Bizning oilani töyga aytmang.

Yusupov Jamshid
Саралаш

Quyidagi fikrlarimga öxshash fikrlarni qaerdadir öqigan bölsangiz bu tasodif xolos. Fikrlarim sayoz , töldirish kerak bölsa yoki olinib tashlanadigan joyi bölsa , bemalol. Bu fantastik g'oyam kulgulu yoki amalga oshirish iloji yöqdir lekin öylab körishga arziydi. Bizdan Ulug'beklar ,ibn Sinolar....chiqmay qöydi a? Buxoriy va Termiziylar yurtimiz.Hozir nega bunday ilmda, yutuqda sayoz bölib ketyabmiz? Chiqmayabdi yoki tug'ulmayabdi emas , biz körmayabmiz bu iqtidorlarni, biz ularga oilada ta'lim uchun sharoit qilib berolmayabmiz. Iltimos bizni töydan qutqaring!!! Bunday öylab qarasam har birimizning oilamiz yiqqan töplagani özimizning töyimiz uchun yetarli ekan, lekin tashqaridagi yaqinlar, sinfdoshlar, kollej, institut, kollektiv, mahalla, köchadagi tanishlar, qarindoshingiz qarindoshlari , qudalar, qudangizni qudalari...ning töylari ,sanash mumkin yana qancha. Esimni taniganimdan beri otam yoki onam biror yaqinimiz töy qilsa (1 yilda kamida 4~5 marta bu eng yaqin jigarlar) tashvishga tushishganini eslayman. Qölimiz "yupqaroq"ligi uchun qanday töyona qilsak ekan deb qattiq stressga tushishib hatto özaro gap ham tortishib olishardi. Bundan tashqari tog'ora ham töldirish kerak, haftaga arang yarim kg gösht yetkazadigan oila buning uchun yana nimadandir qisishi kerak. Exx hali ota onasiga ham nimadir qöyish kerak odamlar oldida hijolatlik bölib qolmaylik. Oyoqdagi tuflilar urinib yotibdi, ayolni töyga kiyadigan kiyimi ham "yöq". Xullas hamma kamchiliklarimiz yuzaga chiqadigan er xotin özaro tortishib oladigan kun. Qaerdadir berkitib töplagan pulimizni olamiz. Yetmayabdi shuyam. Eri xotinni bir biriga sovutib oiladagi parokandalikni ilk bosqichi boshlandi. Rizqni berguvchi Allohdir xech kim och qolmaydi harakat qilsa topadi, lekin topib töplagan pulimiz qayoqqa ketyabdi ? Tasavvur qiling shu bugundan boshlab xech qaerda töy yöq.Ota onam , akam , opam xech qanday töyga borishmaydi. Faqat 1 kunlik döstlarining töyi deb kattagina harajat qilishib oilaviy byudjetimizga zarar yetkazishmaydi, meni kelajagimni barbod qilishmaydi. Töylar bölmasa bolaligimda kompyuterim bölishi mumkin edi. Balkim kitoblarim ham bölarmidi. Iqtidorimni körishib oilaviy byudjetdan shaxsiy öqituvchi yollashib dasturlashni örgatisharmidi... qancha iqtidorlar bu töylarga "qurbon" bölishyabdiku. Bizning ta'lim tizimimiz joyida. Davlat bepul öqitadi. Bizning oilaviy tizimimiz joyida emas. Bizning oilaviy sarf xarajatimiz joyidamas. Bizning oilani töyga aytganlar aybdor hammasiga. Bizning oila aybdor, boshqa oilalarni öz töyimizga chaqirgan. Bu qachon tugaydi? Kim tugatadi? Nega zörg'a yashab turgan xolimizga, 15 kishilik quda xonadonidagi barchaga töy baxona bosh oyoq kiyim qilishimiz kerak? G'alati eshitilyabdimi, örganmaganmizda yoki eshitmaganmiz ham bunaqa gapni , axir uyat böladiku odamlar gap qiladiya. 2 ta ögil 2 qizingiz bölsa bemalol uylab joylaysiz harakat qilib. Lekin ularning döstlarini töyini tugataman deb ölib ketasiz. Ha ölasiz. Bizni öz töyimiz emas atrofimizdagi töylar öldiradi. Chet elda ishlab yurgan ög'li ham töyni deb ishlab yuribdi. Nima? Uy solish uchun deysizmi? Adashdiz töy bölmaganda bu paytgacha oiladagi byudjetga saroy qursa bölardi. Töplangan pulga katta biznes ochilgan bölardi. Chet eldagilar töyiga 20~30 kishini aytib töy qilishib yutishmaydi, ular töyga bormay yutishadi. Yana bir bor Tasavvur qiling töy yöq. Töy qilmasangiz yoki töyga bormasangiz qanday chiqimingiz bor? Ayollar özlari bilishadi tog'orayu har töyga alohida kiyimlar va yöqlandiga materiallar va ijaradagi zebu ziynatlardan qutuldiz bir umrga. Erkaklar 2 kg, 5 kg li töyonalar har kungi ertalabgi oshlar yöq. Qancha byudjetizda qolyabdi?Mashina olasiz. Ayoliz istagan kiyimini oladi. Fikriz tiniqlashadi. Hayolizdagi töy rejalar öchib ketadi.Qöshimcha biznes uchun toza miyya paydo böladi. Ishlab chiqarish va rivojlantirish uchun qölizda dastmoya töplanadi. Farzandingiz töy körmay faqat bilim oladi. Oilaviy mojarolardan holi, asabiy bölmay komil inson bb yetishadi.

Köp ayollarTöydan qaytgach tog'orangizni ochib körganmisiz? Sal qöli "kaltaroq" odam töy qilgan bölsa ichidan nima chiqadi? Muddati tugagan qölbola uslubda ishlab chiqarilgan qand, siz qilib borgan somsangizni boshqasini tog'orasiga solishib sizga kimningdir pishirgan narsasini solishibdi. Sovib qolibdi yegani köngli tortmadi xech kimni, razmersiz erkaklar köylagi!!!

Qancha mehnat qancha harajat?! Özbekistonimiz aholisining 75 % i töyning chiqimidan qutulolmay yashayabdiku. Balkim ög'lingiz chet elga ishlashga ketmas, axir uy joy bor töy yöq, singlisini kuyov tayyor mebelli uyga olib ketgan nikohlab, chunki kuyov ham opasini shunday uyga uzatgandida. Mayli ishlashga ketdi ham deylik ög'lingiz u endi opasini ög'liga sunnat töy qilish dardi fikrida emas. U biznesmen bölmoqchi. Chunki qöshnining ög'li ishlab kelib oilaviy yig'gan pullariga qöshib 2 ta kamaz olibdi. Endi 1 ekskavator olib oilaviy firma tuzmoqchi ekan..... "Özbegimga töylar yarashar" deysizmi, böldida endi. Stress bb hayolizda töy tashvishi bn ölib ketmoqchimisiz, yoki "oydan tushganmisan" deyabsizmi? Ha 100 yillik balkim undan ham köpdir shu töy ananamiz, bizning fantastik haqiqat gapni "oydan tushgandek" eshitilishiga sabab bölyabdi. Höp töyni qanday yöqotamiz? Özing boshla dersiz. Gapimiz kimga ötsa shuni töyini oddiy nikohlash orqali ötkazaylik. Hech kimga ötmasa farzandizga hozirdan singdiring farzandizga ötkazing , avvalo özingizga ötkazingTöyga rozilik bölgach ikki yosh nikohlanib ,Juma namozida imom domla tomonidan e'lon qilinib, xalqdan rozilik olish yöli bn qiz va yigit otalarini shu payt xalqqa tanishtirib ötkazish kerak. Böldi shu bilan tamom. Oson töy bölsa ajrim köpayadi deysizmi, hozirgi ajrimlar sababi nima bilasizmi, hammasi töy tashvishiku, endi iqtisodiy tomondan qörqmang töy yöq bölsa iqtisodingiz baquvvat böladi allaqanday töyga kiyiladigan kiyimlar va chiqimlar ham yöq. Er xotin dam olishga borishi mn, sayohatga chiqishi mn. Tushunmay ajralishgacha yetib borsa ham ZAGS dan oldin, imom domladan avvalgi otalar borib Juma namozida xalqdan rozilik xati olish kerak. Nomus kuchli qani kim ajralishga yöl qöyarkin. Ög'il ham qiz ham otasini boshini egmasa kerak. Uzrli ajrimlarda imom domla özi ruxsat bersa bölaveradi.

Qachon??? Qanday??? Kim rozi??? Kim qarshi???

Töysiz hayot hayotmi dersiz? Shunday töyni foydasini Hozir aytaman sizga, 1 oyda 2 ta ög'lini uylantirib 1 ta qizini chiqarib , yana kamiga ertasiga yangi uy olib yangi mashina olsa, dabdabali töy qilib qarzga botgan odam sizni körib uyiga kirib özini osadi. Ha aniq osadi. Gap sözdan qörqib qildirgan xotinini qöshib osadi. Endi oddiy nikohli töyda Yashab körish kerak tashvishsiz tinch hayot. Yurak hurujlari yöq, Alloh bergan umringizni uzayishiga shu sabab bb qolar. 5 mahal jamoa bilan namoz öqirsiz , ana sizga, jamoat bn birlshish kerak bölsa. Faqat töyda oqibat sinalmaydi.

Kimga kulguli , kimga yoqimli. Bu töy, Ongimizga singanki hatto öqib turib ham fikrlamaymiz , bilib turib ham qilaveramiz. Ulug'beklar albatta voyaga yetajak.

P.S. Özimning haddim sig'adigan odam yöq ekan , man uylanayotgan paytlarda bunaqa gaplar bölmagan va örgatishmagan ekan. Farzandlarimizga shunday töy nasib qilsin roziman

3.42 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.42 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.07 / 6
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 4

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

5 Бахтиёр Шералиев 30/04, 03:35
3.5 Мақсуд Саломов 01/05, 08:02
4 Олимжон Солижон ўғли 05/05, 21:21
4 Маҳсуджон Асқаров 13/05, 12:53
4 Расул Кушербаев 15/05, 00:02
4 Шерзод Шерматов 17/05, 17:11
3.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 22:00
2.5 Давронбек Тожиалиев 18/05, 13:48
5 Нигора Умарова 18/05, 18:11
3.5 Тўлқин Юсупов 19/05, 17:09
3.5 Уйғун Ғафуров 19/05, 18:54
4 Умид Гафуров 20/05, 00:35
4 Мубашшир Аҳмад 20/05, 00:59
3 Беҳзод Қобулов 20/05, 14:39

Жа шунчаликка бориш шартми? Тўй барибир тўй-да! Ўзбек борки, тўй қилишни ният, орзу қилади. Бунда жа сиз айтганчалик даҳшат, фожеа йўқ. Фақат ҳаддан ошганлар бошқа мавзу... Бугун ўзбек ёшлари, масалан, сизнинг шу йўриғингизга юриб кетса, нима бўлади? Ҳаётимиз қандайдир кемтик бўлиб қолмайдими?..

3 Қаҳрамон Асланов 20/05, 14:47
3 Музаффар Назаров 20/05, 16:23
2.5 Шунқор Чориев 20/05, 20:55
2 Абдумалик Носиров 20/05, 23:08
3 Иноят Садикова 21/05, 01:21

To'y borasidagi fikrlaringizga qo'shilaman, ajrim haqidagisi sayozroq berilgan.

4 Нодир Закиров 21/05, 06:21
3 Мансур Тангишов 21/05, 11:43
4 Адҳам Отажонов 21/05, 18:49
4 Ботиржон Шерматов 21/05, 20:57
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
3 та фикр