Internet resurslarining axborot olamidagi o‘rni

Doston Qamariddinov
Саралаш

Interaktiv multimedia vositalari bugungi axborot asrida ommaviy axborot vositalari tizimini o‘zgartirmoqda va uning yangi modellarini vujudga keltirmoqda. Zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash natijasida ommaviy kommunikattsiya vositalari deb nomlanib, ro‘y berayotgan texnologik jarayonlar uzatilayotgan axborot oqimining hudud, vaqt, hajm jihatdan chegaralanmasligiga olib kelmoqda.

Natijada bugun an'anaviy axborot muhitidan farqli bo‘lgan global axborot bozori shakllanmoqda. Mazkur muhitning vujudga kelishi mobaynida bu yerda o‘ziga yarasha siyosat, iqtisod hamda ijtimoiy munosabatlar shakllanib, ular o‘z navbatida izchil va chuqur tadqiqod va alohida izlanishlarni talab etmoqda.

Shu sababdan yangi global axborot muhiti va uning tarkibiy qismlari, xususan Internet-nashrlari, reklama va on-line tartibda faoliyat yurituvchi axborot agentliklarini o‘rganish masalasi dolzarblik kasb etmoqda.

Milliy bozorimizda faoliyat yurita boshlagan dastlabki on-line nashrlardan biri bu – Uzreport.com Internet portalidir. Mazkur elektron nashrning bir necha jihatlari uni alohida o‘rganishga zamin yaratadi. Avvalo Uzreport.com - mamlakatimiz iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayoti haqida ma'lumot beruvchi, birinchi Internet sayti sanaladi. Ikkinchidan, u nafaqat davlatimizga tegishli axborotlar manbai, balki faoliyatida tashqi iqtisodiy siyosatga yo‘naltirilganlik vazifasi ham mavjud. Uchinchidan, ushbu nashr, yangi jurnalistikaning ko‘rinishi bo‘lmish, Internet yoki on-line jurnalistikani o‘z faoliyatiga asos qilib olgan, milliy nashr sanaladi.

Internetdan joy olgan media resurslarni tavsiflaganda, ularning bir-biridan farq qiluvchi bir necha jihati mavjudligini inobatga olish zarur. Ommaviy axborot vositalari veb muhitda o‘z sahifasini ochar ekan, unga bir necha funksiyani yuklashlari mumkin. Ba'zi ommaviy axborot vositalari Internetda an'anaviy nashrining elektron variantini joylashtirsa, ba'zilari tahririyat haqida ma'lumot beruvchi korporativ sahifani ochadi va u o‘ziga yarasha visit card vazifasini o‘taydi. Lekin, ayni davrda alohida e'tiborga to‘liq on-line rejimida faoliyat yurituvchi elektron resurslarga qaratilmoqda.

Nazarimda, avvalo har bir jurnalist o‘z yurti, Vatanini e’zozlash, qadriga yeta olish hissi bilan yashashi lozim. Keng va teran mushohadali, chuqur bilimli, o‘tkir nafas egasi bo‘lish istagi bizni sira tark etmasligi kerak, deb o‘ylayman. Nega? Chunki Vatan g‘ururi, Vatan mehri hissi bilan yonmasak, egallagan bilim doiramizni hamisha, har qadamda yangilab, boyitib bormasak, hayotimizda har jabhada, har onda bo‘layotgan o‘zgarishlar, islohotlarni qanday qilib anglab olishimiz mumkin? Emin-erkin hayotimizga rahna solishga urinayotgan har qanday kuchlarga o‘z aql-zakovatimiz bilan zarba bermasak, ona diyorimizni nechog‘li ardoqlab, sevib-suyganimiz, shu vatan farzandi ekanimizni izhor etib, g‘ururlanmasak, o‘zgalarga qay yo‘sinda yordam bera olamiz? Fikrimcha, bugungi kunda jurnalist oldidagi muhim vazifa u nafaqat tevarak-atrofidagi, balki chet ellardagi voqea-hodisalardan boxabar bo‘lishi lozim. Tili uzun, qalami o‘tkir, ma’naviyati boy bo‘lishi uchun esa tinimsiz izlanishi kerak. Ana shu faoliyat jurnalist bilimi, aqli bilan uyg‘unlashsa, u o‘quvchisi – xalqining ishonchini oqlay olsa, ana o‘shanda vatanparvar degan tushuncha ko‘ngilga osongina jo bo‘ladi.

Hozir jurnalist oldida turgan birlamchi vazifa o‘zining bilimi, dunyoqarashini tinimsiz kengaytirish, professional mahoratini, saviyasini muttasil oshirishdan iborat. Toki shu narsa bo‘lmas ekan, balandparvoz gaplar, dabdabali shior va da’vatlar bir pul. Bugun biz «axborot urushlari» davrida yashayapmiz. Nechog‘lik vahimali tuyulmasin, bu – ayni haqiqat. Jahon axborot maydoni zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari tufayli sarhadsiz, chegarasiz, yagona hudud bo‘lib qoldi.

Internet tarmog‘i orqali tarqalayotgan axborotlar, yer yuzining istalgan burchagidagi manzilga, xonadonga kirib bormoqda. Uning yo‘liga hech qanaqa to‘siq qo‘yib bo‘lmaydi. Ana shundan foydalangan ayrim siyosat arboblari buyuk davlatchilik iddaolarini yangi kuch, yangi to‘lqin bilan avj oldirmoqdalar. Davlatlarni, xalqlarni o‘z «ta’sir va manfaat doirasiga» kiritish uchun, oddiy qilib aytganda, qaramlikda, «axborot mustamlakasida» tutish maqsadida, jamoatchilik ongi, shuuri, fikrini o‘zlari istagan yo‘nalishda shakllantirishga urinmoqdalar. Aniqrog‘i, axborot maydonida hukmronlik uchun ayovsiz kurash bormoqda. Bu kurash davomida turli tomondan bo‘layotgan va muttasil bo‘lajak axborot xurujlariga dosh berish, munosib javob qaytarish uchun ham aql, yuksak saviya, yuqori darajadagi bilim, mahorat, hozirjavoblik, qat’iyat suv va havoday zarur. Shunga erishsak, ayni paytda rostgo‘ylik, mustahkam iymon, pok vijdonga asoslangan aniq fuqarolik pozitsiyasini egallasak, yuragimizda Vatanga cheksiz muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur va oriyat jo‘sh ursa, chindan ham hech qachon, hech kimga qaram ham, hech kimdan kam ham bo‘lmaymiz.

Jurnalist oldidagi mas’uliyat, vazifa ham, agar u biror bir mamlakatga, jamiyatga mansub yoki kengroq olsak o‘z vataniga ega bo‘lsa, unda yashayotgan insonlar maqsad-muddaolari bilan mushtarak keladi. Uning kasbi nuqtai nazaridan amalga oshiradigan har bir ishi yurtining ertaga bugundan ko‘ra go‘zal, to‘kis va mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi. Qachonki, jurnalist bu yo‘ldan og‘sa, maydalashib ketadi, o‘z tayanch nuqtasini yo‘qotadi. Muallaq holatdagi narsa esa faqatgina xohish-irodasiz, tashqi ta’sir izmida harakatlanadi.

Mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy yutuqlarimiz salmog‘i asrlarga teng. Mening nazarimda, ana shu yutuqlarga yo‘l ochgan Istiqlol g‘oyalarini xalq ongiga singdirish eng muhim vazifadir. Bu ulug‘vor vazifani bajarilishi jurnalistdan analitik bilim, mahorat va iste’dod talab qiladi, jurnalistni Haq va Haqiqat tomonida bo‘lishini taqozo etadi. Haqiqat esa, Istiqloldan oziqlanadi. Yuragi pok, ya’ni qalbi haq tomondagi jurnalist istiqloldan ilhom oladi, hamisha haqiqatni yozadi, xalq bilan birga, Vatan ardog‘ida bo‘ladi. Hech vaqt birovlarning musiqasiga ham o‘ynamaydi, sotilmaydi.

Hamkasblarimizdan biri aytganidek, bugungi dunyoni yadro jamodonidagi tugmachani bosish bilan emas, balki radio mikrofoni tugmachasini bosish bilan o‘zgartirib yuborish mumkin. Shu sababli ham, o‘zbek jurnalistlari oldida to‘g‘ri so‘zni, haqiqatni yetkazishdek muhim vazifa turibdi.

Matbuot sahifalarida o‘qigan edim, «Ulkan iste’dodlar ko‘pincha bir-biriga do‘st emas, raqib bo‘ladilar». Men o‘zini iste’dodli deb bilgan jurnalistlar bir-biriga raqib bo‘lishini xohlayman. Hozir jurnalistlarning bir gazetadan ikkinchisiga o‘tib ketishi odatiy holga aylandi. Aslida esa jurnalistning boshqa jamoaga o‘tib ketishi katta sensatsiya bo‘lishi kerak.

Jurnalist xolis, jasoratli va doimo bedor bo‘lishi, faqat haqiqat tomonda turishi kerak. Eskicha ish uslublaridan voz kechadigan vaqt keldi. Eng katta kamchiligimiz yangiliklarning muhimini nomuhimidan ajrata olish malakasi shakllanmaganidir.

Jurnalist ro‘y berayotgan voqea va hodisalarga xolis yondashishi, ulardan o‘z manfaat yoki ayrim guruhlar foydasi uchun mos keladigan nuqtalarni izlamasligi kerak. Aslida xolislik jurnalistikaning asosiy qonunlaridan biri sanaladi. Afsuski, bugunga kelib, jurnalist uchun suv va havodek zarur bo‘lgan ushbu xususiyat ba’zi hamkasblarimizda yetishmayapti. Jurnalist uchun xolislikning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi tajribadan ma’lum. Uzoqqa bormaylik, Andijon voqealarida jurnalistning noxolisligi qanday holatlarni keltirib chiqarishi ro‘y-rost ko‘rindi. Qolaversa, u o‘z fikri va so‘ziga ega bo‘lishi kerak. Ijodkor uchun birovlar manfaati yo‘lida qaram, birovlar qo‘lida qurol bo‘lishdan ko‘ra ayanchliroq holat bo‘lmasa kerak.

3.11 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.11 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.09 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

3 Олимжон Солижон ўғли 05/05, 21:25
3.5 Расул Кушербаев 12/05, 01:31
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05, 01:55
4 Маҳсуджон Асқаров 16/05, 20:36
3 Шерзод Шерматов 17/05, 17:12
2.5 Бахтиёр Шералиев 18/05, 12:00
3 Давронбек Тожиалиев 19/05, 13:24
3 Нигора Умарова 19/05, 16:42
2 Тўлқин Юсупов 19/05, 17:19
3 Уйғун Ғафуров 19/05, 18:49
3 Мақсуд Саломов 19/05, 19:10
3 Умид Гафуров 20/05, 00:32
3.5 Мубашшир Аҳмад 20/05, 05:10
3 Музаффар Назаров 20/05, 16:37
3 Шунқор Чориев 20/05, 20:51
1 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:20
2.5 Абдумалик Носиров 20/05, 23:07
3 Қаҳрамон Асланов 21/05, 11:17
3 Мансур Тангишов 21/05, 11:41
2.5 Иноят Садикова 21/05, 14:06
3.5 Нодир Закиров 21/05, 14:16
3.5 Адҳам Отажонов 21/05, 19:41
3 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:24
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр