Dinsizlikka qarshi immunitet

Odina Xon
Саралаш

Bugungi kunda atrofimizda sodir bo'layotgan voqealar insonni hayratga soladi. Har gal ijtimoiy tarmoqqa kirar ekanman, lentada paydo bo'layotgan xabarlar odamni seskantiradi. Eng achinarlisi, kundan-kun bunday xabarlar oddiy hodisa sifatida qabul qilinyapti.

Bolasini o'ldirgan ona, dori ichgan qiz, o'z jigargo'shasini sotayotgan onalar, bog'dan olingan behayo videolar, shkafga yashirilgan, xojatxonaga tashlangan va suvga uloqtirilgan chaqaloqlar, nafs uchun o'g'irlangan qizaloqlar va o'z xotini qotiliga aylangan yigit.... Ehhe, bularning ro'yxatini davom ettirish inson zotiga nisbatan nafrat tuyg'ularini yuksaklikka olib chiqadi.

Hamma bunday voqealar uchun umumiy qilib dinsizlik va irodasizlik oqibati deyishimiz mumkin.

Bunday voqea-hodisalar aybdor shaxslarni jazolash bilan o'z yechimini topadimi? Yo'q! Kelajakda oramizda yana kimdir yoki biror yaqinimiz bunday holatga duch kelmaydi deb kim kafolat bera oladi? Hech kim! 

Yuqoridagi holatlarning aksariyatiga yoshlar sabab bo'lmoqda. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bunday voqealarga qarshi yosh avlodda immunitet hosil qilish kerak.

Taklif sifatida, 8-9-10-sinflar, akademik litsey va kollej, OTMlarda "Hayot va din" yoki shunga o'xshash irodasizlik va dinsizlikni bartaraf etuvchi dars soatlarini qo'shish zarur deb hisoblayman

Kimlarningdir xayoliga "Ma'naviyat soatlari darslari bor-ku" degan fikr kelgan bo'lsa kerak. 

Hammamiz o'quvchi bo'lganmiz va "Ma'naviyat soatlari" haqida tushunchaga egamiz. O'qituvchi o'quvchilarga berilgan rejadagi mavzu haqida qisman tushuncha beradi va qolgan vaqtini davomat, forma hamda tashkiliy ishlarga sarflaydi. Yana bir narsani ta'kidlab o'tish kerakki, "Ma'naviyat soat"lari sinf rahbarlari zimmasida. Kimdir matematik, kimdir fizik, kimdir biolog, kimdir geograf- har xil fan sohasi vakillari. 

Yuqoridagi taklif qilinayotgan dars soatlari uchun inson psixologiyasini tushunadigan, dindan xabardor mutaxassislar jalb qilinsa maqsadga muvofiq. Bunda o'qituvchi o'quvchilar bilan atrofda yuz berayotgan voqea-hodisalar haqida suhbatlashishi, fikrlarini tinglashi, bu holatga nima sabab bo'lgani, qanday chora ko'rilganda va voqea ishtirokchisi tomonidan qanday fikr yuritilganda bu holat sodir bo'lmasligi haqida munozara olib borishi kerak. 

Yurt kelajagi har bir insonning zimmasida. Zero, biz bu kelajakni yoshlar bilan quramiz!

2.94 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.94 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 4

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1.5 Бахтиёр Шералиев 26/04, 06:45

Juda ham yaxshi mavzu, lekin o'ta bo'sh malakalangan! Hech qachon jinoyat yoki boshqa axloqsiz va shunga o'xshagan jihatlarni din bilan bog'lamang! Vijdon erkinligi bu har kimning shaxsiy ishi, unga meni yoki Sizni aralashishingiz boshqa birovning shaxsiy huquqini poymol etish hisoblanadi. Dunyoga yaxshilab nazar solsangiz asosiy urush, janjal va hokazolar aynan dindorlar (qaysi din vakili ekanligining ahamiyati yo'q) tomonidan amalga oshirilmoqda! Bu yerdagi asl muammo dinsizlikda emas, balki savodsizlikda, oilaviy tarbiyaning yo'qligidadir! Maktablarda "Hayot va din" darslarini tashkil etish balki chindan ham yaxshi taklifdir, lekin shaxsan men bundan biror natija chiqishiga umuman ishonmayman! Agar jamiyatimizga natija kerak bo'lsa pulni ketidan quvmasdan, bola tarbiyasini o'qituvchiga yuklamasdan bolasini uyida o'zi tarbiyalab olsin! Oilada berilmagan umumijtimoiy, diniy tarbiyani hech qaysi maktab o'rgata olmaydi.

2.5 Абдумалик Носиров 26/04, 09:41
2 Қаҳрамон Асланов 26/04, 12:15
1.5 Давронбек Тожиалиев 27/04, 16:01
3 Адҳам Отажонов 28/04, 09:31
2 Олимжон Солижон ўғли 30/04, 20:41
3 Ботиржон Шерматов 02/05, 19:45

Долзарб мавзу. Факат кенгрок ёритиш керак. Сарлавха унча мос келмаган. Лекин кутарилган мавзу учун ташаккур.

3 Умид Гафуров 12/05, 01:00
3.5 Шерзод Шерматов 16/05, 18:44
2.5 Расул Кушербаев 16/05, 23:10
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 03:08
3 Беҳзод Қобулов 18/05, 19:39
4 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:37
2 Тўлқин Юсупов 19/05, 15:28
2 Нигора Умарова 19/05, 18:07
2 Мақсуд Саломов 19/05, 19:29
2.5 Музаффар Назаров 20/05, 13:31
3 Шунқор Чориев 20/05, 21:09
2.5 Мубашшир Аҳмад 21/05, 00:24
3 Мансур Тангишов 21/05, 11:57
2.5 Иноят Садикова 21/05, 14:27
3 Нодир Закиров 21/05, 14:55
2.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 15:39
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
15 та фикр