O'zbekiston IT sferasida Websaytchilikdan boshqa yo'nalish yo'qmi?

O'zbek dasturchilari juda ko'p websaytlar yaratgan. Raqamlarga yuzlansak 57 824 ta domen ro'yxatdan o'tkazilgan ekan. Shulardan o'rtacha 50 000 tasi faol holatdagi sayt bo'lsa kerak. Bunday deyishimga sabab ko'plab domenlar shunchaki ro'yxatdan o'tkazilgan. Bekordan bekorga band bo'lib turadi. Hullas o'rtacha hisobda 50 000 ta sayt bor deb olaylik.

Endi shu 50 000 ta sayt sifatli bo'lsa ham mayli edi.

Aniq maqsad bilan yaratilgan, hamma ishlatadigan va hamma uchun foydali bo'lgan saytlar mingtacha bo'lsa kerak. Shaxsan o'zim ko'pi bilan 30 tacha saytdan foydalanaman holos. Ko'plab saytlarning tuzilishi, ko'rinishi va funksionalligi talab darajasida emas. Hech bo'lmasa saytdagi kontent foydali bo'lganida ham boshqa gap edi. Ba'zi saytlar bor dizayni yaxshi, ammo undagi kontent bir pulga qimmat.

Hullas juda ko'p saytlar keraksiz va bunday sayt egalari bekorga o'z vaqtlarini va mablag'larini sarflayabdilar.

Men ko'pincha TED TALK va shu kabi konfirensiyalarda 10 yoshga ham yetmagan bolalar turli xil ixtirolar qilganini va uni ommaga namoyish etayotganini ko'rib hayron qolaman va havas qilaman. Ular Robototexnika, Mobil dasturlash va sun'iy intellekt bo'yicha o'z ixtirochalarini namoyish etishadi. To'g'ri ularga ba'zilar yordamlashgan, loyihaning kodini mustaqil yozmagandir balki. Ammo o'zida g'oya bor. Bizning yoshlar esa har oy yangi sayt ochadi yoki Telegram-Bot ochadi. Telegramdagi jamoasi tashkil topganiga necha soniya bo'lganini hisoblaydigan Botlarmiyey, bekorchilarni guruhida yangi qo'shilgan bekorchiga salom beradigan Botlarmiyey. Hullas keraksiz yoki oldin bor bo'lgan narsalarni "yaratishadi". Velosipedni qayta kashf qilish deb shuni aytishsa kerak-da.

Web boshqa yo'nalishlarga nisbatan osonroq deb biladiganlar ham juda ko'p va ular faqat sayt ochish bilan chegaralanib qolgan. Hozir deyarli hamma yo'nalishlar bo'yicha zo'r-zo'r kurslar, kitoblar topish mumkin. Shaxsan o'zim Androidlar uchun dastur yaratishga qiziqaman. Android dasturlash web yo'nalishidan sezilarli darajada qiyin bo'lmasa kerak. Men Android dasturlash bo'yicha barcha savollarimga internetdan bemalol javob topish mumkin. O'zbek Androidchilar ham yo'q emas, tayinli savol bo'lsa albatta javob berishadi. Faqat to'g'ri savol berilsa kifoya.

Web saytlarning foydalanuvchilar uchun noqulayliklari yo'q emas.

Online do'kon, ijtimoiy tarmoq yoki istalgan saytni brouzerda ishaltish bilan uni smartfon uchun mo'ljallangan dasturida ishlatish o'rtasida anchagina farq seziladi. Ya'ni dastur orqali ishlatishda tezlik yuqori bo'ladi, trafik tejaladi. Chunki saytdagi doimiy elementlar masalan, menyu, logo va shunga o'xshash elementlar qurilmaning o'zida saqlanadi. Va serverdan faqatgina yangi kontentlarni masalan, mahsulotlarni, maqolalarni hullas yangilanadigan elementlarnigina oladi. Bundan tashqari eng muhim ustunlik elementlarni bosguningizgacha joylashuvi o'zgarib qolmaydi. To'g'ri bunday noqulaylik hamma saytlarda ham uchramaydi, ammo uchraydiganlari ham ko'p.

Yana bir va muhim noqulaylik bu saytlarda har boshqa sahifaga o'tishda sahifa qaytadan yuklanadi. Sahifadagi o'zgarmas qismlar: menyu, izlash va boshqa elementlar ham qaytadan yuklanadi. Va qayta yuklanayotgan paytda foydalanuvchiga bo'm-bo'sh sahifa ko'rsatib turiladi. Bu juda qisqa vaqt bo'ladi, lekin baribir bu noqulaylik.

Websaytlarning dasturchilarga ham noqulayliklari mavjud.

Bular foydalanuvchini to'liq tushunish imkoniyati yo'qligidir. Masalan, saytlarda biror tugmani bosib ushlab turishni aniqlash mumkinmi? Yo'q, agar bosib ushlab tursa brouzer linkni olish, matnni olish va boshqa narsalardan tashkil topgan menyuni ochadi. Hullas websayt orqali imkoniyatlaringiz ancha cheklangan bo'ladi. Mobil ilova orqali esa telefon qanday gradusda ushlab turilganidan tortib, qurilma xotirasigacha qo'lingiz yetadi.

Men Web yo'nalishini umuman tashlab hamma mobil dasturlash o'tishi kerak demoqchi emasman. Shunchaki faqatgina webga o'ralashib qolmaslik kerakligini aytmoqchiman. Boshqa yo'nalishlar ham juda qiziq.

Qaysi yo'nalishni tanlashdan qat'iy nazar sifatli mahsulot tayyorlash kerak.

2.80 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.80 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 3

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Бахтиёр Шералиев 22/04, 18:33
1 Абдумалик Носиров 23/04, 17:45

Хар соха ўз йўналиши ривожланишга хақли.

1.5 Давронбек Тожиалиев 26/04, 18:12
3 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 21:33
1.5 Адҳам Отажонов 28/04, 09:32
2 Умид Гафуров 12/05, 01:02
1 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:36
2.5 Шерзод Шерматов 16/05, 18:28
2 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 01:50
4 Расул Кушербаев 17/05, 22:51
3.5 Музаффар Назаров 18/05, 18:17
3 Мансур Тангишов 19/05, 00:11
3 Тўлқин Юсупов 19/05, 14:24
1.5 Нигора Умарова 19/05, 18:17
2 Қаҳрамон Асланов 20/05, 12:55
2 Беҳзод Қобулов 20/05, 13:42

Умумий гаплардан сал қочиб, фактлар билан, таклифлар билан фикр юритганингизда яхши бўларди.

3 Иноят Садикова 20/05, 18:02
2 Мақсуд Саломов 20/05, 19:20
2 Шунқор Чориев 20/05, 22:11
2 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:20
3.5 Нодир Закиров 21/05, 13:05
2 Уйғун Ғафуров 21/05, 16:33
2.5 Ботиржон Шерматов 21/05, 16:42
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр