Bolaligimizni o`g`irlamang!

Ismigul Sayfullaeva
Саралаш

XXI asr yangi texnologiyal ar asri. Bugungi kunda har bir insonda android telefonlar, televizorlar hamda kompyuterlar mavjud. Bu qurilmalardan kundalik turmushimizda, har kuni foydalanamiz, kerakli ma`lumotlarni olamiz, o`qiymiz, o`rganamiz yoki farzandimizga ovunchoq sifatida qo`liga tutqazamiz. Albatta inson o`qib-o`rganishi, biron narsaga intilishi, o`zi uchun kerakli hayotiy tajribalarni, osongina kichkina qurilmalar orqali online tarzida orttirishi yaxshi albatta. Lekin, yoshiga to`lmagan yoki bog`cha yoshidagi farzandimiz, qo`liga telefon tutqazishimiz yaxshimikin? Farzandimiz, telefon ekranini barmoqlari bilan o`ynasa yoxud biron o`yinni yoki videoni tomosha qilsa xursand bo`lamiz va o`z-o`zidan “Hozirdan telefon nimaligini biladiya, bizni davrimizda bunday texnologiyalar bo`lmagandi”, deb qo`yamiz. Ertaga buning keltirib chiqaradigan oqibatlarini bilib-bilmay qo`liga tutqazishimiz to`g`rimikan? Bir o`ylab ko`rdingizmi, farzandimizning eng quvnoq, beg`ubor, unutilmas eng shirin davrini, bolani ovutish yoki bizga halaqit qilmasligi uchun qandaydir telefonga yoki televizorga bog`lab qo`ymayabmizmikan?

Ma`lumotlarga qaraganda 3 yoshdan 5 yoshgacha bo`lgan davrda, bolalar har qanday yangi ma’lumotni tezda qabul qilar ekan va yodda saqlab qolarkan. Bilamizki, ular uchun olam turli yangiliklarga, bilimlar va g‘aroyibotlarga boy. Afsuski, hozirgi davrda ko`pchilik ota-onalar farzandlarini telefon, kompyuter o`yinlari bilan band bo`lib qolganiga beparvolik bilan qarayotganiga guvoh bo`lamiz. Bolalar bilan birga o`ynaydigan ularning vaqtini maroqli, qiziqarli o`tkazish mumkin bo`lgan o`yinlar borligini unutib qo`yishmoqda. Biz ota-onalar farzandimiz bizga halaqit qilmasa, telefon yoki televizor ko`rib o`tirsa bo`ldi, faqat harhasha qilmasa deymiz. Bir yoshli bola ham telefondagi o`yin nima ekanligini biladi. Lekin jajji go`dak, uning qanchalik zarar ekanligini bilmaydi. Undan tarqalayotgan radiatsiyani bilib, yig`lamasa bo`ldi deya qo`liga tutqazamiz. Oxir-oqibat, farzandlarimiz turli virtual o`yinlarning quliga aylanib qolayotganini sezmay qolyabmiz.

Aslida bolaning bevosita shaxs sifatida rivojlanishida turli virtual o`yinlardan ko`ra, o`zining o`rtoqlari bilan o`ynab, muloqot qilish mumkin bo`lgan har xil rivojlantiruvchi, harakatli o`yinlarni o`ynash maqsadga muvofiqdir.

Bunday o`yinlar bolalarni jismonan tetik, baquvvat o`stirish bilan birga, ularning diqqatini, tafakkurini, nutqini, mantiqiy fikrlashini, dunyoqarashini ham rivojlantiradi. Bundan tashqari o`yinlarda jajji insonning barcha sezgi organlari ishtirok etadi, mayda qo`l motorikasi rivojlanib, nutqi ravonlashadi. Virtual olam esa bolaga bunday imkoniyatlarni bera olmaydi. Virtual o`yinlarning ijobiy tomonidan ham, uning keltirib chiqaradigan salbiy tomonlari ko`proqdir. Misol sifatida “ko`k kit”o`yinini aytishimiz mumkin. Bolaning bir joyda muttasil, qimirlamasdan, butun e`tiborini, diqqatini faqat o`sha o`yinga qaratishi, atrofidagi insonlarga befarq bo`lib qolishiga, jaxldor, ruhiyatining buzilishiga sabab bo`lmoqda. Bola faqat kimlarnidur otib o`ldirish yoki virtual olamdagi mushukchani yoxud kuchukchani ovqatlantirish, uning ehtiyojlarini qondirish bilan cheklanib, unga bevosita bog`lanib qolmoqda. Bu o`yinlar bolani sehrlab, oxir-oqibat ovutuvchi vosita sifatida yana qo`liga tutqazishga to`g`ri kelmoqda. To`g`ri, bolaning aqliy salohiyatini oshiruvchi foydali virtual o`yinlar ham mavjud. Lekin bu o`yinlarni ham bolaning yoshini hisobga olgan holda, 20-25minutga rag`batlantiruvchi vosita sifatida bersak, mening nazarimda to`g`rib o`lar edi.

Aslida bola bilan iloji boricha ko‘proq vaqt o‘tqazish, hech bo`lmaganda kuniga bir soat ajratib suhbatlashish orqali uni yanada yaxshi tushunish, uning hayol dunyosiga sayr qilishingiz mumkin. Har qanday bola o`yinni juda yaxshi ko`radi, shunday ekan bola bilan ko`proq turli harakatli, mantiqiy fikrlashni oshiradigan, uning xotirasini, dunyoqarashini, diqqatini shakllantiradigan o`yinlarni o`ynash juda muhim. A.P.Usova shunday degan edi: “Bolalar hayoti va faoliyatini to`g`ri tashkil etish-ularni tarbiyalash demakdir. Bolalarning tarbiyalanishining o`yin shakli shuning uchun ham samarali natija beradiki, o`yinda bola yashashni o`rganmaydi, balki o`z hayoti bilan yashaydi”. Haqiqatda, o`yin bolalar uchun haqiqiy hayotdir. Shunday ekan jajji farzandlarimizga ko`proq e`tiborliroq bo`laylik. Ularni virtual olamga bog`lamasdan, ko`proq mavjud dunyo bilan tanishtirib, Vatanga kerakli inson bo`lib voyaga yetishida yordam beraylik.

3.25 / 23

  • Ҳакамлар баҳоси
    3.25 / 23
  • Блогерлар баҳоси
    4.15 / 4
  • Муштарийлар баҳоси
    4.37 / 15

Ушбу блогпост учун овоз бериш муддати тугаган

2 Shovkat USMONOV 30/04/2018
2 G'ayrat Norqobil 01/05/2018
5 Солия Полукарова 08/05/2018
5 Guliza Yangiyeva 08/05/2018
5 Jahongir Pardayev 08/05/2018
5 Dilrabo Jalilova 08/05/2018
5 Sevara Akbarovna 08/05/2018
5 Kamola Haydarova 08/05/2018
5 Mo'minjon 08/05/2018
5 uzneftegazmash 08/05/2018
5 Maftuna Sayfullaeva 08/05/2018
5 Orifjon Avalboyev 08/05/2018
5 Ezoza Artikova 10/05/2018
5 Ibrokhim Irmukhamedov 11/05/2018
5 Elbek Ruzimov 16/05/2018
Фикр билдириш учун рўйхатдан ўтинг
20 та фикр