Mahalliychilik.

Farruxbek
Саралаш

"O‘zbekni tugatar mahalliychilik" deb aytganlar haq deb o‘ylab qolaman ba‘zida. Bu narsa jamiyatimizda mahallalardanoq darhol ko‘zga tashlanadigan xunuk holat.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p kuzatganim, respublikamizning "X" hududidan chempion chiqsa "X" hududdagilar boshlaydi "bu bizdanda bizni oshni yeb shunaqa kuchayib ketgan" va hakozo gaplar. "Y", "Z", "W" va boshqa hududdagilarni javobi esa "qayerlik bo‘lsa ham o‘zbekku, bilamiz qayerda tug‘ilganini eslatish shartmas, O‘zbekistonlik u".

Endi o‘sha "X" hududimizda yomon ish bo‘ldi kimdir bolasini, kimdir erini yoki kimdir otasini o‘ldirdi. Bu vaziyatda "X" hududdagilar bu odamni o‘zlarini oshini yeb katta bo‘lganini unutadi va hammamiz bir millat ekanligimizni eslaydi. "Y", "Z", "W" da yashaydiganlar esa faqat chempion bilan emas, ana o‘sha odam bilan ham millatdosh ekanligini unutib uni "X" hududdanligini isbotlashga tushadi. Biz alohida alohida jamiyatlar emas, bir butun holimizda o’zbek bo’lamiz. Aybi oshkor bo’lganda o’zimizdan itarishni emas, bir yoqadan bosh chiqarib, muammoni oldini olishni o’rgansak yaxshiroq bo’lardi, shunaqa vaqtlarda. Bu albatta, IMHO.

Bunday misolga kunda-kunora ijtimoiy tarmoqda, ba’zan hayotda ham tez-tez duch kelamiz. Muammoning asl ildizi real hayotimizda juda chuqur. Tarmoqlarda isitmasi oshkor qilishni boshlagan. Bu muammoga barham berish uchun balki yillar kerak bo’lar. Chunki ongida men o’zbekman, O’zbekiston mening yurtim degan tushuncha shakllangan avlod ulg’ayishini kutishimiz kerak. Aslida, bu ishni o’z farzandlarimizdan boshlashimiz kerak. Men, siz, u va boshqalar farzandlarimizni "buxorolik", "qo‘qonlik", "toshkentlik", "andijonlik", "namanganlik", "gulistonlik", "jizzaxlik" va boshqa joylik emas "O‘ZBEKISTONLIK" qilib tarbiyalaylik. Toki "O‘ZBEK" millatimiz 92 urug‘ga ajrab ketib qolmasin.

3.01 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.01 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.16 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 5

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2.5 Абдумалик Носиров 26/04, 11:35
4 Бахтиёр Шералиев 26/04, 22:06

Chet elda biror o'zbek terror ishini qilsa bu o'zbek emas deyishni ham bilishimizni qo'shib qo'ymansiz-da)) Darhaqiqat, muammo juda katta, buning kelib chiqishi uchun o'sha vaqtda "zarur" ishlarni qoyillatib amalga oshirishgan. Endi esa bu muammoni bartaraf etish yo'llari haqida ham fikrlash kerak. Agar muallif keyingi bosqichga o'tsalar, mana shu mavzuni qalamga olishlarini so'rar edim. Omad tilayman.

1 Давронбек Тожиалиев 27/04, 15:19
3.5 Адҳам Отажонов 27/04, 16:15
3 Олимжон Солижон ўғли 30/04, 20:40
3 Шерзод Шерматов 16/05, 18:43
3.5 Расул Кушербаев 16/05, 23:13
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 03:31
3.5 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:38
2 Тўлқин Юсупов 19/05, 15:25
1.5 Нигора Умарова 19/05, 17:25
2 Мақсуд Саломов 19/05, 19:30
3.5 Умид Гафуров 20/05, 01:34
2 Қаҳрамон Асланов 20/05, 13:11
2.5 Музаффар Назаров 20/05, 13:26
3 Шунқор Чориев 20/05, 21:10
1 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:42
3 Мубашшир Аҳмад 21/05, 00:25
3.5 Мансур Тангишов 21/05, 12:00
3 Иноят Садикова 21/05, 14:28
3.5 Нодир Закиров 21/05, 14:52
2.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 16:51
3 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:31
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр