Men topgan Qur'ondagi ilmiy mo'jiza!

Assalomu alaykum!

Tog’risi nimadan yozishni, nimadan boshlashni ham bilmayman. Lekin ushbu maqolani o’qir ekansiz, siz uchun ozgina miqdorda foydasi tegishi mumkin bo’lgan nimadir olishingizga umid qilaman.

Aslida maqsadim blogerlar chempionatida qatnashish emas edi, bundagi bir biridan mazmunli, bir biridan foydali maqolalar va turli ma’lumotlarni o’qib, bilimimni yanada ko’paytirish maqsadida kuzatib borayotgan edim.

O’quvchilar uchun foydali nimadir bo’lsa qatnashing, degan yozuvlarni ko’rib, tasodifan fikr keldi, agar hozircha dunyoda yo’q yangilik bo’lsa, o’quvchilarning juda ko’pchiligi albatta foydali bilimga, ma’lumotga ega bo’ladi, shunday narsa bo’lsa qatnashaman, degan edim.

Shunday narsa bugun yuz berdi, bilishimcha, taxminimcha hozircha bu ma’lumot biror joyda e’lon qilinmagan va e’tibor berilmagan, agar adashgan bo’lsam uzr.

Lekin mabodo adashgan bo’lsam, ham, siz o’quvchi albatta bundan foyda olasiz.

Men juda ko’p hollarda dunyodagi turmushda uchragan qiyinchiliklar, tashvishlar, yomon insonlarning, yaxshi insonlarga nisbatan bo’lgan adolatsizliklari haqida o’ylanib yuraman. Xudoning oldida juda ko’p marta vijdonim qiynaladi, men juda ko’p insonlarga nisbatan juda ko’p imkoniyatlarga ustunliklarga ega inson bo’la turib, ko’pincha yordam berolmasligim, hayirli ishlarni kam qilishimdan juda ko’p qiynalaman. Izlay-izlay bir loyihaning orzusini tuzdim, nasib etsa, qachondir, insonlarning juda ko’pchiligiga yordami tegishi mumkin bo’lgan loyihani yo’lga qo’yaman degan qaror qildim. Ya’ni, bemor bolalarni, agar davolanishga moddiy imkoniyati bo’lmasa, davolanishiga moddiy tomondan yordam beruvchi fond tuzmoqchiman. Buning uchun ma’lum darajada ko’p mablag’ yeg’ish kerak. Lekin inson maqsad qilsa va shu maqsadiga intilsa albatta qachondir erishishi mumkin.

Mening bemor bolalarga yordam beruvchi fondim, asosan o’sha tuzalib katta bo’lgan bolalar hisobiga faoliyat yuritadi. Agar boshlanishini boshlab bera olsam, keyin tuzalgan bolalarning o’zlari katta bo’lishganda ta’minlay olishadi albatta. Nasib qilsa albatta shunday fond ochaman.

Bu haqida Qur’onda ham ko’p yozilgan ekan. Ya’ni, hayir ehson qilish haqida juda ko’p narsalar bor ekan, insonlar-insonlarga hayir ehson qilishsa, bir-birlariga yordam berishsa qanchalik foydali ekanligini yozilgan suralar, oyatlar juda ko’p ekan. Natijada diniy bilimimni oshirishga ham ahd qildim. Shuncha vaqt juda ko’p holatlarda bu narsalardan ma’lum darajada savodsiz bo’lib keldim, endi bilishimcha juda ko’p manbalar turibdi, yurtimizda Qur’on musobaqalari, Hadis bilimdoni tanlovlari, yangi-yangi diniy kitoblar chop etilayotgani ham menga yanada katta imkon beradi.

“Bismillohi rahmoni rahiymn”ni aytib islom.uz saytiga kirdim, oyatlarni o’qidim, natijada o’sha men aytgan narsa yuz berdi, hozircha dunyoda e’tibor qilinmagan bir ma’lumotni ko’rib qoldim, bir oyatga e’tiborim ketib qoldi:

Бақара сураси, 261-оят

2- 261. Молларини Аллоҳнинг йўлида сарфлайдиганларнинг мисоли худди ҳар бошоқда юзтадан дони бор, етти бошоқни ўстириб чиқарадиган бир дона донга ўхшайдир. Ва Аллоҳ Ўзи хоҳлаган кишисига янада кўпайтириб берадир. Ва Аллоҳ қамрови кенгдир, ўта билувчидир.

Shunda birdan bolaligimda dalada bug’doyzordagi bir dondan qancha bug’doy chiqishiga qiziqqanlarim yodimga tushib qoldi, esimda bir tupda taxminan 7 tacha bug’doy o’sib chiqar edi.

Nahotki? Tezda internet orqali ma’lumotlarni izladim va…quyidagi ma’lumotga duch keldim:

SubhonAlloh!...

Ya’ni har bir donda 7 ta asos xromosoma bo’lar ekan!

Bu men uchun Qur’oni Karimdagi ilmiy mo’jizaning ochilishi edi!

Qur’on ilmiy mo’jilari yozilgan manbalarda bu haqida topolmadim. Balki buni boshqa joylarda e’lon qilinganmi yo’qmi, lekin men uchun bu ilmiy mo’jiza bugun kashf qilindi.

Men kutgan va barchamiz kutgan KUN uchun, ya’ni Qiyomatda yuzim yerga qarab qolmasligi uchun ko’proq hayirli ishlar qilishim kerakligiga ishora deb qabul qildim.

Assalomu alaykum rahmatullohu va barakotuh.

3.00 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.00 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 6

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2.5 Мансур Тангишов 05/05, 23:44

Mavzu yaxshi tanlangan, ijtimoiy ahamiyati nisbatan tor doiradagi o'quvchilani qiziqtirishi mumkin tarzda yozilgan. Muallifning shaxsiy fikri mavjud va u yangi loyiha tuzishni taklif etgan. Yozish uslubi oddiy, ishlov berilmagan, o'quvchilarni qiziqtiruvchi turli usullar qo'llanilmagan, shuning uchun ham oddiy blog sifatida qarashga sabab bo'ladi. Matnda imloviy xatolar ko'p, qo'yilgan rasm skrinshot tarzida bo'lib, ichidagi ma'lumotlar rus tilida, agar o'zbek tilida bo'lganda yanada o'qimishlilik darajasi ortgan bo'lar edi. Umuman olganda g'oya yaxshi, mantiqiy bog'lanish bor, diniy va dunyoviy bilimlarni o'zaro bog'lash ijobiy holat, keyingi postlarda nisbatan kengroq yoritilgan, qiziqarliroq tarzda bayon etilgan postlarni kutib qolaman.

5 Расул Кушербаев 10/05, 00:25
4 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:13
4 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05, 02:55
4.5 Шерзод Шерматов 17/05, 22:51
2.5 Давронбек Тожиалиев 18/05, 14:04
1.5 Бахтиёр Шералиев 18/05, 15:06

Blogpostingizdagi bu gaplar bilan biologlarni rosa kuldirdingiz! Iltimos, biologik terminlarni Qur'on bilan solishtirib o'zingizcha xulosalar qilib dinimiz sha'niga minus ishlar qilmang. Buni professionallarga qo'yib bering, yoki avval yaxshilab har ikki sohani ham o'rganing.

2 Нигора Умарова 18/05, 19:47
3 Олимжон Солижон ўғли 19/05, 00:38
2 Тўлқин Юсупов 19/05, 18:05
2 Уйғун Ғафуров 19/05, 18:20
2 Умид Гафуров 19/05, 23:35
1 Беҳзод Қобулов 20/05, 10:31

Аввало, сарлавҳа жуда нотўғри танланган. "Мен топган Қуръон" ибораси жуда хато. Уни сиз топмагансиз. Бошқа мулоҳазалани шарҳлашга ижизман. Илмим етмайди...

2 Мақсуд Саломов 20/05, 15:24
2.5 Музаффар Назаров 20/05, 18:21
2 Шунқор Чориев 20/05, 20:42
2 Абдумалик Носиров 20/05, 22:57
2 Мубашшир Аҳмад 20/05, 23:34
3 Қаҳрамон Асланов 21/05, 11:19
2.5 Иноят Садикова 21/05, 13:54
4 Нодир Закиров 21/05, 14:54
3.5 Адҳам Отажонов 21/05, 19:57
3 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:36
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
6 та фикр