O’zbek baribir boshqacha, baridan boshqacha!

Jasur Xasanov
Саралаш

Iltimos gaplarimni millatchilikga yo’ymang. Qaysidir millat ustidan kulish niyatida ham emasman. Taqdir taqozosi bilan chet elda yurib kimning aslida kim ekanligini ko’rish imkoniyati tug’ildi.

Turk, Yevropa yoki rus telekanallarida o’zbeklar ustidan tez-tez kulingan ko’rsatuvlar efirga uzatilganini eshitib qolaman. Asabim chiqadi. So’kaman. Millatini emas, ko’rsatuvlarini, mualliflarini, mehmonlarini.

Men o’zbeklarni arzon ishchi kuchi sifatida ko’radigan turklarga achinaman. O’sha ko’rsatuvda shu gapni aytganlar bilishmaydiki turklar Koreyada qanday ahvoldalar. Koreyada hech kim ishlamaydigan sharoitlarda 1000$ oylik ish haqiga ishlayotganini o’z ko’zim bilan ko’rib turibman. Orasida 90 foizi Turk tilidan boshqasini bilmaydi lekin oqib kelyapti Koreyaga. Erkaklari ham ayollari ham. Erkaklaring ko’pi 35yoshdan oshgan nimagadir. Qizlari esa 20-30 yosh ortasida. O’zbeklar u joylarda ishlamaydi. Men ko’rmadim. Ishlay olmaganidan emas, bu narxga bu ishda ishlashni xohlamaganidan.

Magazinga kirib nimadir so’rab, tilni yaxshi bilmagani uchun noto’g’ri gapirib qo’yadigan yigitlarni videoga olib youtubega joylashtiradigan va shuni orqasidan obunachi yig’adigan rossiyalik “vloger”larga Koreyaga kelishi bilan to’da-to’da qilib dengiz ishlariga jo’natilayotgan va u yerda koreyslarning eng oliy darajadagi so’koshlarini jim turib eshitayotgan millatdoshlarini ko’rsatishim kerakmikin deb o’ylab qolaman. Yo’q u darajada past ketish, Ojiz odamning ustidan kulish va butun dunyoga tarqatish qo’limdan kelmasa kerak. Matraslikni havas qilib sutkasiga 18-20 soat ishlanadigan ishlar mana shu millat vakillari uchun Koreyada. Qizlari esa hali yosh, chiroyli. Karaoke va massaj markazlarida ishlab yuraverishsin.

O’zbeklarni xaromdan qaytmaydigan, cho’chqa go’shti yevolib namoz o’qiyveradi sizlarda degan Malayziyalik o’sha imom bilmaydiki, minglab men orqali ishga borgan malayziyaliklar xo’jayinga “Men cho’chqa go’shti yemayman” yoki “Bu cho’chqa go’shti emasmi?” deb so’ray olmasdan “Boriga Baraka” deb hammasini yeb yurishibdi. Ularning ko’pi ingliz tilini yaxshi bilishadi lekin ularga ish beradigan joylardagi koreyslar “yes” bilan “no”dan boshqasini bilmaydi. Dala ishlari ular uchun. Lekin o’sha ishlarga ham olishmayapti uje.

Rossiyadan pul ishlab qaytayotgan o’zbeklarni tunashi bilan mashxur qozoqlarning ahvoli esa yanada achinarli. Juda katta qismi allaqachon qochoq maqomini olib bo’ldi. Ularga aytadigan gapning o’zi yo’q. Qishloq dalalari ularniki hozircha. Chiroyli qizlari karaokeni o’rganishdi allaqachon. Qozoqlar ishlamasa bo’ldi ishga kiraverishadi.

To’g’ri Koreyada o’zbeklar maza qilib yurishgani yo’q. Lekin Bir narsani aniq bilaman. 3000 so’mlik ishda 1000 so’mga ishlab berishmayapti. ko’pchilik millatdoshlarimiz tilni yaxshi bilishadi. Ish joylarida boshliqlarning eng yaqin hamkorlari.

Yana Bir narsani tilga olish kerak. Hech qaysi millat o’zbeklarchalik tez moslashish va sharoitni o’z tomoniga og’dirish qobiliyatiga ega emas. Keldimi tanish-bilishini topadi. Begonasi yo’q. Eng yaxshisiga intiladi. Dovdiramaydi. To’da-to’da bo’lib bir joylarga tashlanmaydi. Poda bo’lib harakat qilmaydi. Poda bo’lib qolmaydi.

Oxirida: Men chet elliklarga ish topib berish bilan shug’ullanadigan agentlik bilan hamkorlik qilaman. Bu agentlik ma’lum haq evaziga bo’sh ish o’rinlarini topibberadi. Aniqroq aytganda, koreyslarga arzon ishchilarni yetkazib beradi. Mijozlarimiz orasida o’zbeklar deyarli yo’q. Borlariyam talabalar. Ular bu ishlarga jo’natilmaydi. Shuning uchun men yuqorida yozganlarimning hammasiga javob bera olaman. Ba’zi gaplarni yoza olmadim, ba’zi chegralardan chiqib ketishi mumkinligi uchun. “Boriga baraka!”

Xasanov Jasur

2.82 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.82 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.11 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2.5 Мақсуд Саломов 24/04, 18:31
2 Давронбек Тожиалиев 24/04, 22:04
1 Бахтиёр Шералиев 26/04, 12:59

Millatchilik nafasi ufurib turibdi. Yomon odam hamma millatlar orasida uchraydi. Beruniy bobomiz xalq yoki millatni u yoki bu jihatiga ko'ra yaxshi yoki yomonga ajratish nodonlikdan boshqa narsa emas deb aytganlar.

2.5 Қаҳрамон Асланов 26/04, 14:07
2.5 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 20:48
2 Адҳам Отажонов 28/04, 09:31
2 Музаффар Назаров 29/04, 18:41
2 Расул Кушербаев 29/04, 20:45

Izohga hojat yo'q

3 Мансур Тангишов 30/04, 10:34

Блогпостдан бошқа миллатларнинг вакиллари Кореяда қай тартибда ишлаб юришлари ҳақидаги маълумот янгилик сифатида берилган. Буни муаллиф одатий тартибда бергани учун ўқимишлилик даражасини оширмаган, агар муаллиф шуни солиштирма таҳлил сифатида иложи бўлса қўшимча фактлар билан ёзганда бунданда ўқимишлироқ бўларди. Зарур ҳолларда расм қўшилса ҳам блогпостнинг қизиқроқ кўриниш олишини таъминларди. Муаллиф ушбу пости билан нима демоқчи бўлганини мен тушундим, бироқ постни хулоса қисмини кучлироқ чиқиши учун чиройли ечим берилиши керак эди.

2.5 Тўлқин Юсупов 05/05, 23:48
2 Умид Гафуров 12/05, 00:42
2 Ботиржон Шерматов 12/05, 18:50
2.5 Шерзод Шерматов 14/05, 01:38
1.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05, 02:17
2 Иноят Садикова 16/05, 14:16
1 Беҳзод Қобулов 16/05, 14:26
3 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:57
2 Нигора Умарова 19/05, 18:34
3.5 Нодир Закиров 20/05, 22:21
4 Абдумалик Носиров 21/05, 00:02
3 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:41
2.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 17:50
3 Шунқор Чориев 21/05, 21:07
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр