O'rganish motivatsiyasi

O`rganuvchining o`qish jarayoniga munosabatini hal qiluvchi omillardan biri – bu uning motivatsiyasi. Motivatsiyani 2 ga bo`lishimiz mumkin: ichki va tashqi. Ichki motivatsiyasi bor inson biror ishni shunchaki o`sha ish unga yoqqani uchun bajaradi. Tashqi motivatsiya esa shu ishdan biror manfaat bo`lganda yuzaga keladi.

Masalan, matematikadan qaysidir masalani qiziquvchanligi sababli yechishga intilish bu ichki motivatsiya. O`sha masalani yaxshi baho olish yoki o`qituvchidan dakki eshitmaslik uchun yechish – bu tashqi motivatsiya.

Ayrim o`qituvchilarning xatosi shuki, ular ta`lim jarayonida asosan tashqi motivatsiyaga suyanib qolishadi. Turli sovga`lar, stikerlar, maqtovlar ko`rinishidagi mukofotlash va jarima, qattiq tanbeh va hatto jismoniy choralar ko`rinishidagi jazolar asosiga o`qish jarayoni taskil etiladi. Ko`p sonli tadqiqotlar natijasiga ko`ra, tashqi motivatsiya shundoq ham ichki motivatsiyasi bor insonning ana shu ichki motivatsiyasini yo`qotishiga olib kelishi mumkin.

Bir hazilomuz hikoyada aytilishicha, bir cholning uyi yonida yosh bolalar muntazam beysbol o`ynashni odat qilishibdi. Shovqin va to`polondan charchagan chol ajoyib yo`l tutibdi. U bolalarni chaqirib, «uyimning yonida besybol o`ynasanglar, 5 dollardan har biringga beraman» debdi. Shundoq ham har kuni bu yerga kelib, beysbol o`ynab yurgan bolalar cholni tentakka chiqarishsa-da, bunga xursandchilik bilan rozi bo`lishibdi. Bir muddat bolalarga 5 dollardan berib yurgan chol, bir kuni bolalarni chaqirib, endi 5 emas, 1 dollardan berishini aytibdi. Bolalar biroz hafalik bilan buni ham qabul qilishibdi. Yana ozroq vaqtdan so`ng esa, chol bolalarga «endi sizlarga pul bermayman, lekin shu yerga kelib, beysbol o`ynab tursanglar xursand bo`laman» debdi. Bu safar bolalar «agar pul berilmasa, bu sassiq joyda beysbol o`ynamaymiz» deb taklifni rad etishibdi.

Tashqi motivatsiyaga urg`u berilgan darslarda o`quvchi fanga oid ma`lumotni emas, unga berilgan mukofot yoki jazoni eslab qolishi osonroq bo`ladi. Masalan, tarix fani o`qituvchisi dars payti har bir to`g`ri javob uchun bittadan konfet bergan bo`lsa, bir necha kun o`tib o`quvchilar konfet yeganini eslaydi-yu, to`g`ri bergan javoblarini unutib qo`yadi. Yoki xuddi o`sha darsda, noto`g`ri javob uchun, o`quvchilarni turg`izib qo`yib, so`kilsa, bola ma`lumotlarni emas, turib, so`kish eshitganini yaxshiroq eslab qoladi.

Qolaversa, mukofot va jazo tizimi vaqt o`tgan sari o`z ta`sirini yo`qotadi, va o`quvchilarda motivatsiya saqlash uchun mukofot va jazolar darajasini tobora oshirib borishga to`g`ri keladi. Mukofot va jazolar berilmay qo`yganda esa, motivatsiya butkul yo`qolish xavfi bor.

Shu sababdan, asosiy e`tibor jazo va mukofotlarga, baho va imtihonlarga emas, fanning o`ziga qaratilishi lozim. O`qituvchi iloji boricha darsga va topshiriqlarga qiziqish uyg`otishi, o`quvchilar bilan yaqindan muloqot o`rnatib, ularning hayotiy sharoitlari, maqsadlari va ularni ruhlantiruvchi omillarni o`rganishi talab etiladi.

Ichki motivatsiyaning kamchilik tomoni shundaki, uni shakllantirish k`oproq vaqt talab etadi. Bundan tashqari, ichki motivatsiyani uyg`otish har bir o`quvchiga alohida yondashuv talab qiladi va o`quvchilar shaxsiyatini yaxshi bilishni taqozo etadi. Garchi qiyin tuyulsa ham, odatda inson o`rganishga bo`lgan tabiiy ichki motivatsiyaga ega bo`ladi.

Faqat ana shu motivatsiyani dars mazmunini boyitish, o`rganuvchilarning qiziqish va kechinmalarini hisobga olish orqali chaqirilsa, bas. Ichki motivatsiyaga ega insonlar yaxshiroq natijalarni ko`rsatishadi, o`rganishlari osonroq kechadi va ichki motivatsiya uzoqroq muddat yo`qolmay turadi. Va yana bir muhim jihat, ichki motivatsiya insonning ruhiy holati hamda salomatligi yaxshiroq bo`lishiga ham xizmat qiladi. Ichki motivatsiyaning kuchli bo`lishi ko`plab ruhiy muammolar, hayotdan bezish, zo`ravonlik va hatto narkomaniyaning ham oldini olib, o`quv muassasa hududidagi tartib-intizom va ma`naviy muhit yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Tashqi motivatsiyadan butunlay voz kechish ham shart emas. U ham muayyan turtkiga sabab bo`ladi. Ayniqsa, dastlabki davrda, hali ichki motivatsiya shakllanib ulgurmagan paytda u ham qo`l kelishi mumkin. Lekin, bolada ichki motivatsiya shakllangan sari, tashqi motivatsiya omillarini asta-sekin kamaytirib borish maqsadga muvofiq.

Ichki motivatsiyaning asosiy shartlaridan biri bu – ixtiyoriylik. Har ikki tomon, o`quvchi ham, o`qituvchi ham darsga xohlab, o`z ixtiyori bilan kelayotgan bo`lishi juda muhim. Shu bois, o`rganuvchi va o`rgatuvchilarning xohish-istaklarini yaxshi aniqlash, ularga nima kerag-u, nima kerak emasligidan ogoh bo`lish zarurdir. O`quv muassasa rahbariyati o`qituvchilarning kayfiyati, ishga bo`lgan intilishini ijobiy bo`lishi uchun mehnat sharoitlari hamda muassasadagi psixologik muhitni yaxshi holatda saqlashi ham juda muhim. Zero, o`qituvchidagi intilish va qiziqish o`quvchiga ham o`tadi, va aksincha, o`qituvchi ham faqat tashqi motivatsiya asosida ishlayotgan bo`lsa, darsda u o`quvchilardagi ichki motivatsiyani so`ndirib qo`yishi ham hech gap emas.

Motivatsiya masalasi nafaqat ta`lim, balki deyarli hamma sohalarga tegishli. Buni anglagan ish beruvchilar tobora ko`proq ish joyini xursandchilik joyiga aylantirishga, har bir xodim o`z mehnatidan chinakamiga rohatlanishiga e`tibor qaratishmoqda. Oddiy misol sifatida, Google kompaniyasini olishimiz mumkin. U yerda ishchilar uchun o`yin maydonlari, massaj kursilari, alohida shinam xonalar, tekin taom va shirinliklar kabi qulayliklar yaratilgan. Maqsad shuki, xodimlar bu yerda o`zini erkin va yoqimli his qilsin.

Natija qanday bo`layotgani ma`lum – Google dunyodagi eng muvaffaqyatli kompaniyalardan bo`lib kelmoqda. Albatta, bunday darajadagi sharoitlarni hosil qilish katta mablag`ni talab etadi. Hamma ham bunga qodir emas. Lekin, ba`zi bir arzimas ko`ringan holatlarni yaxshilash, hech bo`lmasa behuda uzundan-uzoq majlis yoki hujjatbozliklarni kamaytirish, xodimlarni bir-biri bilan taqqoslayverishni bas qilishning o`zi ham muhitga va ish sifatiga ijobiy ta`sir o`tkazadi.

3.50 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.50 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.14 / 2
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

4 Бахтиёр Шералиев 18/04, 06:06

Tanlov uchun orginal mavzu tanlangan. Muallifning fikrlashi, masalaga yondashuvida uning mustaqilligi yaqqol sezilmoqda. Lekin 6 ta imloviy xato topdim.

3 Расул Кушербаев 20/04, 23:12

Juda spesifik mavzu bo'libdi. Ommani e'tiborini jalb qilish qiyin

3 Давронбек Тожиалиев 22/04, 22:29

Мавзу яхши танланган. Уни очиб беришда қизиқарли услуб ҳам танланса, муваффақиятли чиқарди.

4 Мақсуд Саломов 24/04, 09:21

Mavzu yaxshi tanlangan. Jamiyatda faqat rag'bat uchungina harakatlanadigan kayfiyat tobora o'sib borayotgani shaxsan menga yaqqol seziladi. Faqat mavzuni bundan-da samarali qilib yetkazish imkoni bor edi. Muallif shu imkoniyatdan foydalana olmagan.

3 Абдумалик Носиров 26/04, 12:50
4 Қаҳрамон Асланов 26/04, 13:20
4 Олимжон Солижон ўғли 26/04, 20:41
3.5 Мансур Тангишов 27/04, 01:01

Mavzu g‘oyasi yaxshi tanlangan, ijtimoiy ahamiyati ham bugungi kunda dolzarb,kam miqdordagi imloviy xatolar mavjud, muallifning shaxsiy fikrlari o‘quvchilar bilan boshlanib ishchilar bilan tugagan. Ayrim tahlillar va qisman yechim berilgan. Maqola o‘qimishli yozilgan.

4 Адҳам Отажонов 28/04, 09:37
5 Музаффар Назаров 29/04, 16:48
3.5 Иноят Садикова 30/04, 15:16

- o'ta umumiy yozilgan. - fikrlaringizning ilmiy asoslari qiziq. Ular ushbu postda mavjud emas. - umumiylikdan qochish uchun bu post talabalarga atalganmi, o'qituvchilargami, ota-onalargami, shuni aniqlab olib, maqsadli o'sha bir toifaga atab yozsangiz foydaliroq bo'lar edi

3.5 Ботиржон Шерматов 05/05, 19:37
3 Тўлқин Юсупов 05/05, 23:28
3.5 Шерзод Шерматов 13/05, 03:36
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 16/05, 01:13
3 Беҳзод Қобулов 16/05, 13:56

Зерикарли бир тарзда ёзилган.

4.5 Маҳсуджон Асқаров 18/05, 22:57
4 Нигора Умарова 19/05, 13:21
4 Мубашшир Аҳмад 20/05, 15:38
4 Умид Гафуров 20/05, 18:30
4 Нодир Закиров 20/05, 22:05
4 Уйғун Ғафуров 21/05, 17:59
4 Шунқор Чориев 21/05, 21:11
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
1 та фикр