Kalamush ayol (vlog)

Shohnur Mustafaev
Саралаш

 Bugun siz kalamushga aylangan ayol aslida kim ekanini va nima uchun undan qo'rqishning hojati yo'q ekanligini bilib olasiz.

Salom do'stlar. Bir necha yil oldin g’alati, sirli va qo’rqinchli bir fotosurat, butun dunyo va internet hamjamiyatini larzaga keltirdi. Rasmda aniq ayol kishi qayd etilgandi. Ammo tashqi ko’rinishi o’zining kalamushga o’xshashi bilan hayratga solardi. Kalamushga aylangan ayol. Bu nom bilan darhol internetda xilma xil nashrlar chop etishni boshlab, ushbu suratni e’lon qilishdi. Internet foydalanuvchilari orasida, shuningdek oddiy xalq orasida ham suratdagi ayol aslida kim ekanligi haqida har xil mish-mishlar tarqala boshladi.

Keling, ulardan eng mashhur va keng tarqalgan versiyani aytib o'taman. Ishonchim komil bu versiyani ko'pchiligingiz eshitgansiz.

 Bir kuni Arabistonda ona o'zining o'smirin qizini, muqaddas kitobni o'qishga chorlaydi. Lekin qiz bundan bosh tortadi va o'yin-kulgu qilishda davom etadi. Ona esa bu taklifni qiziga har kuni bera boshlaydi. Oxiri qiz bu gaplar uning joniga tekkanini aytib muqaddas kitobni uloqtirib yuboradi va mana shu ahvolga tushib qoladi.

Siz eshitgan versiya ham shunga o'xshash bo'lishi kerak. Bundan tashqari yana boshqa versiyalar ham bor albatta. Masalan: mutant, maxfiy labaratoriyalar jabrlanuvchisi, inson va hayvondan bo’lgan gibrid. Shu va yana ko’plab versiyalar bu daxshatli va sirli mavjudot tomonidan ilgari surilgan. Xo’sh, aslida bu ayol kim? Va bu fotografiya aslida qanday sirni o’z ichiga oladi?

Buni qarangki bu savollarga javob ancha oddiy bo’lib chiqdi. Aslida kalamush ayol bu shunchaki bir haykal bo’lib, bu haykaltarosh Patritsiya Pichchinini ko’plab asarlaridan bir na’muna ekan xolos. Asabi chatoq insonlarga bu haykallarni ko’rish tavsiya e’tilmaydi. Patritsiya o’zining juda ham g’alati ijod namunalarini yasashda silikon shishali tola va inson sochidan foydalanar ekan. U o’zining maxluqlarini juda ham yaxshi ko’radi va ularni chiroyli, beozor va hatto himoyasiz deb hisoblaydi. Shuningdek haykaltaroshning o’ylashicha zamonaviy ginetik muhandislik va biotexnologiya rivojlanish sur’atini o’sishini inobatga olsak, biz yaqin orada ularga duch kelar ekanmiz. Uning asarlari orasida mana bunday giperrealistik qahramonlarni ham ko’rish mumkin. Aniqrog’i uy hayvonlari bilan bolalarni. Bolalar ko’rib turganingizdek odatdagidek. Biroq uy hayvonlari bir vaqtning o’zida ham beozor, ham o’ta jirkanch. Tanqidchilar orasida Patritsiyaning asarlariga hamma har xil fikr bildiradi. Kimdir uning haykallarini dahocha fikrlash samarasi deb hisoblasa, yana kimdir uni aqldan ozgan ahmoq deb hisoblaydi. Menimcha to'grisi ham shu.

Mana shunaqa gaplar. Bu galgi "maxfiy malumot" ko'rsatuvimiz qisqaroq bo'lib qoldi. Lekin tez orada sizni juda ham qiziqarli rolik kutmoqda. Shunday ekan kanalimizga obuna bo'lishni unutmang! Xayr ko'rishguncha.


3.16 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.16 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2 Абдумалик Носиров 24/04, 11:43
3.5 Бахтиёр Шералиев 25/04, 07:38

Shaxsan men uchun yangilik bo'ldi bu ma'lumot. Muallifning gapirishi va o'zini tutishi o'ta samimiy, ishlarga omad, muhim mavzularni yoritishda davom eting!

2.5 Давронбек Тожиалиев 25/04, 21:57
3.5 Қаҳрамон Асланов 26/04, 15:34
3 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 21:34
4 Адҳам Отажонов 27/04, 15:59
4 Шерзод Шерматов 14/05, 02:54
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 01:50
2 Расул Кушербаев 17/05, 22:50
3 Музаффар Назаров 18/05, 18:22
3 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:50
4 Мансур Тангишов 19/05, 00:18
2.5 Тўлқин Юсупов 19/05, 14:24
2 Нигора Умарова 19/05, 17:17
3.5 Мақсуд Саломов 19/05, 19:48
4 Умид Гафуров 20/05, 10:55
3 Иноят Садикова 20/05, 18:02
2.5 Шунқор Чориев 20/05, 20:12
3.5 Беҳзод Қобулов 20/05, 23:25
3.5 Мубашшир Аҳмад 21/05, 08:20
4 Нодир Закиров 21/05, 13:05
0.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 16:32
3.5 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:22
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр