Ortda qolgan 1-avgust

Oliygohlarga kirish uchun davlat test imtihonlari kuni 1-avgust ham ortda qoldi. Boshqa abituriyentlar qatori men ham yaxshi niyat va kotta orzu-umidlar bilan o'z hujjatlarimni O'zbekiston Jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga topshirdim.

Boshqa oliygohlar va boshqa fakultetlardan farqli o'laroq mening fakultetimda 1-avgustdagi davlat testlaridan tashqari ijodiy imtihon va suhbat ham bor edi.

18-iyul kuni bo'lajak professional jurnalistlar insho yozish uchun xalq tilida "Литературный" deyiladigan binoga bordik. Jahon tillarini asosiy binosini ko'p ko'rgan edim ammo "Литературный" degan joyni hujjatlarimni topshirishga borganimda birinchi marotaba ko'rdim. Meni hayratga solgan narsa oliygoh binosi mahallaning ichkarisida ekanligi bo'ldi. Ammo ijodiy imtihonga borgan kunim hammayoq tinch ekanligi, avtomobillarning shovqini eshitilmasligi va ajoyib tabiat muhiti menga manzur bo'ldi. 19-iyul kuni esa suhbatdan o'tdik. 28-iyul kuni esa DTMdan beriladigan hujjatni olib kelish uchun yana "Литературный" binosiga bordim. Bu safar mahalla ichidagi ko'chalar avtomobillar bilan to'lib toshgan va o'zlarining DTM qog'ozlarini olib ketish uchun juda ko'p abituriyentlar kelib-ketishayotgan edi. DTM qog'ozimni olishga hech qancha vaqt ketmadi. Ana shu kuni bildimki 1-avgust kuni imtihon Jahon tillari universitetining asosiy binosida bo'lar ekan. Ana shu yerdan uyim tomon harakatlanar ekanman aynan oq marmarlar bilan bezatilgan jahon tillari universitetining asosiy binosi oldidan o'tib ketardim.

31-iyul kuni ko'chada o'rtoqlarim bilan yig'ilib kutilayotgan test sinovlarini ancha muhokama qilib o'tirdik. Hammaning og'zida bir gap edi. - Bu yil telefonlarni o'qishga olib kirish imkonsiz bo'lar ekan, bu yili hammasi boshqacha bo'lar ekan. Meni ko'rgan qo'ni-qo'shnilardan ayrimlari meni televizorda ko'rishganlarini aytishdi, Imtihonlar haqidagi fikrlarim MY5 kanalida namoyish etilibdi.

Uyga soat taxminan 22:30lar atrofida keldim. Adabiyot kitobidan qator yozuvchilarimizning tug'ilgan yillari, yozgan asar, hikoya va she'rlari ro'yxati bilan yana bir bor tanishib chiqdim.

Soat 00:15 da birozga internetga kirib chiqmoqchi bo'ldim, internetdagi online testlarni yechib, yangiliklar bilan tanishib bo'lganimda soat tongi 03:20 bo'lib ketibdi. Kompyuterimni o'chirib joyimga yotdim. Har qancha harakat qilmay uxlay olmadim, soat taxminan 04:40 da o'rnimdan turdim, yuvinib, kiyinib onamni duolarini olib soat 05:15 da ko'chaga chiqdim. Uyimizdan test bo'lib o'tadigan Jahon tillarining asosiy binosigacha taxminan uch yoki to'rtta bekat bor. Taksi to'xtatgim kelmadi piyoda jahon tillari sari harakatlana boshladim. Yonginamdan turli yo'nalishlar tomon ikkita avtobus o'tib ketdi. Bu avtobuslarning menga hech qanday taalluqli joyi yo'q edi ammo taxminan uch soatdan keyin qanchadan qancha talabalarning hayot mamotlari shu avtobuslarga bog'liq bo'lib qolishi haqida o'yladim.

Archa ko'cha tomon burilganimni bilaman avtomobil yo'li kotta-kotta yuk moshinalari, panjalar bilan berkitilganligini ko'rdim. Hammayoqda IIV xodimlari bor edi. yo'l berk bo'lganligi uchun bamaylixotir asfalt yo'ldan yurdim. Boshqa vaqtlarda eng gavjum avtomobil yo'lida bemalol yo'lni o'rtasida ketardim, Ikki tomoni berk ko'chadan ikkita Malibu past tezlikda harakatlanib o'tib ketdi. Yo'lning bir tomonida ota-onalar o'z farzandlarini kutishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgani, xavfsizlik eng yuqori darajadagi talablarga ham javob berishini ko'rdim. O'zi archa ko'chaga burilganingizda baland, haybatli jahon tillari universiteti bir qadam ko'rinadi ammo ko'chani boshidan piyoda yurganda ancha yurilar ekan.

Soat taxminan 05:35lar atrofi darvoza oldiga yetib keldim. Bino yonidagi fast-fooddan biror narsa olib tamaddi qilib olish fikri keldi ammo hozir taom tomoqdan o'tmas edi. Qo'limdagi DTM qog'oziga qarab o'zim kiradigan eshikda navbatda turdim. Mendan oldin taxminan besh, oltitacha yigitlar bor edi. Hammani tez-tez tekshirib o'tkazishvotgan edi ammo mendan oldinda turgan yigit juda qalin kiyinib olgan ekan, uni alohida sinchkovlik bilan tekshirishdi. Undan so'ng mening navbatim kelgan edi nazoratchilardan biri pasportim va DTM qog'ozimi tekshirdi. Metall buyumlar bor yoki yo'qligi tekshirildi va cho'ntaklarimni paypaslab ko'rishdi. Menda aslida hech qanday shpargalka ham, telefon ham yo'q edi. Shuning uchun bamaylixotir turaverdim. Kotta darvozadan ichkariga kirganimda MXX yozuvi tushirilgan kiyimda bitta oka ham tekshirvotgan ekanlar. Yuqorida etganim mandan oldinda turgan qalin kiyingan yigitni Milliy xavfsizlik xizmati xodimi ham qattiq tekshirdi. Yelkasidan tovonigacha pay-paslab ko'rishdi, kamarini orasida biror narsa bor yoki yo'qligi tekshirildi. U yigitdan keyin mening navbatim keldi MXX xodimi juda jiddiy inson ekan, ko'zlariga qaraganimda o'zi rostdan ham hech qanday taqiqlangan narsa olmaganmidim degan xayol bir zumga o'tdi. MXX xodimi yengim va yoqamni ko'zdan kechirdi va o'taverishimni etdi. Ikkinchi nazoratdan ham o'tganimda yo'lning ikki tomonida to'rttadan sakkizta ayol nazoratchilarni ko'rdim. Har ikki tomonda atrofi ko'k mato bilan o'ralgan joylar bor edi. Chunarliki ular qizlarni "alohida" tekshirish uchun shaylab qo'yilgan edi.

Ichkariga kirdim, DTM qog'ozimda belgilab qo'yilgan bino oldiga bordim. Ular orqa tomonga o'tib turishimni va belgilangan vaqtda hamma navbati bilan bir vaqtda binoga kiritilishini ta'kidlashdi. O'zimning guruhimdigilar orasida 1-bo'lib man borgan edim.

Hech qancha o'tmasidan yana bir guruhdosh yigit keldi, Ular bilan ko'rishdim. Ma'lum bo'lishicha bu yigit 1996-yilda tug'ilgan "Bekpo'lat Baxtiyor" ekanlar. Tengdosh ekanmiz, qolaversa bu yigit ham Toshkentlik hamshaharimiz ekan. Ijodiy imtihonda ham o'zbek tili guruhlari ichida eng yuqori ballni shu do'stimiz qo'lga kiritgan ekanlar. Shu kungacha uchta kitoblari nashr etilgan ekan. Taxminan yigirma daqiqa suhbatlashib turdik. Shundan so'ng guruhimizadigilardan bitta Buxorolik qiz keldi. Ularning Buxorodagi qator gazetalarda maqolalari chiqqan, ajoyib jurnalist ekanlar. Biroz o'tib yana bir Qibraylik yigit keldi. Ular sport jurnalisti ekan. Oxirgi vaqtda ommalashvotgan internet nashrlaridan birida ishlavotgan ekanlar. Men bilgan ko'p sport-jurnalistlarini yaxshi tanidilar. Alohida bir burchakka yig'ilvotgan guruhdoshlarimizning bari Xalqaro jurnalistika fakultetiga hujjatlarini topshirgan yigit-qizlar edi. Hujjat topshirishning asosiy sharti esa Gazeta, TV, Radio yoki Internet nashrlarida kamida uchta maqolasi chop etilgan bo'lishligi edi. Shuning uchun ham hujjatlarini shu yerga topshirishga muvaffaq bo'lganlarning hammasi jurnalistlar edik. Vaqt o'tgani sira sezilmayotgan edi. Gapga gap ulanib ketar, xoh u siyosat bo'lsin, xoh u sport istalgan mavzuda bir birmizga hamsuhbat bo'la olar edik. Biroz yig'ilishib qolganimizdan keyin Futbol bo'yicha terma jamoamiz haqida ham fikr almashdik. Ana shu pallada Samvel Babayan haqida o'z fikrlarimni aytib o'tdim. Xullas shundayin aqlli, zukko va keng dunyoqarashga ega yigit-qizlar bilan bir safda turganim uchun o'zimda yo'q quvondim. Bu yerda turganlarning har birining o'z shaxsiy fikri, o'z dunyo qarashi bor edi. Bunday muhitni tariflamoq mushkul.

Hammasi yaxshiku lekin hech birimizda soat yo'q edi. Aksiga olib men ham soatimni taqmasdan kelibman. Yonimizdan o'tib ketvotganlardan birida soat ko'rib undan soat so'rasak 06:20 bo'libdi. Darvoqe men hech kimdan so'ramasdan o'zim imtihon topshiradigan binoni topib kelgan edim. Chunki DTM qog'ozimga bino raqami belgilangan, Binolarda esa raqamlar turgan va guruhlar yo'naltirilgan edi. Ammo boshqa fakultetlarga hujjatlarini topshirganlar bizning oldimizga kelib mana bu bino qayerda, mana bu guruh qatda, mana bu guruhni qatdan topsam bo'ladi, anetga qatdan boraman, shuyogami-uyogami deb savol beraverishardi. Qiziq, axir biz o'zimiz topib keldik, ko'rga hassa qilib yozib qo'yilgan bino va guruh raqamlaridan o'z guruhini topish shunchalar mushkulmi ? Bitta bino yoki guruhni topa olmayotganlar qanday qilib ertaga jahon tillarida o'qimoqchi ?

Soat 07:00 atrofida biz ancha yig'ilishib qolgan edik. Ko'pchilikni yuzi issiq ko'rinvotganidi sababi ularni ijodiy imtihonlar vaqtida ham ko'rgan edim. Yana bir ijobiy holat man 1996-yilda tug'ilganman. Guruhimizadigilardan ko'pchilik ham 1996-yilda tug'ilganlar ekan, boshqa bolalar va qizlar esa 1997/98-yilda tug'ilganlar edi. Eshitishim bo'yicha xalqaro jurnalistikaga hujjat topshirganlarning bor yo'g'i ikkitalari kotta yoshlilar ekan. Biz suhbatlashib turgan doiradagilar esa mening tengqurlarim edi.

Dastlab faqat jiddiy mavzular, keyinroq sport haqida suhbatlashgan bo'lsak vaqt o'tgani sayin suhbatimiz hazil va mutoibaga aylanib ketvotgan edi, har bir gap qah-qah otib kulishli bo'votgan edi. To'g'risi anchadan beri bunaqa kulmagan edim, Gap-gap bilan mening ham esimga qiziqarli voqealar tushib ulardan ham ikki og'iz etib berishga ulgurdim.

Talabalik haqida ikki og'iz: Bu yili mening fakultetimga 8ta davlat grandi va 30ta kontraktga o'rinlar ajratilgan. Abituriyentlar soni esa 97ta edi. Eshitishimcha ijodiy imtihonga bitta abituriyent kelmabdi va biz 96ta qolibmiz, bu degani bir o'ringa 2.7 tadan abituriyent to'g'ri kelardi. Nimaga kamroq odam hujjatlarini topshirgan deb o'ylavotganlarga javob Jahon tillari qabul komissiyasi ko'pchilikni hujjatlarini qabul qilmagan, sababi ularning maqolalari chiqmagan, olib kelganlari ham hech qanday dalillarsiz, pechatlarsiz bir parcha qog'oz bo'lganligi uchun har kuni 20-30tadan talabgorlarning hujjatlari qabul qilinmasdan ortga qaytarishgan. Maqolalari, yozganlari OAV da e'lon qilingan. Har tomonlama maqolalarimiz o'zimizniki ekanligi isbotlangan abituriyentlar esa bu yili jahon tillarida 96ta ekanmiz.

Lekin yana bir jihat 8ta davlat grandiga joy ajratilgan bo'lsada bizga 6tagina joy qolibdi. Sababi bizning fakultetimizga ikkita Zulfiyaxonim qizlari o'z hujjatlarini topshirishibdi. Bu gapni eshitib man tajublandim va so'radim: Ular imtihonlarsiz, insho yozmasdan o'qishga kirishadimi ? Shunda yonimda turgan yigit javob qaytardi: Zulfiyachi qizlar 2-sentyabr kuni to'g'ri o'qishga borishadi.

Oldimizga bir ayol kelib tayyorlanilar, sekin kiraveramiz dedilar, ular guruhimiz rahbari ekan. Binoni orqa tomonidan old tomoniga o'tdik. Bu yerga quyosh tushib turgan ekan, yaxshigina qizdirishni boshlabdi, taxminan soat 07:50 lar atrofi edi.

Biroz kutib turdik. Ana shundan keyin guruhlar birin ketin asosiy binoga kiritilishni boshladi. Abituriyentlar shunaqangi ko'p ediki haqiqiy olomon. hammamizni bitta stadionga ham sig'dirib bo'lmas edi. Etgancha qizlar haqida ham ikki og'iz, 1-avgust kuni soat 05:40 da jahon tillarini hovlisida bo'lgan bo'lsam shundan to uyga kelguncha shunaqangi chiroyli qizlarni ko'rdimki tarifga til ojiz.

Guruhlarni nomi ketma-ket etilib ular binoga kirishvotganida navbat bizga keldi hammamiz yoppasiga ikki qatordan binoga kirishni boshladik, to'g'rimizda yana bir beyjik taqqan xodim bizni yengil nazoratdan o'tkazdi. Yuqori qavatlarga ko'tarildik va belgilangan xonaga kirib bordik. Hamma o'z ism familiyasiga ko'ra oldindan belgilab qo'ygan joyiga o'tirar edi. Xudoyberganov Ulug'bek siz 3-joyga o'tirasiz deyishdi. Joyimni qarasam 1-qator chap qo'ldan birinchi o'rindiq maniki. Shundoqgina oynaning oldi, shabada (mazza) Eng qizig'i man Yuridik kollejda tahsil olganimda ham birinchi mardda aynan 1-qator chap qo'ldan birinchi o'rindiqda o'tirganman. O'sha joyimdan atrofga razm solganimda o'ziga xos "дежавю" bo'ldi. Guruhdigi yigitlar, qizlarni ko'rib Yuridik kollejdigi kursdoshlarim ko'z oldimda gavdalandi, kollejdigi birinchi darsim esimga tushdi. Xotiralar bir zumga ko'z oldimda gavdalandi.

Soat 08:30lar atrofida savollar varaqasi va titul varoqlarni oldik. Ulardagi raqamlarni juda aniqlik bilan to'ldirish kerak edi. Shu joyida e'tiborli bo'lishga harakat qildim. Barchasini to'ldirib bo'lganimizdan so'ng esa soat 09:00 da rasman test sinovlari boshlanganligi e'lon qilindi. Savollarning javoblarini topishga soat 12:00gacha. Javoblarni titul varoqga ko'chirishga esa 12:20 gacha vaqt berildi. Test sinovlarini startida yonimda o'tirgan yigit auditoriya nazoratchilariga yuzlanib dadil gap etdi: - Ustoz agar auditoriyadigilardan kim dur telefon, shpargalkalardan foydalansa yoki bu yo'lda sizlar ularga ko'maklashsangiz titul varoqdagi "Imtihonda adolatsizliklar sodir bo'ldimi ?" digan joyiga "Ha" variantini belgiliman dib etdi. Jamoatchilik nazorati bo'lishi hech kim shpargalkalardan foydalanmasligi haqida gaplar etildi. Bunga javoban Auditoriya nazoratchilari bu borada gap so'z bo'lishi mumkin emasligi, kimda kim shpargalka yoxud aloqa vositalaridan foydalansa dalolatnomalar tuzlishi haqida etishdi.

Nazoratchilar haqida: Auditoriyaga to'rt nafar nazoratchi biriktirilgan edi. Ularning barchalari boshqa mutaxassisliklar bo'yicha tahsil olishgan va bu yerga ham akademik litsey, kollej, maktablardan kelishgan ekan. Kuzatuvchilarning barchasi ayollar edi.

Bizda 1-fan: Ona tili / Adabiyot, 2-fan: Tarix, 3-fan: Ingliz tili edi!!!

Xonamizda kameralar yo'q ekan, lekin suv bor edi ammo suv ichish uchun plastik idishlar chegaralangan edi.

Auditoriyada o'tirganlarni imtihon avvalida bir sanab ko'rdim xonada ropa-rosa 30 ta ekanmiz. Keyin auditoriya nazoratchisiga yuzlandim va so'radim: - Ustoz guruhdigiladan hamma keldimi ? Ular qog'ozga qarab xa bizni guruhdan hamma sho'tda dib etdila.

Imtihon vaqtida bo'lgan voqeliklarga kelsak. Imtihon boshlanganidan taxminan 15 daqiqa o'tganidan keyin orqa qatordagi bir qiz hojatxonaga chiqib kelishga izn so'radi. Manga bu oddiy holat ko'rindi. Qaytib kelganlaridan keyin biroz o'tib esa ustoz telefondan foydalanishga ruxsat berasizlarmi deb so'rab qolsa bo'ladimi ? Xonada shovqin ko'tarilib ketdi. Baqir-chaqirni auditoriya nazoratchilari tinchlantirishga urinishardi. Yonimda o'tirgan yigit esa auditoriya nazoratchilaridan u qizni tintishni talab qildi. Ikki daqiqalik tortishuvlardan so'ng auditoriya nazoratchilari: - Bu qiz qayta-qayta tekshiruvlardan so'ng xonaga kiritildi, men ishonch bilan aytaman hozir bu qizdan baribir telefon topolmaymiz, tintuv o'tkazishga esa menda vakolat yo'q. Hozir ular hazillashdilar deb hisoblimiz... deb u qizga agar qo'lida telefon ko'rishsa joyida dalolatnoma tuzilishini etishdi. Hamma tinchlandi va imtihon bir marromda davom etdi. Har o'n daqiqada o'sha qiz tomon beixtiyor o'girilib qarab qo'yaman. Qo'lida telefon yo'qmikin dib. Yo'q u qiz bir qo'li bilan ruchkani ikkinchi qo'li bilan boshini ushlab o'tirardi.

Har zamonda koridordan nazoratchilar almashib-almashib kirib turishar edi. Biroz o'tmasdan koridordan baland-baland tovushda janjal boshlanib ketdi. Erkak kishining dalolatnoma tuzinglar degan ovozi kelsa yoshroq yigit yo'q, imkon beringlar, men bilmagandim qabilidagi ovozi kelardi, ayol o'qituvchilarning ham ovozi bir-birini ustidan bosib ketardi. Kimdir shpargalka bilan qo'lga tushdi deb taxmin qildim. Janjal 3-4 daqiqa ichida tinchlandi. Guruhimiz nazoratchilaridan biri ko'rdinglarmi, anavi yerda bittasiga dalolatnoma tuzilib imtihondan chiqarib yuborildi. Sizlardan ham kimdakim shunaqa qilsa chiqarib yuborilasizlar.

Oldimda yonimdigi yigitni soati turardi har yarim soatda soatni etib turdim. Savollar varaqasidagi savolni o'qib turgan edim "Almashtirdilami hozir" degan ovoz keldi boshimni ko'tarib qarasam xonada koridordigi nazoratchilardan biri xonaning nargi tomondigi ikkita qizning tepasida turibdi. U qizlar esa yo'g'e, almashtirmadik deyishdi. Ularni familiyalari bo'yicha tekshirildi va tekshiruvchining so'zlari tasdiqlandi. Mana almashgan. Shunda haligi ikkita qiz vaziyatni izohlashga kirishib ketishdi. - Voy almashtirvobdi, bilmi qobman, ko'rmabman, o'zgarib qogan, buni u qigan manga sezdirmasdan. Man o'yladim bo'ldi "конец фильм" ikkala qizni ham chiqarvorishsa kere. Yo'q nazoratchi oka bu vaziyatga mehri daryolik bilan yondashdi va qizlarni boshqa joydigilar bilan joylarini almashtirib tashladilar. Shunda orqa qatorda o'tirgan bir qiz vaziyatga aralashib nimaga ularni chiqarvormadiz ? Nima bu ? Bunkerlik bo'votdimi bo'tda ? Almashtirishgani isbotlangan bo'lsa bo'lin chiqarvormisizmi endi didi. Shunda koridordan kirgan nazoratchi singlim agar yana bitta shunaqa bir birinikini almashtirgan, bir biriga yordam berganlani ko'rsez manga etasiz o'zim chiqarvoraman. Mana hozir joyini almashtirdimku didila. Hamma jim bo'ldi. Shunda koridordan kirgan nazoratchi oka auditoriya nazoratchilariga yuzlanib qaramisilami ? nazorat qimisilami ? Man bir mardda kirganimda toffomman sila to'rtta bo'sela nima qivossila o'zi deb etdi va chiqib ketdi.

Haligi ikkita qizga suv berishdi, bittasini rangi pomidordek qizarib ketgan, ikkinchisi esa dokadek oqarib ketgan edi. Ularni ko'rinishiga havas qilib bo'lmas edi. Xa ulardan qanaqa kechinmalar o'tganini tasavvur qilish qiyin emas, sal qolsa bir yillari kuyardiya.

Imtihon o'rtasidan o'tgan vaqti orqamizda o'tirgan qiz yonimdigi adolatparvar yigitni chaqirdi. U yigit ortiga o'girilgan edi haligi qiz anetda bittasi shpargalkaga qaravotdi dib etdi. Qaysi biri ? orqamizada o'tirgan qiz ko'zi bilan ishora qildi. Auditoriya nazoratchilar hoy-hoy gaplashmela nima bo'votdi bo'tda degan edihamki yonimdigi yigit o'rnidan turib anu qiz shpargalkadan foydalanvotdi dib etdi. Hamma o'sha tomondigi bitta oq kiyimdigi qizga qaradi haligi qizni ko'zlari kotta-kotta ochilib manmi ? duvdi yonimdigi yigit yo'g'e siz emas bulani etvotman dib o'rta qatordigi bitta qizni ko'rsatdi. Uni qo'lida dastromolcha turganakan. Auditoriya nazoratchilaridan biri yugurib borib qo'lidigi dastromolchani ichidan chaqaloqni mushtumicha keladigan kitobchani olib qo'ydi va nazoratchilar ustoli tomon uloqtirdi. Ammo haligi qizni auditoriyadan chiqarib yuborish haqida gap so'z bo'lmadi. Shunda yonimda o'tirgan yigit bahslashib ketdi va nimaga chora ko'rmayabsila dib so'radi. Shunda koridordigi nazoratchilardan biri xonaga kirib nima gap ? nima to'palon bo'votdi ? dib etdi. Shunda yonimdigi yigit vaziyat haqida etdi. Koridordan kirgan nazoratchi qani ? qanaqa shpargalka ? xonadagi nazoratchilar shpargalkani ko'rsatishib qo'llarida ko'rishimiz bilan olib qo'ydik, manimcha foydalanishga ulgurmadilar dib etishdi. Koridordan kirgan nazoratchi u qiz foydalanganini man ko'rmadim masalan xo'sh kim ko'rdi degan edi. Men: Mana man ko'rdim didim. 30 talik auditoriyadan taxminan 7-8ta odam biz ko'rdik diyishdi. Shunda koridordan kirgan nazoratchi agar yana bitta shunaqa holat bo'lsa manga etila, chiqarib yuboraman dib etdilar. Albatta bu yonimda o'tirgan yigitga yoqmadi va u yigit ularni chora ko'rmaslikda, Muttahamlikda aybladi. Koridordan kirgan nazoratchi nimala divotsan ? qani kim shpargalkadan foydalanibdi ? qo'lida ko'rishligi bilan olib qo'yishibdiku degan javobni berdi. Auditoriya nazoratchilari ham ukam o'zingizni bosing, Biz kimdandir pul olibmizmi ? yoki kimgadir telefon, shpargalkadan foydalanishga ruhsad beribmizmi ? tuhmat qilmang. Vijdonan eting, biz imkon qadar hammani nazorat qivotmiz dib etishdi. Bahs 5 daqiqalar chamasi davom etdi. Shunda o'tirgan guruhdoshlarimiz yonimdigi yigitdan tinchlikni saqlashini, imtihonda ularga halaqit bervotganligini etishdi. Yonimdigi yigitni esa battar jahli chiqardi shunda man qo'limni ularni yelkasiga qo'yib bo'ldi oka o'zizni bosin, qo'lidan olib qo'yishdiku didim va koridordan kirgan nazoratchiga oka sizga bitta savolim bor bersam maylimi dib ruhsat so'radim. Shunda ana shu oka mayli ber savolini didila. Siz Milliy Xavfsizlik Xizmatidanmisiz dib so'radim ? Shunda ular yo'q man Davlat test markazidanman degan javobni etdilar. Shaxsiy fikrim ana shu yerda "СНБ" xodimi bo'lganida jiddiyroq chora ko'rgan bo'lardi. Bir tomondan mayli u qizning ham bir yili kuymasin, shpargalkasi olib qo'yildiku deb o'ylasam ikkinchi tomondan u xonadan chiqarib yuborilishi kerak edi deb o'yladim va savollar varaqasiga e'tiborimni qaratdim.

DTM xodimi xonadan chiqib ketganidan keyin biroz o'tib nazarimda boshqa qavat yoki boshqa binodan haqiqiy janjalli vaziyatlar bo'ldi, Oynani tagida o'tirganim uchun shundoq eshitilvotgan edi. Nazarimda kimningdir ustidan dalolatnomalar tuzilvotgan edi. Baqir-chaqirda so'zlarni anglolmadim. Imtihon ancha oxirlagan edi, Bitta qiz qancha vaqt qoldi diganidi oldimdigi soatga qarab xonadigilani hammasi eshitsin uchun balandroq ovozda soat 11:30 diganidim boshini ko'tarmi savollar varaqasiga qarab o'tirgan guruhimizdigilardan bir cho'chib tushganlar bo'ldi!

Soat 11:50 da savollar varaqasida o'zim belgilagan javoblarni titul varoqga tushirishni boshladim. Soat 12:20 da hammasini belgilab bo'ldim. Shunda 1-qator narigi tomonda o'tirgan qiz voy Fransuzchani belgilab qo'yibman diganidi kulgi qatdan keldi bilmadim ammo kulib yubordim. Auditoriya nazoratchilari ham hoy-hoy dib qolishdi. Gap shundaki bizga ingliz, fransuz va nemis tilidigi savollar berilgan va titul varaqasida ham shu tillardan birini belgilab javoblarni yozish kerak edi. Ko'rinishidan anu qiz ingliz tilidagi javoblarni yozib chiqib Fransuz tilini belgilab qo'ygan edi. Tashqaridan nazoratchi chaqirildi u vaziyat yuzasidan qizga tushuntirish berib chiqib ketdi.

Imtihon tugaganidan so'ng auditoriya nazoratchilaridan biri etdila, Shuncha yillik ish tajribamda bunaqa guruhni ko'rmagan edim, shunaqa ham agressiv bo'lasizlarmi ? bir birilani ko'zilarni o'yishga ham tayyorsizlar-a ? dedilar. Yoshroq nazoratchi esa ming pushaymon bo'ldim silani grupelaga tushganimga, shu vaqtgacha bunaqa ziddiyatlar haqida hattoki eshitmagan ham edima dib etdila. Shunda man: Ustoz biza hammamiza jurnalistmiza, jurnalistlarni bag'ri tosh bo'ladi didim. Xonada kulgu!

Xullas ustoldigi soat 12:20 da titul varaqni auditoriya nazoratchilarini qo'liga tutqazdim va xonani tark etdim. Man chiqib ketvotganimda xonada yana to'rtta odam qolgan edi, uchta qiz va bitta bola. Xona nazoratchilari bo'lilar vaqt tugadi, bir daqiqa qoldi diyishdi. Ular esa bo'ldi-bo'ldi shundoq belgilavolilik, ozgina qoldi diyishvotgan edi. Koridordan bitta qizni yig'lagancha zorlangan ovozi kelardi "Belgilab olay, Olib qo'ymanglar, belgilab olay" Adashmasam u qizni qo'lidan titul varoqni olib qo'yishgan edi. Attang.

Tashqariga chiqdim. Quyosh rostmana qizdirvotganakan. Barcha yo'laklardan yigit-qizlar tashqariga harakatlanvotganidi. Darvozadan chiqib, kelgan yo'lim tomon harakatlana boshladim. Yo'lning bir tomoni to'lla ota-onalar edi. Exxe to'rt-besh soatlab tashqarida farzandlarini poylab o'tirishganini qarela. Nima zaril edi ? Bularni hammasi voyaga yetgan yigit-qizlar bo'lsa.

Biroz yurgan edim guruhimdigi bitta yigitni onasi bilan ko'rdim. Ularga salom berdim. So'rashdik. Guruhdosh yigitning onalariga o'g'lizni kutib qolmadizmi desam:

- Xa yo'q, ko'nglim bo'lmadi birga keldim faqat hamma bir xil oq kiyimda ekan imtihon tugaganidan keyin shuncha olomonni ichidan topa olmasama deb o'ylab turgan edim didila.

Ular bilan kotta yo'lgacha gaplashib bordik. Orqamga qaraganimni bilaman exxe shuncha odam daxshat. Archa ko'chani ikki tomoni, astfalt yo'llarda shu qadar ko'p odamlar bor ediku tasvirlash mushkul. Yonimda telefonim yo'qligi uchun suratga ololmadim ammo zo'r surat bo'ladigan manzara edi.

Kotta yo'ldan guruhdosh yigitim o'z onasi bilan boshqa tomonga man esa boshqa tomonga ketdik. Uyga ham piyoda qaytdim. Kayfiyatim yaxshi edi.

Bilishimcha imtihon javoblari 17-avgust kuni chiqar ekan. Shunday ekan endi javoblarni kutamiz. HUDO xohlasa o'qishga kirgan bo'lsam degan yaxshi niyatdaman.

* * *

Muallif qo‘shimchasi: Afsuski 2017-yilda talaba bo'la olmadim. Imtihon javoblariga ko‘ra men 111.2 bal to‘plaganman. O‘tish bali esa 136.9 bal bo‘lgan. 25.7 bal yetmagan. Oshirilgan to‘lov-kontrakti (Super-kontrakt) esa 107 mln so‘m edi. Bu yili yana aynan Jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetiga hujjatlarimni topshirmoqchiman. Nasib etsa bu yili o‘qishga kiraman!

2.60 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.60 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.01 / 6
  • Муштарийлар баҳоси
    4.32 / 7

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1 Бахтиёр Шералиев 18/04, 06:06

Bu blogpostdan ko’ra, aksincha abituriyentning kundaligidan lavha bo’libdi. Qolaversa gap qanday masala haqida ketmoqda, muallif bu bilan nima demoqchi bo’lgan shaxsan men uchun umuman tushunarsiz. Faqat hakam bo’lganim uchungina oxirigacha erinib bo’lsada o’qib chiqdim. Boshlanishiga yaxshi boshlangan matnning davomi shevaga oid so’zlar bilan “boyib” borgan. Jurnalist bo’lishni istagan va o’zini hozirdan jurnalist hisoblaydigan shaxs uchun o’ta qo’pol xato. Qolaversa matn nihoyatda uzun, o’quvchini bir ko’rishda zeriktiradi, o’qish fikridan qaytaradi. Imloviy xatolarni sanashga ham erindim.

3 Расул Кушербаев 20/04, 23:08

Juda uzoq yozilibdi, kundalik bo'lsa kerak. Imlo xatolari juda ko'p.

1 Давронбек Тожиалиев 22/04, 22:18

Кейинги йил ўқишга киришингизга тилакдошман! Кўпроқ газета-журнал ва китобларни ўқинг. Кундалик ёзганингиз яхши. Лекин уни шундайича оммага тақдим қилиб бўлмайди. Кўпчилик учун фойдаси тегадиган жиҳатлар бўлсагина эълон қилганингиз маъқул. Аниқ мавзуларда мақолалар ёзиб, газеталарга олиб боринг. Қаламингиз чархланади.

1 Мақсуд Саломов 24/04, 09:03

Post/hikoya uzun bo'lsa, shunga yarasha kishilarning e'tiborini jalb qila olishi, o'quvchiga nimadir bera olishi kerak. Uzunligidan boshqa narsasi yo'q bo'lgan matnlar ularni yozganning ham, o'qiganning ham vaqtini isrof etadi.

2 Абдумалик Носиров 26/04, 12:48

Русчасига айтаганда "Много букаф"...

1.5 Қаҳрамон Асланов 26/04, 13:17
2 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 20:41
1 Мансур Тангишов 27/04, 00:51

Muallif ko‘targan mavzu original emas, ijtimoiy ahamiyati ham yoritilmagan, imlo xatolari mavjud, muallifning shaxsiy fikri faqat biografiya tarzida berilgan, hech bir masalaga tahlil yoki yechim berilmagan. Hajmi kattaligi postning o‘qimishlilik darajasini yanayam tushirib yuborgan.

2 Адҳам Отажонов 28/04, 09:29
2.5 Тўлқин Юсупов 29/04, 00:02
2 Музаффар Назаров 29/04, 16:43
1.5 Иноят Садикова 30/04, 14:55

- Postda maqsad yo'q. Mohiyat, mazmunni doston qilaman desangiz, dunyoda mavzu ko'p, dard ko'p, yozadigan gap ko'p. Bir maqsad bilan yozmasangiz, tayinli natija bo'lmaydi. - Blogpost emas, shaxsiy kundalikka ko'proq tortadi - Agar boshiga va ohiriga biror ma'no-maqsad tirkasaniz, juda ham shu usulda yozgingiz kelsa, 9:00 - palon, palon bo'ldi. 9:15 - palon, piston bo'ldi shakliga o'ting.

2 Ботиржон Шерматов 05/05, 18:12
2 Шерзод Шерматов 10/05, 03:48
1.5 Умид Гафуров 12/05, 00:32
2 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:29
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 14/05, 01:08
1 Беҳзод Қобулов 16/05, 13:54

"Бундан саёзроқ ёзиш қийин..."

1 Нигора Умарова 19/05, 18:46
3.5 Нодир Закиров 20/05, 22:05
3 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:36
1.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 18:13
3 Шунқор Чориев 21/05, 21:06
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
13 та фикр