«Asakabank» uchun «mijoz doim haq»mi yo kaptok?

Oybek Aliyev
Саралаш

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan aytilgan “Odamlar nima uchun norozi? O'zi shular ishlamagani uchun norozi,.. 200 ta odam nima qilyapdi? hech nima qilmaydi”, degan jumlalarining bari banklar va bankirlarga tegishlidir. Bundan boshqa qattiqroq gaplar ham boru, lekin shu jumlalarni o'zi butun bank tizimini haqiqiy qiyofasini ochib beruvchi kalit vazifasini o'taydi. Bu so'zlarni qachonki, inson o'z boshidan kechirsa, o'z tanasida his etsa ko'proq tushinib etadi. O'sha boshidan o'tirgan insonlardan biri sifatida men ham bank tizimidagi ba'zi tushunmovchilik, chalkashliklar haqida o'rtoqlashmoqchiman.

Toshkentda boshdan kechirganlarim.

Men Toshkent shahrida xizmat safari bilan yurganimda o'zimning plastik kartochkamni yo'qotib qo'ydim. Men axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan yaxshi xabardorligim bois, payme to'lov tizimining plastik kartochkani “muzlatish” usulidan foydalanib, bankdagi hisobimda joylashgan pulni muzlatdim.

Men «asakabank»ning rasmiy saytida joylashgan +998712005522 raqamiga qo'ng'iroq qilganimda, plastik kartochkani faqat uni rasmiylashtirgan bankdan olishim mumkinligini aytishdi. Xorazm filialidagi +998622281481 raqamiga qo'ng'iroq qilganimda ham shunday deyishdi. Lekin, men bu gaplarga ishongim kelmadi, vaholanki, shaxobchalarni tashkil etishdan maqsad, mijozga yaqin joydan turib xizmat qilishdan iborat, deb o'ylar edim. 2-kuni yana +998712005522 raqamiga qo'ng'iroq qilganimda, yana shu gap takrorlandi. Keyin men sekin astalik bilan, tushuntirishga o'tdim: “Agar, men Xorazmga bormoqchi bo'lsam sizlarga aytib nima qilaman? Qani bu erda mantiq” deb jahlim chiqib gapirganimdan so'ng operator qiz o'ziga kelib vaziyatni to'g'irlashga urindi. “Yo'li bor, ishonchnoma yozib natarial idoradan tasdiqlatib, so'ngra plastik kartochka bilan birga bir tanishdan berib yuborasiz”. Ana xalos, nima qilsam bo'larkan, deb boshim qotib turgandi, mana optimal echim. Keyin, battar tutoqib ketdim: “Opajon men ikki kundan beri plastikimni yo'qotganim haqida aytyapman, qanday qilib yo'q narsani birovga berib yuboraman?”. Operator javob berdi: “Plastikingiz yo'qolganmi hali? Muddati tugamaganmi?” Ana xalos, hammadan ham tezkor ishlashi kerak bo'lgan bank operatori mijozning muammosini tushunib olish uchun roppa-rosa 2 kun kerak bo'ldi. Bu muddat ichida agar, mijoz o'z plastikini bloklashga qodir bo'lmagan odam bo'lsa va bu plastik uni parolini biladigan odam qo'liga tushsa ichidagi pullar allaqachon havoga sovurilgan bo'lardi. Operator mijozga endi maslahat berishga oshiqdi, to'g'rirog'i o'zim yozgan kitobni yana qayta o'zimga o'qib berishni boshladi: “Siz darhol bank filialiga kelib, ariza yozishingiz kerak. Bank tomonidan sizning hisobingiz muzlatilishi lozim. So'ngra, 5 evro (taxminan so'mda 22 ming so'm) to'lab, yangi plastik kartochka olasiz”. Suhbat shu erda uzildi, men o'zimda yo'q xursandman, men muzlatilishi kerakligini, 5 evro jarima to'lashim lozimligini bilaman, ammo, Asakabank Xorazm filialiga tegishli plastik kartochkasini bu erdagi filiallar, boringki, bosh ofis qayta tiklay oladimi?, yo'qmi? degan savol meni qiynayotgan edi. Operatorning bu gapidan keyin bankka borishga hozirlik ko'rdim. Turar joyim yonidagi Asakabankning filialidan bosh ofisni so'radim. Bank bosh ofisini “Mirobod” bozori yonida ekanini aytishdi. “Mirobod” bozori oldidagi “Asakabank” deb yozilgan ko'p qavatli binoga bordim. Meni kutib olgan qo'riqlash xodimi, bu erda bank yo'qligini, iqtisodiyot vazirligiga aylanganini aytdi. Meni, “Mir Hotel” mehmonxonasi ortidagi bankka jo'natdi, shu erdagilar bu ish bilan shug'ullanishini tushintirdi. Men, shu filialga yo'l oldim. Meni kutib olgan bank xodimi, byudjetdan maosh oladigan fuqarolar bilan bu bank emas, balki, Mirobod tumani, Nukus ko'chasida joylashgan, yakkasaroy to'yxonasi biqinidagi Asakabank filiali shug'ullanishini aytishdi. Xullas, navbatdagi bank – bosh ofis ekaniga aniqlik kiritdim. Bankka borib, plastik kartamni qayta tiklash lozimligini aytdim, ayol mendan oylik maoshi oladigan tashkilotingizni ayting dedi, tashkilot nomini aytdim.

Qidirib topa olmadi va dedi: Kechirasiz bunday tashkilot bizning bazamizda yo'q, siz hisobchingizdan so'rang, qaysi bank mijozi ekansizlar. So'ngra, asta shivirlay boshladim: Aslida biz Xorazm filialidamiz. Ayol bir qarab qo'ydida, kechirasiz buni iloji yo'q bankni o'ziga borasiz dedi. Ustimdan muzday suv quyganday bo'ldi.

Ana xalos, plastik kartochkamni qayta tiklash uchun murojaat qilishga yana 1 kun vaqtim kettiyu, ammo ishim baribir bitmadi.

Bu erdagi teskari mantiq shunday: men mijoz sifatida pulimni bankka ishonib topshirib qo'yibman, bank menga Respublikaning barcha joyida xizmat qilish uchun shahobchalarini ochgan, agar meni ortiqcha pulim bo'lsa bu erdagi bankka yalinmasdan Xorazmga borib kelardim, agar men borib kelishga majbur bo'lsam shahobcha nimaga kerak? Bir bank shahobchalari biri birisini tanimasligi bu juda ham g'alati. Qisqasi, men tushuna olmaydigan jihat shuki, mijoz shaxsiy puli bankda bo'la turib uni istalgan o'sha nomdagi yaqin shaxobchasidan turib boshqara olmasa, cho'ntagida bir so'm puli qolmay turganda, uni 10 mln.dan ziyod pulini kafillikka olgan bank boshqa plastikka o'tirib bera olmasa, qolaversa komp'yuter texnologiyasi rivojlangan shunday bir davrda buni ilojsiz ekani odamni shubhaga boshlaydi. Men pulimni qaytarishni talab qilmayapman, plastikimni yangi plastikka almashtirishni so'rayabman xalos. Odamga alam qilar ekan, bankda shuncha puling bo'la turib uzoq yurtda gadoydek bo'lib qolsang, bankning filiallari esa senga allambalo ichki qonunlarni ro'kach qilib ko'rsatsa. Aslida, bank mijoz bilan tirikdir, agar, mijoz bankka a'zo bo'lmasa bank o'z faoliyatini to'xtatadi. Aslida, mijoz yuqori sifatli xizmat ko'rsatadigan, mijozni har erda, har vaqtda qo'llab quvvatlaydigan bankning mijozi bo'lishga haqli. Ammo, banklar faoliyatida tamomila teskari, bank mijozga emas, mijoz bankka xizmat qilishi kerak. Mijoz bank tomonidan tashkil qilingan qonunlarga bo'y sunishga majbur.

Buni isbotlaydigan jihatlar juda va juda ko'p masalan, plastikdan plastikka pul o'tkazmalarida pul o'tkazayotgan mijozdan 1 % ushlab qolinadi (hamma pul o'tkazish xizmatlarida shunaqa). Bank sening million million pullaringni aylantirib foyda ko'radi, senga bir so'm naqd bermaydi. Plastikni qayta tiklashda, plastikdan plastikka pul o'tkazishda va boshqa hollarda pulni sendan oladi. O'rtaga tabiiy savol qo'yaman: Xo'sh pulni plastik kartochkada turishidan kim ko'proq manfaatdor, bank yoki mijoz? Albatta, bank, menga o'zimga zarur narsalarni plastik kartochkadan qimmat bahoga sotib olishga zarurchilik joyim yo'q, qolaversa, uni 10-20% atrofida naqdlashtirish ham menga zarur emas. Shunday ekan, har viloyatda qanchadan qancha filiallari bo'la turib, qanchadan qancha xodim faoliyat yurita turib hamma xarajatlarni bechora mijoz zimmasiga yuklash adolatdanmi? Yoki madaniyatli qilib aytganda, mijoz qanchadan qancha tekinxo'r bank xodimlarini boqish majburiyatini zimmasiga olganmi? Xulosa qilib shuni aytmoqchimanki, yoki bank va uni filiallarini mijozga istalgan joyda istalgan vaqtda hech bo'lmaganda plastik kartochkaga ko'rsatiladigan xizmatlarni yaxshilash lozim, yoki davlat byudjetini eb million millionlab maosh olayotgan va hech narsa qilmayotgan bu filiallar sonini qisqartirish yoki tamomila yopish lozim, yoki filal degan nomni olib tashlash darkor. Vaholanki, ular shu holatda ham filiallik vazifasini bajarmayapdi, Prezident tili bilan aytgan “Hech balo qilayotgani yo'q”.

3.50 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.50 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 1
  • Муштарийлар баҳоси
    4.37 / 7

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Бахтиёр Шералиев 22/04, 08:52

Avvalo muallifga chempionat uchun o'zining boshida kechirganlarini blogpost sifatida yuborgani uning bir yutug'i ekanligini ta'kidlab o'tmoqchiman. Chunki aslida blogerlik ham blog yurituvchi shaxsning o'zi ko'rgan-kechirgan, guvoh bo'lgan voqea-hodisalarga munosabat bildirishidan yuzaga keladi. Bevosita blogpostning o'ziga keladigan bo'lsam matnda imlo xatolari yetarlicha, ayrim joylarda kelishiklar biroz almashib qolgan, Shu bois bir ball kam qo'ymoqdaman. Lekin qolgan fikrlar, mulohazalar, jarayonni yoritish uslubi ma'qul. Bu borada muallif to'la haq deya olmayman. Lekin u "Bank mijoz uchun emas, mijozlar bank uchun ishlamoqda" deganida haq gapni yozgan. Ayni vaqtda O'zbekistondagi banklarda mijozlar bilan ishlash, ularga xizmat ko'rsatish darajasi dunyo standartlariga qaragan a-a-a-ncha past. Buni qaysidir bank xodimi bunday emas deyishi mumkin, lekin fakt bu fakt! Muallifga blog yuritishda bir-ikki maslahat bermoqchiman. Avvalo yozgan matningizni tugatib bo'lgach qaytadan o'qib chiqing, bu birinchidan undagi imlo xatolarini to'g'irlashga imkon bersa, ikkinchidan qaysidir gaplarni to'ldirish, ortiqchasini olib tashlashga zamin yaratadi. Ko'pincha odamning miyasi qo'lidan tez ishlagani uchun miyasidagi fikrlarni qog'ozga tushirishda qo'li miyadan orqada qolib ketadi va ayrim kerakli gaplar qog'ozda aks etmay qoladi. Blogpost matnini qayta o'qib tahlil qilishda ana o'sha qolib ketgan fikrlarni qo'shish mumkin bo'ladi. Blogpost matnini yanada jonli chiqishi uchun o'sha suhbatlarni yozib olib ularni matnga ilova qilish blogpost yozishdan ko'zlangan maqsad samaradorligini yanada oshiradi. Eng muhimi nima bo'lgan taqdirda ham shaxsiy uslubni yaratish va orginallikka amal qilish! Omad tilayman!

5 Абдумалик Носиров 24/04, 14:00

Банк ходими бўлганим учун хам энг юқори бални бердим. Муаммоларни асл башарасини очиб бергансиз.

3 Давронбек Тожиалиев 25/04, 18:02
4 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 21:29
4 Адҳам Отажонов 27/04, 15:58
2.5 Маҳсуджон Асқаров 04/05, 14:33
4 Тўлқин Юсупов 06/05, 00:17
3.5 Шерзод Шерматов 10/05, 04:45
3.5 Мансур Тангишов 13/05, 17:10
4 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 01:07
4.5 Расул Кушербаев 17/05, 22:56
3 Музаффар Назаров 17/05, 23:28
2.5 Қаҳрамон Асланов 18/05, 16:22
4 Нигора Умарова 18/05, 18:14
4 Беҳзод Қобулов 19/05, 18:49
4 Умид Гафуров 20/05, 11:01
4 Мубашшир Аҳмад 20/05, 13:15
3.5 Иноят Садикова 20/05, 17:50
4 Мақсуд Саломов 20/05, 19:24
3 Шунқор Чориев 20/05, 22:14
4 Нодир Закиров 21/05, 04:47
4 Ботиржон Шерматов 21/05, 16:25
3.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 16:37
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
8 та фикр