O‘zi hamma ayb seni shu bo‘mag‘ur nosingda...

(Imloviy xatolar uchun oldindan uzr so‘rayman, axir nima bo‘lganda ham savodimiz "qassobxonada" chiqqan)

Ko‘pincha farzandlarimizni maktabdan keyin har xil ustaxonalarga va shunga o‘xshagan joylarga borishga undaymiz, hunar o‘rgansin deymiz. yaxshi, faqat bitiruv sinfiga kelganda kimningdir farzandini ko‘rib, bolamizni o‘qitgimiz "Ministr" qilgimiz kelib qoladi. Hunarmand farzandimiz esa, hunarga shunchalik berilib ketganidan gohida darslarga borish ham esidan chiqib qolgan bo‘ladi va tabiiyki bilimlari yetishmasligi sababli o‘qishga kirolmaydi. Bu payt biz ota-onalarning boshimizdan o‘tadigan hayollar esa faqat, “pulsiz o‘qishga kirib bo‘lmas ekan, bilmli qolib puldor o‘qiyabti, bu turishda jamiyatning ertasi qanday bo‘ladi? hukumat qayoqqa qarayabti?” ha oxiri shu "hammasiga hukumat aybdor" degan fikrda butunlay qotib qolamiz.

Xo‘sh keyinchi keyin yana o‘zimizga o‘zimiz qarshi chiqib xalqimizning "hunarli xor bo‘lmaydi" maqoliga ham amal qilmaymiz,  bir qator tashkilot va idoralar, fermer xo‘jaliklariyu zavod fabrikalar tomonidan kollej bitiruvchisiga taklif qilinayotgan o‘rtacha 600-700 ming oyligi bor ne ne ishlarni qahramonlarcha rad etamiz va "qaynag‘amizning qudasining qo‘shnisining amakivachchasini" gaplariga ishonib o‘g‘limizni unga qo‘shib, uydagi bitta-yu bitta sog‘in sigirni sotib yo‘lkirasiga berib rassiyaga jo‘natamiz. Oradan bir oy o‘tmay ayolimizni mahhalla komitetiga "yordam puli so‘rab borishga, sababini so‘rashsa bittayu bita o‘g‘limiz ishsizlikdan rassiyalarda yurganini sabab qilib ko‘rsatishga, yo‘q deyishsa "ustinglardan yozaman" deb qo‘rqitishga undaymiz". Oradan olti oy o‘tmay chet elda aldangan bola pasportiga "deport" urilib qaytib keladi va biz boyagi yordam pullaridan yig‘ib qo‘yganimizga qo‘ni qo‘shnidan qarz olib qo‘shib zararni qoplaymiz. So‘ng yana qo‘ni qo‘shniga, do‘st birodarga, mamlakatimizda hayot og‘irligi, yashash og‘irligini aytib yana davlatni yomonlaymiz.

Kunlardan bir kun yoshlar ittifoqi degan tashkilot farzandimizning kelajagi, kundalik hayoti bilan qiziqib qoladi, uni chaqirtiradi, bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qiladi. Xullas qaysidir ishga joylashtirmaguncha qaysidir hujjat yo ma’lumotnomada kamchilik bo‘lsa ham hodimlari uyni teshvoradi biz esa "oyligini olgandandan keyin qiladida" degan gapni har doimgidan ham mag‘rurroq aytamiz endi.

Farzandimiz hozir ittifoqda ishlayabti. Tejab ishlatsa oyligi yashash uchun yetadi. U kunlardan bir kun qaysidir forumda g‘olib bo‘ladi va yutib olgan planshetini bizga sovg‘a qiladi. Nogoh ko‘zimizdan yosh chiqib ketadi. Endi biz aqlli farzandni aqlli otasi bo‘lishga harakat qilib o‘sha planshetdan internetga kiramizda eng dangasalar, eng ishyoqmaslar eng vijdonsizlar, bir qilgan tashkilot "Yoshlar Ittifoqi", qiladigan ishini tayini yo‘q davlatni pulini soviriyabti deb post qo‘yamiz. Postimizga o‘zimizga o‘xshaganlar "layk" bosadi, ularnig "yashavoring" "haqiqat" deb yozgan "kamentlariga" esa o‘zi "Hukumat axmoq bu bekorchilarga pul sarflagan" deb javob yozamiz...

Besh qo‘l baravar emas albatta, lekin hali ham ayrim mana shunday "gruchga tushgan kurmak, oshga tushgan pashshayu moshga tushgan qurtlar" borligi o‘ylantiradi odamni. Har holda har zamonda o‘zimizni ham tanqid qilib tursak yomon bo‘lmasdi...

2.37 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.37 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.12 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    0.00 / 0

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1 Бахтиёр Шералиев 19/05, 18:09

YoshIt boshlangungacha yaxshi ketayotgan edi, birdaniga blogpost pastlay boshladi va "bir"ga kelib urildi.

0.5 Нигора Умарова 19/05, 18:14
1 Мақсуд Саломов 19/05, 18:36
1.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 19/05, 18:59
0.5 Шунқор Чориев 19/05, 20:22

“Bebaho” degan tugmani topa olmadim.

1 Умид Гафуров 19/05, 20:38
1.5 Маҳсуджон Асқаров 19/05, 21:09
1 Тўлқин Юсупов 19/05, 21:40
0.5 Ботиржон Шерматов 20/05, 18:10
1 Музаффар Назаров 20/05, 20:56
1 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:31
3 Абдумалик Носиров 20/05, 22:42
1 Мубашшир Аҳмад 20/05, 22:51
2.5 Нодир Закиров 21/05, 05:25
1 Давронбек Тожиалиев 21/05, 10:04
2.5 Мансур Тангишов 21/05, 10:38
2 Қаҳрамон Асланов 21/05, 11:26
2 Шерзод Шерматов 21/05, 12:16
1 Уйғун Ғафуров 21/05, 12:37
3 Иноят Садикова 21/05, 13:42
2 Олимжон Солижон ўғли 21/05, 13:47
1 Адҳам Отажонов 21/05, 20:43
2 Расул Кушербаев 21/05, 21:38
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр