O`zbekiston maktablarida AKT o`qitilmayapti

Otabek Keldiyorov
Саралаш

Shiddat bilan o`sib borayotgan axborot komunikatsiyon texnologiyarni o`qitishda ko`plab davlatlar oqsamoqda, shu jumladan O`zbekiston ham. Biroq bu kamchiliklarni ko`ra turib, bunga ko`z yummoqdamiz. Ilk beriladigan ta’limga to`xtalsak, bu - maktabning beshinchi sinfidan boshlanadigan “Informatika” darsi hisoblanadi va har ikki haftada bir marotaba o`qitiladi. Bu davrda yarim yil kompyuterlar bilan jihozlangan xonadan uzoqda nazariy ma’lumotlarni oqish bilan sovuriladi. Eng qizig`i bu holat yettinchi sinfgacha davom etadi.

Yuqorida aytilgan davr mobaynida hajm jihatdan kichkina kitobdan foydalaniladi. Undagi ma’lumotlar 2000-yillar boshidan beri deyarli yangilanmagan, yosh o`quvchini qiziqtira oladigan darajada boyitilmagan va asosan rus tilidagi adabiyotlarga asoslanilgan. Baholangki kompyuter tili ingiliz tiliga yaqinroq hisoblanadi. Eng oddiy misolni keltiray, biz o`qigan kitobga asosan kompyuter ikki qismga bo`linadi: 1-hardware, 2-software. Kitobda birinchi atamaga nisbatan qisman yaqin ta’rif berilgan, ammo ikkinchi atamani ta’riflashda so`zni bo`lakka bo`lib tarjima qilingan. Agar ingiliz tili lug`atlariga qaraydigan bo`lsak:

Software – the instructions that contorl what a computer does; computer programs. (https://dictionary.cambridge.org/dictionary/english/software)

Bu bilan aytmoqchi bo`layotgan narsam shuki, eng oddiy narsalarda ham bolalarimizga noto`g`ri ma’lumot bermoqdamiz. Yuqori sinflarda esa holat bundan-da yomon, sakkizinchi sinfda ba’zi o`quvchilarga umumam kerak bo`lmasligi mumkin bo`lgan Microsoft Office Excel dasturi o`qitiladi, lekin uni aslida pullik ekanligi, uni sotib olish yoki oylik ijara asosida ishlatish kerakligi haqida umuman ma’lumot yo`q (shu jumladan, anti-viruslar ham). O`zbekiston kundan-kunga kiber jinoyatga botib bormoqda. O`quvchilarda Microsoft Windows’dan boshqa operatsion tizimlar haqida hech qanday tasavvur yo`q, hatto ko`plab o`qituvchilarda ham.

To`qqizinchi sinfda o`rganish qiyin va 35 yil oldin yaratilgan Turbo Pascal’ni zo`rlab o`rgatamiz. Baholangki ancha yosh, hozirda talab kuchli bo`lgan va o`rganishga oson dasturlash tillari talaygina (misol uchun, Python 3, JavaScript). Shaxsiy fikrimdan kelib chiqib aytadigan bo`lsam, dasturlashni o`rgatishdan oldin uni nima ekanligi haqida tasavvur uyg`otish kerak.

So`zim oxirida xalq ta’limi tizimida ishlovchi odamlarga yuzlanmoqchiman, to`rt-besh so`m pul deb talabga javob bermaydigan kitoblarni butun davlat uchun darslik sifatida belgilamanglar. 

2.77 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.77 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1 Бахтиёр Шералиев 23/04, 17:03

Hurmatli muallif, yozganlaringizni o'zingiz avvalo yaxshilab o'qib ko'rsangiz yaxshi bo'lar edi. Maktabda o'qiyotgan har bir bola AKT dasturchisi bo'lishi kerak, "o`quvchilarga umumam kerak bo`lmasligi mumkin bo`lgan Microsoft Office Excel dasturi o`qitiladi" degan gaplarni qayerdan oldingiz? Men o'zim biolog bo'lsam ham OTM da mana shu yo'nalishda o'qiyotganlarga darsga kirganda ham hammang biolog bo'lishing kerak degan nigoh bilan qaramayman, bu eng katta xato bo'lar edi, maktabdaku inchunin!

1 Абдумалик Носиров 23/04, 18:10
1 Давронбек Тожиалиев 26/04, 18:30
3 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 21:42
3 Адҳам Отажонов 27/04, 16:00
2 Умид Гафуров 12/05, 00:58
2 Шерзод Шерматов 16/05, 15:12
1.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 03:20
3 Расул Кушербаев 17/05, 22:32
4 Беҳзод Қобулов 18/05, 19:46

Аввалига бир баҳо қўйдим. Зерикарли туюлди. Кейин яна қайта ўқидим. "To`qqizinchi sinfda o`rganish qiyin va 35 yil oldin yaratilgan Turbo Pascal’ni zo`rlab o`rgatamiz. Baholangki ancha yosh, hozirda talab kuchli bo`lgan va o`rganishga oson dasturlash tillari talaygina (misol uchun, Python 3, JavaScript). Shaxsiy fikrimdan kelib chiqib aytadigan bo`lsam, dasturlashni o`rgatishdan oldin uni nima ekanligi haqida tasavvur uyg`otish kerak." Мана шу фикрларингизни қўллаб-қувватлаш учун баҳони ўзгартирдим. Умуман олганда, блогпост эътиборни тортмайди, мавзу тўла очилмаган.

3 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:46
2 Тўлқин Юсупов 19/05, 14:41
1 Нигора Умарова 19/05, 16:02
2 Музаффар Назаров 19/05, 17:51
3.5 Мансур Тангишов 20/05, 00:31
2 Қаҳрамон Асланов 20/05, 12:59
1.5 Мақсуд Саломов 20/05, 15:55
2 Иноят Садикова 20/05, 19:45
2.5 Шунқор Чориев 20/05, 21:59
4 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:18
3 Нодир Закиров 21/05, 15:00
2 Ботиржон Шерматов 21/05, 17:09
2 Уйғун Ғафуров 21/05, 17:10
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
12 та фикр