UzWebiston: O‘zbek tilidagi bloglar qanchalik mashhur?

Zokirov Abdurasul
Саралаш

O‘zbekistonda ham turli mavzudagi internet bloglar tuzilishi odamlarning erkin fikrlashga, atrof-muhitdagi hodisalarga munosabatini bildirishga ishtiyoqi kuchliligini ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda ijtimoiy tarmoqda ancha faol Shermuhammad.com blogi egasi o‘zbekcha bloglarning ro‘yxatini tuzib chiqqan.

O‘z blogida e‘lon qilgan bu ro‘yxatga u muhrim.blogi.uz, GEOPOLITIKA.UZ, Xushnudbek.UZ, temurazam.blogspot.com, Boshqacha blog - bb.muloqot.uz, davronbek.ziyouz.com, tanqidchi.blogspot.com kabi o‘ndan ortiq bloglarni kiritadi.

Bloglarning ko‘piga xos xususiyat qisqa satr va iboralarda asosiy mavzuga urg‘u berilishidir.

Jumladan, bolaturk.livejournal.comda "Aybdor kunda emas - aybdor bolta. Muhit kuchli ekan, egdim bo‘ynimni, gulruxsor.blogspot.comda "Qozon"imda bori, zahiriddin.blogspot.comda- Kamina dunyosi, notanish.blogspot.com - Hamma o‘qishi shart emas!, oddiy.blogspot.com - oddiy blog, shamollar.blogspot.com - shamollar yurtidan xabarlar, hamroyev.blogspot.com - Dunyoning ismi, zimistoniy.blogspot.com - Bizda kutish emas, kurashish buyurilgan, dilshodra.blogspot.com - komillikka intilib kabi satrlar orqali bloglarning maqsadi qisman anglatiladi.

Qirg‘izistonlik blogger Shermuhammad Abdug‘afurov bloglar ro‘yxati yoki reytingini qaysi jihatlarga asosan tuzgani borasida shunday deydi:

- O‘zbekcha bloglar ro‘yxatini tuzganim rost, faqat uni reyting deb atash biroz noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki ro‘yxatni tuzayotib, uning o‘quvchilar orasida mashhurlik darajasini hisobga olmaganman, balki, shunchaki qaysi blog yoki blogger esimga kelsa, o‘shani kiritganman. Ya‘ni aniq qandaydir qonun-qoida asosida tartibga solinmagan bu ro‘yxat.

Ro‘yxat tuzishdan maqsad nima?

- Maqsad, o‘zbek bloggerlarning o‘zini ham bir davra atrofiga jamlash. Umuman, bu borada o‘tgan yildan beri harakat bor. Facebookda UzBloggerlar degan guruh mavjud. U yerda bloggerlar o‘zlarining so‘nggi maqolalarini qo‘yib borishadi. Bunday olganda, ro‘yxat tuzish ham yangilik emas. Bundan oldin muhrim.uz blogida ham shu kabi ro‘yxat tuzilgan. Mening tuzganim shu ro‘yxatning to‘ldirilgan nusxasi desa bo‘ladi. U yerda yo‘q bloglarni qo‘shganman, anchadan beri yangilanmaganlarini olib tashlaganman, deydi Shermuhammad Abdug‘afurov.

Kun.uz saytida "O‘zbekistonda bloggerlar faoliyatini tartibga solish"haqida hujjat tayyorlanayotgani xabar qilinadi. Hali u qadar rivojlanmagan bloggerlik O‘zbekistonda qanchalik xavf tug‘dirishi mumkinm yoki bu hujjatni qabul qilishdan boshqa maqsad bormi?

Shermuhammad Abdug‘afurovga ko‘ra, bunday hujjatga ehtiyot chorasi sifatida qarash kerak. Chunki Rossiyada blogger Navalniyning asta-sekin muxolifatning ko‘zga ko‘ringan vakiliga aylangani O‘zbek hukumatini ham xavotirga solgan va ehtiyot choralarini ko‘rishga undagan bo‘lishi mumkin. Lekin ayni paytda bloggerlar hukumatga xavf tug‘dirishi va odamlarni siyosiy harakatlarga boshlashi haqida aytish qiyin. Qolaversa, o‘zbek bloglari mualliflarning asosan bo‘sh vaqtlarida yangilab turilishi bois, keng jamoatchilikda unchalik qiziqish uyg‘otmasligi mumkin.

Lekin shunga qaramasdan, "O‘zbekistonda ham qo‘shni Qirg‘iziston va Qozog‘istonda bo‘lgani kabi ancha erkin fikrlar beriladigan Live journal, World Press bloglariga kirishda mushkulliklar bor".

"O‘zbek tilidagi bloglar ichida ijtimoiy-siyosiy, yuridik mavzularda maslahat va fikrlar qoldiradigan bloglar, shuningdek futbolga taluqli bloglar mashhur bo‘lib turgani kuzatilmoqda".

O‘zbekistonning futbol bo‘yicha jahon chempionatiga chiqishiga juda yaqin borgani futbol haqidagi xabarlarga qiziqishni oshirib yuborgan.

Shermuhammad.com blogida "Hamma narsa haqida biror narsa, biror narsa haqida hamma narsa", degan so‘zlarni o‘qish mumkin. Blogdagi maqolalarda muallif iqtisodiy, siyosiy voqealar bilan birga madaniy yangiliklarga ham o‘z munosabatini bildirishga harakat qilgan.

Shermuhammad.com blogi muallifining aytishicha, jamiyatda bo‘layotgan hodisalarga o‘z fuqarolik pozitsiyasini, munosabatini bildirib turish muhim.

2.27 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.27 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.10 / 3
  • Муштарийлар баҳоси
    4.34 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

1.5 Мансур Тангишов 15/05, 22:59
0.5 Шерзод Шерматов 15/05, 23:00
0.5 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05, 02:08

Ҳакамлар ҳайъатига маълум қилишларича, ушбу блогпост 2013 йили ёзилган ва ББС Ўзбек хизматининг сайтида эълон қилинган (http://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan/2013/07/130724_cy_uzwebiston_bogosphere). Блогерлар чемпионати низомининг 3.2-бандига кўра, чемпионатда 2017 йил 10 апрелдан 2018 йил 20 майга қадар, яъни сўнгги бир йил ичида ёзилган блогпостлар тақдим этилиши мумкин. Ушбу шартга амал қилмаганлар чемпионатдан четлаштирилиши айтилган. Шу боис Абдурасул Зокиров танловдан четлаштирилади.

4 Маҳсуджон Асқаров 16/05, 16:35
2 Қаҳрамон Асланов 17/05, 11:51

Эски блогпост шекилли

0.5 Бахтиёр Шералиев 17/05, 15:47

Tashkilotchilar! Bu blogpostni chempionatdan chiqarib yuboring, 5 yil oldingi ishni yuboribdi. Mana manba: http://www.bbc.com/uzbek/lotin/2013/07/130724_latin_uzwebiston_bogosphere

2.5 Расул Кушербаев 18/05, 08:43
0.5 Давронбек Тожиалиев 18/05, 11:21
0.5 Нигора Умарова 18/05, 18:30
2 Олимжон Солижон ўғли 19/05, 01:10
0.5 Мақсуд Саломов 19/05, 12:57
0.5 Тўлқин Юсупов 19/05, 21:13

Yozgan bloglarni hech ochib ko‘rdingizmi? Blogpost yozishda barcha havolalarni ochib-tekshirib ko‘ring.

0.5 Умид Гафуров 19/05, 23:04
1 Музаффар Назаров 20/05, 19:47
2 Шунқор Чориев 20/05, 20:33
0.5 Иноят Садикова 20/05, 21:09
2.5 Абдумалик Носиров 20/05, 22:48
0.5 Мубашшир Аҳмад 20/05, 23:10
1 Уйғун Ғафуров 21/05, 15:02
2 Нодир Закиров 21/05, 17:54
0.5 Беҳзод Қобулов 21/05, 19:22
1 Адҳам Отажонов 21/05, 20:40
2 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:24
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр