Milliy va umuminsoniy madaniyatlar uyg‘unligi

Shuxrat Boboyev
Саралаш

Bu mavzuda so’z yuritar ekanmiz avvalambor madaniyat tushunchasiga to’xtalib o’tsak. Madaniyat tushunchasini har bir inson o’zining dunyo qarashi, tafakkuri doirasida anglaydi va talqin qiladi, shunday bo’lsa-da, ko’pchilik tomonidan e’tirof etilgan tarifini keltirib o’tishni joiz deb o’yladim. Madaniyat insonning hayot-faoliyati davomida yaratilgan ma’naviy qadriyat, uning shaxs sifatida shakllanishida va kamol topishida asosiy omil bo’lgan ijtimoiy hodisadir.

Milliy madaniyat - millatning butun bir xalqning tarixini, asrlar davomidagi turmush tarzi, ilimiy, ma’naviy va moddiy salohiyatini belgilab beruvchi birlamchi hodisa. Qisqa qilib aytganda millatning jahon sahnasidagi in’ikosi desak to’g’ri deb o’ylayman. Milliy madaniyat haqida so’zlar ekanmiz millatimiz, milliy madaniyatimiz haqida har qancha g’urur va iftixor bilan so’zlashdan to’xtamasak bo’ladi.

Zero biz yashayotgan, ajdodlarimiz yashab o’tgan bu tabarruk zamin eng qadimgi madaniyat o’choqlaridan biridir. Ota-bobolarimizdan bizga ulkan madaniy meros qolgan bo’lib, bu haqida har qancha maqtansak kamdek. Faqat maqtanish bilan chegaralib qolish bizga hech qanday naf keltirmaydi, anashu merosni asrab-avaylab kelgusi avlodaga yanada boyitib yetkazib berish bizning milliy qolaversa insoniy burchimizdir. Buning uchun esa shu yurtda yashayotgan shu millatning har bir fazanidi bu vazifaning nechog’lik mas’uliyatli, ayni damda dolzarb ekanligini chuqur anglab yetmog’i darkor. Har bir millat madaniyati bilan tirik. O’z madaniyatini yuqotgan uni unutgan hech qaysi millat uzoq yashamaydi. Buni tarix ham ko’p bora isbotlagan. Yurtimizga bostirib kirgan qaysi kim yovlarni esga olsak ularning eng birinchi navbatda millatimizni madaniyatimizdan, o’zligim izdan mahrum etishga uringanligi ayni haqiqatdir.

Xususan, SSSR davrida madaniy merosga bir tomomlama sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondoshish natijasida ulug’ mutaffakkirlarimizning qimmatli go’yalari, ta’limotlari unutildi, din qatag’on qilindi xudosizlik targ’ib qilindi. Madaniy merosga o’tmish sarqiti, qoloqlik belgisi sifatida qarash, baynalminalnikni milliylikdan ustun qo’yish sostsializm yaratgan insonga xos bo’lmagan xususiyat edi. Bunday tuzumning qanday oqibatlarga olib kelganini kata yoshli hozirgi avlodimiz vakillari eslaridan chiqarishmagan bo’sa kerak.

Masalan, “millatlarning yaqin kelajakda qo’shilib ketishi” to’g’risidagi bunday g’oyalarga asoslangan holda siyosat yuritilishi sobiq SSSR da ko’pgina xalqlarnig madaniy o’zligini yo’qotish darajasiga olib keltirdi. Zero, madaniy an’analarini saqlanib qolgan xalqni bo’ysundirish, e’tiqodini o’zgartirsh mumkin emas edi. Madaniyatimiz, milliy merosimizga yetkazilgan zarar haqida fikr yuritar ekanmiz, bir narsaga alohida e’tibor qaratmoq lozim. Ma’lumki, chorizm yurtimizni mustamlakaga aylantirgandan so’ng xalqimizni tom ma’noda talash yo’lidan bordi, madaniyatimizga o’rnini aslo to’ldirib bo’lmas zarar yetkazdi: minglab osori-atiqalarimiz yo’q qilindi, Rossiyaga tashib ketildi yoki boshqa mamaakatlarga sotib yuborildi, afsuski bu jarayon Oktabr to’ntarilishidan so’ng yanada avj oldi. Afrosiyob, Tuproqqal’a, Sopoltepa Qoratepa, Zartepa va Varaxsha va boshqa yodgorliklardan topilgan, ayrim hollarda oshkora, ko’pncha yashirin tarzda yurtimizdan olib chiqib ketilgan, hozirda Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa mashxur muzeylarning noyob eksponatlariga aylangan nodir qo’ylozmalar, tariximiz turmushini hikoya qiluvchi, ham tarixiy ham madaniy qimmatga ega bo’lgan turli xil jihozlar va idishlar, antic madaniyat davriga oid haykalchalar, san’at asarlari va bundanda qimmatbaho topilmalar bunga misol bo’la oladi.

Ollohga shukrki xalqimiz bu davrda o’zligini yuqotgani yo’q, har qanday sinovlarga bardosh berib, bu tuzumni ortda qoldirdik. Mustaqillikka erishganimizning dastlabki yillaridanoq birinchi Prezidentimiz rahnamoligida milliy madaniyatimizga, milliy qadriyatlarimizni tiklashga, rivojlantirishga, boy madaniy merosimizni chuqur o’rganishga katta e’tibor berildi.

Bugungi kunda birinchi Prezidentimiz aytganidek I. A. Karimov o’rinli ta’kidlaganidek, nafaqat mavjud noyob tarixiy yodgorliklarni, osori atiqalarni asrab-avaylash, balki o’zbek xalqi yaratgan va milliy boylik bo’lgan san’at asarlarini izlab toppish, ularni O’zbekistonga qaytarish ma’naviyat dasturimizning muhim bo’lagini tashkil etmog’i lozim. Mustaqillik yillarida yashayotgan bo’lsak-da, o’zligimizga, milliy madaniyatimizga tahdidlardan holi emasmiz. Fan-texnika inqilobi natijasida jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayoni ta’siri barcha davlatlar kabi bizda ham kuzatilmoqda. Avborot vositalarining rivojlanishi va expresslashuvi natijasida hozirda, bo’lib o’tgan bir voqea-hodisa soniyalar ichida dunyoning boshqa burchagiga ham yetib bormoqda. Bunday axborot xurujlari ro’y berayotgan ayni bir damda hech bir o’zgarish va yangiliklarga bee’tibor bo’lmasligimiz zarur va bu zamon talabi hamdir. “Ommaviy madaniyat” niqobi ostida kirib kelayotgan G’arb madaniyati asosan mafkuraviy immuniteti sust bo’lgan yoshlar o’rtasida tez targ’ib bo’lmoqda. Bu madaniyat bizga – milliy ruhimizga, milliy an’analar asosida voyaga yetgan yosh avlodga yot bo’gan axloqiy buzuqlikni targ’ib etadi. “Ommaviy madaniyat” kirib kelishini oldini olish uchun, unga millatimiz ongu-taffakurida, turmush tarzida bo’sh joy qoldirmasligimiz darkor. Uning o’rnini milliy madaniyatimiz bilan boyitishimiz, ajdodlarimizdan qoldirgan asriy an’analar asosida tarbiya toptirishimiz zarur. Bu yo’lda madaniy merosimiz biz uchun eng birinchi vosita sanaladi. Bunday ulkan va boy meros deyarli boshqa hech bir millatda uchramaydi. Yana qaysi bir xalqada Imom Al-Buxoriy, Imom At-Termiziy, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Al-Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek, Ahmad Al-Farg’oniy, Z. M. Bobur kabi ajdodlardan qolgan ilmiy va ijodiy meros, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlari bor. Boshqa yurtlardan sayyohlar kelib tarixiy shaharlarimizni ziyorat qilayotgan paytda, ulardan avval bu shaharlarni borib ko’rish biz uchun muhim emasmi, boshqa yurt olimlari mutaffakkir olimlarimiz hayoti va ijodini o’rganib ularga tan berayotganda ajdodlarimizni o’rganish va ularga munosib avlod bo’lish har birimizning burchimiz emasmi? Albatta bu bizning vazifamiz, bizning burchimizdir!

Milliy madaniyat haqida fikr yuritar ekanmiz bu madaniyat nafaqat bir millatning madaniyati balki umuminsoniy madaniyat ekanligini ham unutmasligimiz lozim. Barcha millatlarga tegishli bo’lgan madaniyatlar o’z navbatida insoniyatga ham qarashlidir.

Milliy madaniyatimiz davlatimiz himoyasi va homiyligida bo’lsa, bir qator madaniyatmiz bo’laklari umuminsoniy madaniyat sifatida UNESCO ro’yxatiga ham kiritilgan. Umuminsoniy madaniyatlarni ro’yxatini tuzib, ularni butun dunyog e’tirof etadigan BMT ning bo’limi UNESCO ga ortiqcha tarif zarur hisoblanmasa kerak. 

2.67 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.67 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    4.36 / 2

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2.5 G'ayrat Norqobil 01/05/2018
5 Abbos Bobomurodov 02/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр