning. (Bu majburiy emas, biroq qattiy maslahat beriladi)

• Izohda fe’llarni to’g’ri ishlatishga urg’u bering. Misol uchun “o’qing” , “o’rganing” kabi.

Meta kalit so’zlar

Meta kalit so’zlari bu sahifangiz mavzusini to’liq yoritib bera oluvchi kalit so’zlardir.

Agar foydalanuvchi Google yoki Yandex ga biror bir kalit so’zlarni kiritib ma’lumot qidirsa, qidiruv tizimlari shu kalit so’zga mos, tasdiqlangan* meta kalit so’ziga ega veb sahifalarni natija sifatida chiqaradi.

Bunda qidiruv tizmi kalit so’zga mos millionlab, hatto milliardlab natijalar chiqarishi mumkin. Foydalanuvchi esa aksariyat holatlarda birinchi sahifadagi natijalardan biriga bosadi. Shu sababli millionlab, milliardlab sahifalar ichidan yuqori o’ntalikda turish uchun raqobat bo’ladi. Kiritgan kalit so’zlaringiz qanchalik post kontentiga mos tushsa, shunchalik yuqoriga chiqib boraverasiz.

Sahifa nomi

Sahifa nomi ham SEO uchun muhim elementlardan biri hisoblanadi. Sahifa nomida asosiy kalit so’zlarni ishlating va sahifa nomini yozishda ko’pi bilan 65 ta belgidan foydalaning.

Linklar

Google robotlari blogingizdagi sahifalarni bir biriga bog’lab saqlab qolishi uchun va sahiflarni oson topishi uchun postingizda boshqa sahifalarga boruvchi linklar ham joylashtiring.

Link joylashtirishda quyidagilarga amal qiling:

• Bir sahifada 2-5ta oralig’ida link joylang.

• O’quvchi qiziqishi mumkin bo’lgan sahifalarga linklar joylashtiring.

• Har qanday linkni ham qo’yavermang, qidiruv tizimlari (xususan Google) qachonki foydalanuvchilar linkga bossagina uni haqqoniy deb tasdiqlaydi.

Mobil uchun optimallashtirish

Veb sahifangizni mobil qurilmalar uchun optimallashtirish ba’zi bir SEO xususiyatlariga ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun veb saytingizni mobil qurilmalarga avtomatik moslashuvchan qiling. Muhim elementlarni yuqoriga va ikkinchi darajalilarini esa sahifa pastiga joylashtiring.

Qadam 9: Sarlavhani o’zgartiring.

Sarlavha blogpostning eng muhim elementi hisoblanadi.

Tashrif buyuruvchi sarlavhani o’qib maqolaning qolgan qismini o’qish yoki o’qimaslikka qaror qiladi. Shu sababli 50% vaqtni sarlavha tanlashga sarflang.

Yuqorida sarlavhani oxirida o’zgartirasiz deb bejizga aytmadim. Sababi blogpostni yozib bo’lganingizdan keyin nimaga sarlavha qidirayotganingiz aniq bo’ladi.

Sarlavha tanlashda quyidagilarga e’tibor qarating:

• Sarlavha juda ham uzun bo’lmasin. (Foydalanuvchilar to’liq o’qimasligi mumkin.)

• Hubspot (onlayn marketing agentligi) shuni aniqladiki sarlavhada sonlardan foydalanish o’quvchi e’tiborini ko’proq jalb qiladi. Misol uchun: “Yer yuzidagi eng badavlat 10 inson.

• Hubspot yana shuni aniqladiki sarlavha so’ngida qavs ichida post turini berib o’tish, bog’lanishlar sonini 30% ga oshiradi. Misol uchun: [ Infografik ], [ Video ]

• Deyarli barcha dunyoga mashxur marketing kompaniyalari sarlavhadagi so’zlarni bosh harflarda yozishni maslahat beradi. Aytishlaricha bu sarlavhadagi hech bir so’z e’tibordan chetda qolmasligini ta’minlaydi. (Bu gramatik jihatdan xato, ammo foydali usul.)

P.S: Yuqoridagilarni imkon qadar har bir blogpostingizda ishlatishga harakat qiling. Shunda bu bilim va ko’nikmalarni tezda o’zlashtirib olasiz.

Hurmatli, bloggerlar agar sizda yuqoridagilarga qo’shimcha fikrlar bo’lsa komment bo’limida qolganlar bilan ham ulashing.

Yuqoridagi maqola uchun eng maqbul kalit so’zni tahmin qila olasizmi? Javob uchun oldindan raxmat.

3.35 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.35 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.10 / 5
  • Муштарийлар баҳоси
    4.33 / 17

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3.5 Бахтиёр Шералиев 24/04, 15:36

Mana buni blogpost desa bo'ladi, uzundan-uzoq ma'ruza va tanqidlardan farqli ravishda muallif o'quvchiga foydasi tegishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni tartibli tarzda yetkaza olgan. Omad! P.S. avval boshda bu materialni 5 ball bilan baholagan edim. Keyin izohlardan uning plagiat ekanligi haqidagi kommentlarni o'qidim va keltirilgan manbaa (hubspot) bilan solishtirib chiqdim. Haqiqatdan ham paragraflar ichida u yerda keltirilmagan ma'lumotlar keltirilgan, lekin asosiy qolip va skelet hubspot ga tegishli; u yerda ham 9 ta paragraf, bu yerda ham; hech yo'q bitta ko'p yoki bitta kam bo'lganda ham mayli edi. Shu bois tarjima va unga kichik ijodiy yondashuvni hisobga olib qo'ygan balimni 3,5 ga o'zgartirdim.

4.5 Абдумалик Носиров 26/04, 12:13
3.5 Қаҳрамон Асланов 26/04, 17:29
3 Давронбек Тожиалиев 27/04, 14:43
4 Адҳам Отажонов 28/04, 09:25
5 Олимжон Солижон ўғли 30/04, 20:32
2 Маҳсуджон Асқаров 04/05, 14:35
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 03:22
3.5 Шерзод Шерматов 17/05, 13:07
4 Расул Кушербаев 17/05, 22:23
3.5 Беҳзод Қобулов 18/05, 19:43
3 Тўлқин Юсупов 19/05, 15:10
3 Нигора Умарова 19/05, 15:58
3.5 Музаффар Назаров 19/05, 19:36
3.5 Мақсуд Саломов 19/05, 19:40
2 Умид Гафуров 20/05, 09:44
3 Иноят Садикова 20/05, 21:11
3 Шунқор Чориев 20/05, 21:14
4 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:13
3 Мансур Тангишов 21/05, 12:03
4.5 Нодир Закиров 21/05, 13:00
2.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 15:49
4 Ботиржон Шерматов 21/05, 17:11
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
14 та фикр