Darslik yangilanmoqda . Ammo ma'lumotlar o`sha-o`sha

Asadbek Qurbonov
Саралаш

DIQQAT ! Bu maqola 2015-yili chop etilgan 9-sinf Informatika , 2015-yili chop etilgan 8-sinf Informatika va 2017-yili chop etilgan 7-sinf Informatika darsliklari elektron varianti  asosida yozildi .

Bu mening ilk blogpostim. Barcha o`zini qiynayotgan muammolar haqida yozayotgan ekan , men ham  abituriyent va AKT ishqibozi sifatida maktablarimiz uchun darslik sifatida tavsiya etilgan informatika darsliklari haqida bir og`iz gap ochsam . 21-asr texnologiyalar asri . Bugun har daqiqada texnologiyalar yangilanib , yangidan yangi standartlar joriy etiyapti . Men esa kompyuter texnologiyalariga qiziqadigan biror kishini qoniqtirmaydigan  7-9 sinflar uchun Respublika Ta'lim markazi tomonidan  tavsiya etilgan Informatika darsliklari haqida aytmoqchiman .2017-yili nashr etilgan 7-sinf darsligi avvalgilariga qaraganda ancha yaxshilangan ammo  kamchiliklardan xoli emas . Masalan , 2017-yilgi darslikning  internet haqidagi bo`limga tegishli 58-sahifaning yuqori qismida Google Chrome , Opera , Mozillia Firefox kabi brauzerlarning yangi logotiplari ko`rsatilgan , ammo pastdagi  Internet Explorerga bag`ishlangan bo`limdagi skrinshotda esa Windows 98(1998-yili yaratilgan) ishchi maydoni ko`rsatilgan , 60-sahifada esa Windows XP (2001-yilda yaratilgan) ishchi maydoni tasvirlangan . Ammo 64-betda Windows 7(2009-yilda ishlab chiqilgan)ga tegishli ishchi maydon . 

Endi navbat 2015-yilda chop etilgan 8-sinf darsligiga . Kompyuterlar mavzusi(11-bet)da asosiy plataga misol sifatida Intel pentium 4 protsessori(2003-yili yaratilgan)ni misol sifatida keltirishgan (menimcha , hech bo`lmasa 2012-tili yaratilgan Intel Core i5`ni misol qilishsa yaxshi bo`lardi). 42-sahifadagi interfeys mavzusiga tegishli  A va B rasmlarda yana o`sha tanish , yangilanmagan skrinshotlar orqali namuna ko`rsatilgan . Faqat bu safargi suratdan hech nimani anglab bo`lmaydi, surat sifati juda yomon  . 54 va 55-sahifalarda Linux operatsion tizimi va linux asosida yaratilgan o`zbekcha DOPPIX operatsion tizimi haqida qiziqarli ma'lumotni "ildirib "ketishgan . Ularga ko`ra bu tizim 2007-yili "Yosh dasturchilarni tayyorlash va qo`llab-quvvatlash markazi " dasturchilari tomonidan yaratilgan va mavzuni yurtimizda qobiliyatli dasturchilar yetishib chiqayotganligi va bu borada juda katta yutuqlar kutayotganligi aytib yakunlashgan .  Endi o`n beshinchi "Windows operatsion tizimi" mavzusiga o`tsak . Windows yaratilish tarixi yaxshi yoritilgan . Ammo oxirgi naql(versiya) sifatida 2001-yilda yaratilgan Windows XP`da to`xtashgan . Ma'lumot o`rnida, 2009-yili Windows 7 , 2012-yili Windows 8 va 2015-yili Microsoft kompaniyasi o`zining 30 yillik yubileyiga Windows 10`ni taqdim etishdi . Ammo 2015-yili chop etilgan bu darslikdagi ma'lumot haligacha o`zgarmagan  Va yana ma'lumot uchun taqdim skrinshotlar sifati juda yomon . Kitobning 3-bobi Elektron jadvallarga bag`ishlanadi va u yerda Microsoft Office Excel 2003 dasturi tushuntiriladi . Lekin bu naqldan keyin yaratilgan kuchli , dizayni yaxshilangan 2007- va 2010- yilgi naqllar haqida hech narsa deyilmagan va yana o`sha rasmlar sifati muammosi . 

Endi esa men eng muhim deb hisoblaydiganim 2015-yili nashr qilingan 9-sinf darsligiga o`tamiz .

Bu sinfda dasturlash asoslari bo`limida Turbo Pascal 7.0 dasturi bo`yicha boshlang`ich saboq beriladi (Googledagi ma'lumotlarga ko`ra bu dastur 1993-yilda yaratilgan).   Butun dunyo bu dasturdan voz kechib , Python , C++ , Java kabi dasturlash tillaridan foydalanayotganda , hozirgi tezkor zamonda , bu kabi juda eski ma'lumotlar bilan to'ldirilgan darsliklar bizga kerakmi ?Darslikdagi eng sharmandali joy bu 121-betdagi HTML bo`yicha jadvaldir . Bu jadvalda html kodadagi matn O`zbek tilida , ammo uning natijasi rus tilida aks etgan . Nahotki shularni darslik sifatida tasdiqlayotgan Ta'lim tashkilotlari shunchalik befarq bo`lishsa . Bugun kompyuter texnologiyalari bo`yicha Facebook , Google , Apple , Microsoft kabi yuqori texnologik kompaniyalarning yillik pul aylanmasi kichikroq davlatlar iqtisodiyotiga teng kelayotgan va ularning kapitallashuvi yuzlab MILLIARD dollarni tashkil qilayotgan paytda bizning bu kabi turg`unligimizdan kimga foyda , kimga ziyon . Darsliklarni KIM nazorat qiladi .  

Darsliklar uchun javobgar taskilotlardan o`z ishlarini chin ko`ngildan bajarishlarini so`rab qolaman . Zero kompyuter texnologiyalari bu - KELAJAK . Bizga bu kabi KO`ZBO`YAMACHILIKLAR KERAK EMAS . 

3.66 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.66 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.16 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 3

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Умид Гафуров 12/05, 00:22

Илк блогпост учун яхши! Муаммо аниқ.

4.5 Расул Кушербаев 12/05, 01:14

Dolzarb mavzu. Faktlar ham yaxshi

4 Маҳсуджон Асқаров 12/05, 17:04
4 Саид-Абдулазиз Юсупов 13/05, 01:51
4 Шерзод Шерматов 13/05, 03:34
3 Давронбек Тожиалиев 18/05, 12:32

Илк блогпост учун жуда яхши. Келгусида маҳоратингизни ошириб, сифатли блогпостлар ёзасиз, деган умиддаман.

4.5 Бахтиёр Шералиев 18/05, 16:08
3 Қаҳрамон Асланов 18/05, 16:20
4 Нигора Умарова 18/05, 17:34
4 Олимжон Солижон ўғли 19/05, 00:46
3.5 Мақсуд Саломов 19/05, 13:01
4 Уйғун Ғафуров 19/05, 17:59

Долзарб масала. Нашриётларда малакали муҳаррирлар ишламас экан, жамоатчилик назоратини кучайтириш зарур!!

4 Тўлқин Юсупов 19/05, 18:10
4 Мубашшир Аҳмад 19/05, 23:29
4 Музаффар Назаров 20/05, 18:30
4 Шунқор Чориев 20/05, 20:39
4 Беҳзод Қобулов 20/05, 22:33
3 Абдумалик Носиров 20/05, 22:54
4.5 Иноят Садикова 21/05, 00:21

Rasmlar yetishmabdi.

4 Мансур Тангишов 21/05, 00:38
5 Нодир Закиров 21/05, 05:51
5 Адҳам Отажонов 21/05, 17:43
4 Ботиржон Шерматов 21/05, 20:47
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
2 та фикр