Qadrsizlangan millat me'mori ustozlarni e'zozlaylik

Abrorxon Isaqjonov
Саралаш

"Dunyo binolari ichida eng buyugi maktab bo'lsa, kasblarning orasida eng sharaflisi o'qituvchi va murabbiylikdir".
Islom Karimov.

O'zbekiston xalqini yo'lboshchisi, yurtboshimiz, birinchi Prezidentimiz Islom Abdug'aniyevich Karimovnining shu pur ma'no so'zlari bizning yodimizdan, e'tiborimizdan chetda qolib ketmoqda afsuski. Ta’lim tizimini isloh qilmay turib kelajak avlod haqida o'ylash imkonsizdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovichning 09.09.2017 yildagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida”gi qarori, shu yilning 30-sentabridagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlarini tubdan isloh qilish to'g'risida”gi farmoniham. Yurtimizda ta'lim sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun juda katta e'tibor bo'ldi. Jahon olimlarini aniqlashicha inson o'ziga kerakli ma'lumotlarni 70%ini aynan maktab yoshigacha o'zlashtirib bo'lishi ham aynan ta'lim tizimidagi aynan boshlang'ich ta'limga eng asosiy urg'uni qaratish davlat siyosatidagi ustuvor vazifa ekanligi oydek ravshan.

"Agar mendan sizni nima qiynaydi?" deb so'rasangiz, farzandlarimizning ta'lim va tarbiyasi deb javob beraman.
Shavkat Miromonvich Mirziyoyev.

Bu faqat prezidentning emas butun jamiyat va raxbarlarning eng og'riqli dardi va muammosi bo'lishligi kerak. Millat me'mori bo'lgan ustoz va murabbiylarini e’zozlab ularni xurmat qilmas ekanmiz yurtimizda korrupsiya, ishsizlik, jinoyat, ekstremizm, yoshlardagi behayolik kabi salbiy jihatlar aslo kamaymaydi. Kelajagi buyuk davlat bo`ladigan bo`lsa, kelajak yoshlarning qo`lida bo`lsa, kelajakni quradigan yoshlarni ana shu zahmatkash muallimalar tabiyalab berishi rost bo`lsa, eng avval shu joni xalq muallimalarini boqish kerak emasmidi? Butun mamlakatimizda ildiz otgan eng katta muammolardan biri korrupsiyani ildizi aynan ta'lim tizimidan boshlanadi. Biz korrupsiyaga qarshi kurashni aynan ta'limni isloh qilishdan va ustoz va murabbiylarni daromadini oshirishdan boshlashimiz kerak deb o'ylayman. Barchaga ma'lumki 1941-1945 yillarda ikkinchi jahon urushi yillari Yaponiya davlatining ikki shaxri Xirosima va Nogosakiga tashlangan atom bombasidan keyin bu davlatni tez fursatlar ichida jahonning eng yetakchi mamlakatlari safiga kirishi ulkan mo'jiza bo'lgan bu haqida yapon rasmiylari shunday javob berishgan. "Biz ustozlarga Imperator hurmati, deputat dahlsizligi, va vazirlarning maoshini berdik" deya javob berishgan balki bu jumlada biroz mubolag'a bordur lekin shu ayni haqiqatki asosiy urg'u aynan ta'lim tizimiga qaratilgan. Bizning jonkuyar ustozlar esa o'zlaring eng asosiy vazifasi yoshlarga ta'lim berishning o'rniga dalalarda paxta terimiga jalb etilmoqa, ommaviy obodonlashtirish ishlariga jalb etiladi buni barchasi garchi ixtiyoriy bo'lsada aynan shu ixtiyoriy degan so'zni olib tashlab ustoz va murabbiylar ixtiyoriy ravishda ham o'z soxalaridan tashqari boshqa jamoat ishlariga jalb etilmasin barcha turdagi mutasaddi raxbarlar, xokimlar, vazirliklar ta'lim soxasiga oid bo'lmagan jabhalarda maktab, bog'cha, oliy o'quv yurtlarga talab va buyruq berilishi qat’iyan ta’qiqlanadi. Qaysidur mansabdor shaxs hoh u hokim bo'lsin hoh vazir ta'limni o'ziga oid bo'lmagan boshqa holatlarda ularga buyruq berishi lavozimidan chetlatish jazosi bilan jazolanadi degan jumla qonunlarimizga kiritilishini taklif etaman. Germaniya davlatida eng ko'p maosh oluvchi soxa vakili aynan o'qituvchilardur. Germaniya kansleriga boshqa raxbarlar o'zlaridan ko'ra ko'proq maosh olayotgan o'qituvchilar ustidan shikoyat qilganida Kansler shunday javob qilgan”

“Sizlar o'zlaringni o'qitib ta'lim bergan ustozlar bilan qanday teng bo'lasiz?"

Aynan barcha rivojlangan YAIM eng yuqori davlatlarning barchasi aynan ta'lim tizimini yuksak maqomga olib chiqqanligi sabab. Yurtimizda yetuk malaki kadrlar yetishmovchiliga asosiy sabab ham ta'lim tizimidagi mutlaqo eskirgan tizimdan hamon voz kechmaganimiz ustozlarga ta'lim berishdanda qo'shtirnoq ichida muhumroq bo'lgan paxtaga jalb etish, obodonlashtirish ishlariga jalb etish, hokimiyat vakolatiga yuklatilgan vazifalar aynan aybi budjet tashkilotida ishlaganligi bo'lgan ustozlarga yuklatilishi bu adolatdan emas bir ustoz yurtga qanchadan qancha deputat, iqtisodchi, vazir, hokimlarni tarbiyalagan ularga dastlab ONA, VATAN deb yozishni o'rgatgan zot aynan ustozlar emasmi?

O'zbekiston U-23 Osiyo chempionatida final bahsi 1-bo'lim yakunidan keyin maydonni qordan tozalash jarayonida bir muhlis twitter ijtimoiy tarmog`ida shunday izoh qoldirgan

"Xitoylar ancha dangasa ekan, agar shu final aynan O'zbekistonda o'tkazilayotgan bo'lsa ustoz va shifokrorlar 30-daqiqada maydonni tozalab tashlardi" mazmunidagi fikri bu millatimizda yurtimizdagi eng og'riqli nuqtamizga qarata aytilgan og'riqli va yechilishi shart bo'lgan muammoni ko'ndalang qo'ydi.

UzLidep siyosiy partiyasing eng birlamchi vazifasi tadbirkor va ishbilarmon xarakatini qo'llab quvvatlash va ularning faoliyatini rivojlanishga ko'maklashish. Tadbirkor kim?! Tadbirkor yuksak malakali ishbilarmon, tafakkur va fikr doirasi yuqori, muomala madaniyati yuksak saviyadagi inson. Bu jihatlarni tadbirkorlar qayerdan olishadi albatta bog'cha, maktab, oliy o'quv yurtlaridan tadbirkorlar tayyorlashdagi ilk qadam ham ta'limdan boshlanadi. Demak, Uzlidep fraksiya a'zolari, deputatlar, apparat raxbarlari va umumiy holatda barcha yurtimizda ta'lim sifatini oshirishga va buning uchun ustoz va murabbiylarni himoya qilishga, ularni e'zozlashga eng asosiy e'tiborni qaratish zarur deb bilaman. Qonunchiligimizga ta'lim sohasi vakillari hatto ixtiyoriy ravishda bo'lsin boshqa sohalarga jalb etilishi qat’iyan ta’qiqlansin va qaysidur raxbar ularni tashkiliy ishlarga jalb etsa shu zahoti lavozimidan ozod etilsin degan band kiritilishini va bu amalda o'z ijrosini ta'minlashda Uzlidep tashabbus ko'rsatishini taklif qilaman.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev "Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta’lim tizimidan boshlanadi”, deb ta’kidladi. Xar bir raxbar, vazir deputat ham aynan yuqoridagi fikr asosida ish olib bormoqligi kerak.

Sog'lom fikr o'n sakkiz yoshga to'lguncha egallangan tushunchalarning yig'indisidir.
Albert Enshteyn.

Nemis olimining bu buyuk va pur ma'no fikri ham shuni ta’kidlaydiki bizning ilk vazifamiz aynan ta'lim va ustoz va murabbiylarga e'tibor berish kerak ekanligini ko'rsatadi. Uzlidep siyosiy partiya a'zosi sifatida aynan ushbu dolzarb muammo borasida aynan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev farmonlari, ma'ruzalari asosida ish olib borishni hamda uzlidepda har oyning ma'lum kunlari ta'lim va ustozlarga e'tibor kunlari deb belgilanishi va partiyaviy huquqlar va vakolatlar asosida ularga ko'mak berishni dastur qilib belgilashni va muammolarni deputatlar ko'magida bartaraf etib ta'lim tizimini isloh qilish va zamondan ortda qolgan va talabga javob bermaydigan hozirgi komissiyabozlik, qog'ozbozlik siyosatini tugatib jahonning yetakchi va rivojlangan mamlakatlarni tajribasidan andoza olib ish olib borishda tashabbus ko'rsatilishi taklif etaman.

3.30 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.30 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.16 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 6

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4.5 Расул Кушербаев 10/05, 00:18

Aniq taklif borligi uchun ham ahamiyatli bo'libdi.

5 Маҳсуджон Асқаров 11/05, 20:36
4 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05, 02:08
4 Шерзод Шерматов 13/05, 03:36
3 Қаҳрамон Асланов 17/05, 12:30
4 Мубашшир Аҳмад 18/05, 11:34
2.5 Давронбек Тожиалиев 18/05, 14:34
4 Нигора Умарова 18/05, 18:13
3 Олимжон Солижон ўғли 19/05, 00:42
1 Бахтиёр Шералиев 19/05, 12:26

Eng yoqtirmaydigan jihatim hamma narsaga Prezidentning gaplarini qo'shish, bizga Prezidentlarning nima degani emas, Sizning gaplaringiz, fikrlaringiz kerak edi! Mana shu o'qituvchilar kimning davrida xo'rlanib ketdi? Islom Karimovning davrida emasmi, Siz esa uning gaplarini epigraf qilib olibsiz! Bloger degan kimningdir nima deganini emas, o'zi his qilayotganini, o'zi tushunganlarini yozish kerak.Siz esa har bir xatboshingizga rahbarlarni o'zingizga qalqon qilib olibsiz, lekin bunaqa davr o'tdi.

3.5 Мақсуд Саломов 19/05, 15:00
2.5 Тўлқин Юсупов 19/05, 18:08
4.5 Уйғун Ғафуров 19/05, 18:15
5 Умид Гафуров 19/05, 23:27
2 Музаффар Назаров 20/05, 18:24
2.5 Шунқор Чориев 20/05, 20:40
1 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:34

Шу мавзуда, наҳотки, бошқача ёзиб бўлмаса?

2 Абдумалик Носиров 20/05, 22:55
3.5 Мансур Тангишов 21/05, 11:05
5 Нодир Закиров 21/05, 13:38
2.5 Иноят Садикова 21/05, 13:53
4 Адҳам Отажонов 21/05, 19:32
3.5 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:08
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр