Maqola yozolmay qoldim

Bahodir Hasanov
Саралаш

Gap egasini topadi

Maqola yozolmay qoldim. Bilmadim nima uchun, lekin hech gapim gapimga qovushmayapti. Bir narsa yozsam, o'nta xato. Maqola yozish buncha qiyin emasdi-ku?!

Maqola o'zi nima to'rtta gapni bir-biriga qovushtirib, unga muhtaram prezidentimizdan yarim betlik to'rtta iqtibos va vatanimiz mustaqilligi uchun to'rt enlik hamd-u sano-yu orasiga o'tgan yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida amalga oshirilgan ishlar va uning amaliy natijalari haqida ikki enlik "qisqa hisobot" (el qatori-da endi) berilsa, gazetaning birinchi betida yoyilibgina turadigan "gonorar". Shu bo'ldi. Tamom.

Qayerdan birovi chiqdi-yu, bir nimalar deb shuncha yillik nonimni yarimta qildi, zang'ari! Emishki, buyog'iga eskicha yashab bo'lmas emish. Eskicha yashab nima haliyam shahar markazidagi uyimning tomini kurab, yozda suvab yuribmanmi? Maqtasam, vatanimni maqtayapman. Universitetga bitirayotgan o'g'lim haliyam tilni endi-endi o'rganayotgan bo'lsa, nima qilibdi? Zato, imtihonda 36 talikni tekis urgan. Qanday qilib? Buyog'i endi uchinchi tomon siri! ;) Unisini bilishingiz shart emas. Yoki qizim hali ham alifni kaltak deb turib maktabda a'lochi bo'lib yurgan bo'lsa, nimasi yomon ekan? Shuyam muammomi, endi! Har kungiday kun! Nimasini maqola qilaman buni? Yo, o'zimga tekin dushman orttiraymi? Undan ko'ra, bir tashkilotga borib, xo'jayinchani bitta qo'lbola oshidan oshab, ("xotin aka" ta'biri bilan aytganda,) anavi oting qurg'urdan 50 ta otib, yaxshi "material" qilsang, shunisi yaxshimasmi? Nima emish, endi el dardi bilan yashash uning istaklarini hisobga olish kerakmish! Tfuu!!! O'rgildim sendaka redaktrdan! El og'ziga elak tutib bo'larmidi? Unga mikrofon berding nima kaltak berding nima. Har ne bo'lsa, gaztta o'qiganiga ishonadi-da, zang'ar! Yana nima ekan, anavi S.S. deganini bir kuzataylikmish! Bilamiz, juda yaxshi bilamiz. O'ziyam bir qarasang S. ga o'xshab ilonday chaqvolaman deydi. Betingmidi, ko'zingmidi deyish qayda... Zamon ko'tarsa, yotqizvolib... ko'tarmaydi-da... Bunaqalarni yana bittasi bor. S.S. ga o'xshagan muxolifatbashara oti nimaydi, K.T. midi-ye. Unisiyam bundan qolishmaydi. Nima emish markaziy nashrlarda majburiy obuna bor emishda, bu dimokratiya tamoyillariga zid emish. Ey, tiling kesilgur, obuna qilmasa, shuuncha gaztti momomga oborib sotamanmi? Bularni yana bittasi bor X.X. degani. Qayerdanam yuridiskini bitirvoganda, qachon qarama bitta bosh og'rig'ini boshlagani-boshlagan. Endi uning dardiyam uzun aytgan bilan gap tugamaydi. Bundaylarku, mayli yana bir sayti chiqibdi K. degan. Ikki yil oldin shularni birov tanib, birov tanimasdi. Endi kuni el ichida o'tib ular ham odam bo'b qoldi. Eh... shunga o'xshaganlar ko'payib, bir nima yozib bo'lmayam qoldi. Ha aytgancha, yaqinda J. K. degani chiqibdi. "Adabiyot" degan gaztta "Fikrsizlik fojeasi" degan maqola yozibdi. Emishki, 25 yil fikrsizlikda yashabmiz, hamma muammo o'shanda qolibdi-yu, eng ko'kragimizda shamol tegayotganmish. Yana nima emish, Tohir Malik, Usmon Azim, Erkin A'zamlarni bahsga chaqiribdimish... Ha endi, Sh. R. davrida umrining gul davrini yashagan odam, o'sha kunlarni sog'inadi-da. Mayli, gapdan chalg'imay. Nima deyayotgandim? Ha, xullas, shunday qilib maqola yozolmayam qoldim, og'alar. Yozolmayam qoldim...

3.12 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.12 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 7

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3.5 Расул Кушербаев 07/05, 20:55
3.5 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:08
2 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05, 02:01
4 Шерзод Шерматов 17/05, 22:45
3 Мақсуд Саломов 18/05, 09:18
1.5 Бахтиёр Шералиев 18/05, 16:28
4 Нигора Умарова 18/05, 19:40
4 Олимжон Солижон ўғли 19/05, 00:42
2 Давронбек Тожиалиев 19/05, 13:36
1.5 Тўлқин Юсупов 19/05, 18:09
3 Уйғун Ғафуров 19/05, 18:15
4 Умид Гафуров 19/05, 23:27
3 Музаффар Назаров 20/05, 18:27
3 Шунқор Чориев 20/05, 20:40
1 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:34

Нишонга тегмаган ўқ)))

3 Абдумалик Носиров 20/05, 22:55
2.5 Мубашшир Аҳмад 20/05, 23:30
3 Қаҳрамон Асланов 21/05, 10:05
3.5 Мансур Тангишов 21/05, 11:05
2 Иноят Садикова 21/05, 13:52
4 Нодир Закиров 21/05, 14:16
4 Адҳам Отажонов 21/05, 19:41
3 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:24
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр