Nega dasturchilar davlat ishlaridan qochishadi?

Oxirgi bir yil ichida barcha davlat tashkilotlari dasturchilarni ishga olish bo‘yicha juda ko‘p takliflarga ko‘zim tushyapti. Oylik maoshlar ham oldingidan ancha yuqori. Misol uchun MIB 7-11 mln. oylik maoshga taklif qilyapti. Bundan tashqari har bir davlat tashkiloti dasturchi mutaxassislarga muhtoj. Nega oylik maoshi yaxshi, qo‘shimcha imkoniyatlar mavjudligiga qaramasdan dasturchilar hamon tashqi davlatlar bilan yoki freelancer sifatida (erkin tartibda) ishlashni ma’qul ko‘rishadi? Agar bunga faqat oylik maosh kamligi desangiz juda katta xato qilasiz. Bu yerda boshqa kamchiliklar ham mavjud. Keling shular haqida gaplashsak.

Agar siz barchasi oylik maoshga borib taqaladi, agar sizga ham 2000$ oylik maosh taklif qilsa albatta ishlashga borasiz deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz, iltimos maqolaga 1 baho qo‘yingda davomini o‘qimang. Vaqtingizni sarflaganingiz qoladi.

Talabalik davrimda bitta proyekt ustida ishlaganmiz, tepamizda 3 ta “boshliq” bor edi. Bir kun kelib bittasi bunday qilasizlar deb ketsa, ikkinchisi kelib, nega bunaqa qildinglar boshqacha qilinglar. Uchinchisi kelib esa, sizlarga kim aytdi bunaqa qilasizlar deb u o‘zni talablarini qo‘yib ketardi. Proyektni oxir-oqibat o‘zimiz bilgancha tugatib ishdan bo‘shab ketganmiz. Shu paytlar hech kim nima ish qildinglar deb emas balki aksincha qog‘ozda nimalar yozilgan deb qiziqishardi va shu tariqa pulning asosiy qismini 3 ta “boshliq” bo‘lashgancha ozgina shamoli dasturchilarga tegardi. Hozir vaziyat ancha yaxshilashgan, oldingiday 3 ta “boshliq” emas. Lekin shuncha islohotlar bo‘lishiga qaramasdan haligacha tizim biz dasturchilar xohlaganday shakllanmagan. Bunga asosiy sabab, proyektga bosh bo‘lgan “boshliq” toshbaqa uchadimi degan savoliga yo‘q uchmaydi, siz nima deyotganingizni bilasizmi, qaysi zamonda toshbaqa uchgan deb sal aqllilik qilsangiz na oylik maoshingiz ko‘tariladi, na o‘zingiz ko‘tarilasiz, na sizga bonuslar yoziladi. Siz qanchalik yaxshi mutaxassis bo‘lmang, boshliq baribir boshliqda.

Birinchi sabab shu, yaxshi mutaxassis sifatida qilinayotgan ishning xatoligini bilib turib jim tura olmasligim meni davlat tashkilotida ishlab “boshliq” larga yaxshi ko‘rina olmasligimga sababchi bo‘lishidir.

Biz insonmiz, har qanday sharoitga moslasha olamiz. Mayli toshbaqa uchadi faqat yerga tegib deb, sekin “boshliq” ga tushuntirarmiz. Asta-sekin “boshliq” ham bizlarni tushuna boshlar. Shu bilan birinchi muammoni hal qildik deb endi ishlayman desangiz, ertalab 9:00 da ishda bo‘lishimiz shart lekin “boshliq” ketguncha hamma joyida o‘tirishi lozimligini eshitasizu, eh deb qo`yasiz. Agar “boshliq” dan oldin ketsangiz yana ancha narsadan quruq qolasiz. Bu nima degani endi. Biz kuni bo‘yi kompyuter oldida o‘tiramiz, kuni bo‘yi miyamizni ishlatamiz. Agar inson jismoniy mehnat qilsa, uyiga borib darhol uxlab qoladi, lekin aqliy mehnat bilan shug‘ullangan insonlarda uxlash juda qiyin bo‘ladi. Uyga soat 21:00 atrofida borsak (agar “boshliq” ning birorta ishi chiqib qolib ketgan bo‘lsa) yana ovqat yeb, miyaga dam berib uxlayman deguncha soat 00:00 atrofi bo‘lib qoladi. Ertaga yana chala uyqi bilan 9:00 dan kechga qolib borsangiz gap ham eshitasiz. Uyqu chala bo‘lsa odam ishlagisi ham kelmaydi. Samaradorlik 50% gacha tushib ketadi.

Ikkinchi sabab, dasturchilarga erkin grafikda ishlashni tashkil qilish kerak. Chunki o‘zim ham vaqti kelganda kuniga 16 soatlab ishlayman, vaqti kelganda 4 soatlab ishlayman lekin aytilgan ishni aytilgan vaqtida tugatish zarurligini juda yaxshi bilaman. Shundoq ekan, dasturchilarga ma’lum bir muddatga ishni berish kerak va shu muddat oralig‘ida uning qayerda va qanday sharoitda ishlaganini emas, balki ishni qanday tugatganligini nazorat qilgan holda baho berish kerak.

Ikkinchi muammoni hal qilish sal qiyinroq, chunki SSSR ta’siridan endi ozod bo‘lgan davlatga ishchilarning ish xonaga kelmay ishlashi bu “katastrofa“. Mayli bu muammoni ish xonani 24 soat ochiq holda qoldirib, ishchilarni kelgan va ketgan vaqtlarini nazorat qiladigan tizimlar orqali bir ilojini ham qilishar deb xursand bo‘lsangiz, uchinchi muammo, ish xonaga “galstuk” (bo‘yinbog‘) taqib ko‘ylak-shimlarni kiyib kelish kerak ekan. Nimamish man “katta” lar bilan ishlarmishman. Shu kattalarning o‘zi shu klassik kiyimda bitta joyda qimirlamasdan, qattiq stulda o‘tira olarmikan a?

Shunaqa qilib uchinchi sabab, kiyim masalasi. Biz dasturchilar bo‘lsak, mijozlar bilan ishlamasak, hech kimning ko‘ziga deyarli ko‘rinmasak, nega endi chiroyli kiyinib o‘tirishimiz kerak. Erkin, o‘zimizga mos kiyimlarda o‘tirib ishni tezroq tugatganimiz ma’qul emasmi?

Biz XXI asrda yashayapmiz, oldinga intilishimiz kerak. Toshbaqalarning uchadigan davrlar o‘tdi. Agar davlatimizning rivojlanishini xohlasak o‘z bilganimizcha emas, dunyo tajribasidan kelib chiqib sharoitlarni yaratishimiz kerak. Shundoq ekan, hech bo‘lmaganda quyidagicha qilinsa, o‘ylashimcha hozirgidan ancha yengilroq bo‘lardi.

Birinchidan, birorta ishni boshlashdan oldin mutaxassisga topshirish va to‘laqonli o‘rganib, yakunlangan ish sifatida dasturchilarga topshirish, yo‘l-yo‘lakay o‘zgartirmasdan.

Ikkinchidan, “boshliq” lar aytgancha emas, yuqorida tugallangan ish bo‘yicha qilish.

Uchinchidan, mayli 9:00 da kelmasin lekin kuniga 8 soat yoki haftasiga 40 soat ishlab bersin. Xohlasa bir kunda 16 soatdan 3 kun ishlasin, xohlasa 7 soatdan 6 kun. Albatta ishxonaga kelgan holda. TimeDoctor kabi dasturlar yordamida ishchilarning uyda o‘tirib ishlagan yoki ishlamaganini bilish imkoni bo‘lishiga qaramasdan, yuqorida yozganimdek, ish xonaga bormaslik bu biz uchun “katastrofa”.

To‘rtinchidan, yerto‘lada o‘tirsayam, erkin kiyinsin!

Agar mendan yuqoridagi sharoitlar yaratilganda ishlarmidingiz deyishsa, balki “propiska” uchun balki vatanga xizmat qilish hissi uyg‘onganda ishlashim mumkin deyman. Lekin hozir “otib tashlashsayam” ishlashga bormagan bo‘lardim.

4.15 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    4.15 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.38 / 12
  • Муштарийлар баҳоси
    4.55 / 28

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Бахтиёр Шералиев 30/05, 15:43

Men bilgan rivojlangan davlatlarda aksincha dasturchining ko'ngliga qarashadi, uning qachon ishga kelib qachon ketgani, nima kiyishi, qayerda ishlashi muhim emas, aksincha natijaga e'tibor qaratishadi. Blogpostga keladigan bo'lsak tor soha vakili sifatida o'z muammolaringizni yaxshi yoritibsiz.

3.5 Расул Кушербаев 30/05, 22:39
5 Мубашшир Аҳмад 31/05, 09:19
5 Абдумалик Носиров 31/05, 11:44

Ўзимни сохам. Хаммаси тўғри. Яна қўшимча ишларга хам жалб қилишади.

3.5 Давронбек Тожиалиев 31/05, 11:54
4 Уйғун Ғафуров 31/05, 18:04
4 Мақсуд Саломов 31/05, 18:13

Dasturchilar ishi va faoliyati bilan biroz tanishman. Hozirda jamiyatda qulayliklar yaratish, iqtisodiyotni ozmi-ko'pmi oldinga siltishda dasturchilarning o'rni katta. Mavzuning dalzarbligi uchun baho biroz ko'tarib qo'yildi.

3.5 Нигора Умарова 31/05, 20:02
4 Маҳсуджон Асқаров 31/05, 21:29
3 Беҳзод Қобулов 01/06, 09:35
4 Олимжон Солижон ўғли 01/06, 11:57
5 Тўлқин Юсупов 01/06, 13:04
3.5 Қаҳрамон Асланов 01/06, 14:09
3 Музаффар Назаров 01/06, 18:29
5 Адҳам Отажонов 01/06, 18:57
5 Умид Гафуров 01/06, 21:12
5 Иноят Садикова 02/06, 00:49

Qisqa, lo'nda va nishonga qaratib yozilgan.

4 Нодир Закиров 02/06, 07:48
4 Мансур Тангишов 02/06, 17:23
5 Шерзод Шерматов 02/06, 20:12
4.5 Шунқор Чориев 02/06, 20:19
5 Саид-Абдулазиз Юсупов 02/06, 20:35
4 Ботиржон Шерматов 02/06, 21:08
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
11 та фикр