Mitti yaproq hikmati

Madina Nazarova
Саралаш

Negadir menga quyosh charaqlagan issiqlik ulashayotgan kundan ko`ra bulutli kunlar ko`proq yoqadi.

Ana shunday kunlarning birida yomg`ir asta tomchilayotgan paytda tabiatni kuzatish menga maroq bag`ishlaydi.

Saharda uyqum qochdi,soat millari beshdan yigirma besh daqiqa o`tganini ko`rsatmoqda edi.Hamma yoq jimjit faqatgina masjid tomondan qiroat ila o`qilayotgan azon ovozi qulog`imga chalindi.

Shu payt bog`imizdagi qanddek o`rik shohidan hali sarg`ayishga ham to`liq ulgurmagan kichkinagina yaproq uzildi, lekin hamma barglar singari “chirt” etgan tovush chiqarib daraxt novdasidan uzilgani yo`q!

Balki men noto`g`ri eshitgandirman... Yo`q, yo`q aniq ravshan eshitdim u daraxtning nozikkina novdasida uzilayotib “shukur” degan tovush chiqardi.

Bu jajji yaproq shamol kuchi bilan asta uchmoqda ,shamol huddi uni ermaklagandek goh tepaga, goh pastga tshurardi.

Yo Rab u yana shukur degan sado chiqardi. U ona yer bag`riga asta tushyotganda ham qulog`im ostida shu so`z jaranglagandek bo`ldi,”shukur”…

Yuqorida aytganimdek u hali to`liq sarg`ayishga ham ulgurmagandi, demak uning bu dunyoga kelganidan ketgani tez bo`libdi.Lekin shunda ham noshukurlik qilmadi. Shu mitti yaproq umrining poyonida barchaga ibrat bo`lguvchi so`zni jon holatda ham aytishga kuch topa olgani katta jasorat edi.

Men jimgina hayol ummoniga shong`idim, qachon men so`nggi bor shukur so`zini aytgandim?! Nahot, shukrona keltirish uchun , albatta, g`am- alam chekish kerak bo`lsa?! Nega faqat qandaydir tashvish yoki g`am- amdan forig` bo`lganimizdagina bizning tilimizda bu so`z jaranglaydi?! Bir maromda ketayotgan to`kin hayotimiz haqqi dildan chiqarib birgina so`z aytish qiyin bo`lsa?!

Hayotining so`ngida menga katta ibrat hadiya etgan mitti yaproqqa rahmat aytib , uning jonsiz tanasi endi shamollarga ernak bo`lmasligi uchun avaylab tuproq ostiga qo`ydim…

Hozir voy hayolparastey deb miyig`ida kulayotgandirsiz biroq men eshitganim ko`rganim va his qilganlarimnigina bayon etdim.

2.99 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.99 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 3

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Олимжон Солижон ўғли 05/05, 21:34
2.5 Расул Кушербаев 07/05, 20:56
2 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:22
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05, 03:23
3 Шерзод Шерматов 17/05, 22:32
3 Нигора Умарова 18/05, 20:36
2 Давронбек Тожиалиев 19/05, 13:29
3 Бахтиёр Шералиев 19/05, 14:00
2 Мақсуд Саломов 19/05, 15:05
1 Тўлқин Юсупов 19/05, 17:45
2 Уйғун Ғафуров 19/05, 18:33
2.5 Умид Гафуров 20/05, 00:20
3 Музаффар Назаров 20/05, 17:44
3 Шунқор Чориев 20/05, 20:47
2 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:22
3 Абдумалик Носиров 20/05, 23:03
3 Мубашшир Аҳмад 20/05, 23:41
3 Қаҳрамон Асланов 21/05, 11:19
3.5 Мансур Тангишов 21/05, 11:30
2.5 Иноят Садикова 21/05, 14:03
4 Нодир Закиров 21/05, 14:52
3 Адҳам Отажонов 21/05, 19:56
2.5 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:33
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр