Men o‘zbekistonlikman!

Asror Abdunazarov
Саралаш

Men o‘zbekistonlikman. Ha, noto‘g‘ri eshitmadingiz. Men o‘zbekistonlikman. Bu jumlani qayerga borsam ham takrorlashdan qo‘rqmayman va uyalmayman. Nima uchun qo‘rqishim, uyalishim kerak!?

O‘zbekistonning poytaxti — Toshkent. Poytaxti azimga turli joylardan har xil yumush bilan turli odamlar kelib turadi. Toshkent boshqa viloyatlar kabi oddiy bir hudud. Modomiki, poytaxt maqomi unga tegishli ekan, tabiiyki, bu hududga odamlar oqimi davomiy bo‘ladi. Bundan kir izlamaslik lozim. Har qanday rivoj topgan mamlakat poytaxti doimo xalq, odamlar bilan gavjum.

Bir onadan turlicha xarakterli o‘g‘il-qiz farzandlar dunyoga kelishidan xabardorsiz. Lekin bir onadan tug‘ilgan farzandlar hech qachon bir-biriga sening onang, sening otang, sening vataning boshqa deb aytmaydi. Unda nima uchun bir vatan — O‘zbekiston farzandi bo‘la turib, sen vodiylik, sen vohalik, sen toshkentlik, sen “viloyatlik” degan mahalliychilikning siyqasi chiqqan nifoqqa to‘la, chirkin jumlalar bilan o‘z tomirimizga o‘zimiz bolta urishda davom etyapmiz.

Ha, bizga tashqi dushmanning keragi yo‘q. Bir vatanning farzandi — bir vohalik, bir vodiylik yig‘ilgan joyga mahalliychilikning urug‘idan bir donasini “sepib yuboring”, natijasi quyon qila oladigan ishdan ham tez o‘zini ko‘rsatishiga men kafil. O‘zimizni isloh qilmas ekanmiz, hech qachon odam bo‘lmaymiz!?

Hozir hamma yaponlarga, koreyslarga havas qiladi. Ular rivojlanyapti. Ular rivojlanadi. Chunki ular sen tokiolik, sen hokkaydolik, sen seullik, sen pusanlik degan “pistirmali qistirma” jumlalarni allaqachon ishlatishni to‘xtatgan. Ular shuning uchun ham bir millat, bir ulkan xalqqa aylandi.

Shu o‘rinda kasb mas’uliyatidan kelib chiqib, viloyat so‘ziga ta’rif berib o‘tsam. Viloyat — arabcha so‘z bo‘lib “boshqaruv” deganidir. Qadimdan ishlatib kelinadigan ushbu so‘z umumiy ma’noda joy, o‘lka, mamlakat, bora-bora esa shahardan (poytaxtdan) tashqari hudud sifatida tushunila boshlangan.

Men ham O‘zbekistonning bir viloyatida dunyoga kelganman. Taqdir peshonaga yozgan ekan, poytaxtda rizqimni terib yuribman. Istardimki, har bir inson o‘zini, farzandlarini O‘zbekistonda tug‘ilgan ekan, men u yerlikman, men bu yerlikman deb emas, balki faxrlanib O‘ZBEKISTONLIKMAN deb aytsin va ayta olsin. Shundagina hech kimdan kam emasmiz deb aytsak yarashaveradi!

3.10 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.10 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.11 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 9

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3.5 Бахтиёр Шералиев 26/04, 22:02

Juda yaxshi mavzu ko'tarilgan, lekin biroz bo'sh yoritilgan. Holatga yanada aniqroq va kreativroq yondashilsa bo'lar edi.

3 Олимжон Солижон ўғли 02/05, 20:09
2.5 Давронбек Тожиалиев 06/05, 13:13
3.5 Маҳсуджон Асқаров 13/05, 13:11
2 Расул Кушербаев 15/05, 21:56
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 03:32
2.5 Шерзод Шерматов 17/05, 14:42
2.5 Тўлқин Юсупов 19/05, 15:43
2 Нигора Умарова 19/05, 17:25
3 Уйғун Ғафуров 19/05, 19:22
3 Мақсуд Саломов 19/05, 19:28
3 Умид Гафуров 20/05, 01:29
2 Қаҳрамон Асланов 20/05, 13:16
2.5 Музаффар Назаров 20/05, 14:00
3 Шунқор Чориев 20/05, 21:07
3.5 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:41
3 Абдумалик Носиров 20/05, 23:29
3.5 Мубашшир Аҳмад 21/05, 00:16
2.5 Мансур Тангишов 21/05, 11:51
3 Иноят Садикова 21/05, 14:16
4 Нодир Закиров 21/05, 14:17
3.5 Адҳам Отажонов 21/05, 19:41
3 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:25
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр