Boring Yoniga...

Yulduz Pulatova
Саралаш

Inson tug'ilganida uning beg'ubor,jajjigina qalbida g'ubor bo'lmaydi.U hamma insonlarni birdek ko'radiki,uning murg'akkina qalbida barchaga joy topiladi!Uning jo'shib turgan yuragida mehr muhabbat,shafqat,achinish,sadoqat,vafodorlik,mas'uliyat,ishonch,intilish va yana yahshilikka yondashgan qancha tuyg'ular bo'ladi...

Menimcha,mening bu aytganlarim,har bir onadan tug'ilgan insonga xosdir,deyman-u lek o'yga botaman:unda nega yer yuzidagi insonlarning yahshisidan yomoni,vafodorlisidan vafosizi,mehrlilaridan shafqatsizi,mas'uliyatlisidan mas'uliyatsizi ko'p,-yana aytsam,tugamaydi,benihoya,bu  so'zlar!Ahir o'sha yahshiniyam ,yomonniyam ona tuqqan-ku,ular ham tug'ilganida begunoh go'dak bo'lgan-ku,ularning ham murg'akkina qalbida yahshiliklar kurtak ochgan-ku!Ha,nega unda beozorgina go'daklarimizdan shafqatsiz,hudbin insonlar yetishib chiqmoqda...O'yga toldiradi-a,azizlarim,o'yga toldiradi?!

Men sababini o'zimcha anglagandayman,bilmadim,balki,bu siz uchun sabab emas.O'sha norasida go'daklarimiz barcha barchasini biz kattalardan o'rganadi,bizdan o'rnak oladi!Biz qanday hayot kechirsak,ular ham bizga taqlid qilib yashaydi.Balkim,o'zining kichkina miyasida yahshi-yomonni tahlil qilib ko'rar,lekin biz unga yahshilikni o'rgatib,o'zimiz amal qilmaganimiz uchun ham,u biz yurgan yo'ldan yurib,o'ziga odatiy hol qilib oladi.Bizning har bosgan qadamimiz,og'zimizdan chiqqan har bir so'zimiz ularga dars bo'ladi."Qush uyasida ko'rganini qiladi",Ot  o'rnini toy bosar","Qaytar-dunyo "deganlari shu bo'lsa kerak-da!

Men aslida mehr muruvvat haqida so'z yuritmoqchiydim.Men bir yot insonni boshqa bir yot insonga mehr berishini so'ramayman,faqat o'zimizning yaqinlarimizga e'tiborli bo'laylik!Men bir she'r yozgandim,allaqanday tuyg'ulardan ta'sirlanib yozdim.Yozgan she'rim juda maqtovga loyiq emasa-da,she'r deyishga  arzimasa-da,buni o'qishingizni istadim.Maqsadim tanlovda ishtirok etish emas edi,aslida,bu tanlov menga imkon yaratdi-ki,bu she'rni ko'plab insonlar o'qib ,o'ziga hulosa chiqarsin,yaqinlariga e'tiborli bo'lsin!

She'rni hayotda ko'rgan ba'zi bir voqe'alardan ta'sirlanib yozganman.Gap isboti bilan bo'lsin ,degandek,bir misol keltirib,keyin she'rni sizga havola etmoqchiman!

  Bir mushtipar ona farzandini kutarmish,ko'zlarida yosh,o'zi esa to'shakka mihlangan.Atrofida yor -birodar ko'p,afsus, zor kutgani o'sha badbaxtmish!Qani,kela qolsa, o'sha jigar  porasi-qil uchida turgan joni oson uzilarmidi?!Lekin farzand kela olmaydi,ona holin tushunolmaydi,uning ko'ziga hozir o'z hayotidan boshqasi ko'rinmaydi.O'sha farzand hotining hoy-havaslarini amalga oshirsin,bolalarini yahshilab yeb ichirsin,og'aynilar bilan aysh-ishrat qilsin-u,lekin onasiga bir soat vaqt ajratib,kelishga vaqt topolmasin!Onang g'animatligini bilib turibsan,farzand,lek,aqlinga kelmaydi,"erta-erta"deb vaqt o'tib bormoqda...

Onangning joni uzildi,senga intiq bo'lib,ko'zlarida qotgan yosh bilan,seni so'ngi bora ko'rish armoni bilan...Endi,endi senga armon bo'lsin  onangning mehrli ko'zlari,issiqqina quchog'i,shiringina yopgan nonlari va yana albatta ohirgi senga aytolmay qolgan so'zlari...Ich ichindan yonmoqdasan,lekin befoyda,senga berilgan dalda-tasallilar befoyda,onang o'lib bergan oshlaring ham befoyda,endi ishing tashlab 20-40kun o'tirishlaring befoyda...Seni zor-zor kutgan onang qaytib keladimi,yo'q,befoyda.O'zingni qiynalganga sanama,onang sendan million marta ko'p qiynalgan,bir zum vaqt topib kelmaganingga!So'ngi pushaymon o'zingga -dushman.Endi senda armonli yillar boshlandi.Endi sen ham farzandingdan ko'rasan qaytar -dunyo qaytadiganin!

Yana aytsam bunga o'hshashlari ko'p,otaga,jufti halolga,akaga,ukaga,opaga,singilga va yana farzandlarga ham bunday e'tiborsizlik,nohaqliklar,adolatsizliklar qilinadi.Ha,aytishadi-ku,ahir,"Odindan oqqan suvni qadri yo'q"-deb,bejizga,aytilmagan.Ammo oramizga yaqinlarini qadriga yetadigan,yahshi insonlar ham bor,shuning uchun ham dunyo dunyoligicha turibdi-da,azizlarim!

  O'lsam agar aziz bo'lib qolaman,

  Yodda qolaman-u,tilda bo'lmayman

  Tiriklik chog'imda qadrimga yetmab

  O'lsam agar eslashar,ming kun yig'lab!

Inson tirikligida aziz emas

O'lsa agar undan yahshi topilmas

Inson tirikligida kim yo'qlaydi

O'lsa agar dunyo yetib keladi.

   Suv ham faqat tiniqligida aziz,

   Insonchi,bo'lar o'lganida laziz

   Ungacha qadri ham oyoq ostidir

   Bir bora eslashga arzimas yukdir

Navnihol o'sgan gulning gardi yo'q,

Oldindan oqqan suvni-chi, qadri yo'q

Mehr-shafqat so'rar,sendan bir xasta hol

Bordingmi yoniga so'rab hol ahvol?!

   Ey,insonlar,g'animatmiz,g'animat

   Yaqinizni yo'qlang,o'tmasdan.fursat

   O'lsa, kelib o'tirmang 20-40 kun

   Tiriklik chog'ida ajrating bir kun!

Men g'animat,siz ham,hamma g'animat

Dunyo o'tkunchidir,yashash bir odat

Soatlar kun bo'lar,bo'lib g'animat

Boring yaqin insonningiz g'animat

   Boring! Kech bo'lmasin,afsusda qolmang!

   Ey,insonlar,siz kibr havoga bormang!

   Hali vaqt bor,boring,boring yoniga

   Shirin.so'zlar ayting,boring yoniga....

2.79 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    2.79 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    0.00 / 0
  • Муштарийлар баҳоси
    4.35 / 1

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2 Бахтиёр Шералиев 25/04, 18:04

Yulduzxon, avvalo she'r uchun tashakkur. Uni ajib bir hissiyot bilan bitganingiz satrlardan sezilib turibdi. Bu dunyoda har birimiz g'animat ekanligimizni yodga solib yaxshi ish qilgansiz. Yuqoridagi matnda she'ringizni ko'pchilik o'qishini istaganingizni yozibsiz, bundan mamnunman, chunki haqiqatdan ham she'ringizni bu yerda ko'pchilik o'qiydi. Lekin o'zingizga ma'lumki, har bir narsani ommaga taqdim etayotganda unga husn berish, uni bezatish yaxshi natija beradi. Shunday ekan, Siz ham tanlovga taqdim etayotgan materialingizni jo'natishdan oldin orfografiya va punktuatsiyasiga, stilistikasiga bir oz e'tibor berganingizda bundanda yaxshi natija bo'lar edi deb o'ylayman. Yoshingizni bilmayman, lekin shunday bo'lsada, Sizga bir maslahatim bor, Sizni jiddiy qabul qilishlarini istasangiz, ijodingizga jiddiy yondashishlarini stasangiz har doim xatosiz va chiroyli yozishga harakat qiling. Matnning yozilishi, imlosi, stilistikasi uning muallifi haqida o'quvchiga ma'lumot berib turadi, shunday ekan bu narsani e'tiborsiz qoldirish kerak emas, shunday emasmi? Ijodiy ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilab qolaman. She'r uchun yana bir bor rahmat!

3 Абдумалик Носиров 26/04, 11:36
1 Давронбек Тожиалиев 27/04, 14:39
2 Адҳам Отажонов 28/04, 09:31
3 Олимжон Солижон ўғли 30/04, 20:39
3 Умид Гафуров 12/05, 01:13
3 Маҳсуджон Асқаров 13/05, 13:24
3 Расул Кушербаев 16/05, 23:15
3 Саид-Абдулазиз Юсупов 17/05, 03:30
2.5 Шерзод Шерматов 17/05, 15:11
1.5 Тўлқин Юсупов 19/05, 15:25
1.5 Нигора Умарова 19/05, 18:10
2 Мақсуд Саломов 19/05, 19:30
2 Қаҳрамон Асланов 20/05, 13:10
2 Музаффар Назаров 20/05, 13:24
2 Шунқор Чориев 20/05, 21:10
2 Беҳзод Қобулов 20/05, 23:23
2.5 Мубашшир Аҳмад 21/05, 00:25
3 Мансур Тангишов 21/05, 12:00
2.5 Иноят Садикова 21/05, 14:28
2.5 Уйғун Ғафуров 21/05, 16:51
3 Нодир Закиров 21/05, 17:46
1 Ботиржон Шерматов 21/05, 21:36
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
0 та фикр