Nega er-xotin ajrimlari ko’payib ketdi?

Dilshod Hakimov
Саралаш

Ko’pchiligimiz honanda Ulug’bek Rahmatullayevning “Qirmizi olma” qo’shig’idagi “…to’ygacha sevgi bu – orzu-havas, haqiqiy sevgi – keyin bo’larkan…” kabi satirlarini eshitganmiz. Lekin uni asl ma’nosini ko’pchilik bilmaydi. Aslida turmush qurish bu – uzoq muddatli baxtli hayot boshlanishi emas. Uzoq muddatli baxtli hayot boshlanishi keyinroq bo’ladi. Yani, psihalogiyada “Mayatniksimon urush” deb nomlanuvchi davrdan o’tib olgandan so’ng.

“Urush” so’zidan qo’rqmang. Aslida bu davr barcha uchun kerak, bu davr barcha juftlik hayotida bo’lishi aniq va juftlik hayotini baxtli yoki baxtsiz bo’lishi shu davrdagi jarayonlarga bog’liq bo’ladi.

Juftlik bir – birini uchratganiga ko’p bo’lmagan vaqtda ikki yosh o’rtasida hissiyotlar jo’sh urgan va munosabatlar tirik bo’lgan bir davr bo’ladi. Bunday vaqtda oralarida qandaydir ziddiyat bo’ladigan bo’lsa yarashish oson bo’ladi. Juftlik bir-birga aytadigan gaplari, bir-biriga isbotlalydigan narsalari ko’p bo’ladi. Ikkisi ham uni tushunishlarini xohlaydi. Shu yo’l bilan bir – birlarini shaxsiy chegaralari, hulq-atvor va hatti-harkatlari, zaiflik va zukkoliklari aniqlanadi. Ko’pchilik qarshisida turgan insonni o’z idealidagi insondan ozgina bo’lsa ham farq qilganidan qo’rqib, endi boshlanayotgan, ammo keyinchalik omadli ketishi mumkin bo’lgan munosabatlarni buzishadi. Bunda eng qo’rqinchli belgi bu – his-tuyg’u pasayishi hisoblanadi. Bir tamon ikkinchi tamon hayotidagi juda muhim bir narsa yoki ehtiyojga nisbatan hurmadsizlik bildirganida ikkinchi insonda birinchi tamonga nisbatan his-tuyg’u pasayishi yuzaga keladi.

Shundan so’ng shaxsiy munosabatlar yakunlanish bosqichiga yaqinlashadi va qalbi shikaslangan tamon boshqa hech narsani isbotlamaydi va qarshi turmaydi. Endi “yaqin odamlar bunday bo’maydi”, “sen endi menga begonasan” kabi fikrlarni olg’a suradi. Ikkinchi insonga nisbatan va u bilan baxtli hayot kechirishga nisbatan ishonch yo’qoladi. Bir narsani takidlash joiz-ki, “jismonan ajrashish”, yani ajrim qog’oziga qo’l qo’yib, boshqa-boshqa joyda yashashdan tashqari, ”ruhan ajrashish” degan tushuncha ham bor. Inson ikkinchi odam bilan unga raxmi kelganidan, odob – axloqliligidan yoki biror narsani o’zgartirishni xohlamasligidan yillab yashashi mumkin. Bu esa “mayatniksimon urush” baxtsiz munosabatlar tamonga hal bo’lgan holda yakunlanganidan dalolat beradi.

Bunday bo’lmasligi uchun, boshidan boshlab juftingizni har bir o’zgargan kayfiyati va hatti-harakatiga e’tibor berishingiz va munosabat bildirishingiz zarur.

“Mayatniksimon urush” qisqa vaqt davom etishi va atigi 1-2 oyda hamma narsani o’z joy-joyiga qo’yib qo’yishi mumkin yoki yillab davom etishi mumkin.

Mayatnikni ko’z oldingizga keltiring. Doim bir tamondan ikkinchi tamonga siljib turadi. Turmush qurgandan keyin ikki yosh o’rtasida ham shunday hodisa ro’y beradi. Bir-birini tarbiyalashga, o’zgartirishga harakat qilishadi. Agar ikkinchi tamon uchun bu o’zgartirilmoqchi bo’lgan narsalar muhim bo’lmasa, u kishi oddiy holdek qabul qiladi. Agar bu narsa u kishini muhim ehtiyoji bo’lsa o’rtalarida ziddiyat yuzaga keladi. U insonga bu narsa qattiq tasir qiladi, hatto taslim bo’lib, juftiga yon bosishi mumkin, lekin uni juftiga nisbatan hissiyotlari pasayadi. Mojaroni boshlagan tamon bundan qo’rqib ketadi va uni bu hatti – harakati baxtli hayotni buzishga arzimasligini tushunadi. Bundan keyin bu hatti – harakatini takrorlamaslikka harakat qiladi. Lekin, endi mayatnik avval muvozanat holatiga o’tib, keyin esa ikkinchi tamonga siljishni boshlaydi. Endi u kishi ixtilofni birinchi boshlagan tamonga qarab «Shashka suradi». Agar u kishi ham juftini va u bilan munosabatini muhimligini vaqtida tushib yetsa, mayatnik yana muvozanat holatiga qaytadi. Nechchi martta mayatnik bir tamondan ikkinchi tamonga siljishi juftlikni o’ziga bog’liq.

Bu urushda asosiysi his-tuyg’ular to’liq o’chmasidan orqaga chekinish zarur. Juftingiz orqaga chekinib, sizga yon bosib, muloyimlik bildirib, murosaga kelishga harakat qilgan zahoti o’zingizni to’xtating. O’ylab ko’ring, siz isbotlamoqchi yoki erishmoqchi bo’lgan narsangiz qanchalik muhim.

“Mayatniksimon urush” ni boshdan kechirish orqali siz bir biringizga shaxsiy chegaralaringizni ko’rsatib, qayerga qadam bosish mumkin emasligi haqida belgi berasiz. Agar siz shaxsiy talab va etirozlardan ko’ra baxtli hayotni tanlagan holda shu urushdan o’tib olsangiz, o’rtangizda bir umrlik o’zaro ishonchga asos solinadi. Siz qaysi gaplar yoki hatti harakatlar ikkinchi tamonga qattiq ta’sir qilmasligi va qandaylarini aytmagan yoki qilmagan maqul ekanligini yahshilab bilib olasiz. Agar sizni munosabatlaringizda “Mayatniksimon urush” bo’lmayotgandek tuyulsa, yahshilab e’tibor bering, balki, u juda sekin o’tayotgandir yoki surunkali jarayonga aylanib qolgandir.

Psihologlar bu urushni mavjudligidan ko’z yummaslikni maslahat berishadi. Chunki u ikki juft orasida sog’lom, ochiq va bir umrlik iliq his-tuyg’ularni taminlaydi. “Mayatnik” jarayonidan muvaffaqiyatli o’tish orqali siz bir umrlik noto’g’ri hatti-harakatlardan sizni asrovchi o’ziga hos “emlash” olasiz.

Bu urushdan muvaffaqiyatli o’tish uchun eng avvalo juftingiz qayergacha borishini tushunib olguningizcha orqaga chekinib turing. So’ng o’zingiz nimani xohlashingizni tushuntirib berishga harakat qiling. Harakatlar ketma ketligini saqlang. Yani, orqaga chekinishdan boshlash kerak.

“Mayatniksimon urush” davridan o’tib olgandan so’ng munosabatlar sokinlik holatiga o’tadi, siz juftlikdagi o’z o’rningizni topasiz va keyingi shunday holatlarda nima qilish va o’zingizni qanday tutishni yahshi bilasiz. Sizda juftingizga nisbatan kuchli ishonch yuzaga keladi. Siz ikkingiz ham tanlov bosqichidan o’tdingiz. Yani, o’zi bilganicha va juftsiz yashash yoki orqaga chekinish va u bilan qolish. Va har bir inson o’z injiqlik va talablarini chetga surib, baxtli hayotni tanlasa, natijada haqiqiy va mustahkam oila yuzaga keladi. Siz bo’layotgan voqiyalarni tushunishni boshlaysiz, orangizda ruhiy yaqinlik, muhabbat, bir-birini ezozlash va o’zaro hurmatga asoslangan er-xotinlik munosabatlari yuzaga keladi.

Oilangizga baxt va soadat tilab, maqola haqidagi fikrlaringizni kutib qoluvchi, Dilshod Hakimov.

3.27 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.27 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 4

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05/2018
3 Шерзод Шерматов 14/05/2018
3 Мақсуд Саломов 14/05/2018
3.5 Расул Кушербаев 14/05/2018
4 Маҳсуджон Асқаров 16/05/2018
3 Бахтиёр Шералиев 17/05/2018
3 Қаҳрамон Асланов 17/05/2018
2.5 Нигора Умарова 18/05/2018
3 Олимжон Солижон ўғли 19/05/2018
3 Давронбек Тожиалиев 19/05/2018
3.5 Тўлқин Юсупов 19/05/2018
4 Умид Гафуров 19/05/2018
3 Музаффар Назаров 20/05/2018
3 Шунқор Чориев 20/05/2018
3 Абдумалик Носиров 20/05/2018
3.5 Мубашшир Аҳмад 20/05/2018
3 Мансур Тангишов 21/05/2018
4 Нодир Закиров 21/05/2018
3 Иноят Садикова 21/05/2018
3 Уйғун Ғафуров 21/05/2018
3.5 Беҳзод Қобулов 21/05/2018
3.5 Адҳам Отажонов 21/05/2018
3.5 Ботиржон Шерматов 21/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр