Oliy ta'li, adabiyot, savodxonlik

Otabek Yusupov
Саралаш

 O’zingizga ma’lumki, O’zbekiston aholisining asosiy qismini yoshlar tashkil qiladi, va bizda yoshlarning oliy ta’limga bo’lgan qiziqishi juda yuqori. Xususan, har yili abiturientlar sonining 10-15 foizga oshishi, 2017-yilda 730 mingga yaqin abiturient hujjat topshirgani buning yaqqol isbotidir. Meni har doim o’ylantirib keladigan savol shuki, yurtimizning barcha oliygohlariga kirishda uchinchi sinaladigan fan qilib ona tili va adabiyoti fani kiritilgan. Ammo, ona tili va adabiyoti faniga shunchalik e’tibor berilganiga qaramay, yoshlarning bu sohadan bilimlari ancha sayoz. Bunga yaqqol misol qilib, yoshlar o’rtasida kitobxonlik darajasining pastligi, ijtimoiy tarmoqlarda imlo qoidalarini deyarli 90% buzilish holatlari, yoshlarning ishga joylashganda yoki kundalik hayotlarida oddiygina ariza, dalolatnoma va shunga o’xshash hujjatlarni yoza olmayotganini misol keltirish mumkin. Imlo qoidalari, so’zlarni to’g’ri yozish shu darajada oqsab qoldik, hatto gazeta va jurnallarda, televizorda hamda filmlarimizda professional jurnalistlarimizning ham xato yozayotganlarini kuzatishimiz mumkin. Bundan tashqari, Facebookdagi Troll.uz sahifasida #SavodGullaganskiy xeshtegi ostida, o’zbek imlo qoidalarini buzib yozilgani ko’rsatilgan postlar ham bizlar naqadar ona tilini buzib ishlatishimizdan dalolat beradi.

Endi oliygohlarga kirish imtihonidagi ona tili va adabiyotidan beriladigan test savollari xususida: test savollari va yo’nalishi xato berilgan deb o’ylayman. Ushbu test savollari juda chuqurlashtirilgan, ilmiy tarzda beriladi. Bu savollarga tayyorlanganlar ko’r-ko’rona, ongli ravishda tushunmasdan yodlash bilan mashg’ul bo’ladi. Bunda yoshlarning ko’proq biron ma’lumotni yodlashlari, xuddi kompyuter kabi faqat xotirada saqlashga mo’ljallangan deb o’ylayman. Buning yoshlarni ona tili va adabiyotini o’rganishini rivojlantirishga foydasi tegmayapti. Abiturientlardan, juda chuqurlashtirilgan va hayotda faqat filologlarga kerak bo’ladigan ilmlardan test savollarida so’ralyapti. Vaholanki, real hayotda filologlardan boshqa sohada ishlaydiganlarga bu narsaning umuman keragi bo’lmaydi. Bolalar kelishik, egalik qo’shimchalarini yodlab olishlari mumkin, ammo hayotda oddiy murojaatnomani yoki ariza va shunga o’xshash oddiy matnlarni to’g’ri yozishni bilmas ekanlar, grammatikada olgan bilimlarining foydasi bo’lmaydi. Bundan tashqari, adabiyot sohasi bo’yicha savollarda ham kamchiliklar ko’p. Yoshlarga reallikdan uzoq, eski o’zbek tilida bo’lgan dostonlar, g’azallar haqida savollar berilmoqda. Oddiy misol qilib shuni keltirishimiz mumkinki, eski o’zbek tilida beriladigan dostonlar, g’azallar endi adabiyotga o’qishga kirishadigan yoshlarning xafsalasini pir bo’lishiga olib kelmoqda. Buning sababi esa juda oddiy, eskicha yozilgan g’azallarning tilini tushunmaymiz, ikkinchisi esa ko’pincha bu g’azallar tasavvuf mutaffakirlarining g’azallari. Bu xuddi hali oddiy ovqat yeyishni o’rganmagan bolaga, kattalar oziqlanadigan ovqatni berishga barobardir. Hech kim Alisher Navoiy kabi buyuklarimizning g’azallarini o’rganmaslik kerak demoqchi emas, ammo bunga tabiiylik bilan erishish lozim. Adabiyotga yoshlarda muhabbat uyg’onsa albatta bu g’azallarni o’rganishga majburlikdan emas, o’zlari istab o’rganishadi.

Mening taklifim bo’yicha hozirgi test sinovlaridagi savol tuzish va o’qitish metodikasidan voz kechib, boshqacha yo’lga o’tish kerak. Har yili abiturientlarga yangi o’zbek adabiyoti namunalaridan, “Shaytanat”, “Ikki eshik orasi”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Kecha va kunduz” va boshqa minglab asarlardan savollar tuzilib berilishi kerak. Shular qatorida, jahon asarlari durdonalaridan ham foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Misol uchun, 2019-yilgi abiturientlik imtihonlarida, aytaylik saralangan 40 ta romandan savollar tushishi e’lon qilinsin va har yili bu ro’yxatning 10ta kitobi almashib tursin va e’lon qilinsin. Shunda, abiturientlar bu kitoblarni o’qishni boshlashadi hamda oliygohga tayyorlanish chog’ida dunyoqarashlari ham kengayib, kitob o’qishga bo’lgan muhabbatlari ham oshib boraveradi. Faraz qilaylik, bir abiturient o’qishga kirishga tayyorlanmoqda, u 2 ta blokka tayyorlanib boraveradi va uchinchi blokka, ya’ni ona tili va adabiyoti faniga badiiy asarlar o’qish bilan tayorlanadi. Bu abiturientga ham ma’naviy hordiq, ozuqa ham imtihonlarga tayorlanishiga imkon beradi. Albatta buyerda savollardan o’zbek tili grammatikasini butunlay olib tashlash ko’zda tutilmayapdi. Odamlarga kundalik hayotda savodli insondek yozish va gapirish uchun kerak bo’ladigan asosiy grammatika qoidalari o’rgatilishi va testda talab qilinishi kerak. Misol uchun xorijiy tillarni o’rganishda bu tillarda o’z ona tilidek ravon gapiruvchi insonlar bizda so’ralayotgani kabi chuqurlashtirilgan grammatikaga ehtiyoj sezishmasdan shu darajaga yetishadi. Xorijiy davlatlarda ham o’z ona tilini o’rgatishadi, ammo chuqur ilmiy ishlarda kerak bo’ladigan grammatika va boshqa qoidalarni o’rganishmaydi.

Yoki yuqoridagi taklifni boshqacha yechimi ham bor. Ko’pchiligimizga ma’lumki, ingliz tilini bilish darajasini aniqlash borasida maxsus IELTS, TOEFL degan imtihonlar bor. Quvonarli tomoni, hozir Davlat Test Markazi maxsus ingliz tili uchun IELTS ga o’xshagan tizim yaratishdi. Bu tizimni o’zbek tili, rus tili va boshqa tillarga ham tatbiq qilish kerak. Misol uchun o’zbek tili haqida gapiradigan bo’lsak, yuqoridan taklifdan kelib chiqib, o’zbek tilini nazorat qilish imtihoni haqida gapirsak. Ona tili adabiyoti fani bo’yicha savollar mening taklifim bo’yicha hozirgi test sinovlaridagi savol tuzish va o’qitish metodikasidan voz kechib, boshqacha yo’lga o’tish kerak. Har yili abiturientlarga yangi o’zbek adabiyoti namunalaridan, “Shaytanat”, “Ikki eshik orasi”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Asrga tatigulik kun”, “Qiyomat”, “O’tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Kecha va kunduz” va boshqa minglab asarlardan savollar tuzilib berilishi kerak. Shular qatorida, jahon asarlari durdonalaridan ham foydalanilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Misol uchun, 2019-yilgi abiturientlik imtihonlarida, aytaylik saralangan 40 ta romandan savollar tushishi e’lon qilinsin va har yili bu ro’yxatning 10ta kitobi almashib tursin va e’lon qilinsin. Shunda, abiturientlar bu kitoblarni o’qishni boshlashadi hamda oliygohga tayyorlanish chog’ida dunyoqarashlari ham kengayib, kitob o’qishga bo’lgan muhabbatlari ham oshib boraveradi. Faraz qilaylik, bir abiturient o’qishga kirishga tayyorlanmoqda, u 2 ta blokka tayyorlanib boraveradi va uchinchi blokka, ya’ni ona tili va adabiyoti faniga badiiy asarlar o’qish bilan tayorlanadi. Bu abiturientga ham ma’naviy hordiq, ozuqa ham imtihonlarga tayorlanishiga imkon beradi. Albatta buyerda savollardan o’zbek tili grammatikasini butunlay olib tashlash ko’zda tutilmayapdi. Odamlarga kundalik hayotda savodli insondek yozish va gapirish uchun kerak bo’ladigan asosiy grammatika qoidalari o’rgatilishi va testda talab qilinishi kerak. Misol uchun xorijiy tillarni o’rganishda bu tillarda o’z ona tilidek ravon gapiruvchi insonlar bizda so’ralayotgani kabi chuqurlashtirilgan grammatikaga ehtiyoj sezishmasdan shu darajaga yetishadi. Xorijiy davlatlarda ham o’z ona tilini o’rgatishadi, ammo chuqur ilmiy ishlarda kerak bo’ladigan grammatika va boshqa qoidalarni o’rganishmaydi.

Imtihon tizimining o’zi esa quyidagicha bo’lsin, insho qismi, test qismlari. Insho qismiga, maxsus bir adabiy berilgan kitob bo’yicha savol berilsa, shu mavzuda insho yozilishi so’ralsa. Test qismida esa, kerakli grammatika savollari, o’ta chuqurlashtirilmagan holda berilsa. Insho qismini tekshirayotganda, imlo qoidalari, so’zlarni to’g’ri yozilishi tomonidan, berilgan mavzuni yoritish bo’yicha tekshirilsa, test qismi grammatikani tekshiradi. Bu juda qulay, ayni vaqtda yoshlarni iqtidori, qiziqishi ortishi uchun xizmat qiladigan samarali usuldir.

Baholash tizimini esa shunday qilish kerakki, unda bollalar olgan baholari oliy imtihonga kirayotganda ona tili va adabiyoti blokidan qanday baholarga to’g’ri kelishi bo’yicha bo’lishi kerak. Misol uchun, 9-ballik qilinsa, 9-ball olgan bola 36 talik testni butunlay balini olishi, 8-ball 30, 7-ball 27 va h.k. Buni mutaxassislar ishlab chiqishlari kerak.

Bundan tashqari xuddi IELTSga o’xshab bu testni har oyda masalan ikki marta yo bir marta topshirish imkoniyatlari berilishi kerak. Olingan sertifikatning amal qilish muhlati 2 yil qilinsin. Maxsus ana shunday markazlar barcha viloyatlar markazlarida, katta shaharlar va tumanlar markazlarida tuzilishi kerak.

Bunday sertifikatlar keyinchalik biron ishga joylashish uchun rezyumega qo’shish ham mumkin. Bu orqali ishga olayotgan tashkilot kadrning tilni qanday bilish darajasini, savodxonligini bilib oladi. Bu majburiy emas, balki rezyumega yana bir ijobiy narsa bo’lishiga ishonaman.

Bu taklif test tizimi o’zgartirishga, ona tili va adabiyotiga bo’lgan qiziqishda tub burilish ochib berishiga ishonaman.

Bu taklifning afzallik jihatlari juda ham ko’p. Xususan:

1. Yoshlarning kitobxonligini oshirishga yordam beradi. Yuqorida ta’kidlaganimdek, 730 ming abiturient agar kitoblarni o’qishni boshlashsa, bu ularda kitobga muhabbatni shakllantiradi. Chunki, kitobni o’qib undan lazzatlangan odam, buni umri davomida kanda qilmay davom ettiradi. Bundan tashqari, abiturientlar o’rtasida kitobxonlikning oshishi, qolgan yoshlarga ham ta’sir etmay qolmaydi. Masalan, 4 kishi gaplashib bir asarni muhokama qilayotgan davrada bir kishi bu kitobdan bexabar bo’lsa, o’zini noqulay his qiladi va unda ham o’sha asarni o’qishga qiziqish paydo bo’lishi tabiiy.

2. Yoshlarda milliy istiqlol tuyg’usini oshiradi. Bu taklifning eng asosiy qismidir. Masalan, yangi o’zbek adabiyotidagi asarlarda mustaqilligimizning naqadar ulug’ ne’mat ekanligi, bizning boshimizdan sobiq xon zamonlari, Sobiq Ittifoqdagi xalqimizning zahmatlari aks ettirilgan. Misol uchun, o’quvchi “O’tkan kunlar” va “Kecha va Kunduz” kabi asarini o’qib, xon zamonlarida xalqimizning naqadar qiyinchilikda yashaganini ko’rsatib bersa, “Otamdan qolgan dalalar” asari, oddiy o’zbek xalqining Sobiq Ittifoq dastidan qanchalik jabr tortganini oltin harflar bilan ko’rsatib bergan desam mubolag’a bo’lmaydi. Hozirgi yoshlardan so’rasak, Sobiq Ittifoqning bizga qanday zararlari bo’lgan desak, u faqat televizorda yoki radioda yodlab olgan gaplarini aytadi. Ammo, bu asarlarni o’qiganida, u bu zolimliklarni yuragidan anglaydi va Mustaqilligimiz qanchalik buyuk ne’mat ekanligini his etadi. Bunday kitoblarni yuzlab sanab berish mumkin.

3. Imlo xatolarini kamaytirib va o’zbek tilini bilish darajasini oshiradi. Bu xulosaga kelishimga sabab, shaxsiy kuzatishlarimdan bo’ldi. Ko’p kitob o’qigan yoshlarimizda o’z fikrini erkin bayon eta olish, yozma ravishda yozayotganda juda oz xato qilishini kuzatdim. Bu butun xalqimiz bo’ylab, O’zbek tilining rivojlanishiga, savodxonlik darajasini yuksaltirishga turtki bo’ladi.

4. Bosmaxonalarning rivojlanishiga, kitob industriyasining rivojlanishiga bevosita xizmat qiladi. Hech kimga sir emaski, ko’plab yoshlar oliygoh imtihonlariga tayorlanishda qo’shimcha pullik darslarga qatnashadi. Bu yangicha usul bilan esa, qo’shimcha darslarga ehtiyoj qolmaydi. Shu pullarga agarda kitob sotib olishsa, bu kitob industriyasiga katta mablag’ olib kirilishiga sabab bo’ladi. Albatta mablag’ bu sohalarning yanada rivojlanishiga katta sababchi bo’ladi. Qisqa muddatda, bosmaxonalar, kitob industriyasining jadal rivojlanishiga guvoh bo’lishimiz mumkin.

5. Dunyoqarashni keng qilib, turli axborot xujumlariga qarshi turish immunitetini, rivojlantiradi. Bu narsani gapirmasak ham bo’ladi, albatta kitob bu yo’limizni yoritadigan chiroq. Qancha ko’p kitob o’qigan odam, shuncha ko’p serqirra, aqlli, dunyoqarashi keng bo’lib boraveradi.

6. Avgust imtihoni paytida tig’izlikni kamaytiradi.

7. Imtihonlarning shaffofligini oshiradi.

8. Aholining bilim saviyasini oshirishga, dunyoqarash darajasining oshishiga yordam beradi. Oddiy misol, O’tkan kunlarni o’qigan kishi, xonlik paytlarida ahvolimizni ko’rsatadi. Garchand bu asar muhabbat to’g’risida bo’lsa ham, unda xonlik davrida ijtimoiy siyosiy holatlar mohirlik bilan tushuntirilgan. Masalan, asarni o’qigan odamda, o’sha paytlarda xalqimizning birdamligini bo’lmaganligini, o’zaro ichki nizolarimiz bizni kuchsiz qilganligini tushunadi. “Otamdan qolgan dalalar” ni o’qigan inson esa, oddiy dehqon uchun Sovet tuzumida qanchalik qiyinchiliklar bo’lganini tushunadi. Ko’pincha yoshlar Sovet Ittifoqi bizga ko’rsatgan zulmni, zararni faqatgina o’zgalarning gaplari orqali bilishadi, uni tushunishmaydi. Ayrim yoshi katta insonlar esa hattoki Sovet Ittifoqi davrini maqtashlariyam mumkin. Ammo, bu asarni o’qigan inson albatta qanday qiyinchiliklar, qanday kamchiliklar o’sha paytlarda bo’lganligini yurak yuragidan his qiladi. Bunga o’xshash misollarni cheksiz keltirish mumkin.

Bu ro’yxatni yana davom ettirish mumkin albatta, ammo yozma ravishda juda ham ko’p bo’lib ketmasligi uchun qisqartirishga majbur bo’ldim. Aynan, yoshlar aholimizning eng ko’p qismini tashkil qiladi. Aynan ularda kitobga muhabbatni singdira olsak bu aholining boshqa qatlamlariga ham o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Qog’ozdagi ta’rifi yodlab olingan ma’naviyat emas, balki, haqiqiy, amaldagi ma’naviyat millatning va davlatning rivojlanishida asosiy rol o’ynaydi. 

3.49 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.49 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.13 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 3

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4.5 Умид Гафуров 11/05, 23:57

Кўриниб турибди блогер эмассиз. Аммо ҳаракат қилинган. Энг асосийси долзарб муаммони ёритгансиз. Таклифларингизга қўшилмасам ҳам: 1) муаммо 2) таҳлил 3) натижа борлиги таҳсинга лойиқ.

3.5 Расул Кушербаев 12/05, 01:13
4 Мансур Тангишов 12/05, 01:48

Mavzu va takliflar yaxshi. Faqat blogni hajmini biroz qisqartirish (hech bo'lmaganda ikki marta takrorlangan qismini) va shaklga ishlov berish kerak edi.

3.5 Мақсуд Саломов 12/05, 14:40
5 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:03
4 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05, 01:47
3.5 Шерзод Шерматов 13/05, 03:30
4 Давронбек Тожиалиев 18/05, 15:44
3 Қаҳрамон Асланов 18/05, 16:19
4 Нигора Умарова 18/05, 17:39
3 Олимжон Солижон ўғли 19/05, 00:47
3.5 Бахтиёр Шералиев 19/05, 12:02
3 Уйғун Ғафуров 19/05, 17:58

Олий таълим ислоҳотини таклиф этаётган инсон сарлавҳада хато қилмаслиги керак (таълим "м"сиз)

3 Тўлқин Юсупов 19/05, 18:11
3 Беҳзод Қобулов 20/05, 12:12
3.5 Музаффар Назаров 20/05, 18:43
3.5 Шунқор Чориев 20/05, 20:39
3.5 Абдумалик Носиров 20/05, 22:58
4 Мубашшир Аҳмад 20/05, 23:29
4 Иноят Садикова 21/05, 01:04
4 Нодир Закиров 21/05, 06:13
4 Адҳам Отажонов 21/05, 17:39
4 Ботиржон Шерматов 21/05, 20:53
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
4 та фикр